Kasbiy ta’lim agentligi
7.86K subscribers
675 photos
89 videos
1 file
293 links
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/kasbiytalim
instagram.com/kasb_edu
facebook.com/kasb_edu
youtube.com/@kasb_edu
x.com/kasb_edu

Manzil: Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot
Download Telegram
Yoshlar kunida rahbariyat ishtirokida 1100 nafar o‘quvchi bilan muloqot qilindi

Yoshlar kuni munosabati bilan Kasbiy ta’lim agentligi rahbarlari ishtirokida yoshlar ishtirokida ochiq muloqotlar davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi qoshidagi Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida Kasbiy ta’lim agentligining direktori ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Toshkent transport texnikumida esa Kasbiy ta’lim agentligi direktorining o‘rinbosari Sharofiddinov Shixnazar Anvarovich bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot jarayonida yigit-qizlar tomonidan turli tashabbus hamda takliflar ilgari surildi. Ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilinib, yechim topish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari:
- o‘quvchilar uchun yoshlarga oid eng so‘nggi yangiliklar;
- berilayotgan imtiyozlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

📌Tadbir yakunida turli musobaqalarida g‘olib bo‘lgan, iqtidorli yoshlar esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍3🎉1🙏1🏆1🤝1
Hududlarda hamkorlik masalalari diqqat markazida

Quyida mavzuga oid so‘nggi uchrashuvlar bilan tanishing:

Ta’limda xalqaro mehnat bozoriga o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi | Namangan viloyati
👉Batafsil

Bo‘ka tumanida xalqaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi | Toshkent viloyati
👉Batafsil

Farg‘onalik yoshlar xalqaro ta’lim dasturi asosida kasb-hunarga o‘qitilmoqda | Farg‘ona viloyati
👉Batafsil

Kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda harbiy qism (35007) o‘rtasida qisqa muddatli kasbiy o‘quv kurslarini tashkil etish maqsadida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi | Toshkent shahri
👉Batafsil

Qiziltepa tuman 2-son texnikumi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida  yakuniy sinov jarayonlari tashkil etildi | Navoiy viloyati
👉Batafsil

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
2👏1
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy ta'lim agentligi, “International inclusive hub” hamda Ziyo Forum tashkiloti hamkorligida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida “IMKONIYATLAR OLIMPIADASI” kasbiy mahorat tanlovi o‘tkaziladi!

Olimpiada quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
•Kashtachilik
•Kulolchilik
•Rassomchilik
•Qandolatchilik
•Fotografiya
•Tikuvchilik
•AKT (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari)
•Robototexnika
•Tirnoq servisi (manikyur)
•Karving (meva-sabzavotlardan bezak)
•Floristika
•Sartaroshlik san’ati
•G‘isht terish

Siz o‘z iste’dodingizni namoyon etishingiz va eng yaxshilar safidan joy olishingiz mumkin. Joylar soni cheklangan !

Ro‘yxatdan o‘tish
25-martga qadar davom etadi:

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:
1. www.abilympics.uz saytiga tashrif buyuring;
2. Rasmiy veb sahifa yo‘ki telegram bot @imkon_olimp_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting;
3. Qiziqqan kasb yo‘nalishini tanlang;
4. Kerakli hujjatlarni yuklang va ishtirokchiga aylaning.

O‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang va “IMKONIYATLAR OLIMPIADASI”da ishtirok eting!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1👏1
Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatini ta’minlash, muammolarini hal qilish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani ta’kidlandi.

— Maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida bo‘ladi.

Turli sabablarga ko‘ra bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urgan ayollar ham shu yurtning fuqarolari ekani ta’kidlandi. Ularni ijtimoiy hayotga qaytarish, jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylantirish to‘g‘risida ham jiddiy o‘ylash kerakligi qayd etildi.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan ayollarning ko‘pchiligi o‘rta ma’lumotli, kasbi yoki hunari yo‘q. Ayrimlari oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan.

Shu bois, bunday xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha “Yangi hayot” dasturi boshlanadi. Ular 3-6 oy kasb dasturlarida o‘qitilib, sertifikat oladi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
6👍3🤩2🏆2🥰1🤗1
Kasbiy ta’lim agentligida 8-mart shukuhi

Kasbiy ta’lim agentligida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik rahbariyati tizimdagi ayollarni ushbu sana bilan tabriklab, ularning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy kasblarga o‘qitish yo‘lidagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning mehnatsevarligi va fidoyiligi alohida ta’kidlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
9👍7👏4💯2🤩1👨‍💻1
Universitet davri tugayaptimi? Dunyo yoshlari texnikumlarni tanlamoqda

So‘nggi xalqaro tahlillarga ko‘ra, yoshlar orasida an’anaviy 4 yillik oliy ta’limga qiziqish kamayib, amaliy kasb beradigan kollej va texnikumlarga talab ortmoqda.

Xalqaro konsalting kompaniyasi Deloitte tadqiqotiga ko‘ra, bugungi kunda yoshlar uchun eng muhim omil — tezroq kasb egallash va ish topish imkoniyati hisoblanadi. Shu sabab ular uzoq va qimmat universitet o‘rniga amaliy ko‘nikma beradigan kasbiy ta’limni tanlamoqda.

📊Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki:

- ish beruvchilar tobora diplomdan ko‘ra ko‘proq ko‘nikmaga e’tibor qaratmoqda.
- kasb-hunar ta’limini tanlagan bitiruvchilarning 70% dan ortig‘i o‘z ta’limidan mamnun ekanini bildirgan.
- qisqa muddatli professional dasturlar orqali yoshlar tezroq mehnat bozoriga kirib bormoqda.

💬Mutaxassislar fikricha, kelajakda texnikumlar iqtisodiyot uchun eng muhim kadrlar tayyorlaydigan tizimga aylanishi mumkin.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12👍74🔥3🤩3💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabdan texnikumga

Agar siz 9-11 sinf o‘quvchisi bo‘lsangiz, ushbu videoni albatta tomosha qiling.

Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida bir kun qanday o‘tadi?

Sirojiddin texnikumga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida darslar qanday tashkil etilgani, o‘quvchilar kasbni qanday o‘rganayotgani hamda muhit bilan yaqindan tanishdi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
👍116🔥4🤝3
Avtomobil sanoati uchun malakali mutaxassislar tayyorlash tizimi muhokama qilindi

Kasbiy ta’lim agentligi vakillari ishtirokida Toyota Academy Central Asia faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) vakili ham qatnashdi.

Uchrashuvda akademiyaning:
-mintaqada professional ko‘nikmalarni rivojlantirish;
-xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;
-avtomobil sanoatida xalqaro standartlarni joriy etishdagi o‘rni muhokama qilindi.

📌Ma’lumot uchun, Toyota Academy Central Asia zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, avtomobil sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan turli o‘quv dasturlarini amalga oshirmoqda.


Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM