Kasbiy ta’lim agentligi
7.85K subscribers
676 photos
92 videos
1 file
297 links
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/kasbiytalim
instagram.com/kasb_edu
facebook.com/kasb_edu
youtube.com/@kasb_edu
x.com/kasb_edu

Manzil: Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot
Download Telegram
Ta’lim standartlarini ishlab chiqishda Germaniya tajribasi qo‘llaniladi

Kasbiy ta’lim agentligida Germaniyaning GIZ tashkiloti va Germaniya Federal kasbiy ta’lim va tayyorgarlik instituti (BIBB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi:
- Germaniya tajribasi asosida O‘zbekistonda ta’lim standartlarini ishlab chiqish mexanizmlarini joriy etish;
- dual kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida korxonalarda ishlab chiqarish ustozlarini tayyorlash;
- kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda sertifikatlash tizimini takomillashtirish.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
3👍3🙏1
Tashqi mehnat bozori talablari asosida qisqa muddatli kurslar davom etmoqda

Migratsiya agentligi direktori Buxoro shahar 2-son texnikumida bo‘ldi. Tashrif davomida ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv jarayonlarining tashkil etilganligi, qo‘shma o‘quv dastur talablari asosida xorijiy til darslarining olib borilishi holati bilan tanishtirildi.

Migratsiya agentligi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida:
1️⃣Qurilish sohasida maxsus transport vositalarini boshqarish uchun o‘quv amaliyot poligoni barpo etish;
2️⃣ "B", "BC", "D" toifadagi haydovchilikka o‘rgatish uchun zamonaviy o‘quv avtodromini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

📌Ma’lumot uchun, Buxoro shahar 2-son texnikumida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun bepul xorijiy til kurslari tashkil etilgan

Bugungi kunda 120 nafardan ortiq fuqarolar ushbu kurslarga jalb etilgan.


Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Sevimli" telekanali "Yangi hayot” tok-shousining navbatdagi soni kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish bo‘yicha ustuvor maqsadlar mavzusiga bag‘ishlandi

5-mart, payshanba, soat 11:20 da tomosha qiling

📌Ko‘rsatuv orqali qiziqarli tafsilotlar va ekspertlar fikrlari bilan tanishing.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🕊4🏆4👍3🥰2🤩1
Xitoy bilan ilg‘or ta’lim standartlari integratsiyasi bo‘yicha kelishuvga erishildi

Kasbiy ta’lim agentligida Xitoyning “Milliy rivojlanish va xalqaro hamkorlik” markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda:
-o‘zaro hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
-amaliy mashg‘ulotlar uchun ixtisoslashtirilgan Xitoy-O‘zbekiston o‘quv ustaxonalarini tashkil etish;
-pedagog kadrlarning malakasini oshirish kurslarini joriy qilish kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

📌Shuningdek, ikki davlatning ilg‘or ta’lim standartlari integratsiyasi asosida yangi zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🤝3👏2💯1
Askarlarga kasb-hunar kursining sertifikatlari topshirildi

Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida askarlarga xizmat davrida kasb egallash, oliy ta’lim muassasalariga kirish hamda xizmatdan so‘ng turli sohalarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish nazarda tutilgan edi.

Belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

📌Ushbu tashabbusning ilk qaldirg‘ochlari sifatida 70 nafar muddatli harbiy xizmatchiga kasb-hunarga o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagani haqidagi kasb sertifikatlari topshirildi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍84👏2🔥1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilim va yutuq yo‘lida qizlar uchrashuvi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan Toshkent ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida “Kasbiy ta’lim – qizlar uchun barqaror kelajak poydevori” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida rahbar ayollar, davlat mukofoti sovrindorlari va turli sohalarda yuqori natijalarga erishgan qizlar texnikum o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazdi.

Badiiy qismda yosh shoiralar va ijodkorlar tomonidan ijro etilgan she’riy hamda musiqiy chiqishlar ishtirokchilarga kayfiyat bag‘ishladi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
8👍3🎉2👏1💯1
Andijon texnikumlarida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Kasbiy ta’lim agentligi direktor o‘rinbosari Avzalxon Abdullaxonov Andijon viloyatidagi texnikum yoshlari bilan Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi.

Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, Andijon shahar 3-son texnikumi va Andijon shahar 4-son texnikumida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida
—o‘quvchilarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish,
—zamonaviy kasb ko‘nikmalariga ega mutaxassis etib tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌Shuningdek, dual ta’lim asosida hamkorlik qilayotgan Climate Control va Semyun ishlab chiqarish korxonalarining amaliyot jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1💯1