Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi
264 subscribers
1.18K photos
202 videos
31 files
185 links
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi.
http://kbmsm.uz saytining 👉 @kbmsm_uz rasmiy telegram kanali.
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100069514299511
Instagram: @kbms_museum
Murajaat uchun👉http://kbmsm.uz
Download Telegram
Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyida eronlik xattot Kove Temuriyning shaxsiy ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada tomoshabinlar e'tiboriga Qur'oni Karim suralari, mumtoz va zamonaviy adabiy asarlardan parchalar, shuningdek turli uslublarda bajarilgan abstrakt xattotlik kompozitsiyalari taqdim etilgan. Bular orasida akademik jihatdan puxta ishlab chiqilgan daftariy uslubidan tortib, tafakkurga chorlovchi intizoi va his-hayajonli shaydoiy uslublarigacha bo'lgan namunalar mavjud. Ko'rgazmada Kove Temuriyning 35 dan ortiq asarlari joy olgan.
👍4
#anons
23-sentyabr soat 11:00 da Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyida eronlik mashhur xattot Kove Temuriy tomonidan o'tkaziladigan mahorat darsiga barcha san'at ixlosmandlarini  taklif etamiz.
Kirish bepul.
👍3
Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyida eronlik xattot Kove Temuriy tomonidan mahorat darsi o'tkazildi.  Ushbu uchrashuv tomoshabinlarda ijobiy taassurot va qiziqish uyg'otdi.
👍6
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X