Forwarded from O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
Ayni daqiqalarda Xitoy Xalq Respublikasining Shanhay shahrida 13-Xalqaro nomoddiy madaniy merosni himoya qilish forumi o‘z ishini boshladi.
Forumda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi boshchiligida delegatsiyamiz ishtirok etayapti.
Forumda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur maʼruza qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
Xabar berganimizdek, bugun Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida 13-Xalqaro nomoddiy madaniy merosni himoya qilish forumi o‘z ishini boshladi.
Ushbu xalqaro forumda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur "Anʼanaviy sanʼatning global yo‘nalishi: o‘zbek hunarmandchiligi merosining xilma-xilligi" mavzusida maʼruza o‘qidi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida Shanxay sanʼat va dizayn akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan muloqotda sanʼat va badiiy taʼlim sohasida hamkorlik qilish masalasi ko‘tarildi.
Shanxay sanʼat va dizayn akademiyasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadi.
Yaqin vaqt ichida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti vakillari Shanhay sanʼat va dizayn akademiyasiga hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolash maqsadida tashrif buyurishiga kelishib olindi. Mazkur bitim talaba va professor-pedagoglar almashinuvini ko‘zda tutadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar estalik sovg‘alari almashishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi barchangizni Qurbon Hayiti bilan qutlaydi.
👉http://kbmsm.uz
👉@kbmsm_uz
👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100069514299511
👉http://kbmsm.uz
👉@kbmsm_uz
👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100069514299511
Forwarded from O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
Memorandun imzolandi
Shanxay shahrida (XXR) 13-Xalqaro nomoddiy madaniy merosni himoya qilish forumida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur 6-iyun kuni Shanxay sanʼat kolleksiyasi muzeyi presidenti Xu Mu Chin bilan uchrasdi.
Muloqotda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish xususida fikr almashildi.
Janob Xu Mu Chin 2024-yilda X Toshkent xalqaro zamonaviy sanʼat biennalesida hayʼat aʼzosi sifatida ishtirok etgan va O‘zbekiston tasviriy sanʼati yutuqlarini yuksak baholagan edi.
Uchrashuvda ikki rahbar tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Shanxay sanʼat kolleksiyasi muzeyi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
Shanxay shahrida (XXR) 13-Xalqaro nomoddiy madaniy merosni himoya qilish forumida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur boshchiligidagi delegatsiyamiz Xanchjou Badiiy akademiyasiga tashrif buyurdi.
Xanchjou Badiiy akademiyasi rektori hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘zaro muloqotda mavjud ijodiy aloqalarni yanada rivojlantirish borasida fikr almashishdi.
Uchrashuvda shuningdek,
joriy yil davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va Xanchjou BA o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash masalasida kelishib olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM