Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
10.9K subscribers
46.2K photos
9.39K videos
9 files
22.6K links
☑️ veb-sayt: https://qviib.uz/
☑️ Qashqadaryo viloyati IIB Ахborot xizmati rasmiy telegram kanali. https://t.me/kashuvd
☑️ Huquqqiy targ'ibot kanali: https://t.me/Qashiibhuquqtargibot
☑️ Qashqadaryo IIB YHXB | Rasmiy kanal: https://t.me/kashyhxb
Download Telegram
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
#Kun_qahramoni

МАЙОР БЕРДИЕВ ЗАФАР ҚЎЗИЕВИЧ

1983 йили Қарши туманида туғилган. 2007 йилда Қарши давлат университетини тамомлаган. Ички ишлар органларидаги хизмат фаолиятини 2009 йили вилоят ИИБ Эксперт-криминалистика бўлими криминалистик экспертиза ва ҳисобга олиш гуруҳи эксперти лавозимидан бошлаган.
Ўз устида ишлаб, билмаганларини устозларидан ўрганган Зафар Бердиев 2014 йилдан махсус тадқиқотлар ва криминалистик қуролларни қўллаш, татбиқ қилиш гуруҳи катта эксперти лавозимида фаолиятини давом эттирди. Айни вақтда эса, махсус тадқиқотлар гуруҳи катта эксперти сифатида ички ишлар органлари ва бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга асослантирилган экспертиза хулосаларини бериб келмоқда.
Batafsil o‘qing👉

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
#Kun_qahramoni

KAPITAN JASUR TOG‘AYEV

1987-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. 2015-yilda IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurtini tugatgan. Ichki ishlar organlaridagi dastlabki faoliyatini 2015-yilda viloyat IIB JIEB 67-sonli jazoni ijro etish koloniyasi tartibot guruhi katta tezkor vakili vazifasidan boshlagan. So‘ngra 32-sonli manzil koloniyasida kadrlar guruhi yetakchi inspektori vazifasida faoliyat ko‘rsatdi. Ayni vaqtda viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish bo‘limi katta inspektori lavozimida xizmat qilmoqda.
Batafsil o‘qing👉

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
#KUN_QAHRAMONI

Katta leytenant Mansur Xoshimovich Egamberdiyev

1992-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. 2015-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan. Oliygohni tugatib, ichki ishlar organlaridagi ilk faoliyatini 2017-yilda Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida safdor xodimlikdan boshlagan. Mutaxassisligi telekommunikatsiya sohasiga ixtisoslashgani bois, oradan bir yil o‘tib, Qarshi shahar IIO FMB situatsion markazi operatori lavozimiga ishga tayinlandi. O‘tgan davrda Qarshi shahrining markaziy ko‘chalari va aholi gavjum joylar, avtomashinalar serqatnov ko‘chalar va chorrahalarida, kriminogen vaziyati og‘ir mahallarada o‘rnatilgan video kuzatuv moslamalarda kuzatuv ishlarini olib borib, sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni fosh etishga munosib hissa qo‘shdi.
Batafsil o‘qing👉

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.