Kasbiy ta’lim agentligi
7.86K subscribers
670 photos
88 videos
1 file
291 links
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/kasbiytalim
instagram.com/kasb_edu
facebook.com/kasb_edu
youtube.com/@kasb_edu
x.com/kasb_edu

Manzil: Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot
Download Telegram
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatidagi texnikumlar faoliyati o‘rganildi

Kasbiy ta’lim agentligi direktorining o‘rinbosari Sh. Sharofaddinov Nukus shahar 1-son, Xo‘jayli tuman 3-son, Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi hamda Urganch shahar 1-son texnikumlarida bo‘ldi.

Tashrif davomida Xo‘jayli tumanida barpo etilayotgan “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi” uchun zarur bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga ehtiyoj o‘rganildi.

2026–2027 o‘quv yili qabulida hudud talabi asosida yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek:
darsdan keyin o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
qo‘shimcha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
texnikum faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida SMM guruhlarini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
👍63🏆1
Farg‘onada texnikum yoshlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Kasbiy ta’lim agentligi rahbari tomonidan Uchko‘prik tuman 2-son texnikumi o‘quv jarayonlari o‘rganildi.

Tashrif davomida:
-tikuvchilik yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulot jarayoni;
-o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kiyim-kechaklar savdosini yo‘lga qo‘yilishi;
-moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirilib, takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📌Shu kuni texnikumda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ham tashkil etildi. Uchrashuv davomida pedagogik jamoa hamda o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi.

Muloqot davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev yoshlarga yaratilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, xorijiy tillarni o‘qitish xonalari jihozlanishi o‘rganilib, nemis, ingliz va xitoy tillarini o‘rganayotgan o‘quvchilar bilan muloqot qilindi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
👍82🔥2👨‍💻2🥰1👏1
#OAV_da_agentlik_haqida

📺📰 Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan texnikum direktorlari uchun o‘tkazilgan boshqaruv salohiyatiga oid seminar-treninglar— OAV nigohida

🏷 "Ruxsor" telekanalida:

🔹Texnikum direktorlari uchun boshqaruv salohiyatiga oid seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi | Farg‘ona viloyati

🏷 "Xorazm" MTRK:

🔹Kasbiy ta’limni rivojlantirish istiqbollari belgilandi | Xorazm viloyati

🏷"Farg‘ona" MTRK:

🔹Vodiy viloyatlari texnikum direktorlari uchun seminar-trening o‘tkazildi | Farg‘ona viloyati

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
4🔥2🤩1🕊1🏆1
#vakansiya

Kasbiy ta’lim agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Kasbiy ta’lim agentligi tizimi texnikumlarining vakant direktor va direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


Unga ko‘ra ushbu lavozimlarga ishga qabul qilishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida, talabgor fuqarolar va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning barchasiga teng imkoniyatlarni yaratgan holda saralab olish uchun hujjatlar onlayn - platforma orqali qabul qilinadi.

Vakant lavozimlarga nomzodlarni ishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish maqsadida direktor lavozimi uchun Agentlikning markaziy apparatida, direktor o‘rinbosarlari lavozimi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi va hududiy boshqarmalarda tanlov komissiyasi tuzildi.

📊 Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
1. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish;
2. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va saralash;
3. Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish.

📌 Vakant lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Oliy va professional ta’lim muassasalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga hujjatlarni onlayn topshirish platformasi” — vacancy.edu.uz da e’lon qilinib boriladi.

Tanlovlarda tegishli malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
8👍2🤩2💯2
Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan kasbiy mahorat milliy tanloviga tayyorgarlik korilmoqda

Kasbiy mahorat milliy tanloviga taraddud
🎞 Jizzax viloyati

Kasbiy mahorat milliy tanloviga mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
🎞 Farg'ona viloyati

Texnikumlar pedagog xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
🎞 Qoraqalpog‘iston Respublikasi


Kasbiy mahorat milliy tanloviga tayyorgarlik ishlari
🎞 Andijon viloyati

Kasbiy mahorat milliy tanlovida kimlar qatnashadi?
🎞 Namangan viloyati

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
3💯1
UNEVOC ekspertlari ishtirokida kasbiy ta’lim pedagoglari uchun o‘qishlar boshlandi

Kasbiy ta’lim agentligi va UNESCO-UNEVOC bilan hamkorligida Toshkent shahrida tizim mutasaddilari va texnikum pedagoglari uchun kasbiy ta’limni rivojlantirishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha o‘quvlar tashkil etildi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekiston qishloq joylarida bandlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu o‘quvda ish beruvchilar talablari asosida kompetensiyaga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, baholash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish, ichki sifatni ta’minlash hamda RBM yondashuvini joriy etish masalalari qamrab olindi.

UNEVOC — UNESCO huzuridagi kasbiy ta’lim sohasida global miqyosda tajriba almashish va islohotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi bo‘lib, 150+ davlatlarni qamrab olgan xalqaro tarmoq orqali ilg‘or tajriba va siyosiy tavsiyalarni shakllantiradi.

📌Uchrashuvda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 300 nafar pedagogning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ichki sifatni ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha malakasini oshirish hamda ta’lim dasturlariga yashil ko‘nikmalarni singdirish bo‘yicha o‘qitishga kelishib olindi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
13🤩21👍1
Ta’lim standartlarini ishlab chiqishda Germaniya tajribasi qo‘llaniladi

Kasbiy ta’lim agentligida Germaniyaning GIZ tashkiloti va Germaniya Federal kasbiy ta’lim va tayyorgarlik instituti (BIBB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi:
- Germaniya tajribasi asosida O‘zbekistonda ta’lim standartlarini ishlab chiqish mexanizmlarini joriy etish;
- dual kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida korxonalarda ishlab chiqarish ustozlarini tayyorlash;
- kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda sertifikatlash tizimini takomillashtirish.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
3👍3🙏1