Kasbiy ta’lim agentligi
7.86K subscribers
675 photos
90 videos
1 file
294 links
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/kasbiytalim
instagram.com/kasb_edu
facebook.com/kasb_edu
youtube.com/@kasb_edu
x.com/kasb_edu

Manzil: Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali: innovatsion g‘oyalar maydoni

Joriy yilning aprel oyi iqtidorli yosh muhandislar uchun haqiqiy bellashuv maydoni, kelajakni o'zgartira oladigan loyihalar namoyish etiladigan muhim davrga aylanadi — Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali bo'lib o'tadi.

Festival doirasida quyidagi yo’nalishlarda turli xil musobaqa va tadbirlar tashkil etiladi:
Aviatsiya muhandisligi
Agro texnologiyalar muhandisligi
Mashinasozlik muhandisligi
Robot muhandisligi
Yashil energetika muhandisligi
Chip dizayn muhandisligi
Arxitektura muhandisligi
Tibbiyot muhandisligi
Energetika muhandisligi

Aynan shu yerda g‘oyalar real loyihalarga, orzular esa muvaffaqiyatli kelajakka aylanadi.

O’z kelajagingizni bugundan qurishni boshlang!

Xalqaro festival to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin: https://km.edu.uz/uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy ta’limda yoshlar kuni

“Yoshlar kuni” doirasida Kasbiy ta’lim agentligi rahbari tomonidan Toshkent viloyati yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, ularning takliflarini amaliy qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud masalalarga yechim topishga qaratildi. Bildirilgan g‘oya va mulohazalar atroflicha muhokama qilinib, ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Batafsil jarayonni videolavhada tomosha qiling.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
👍98🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IjodkorYoshlar

Texnikum o‘quvchilarining jonli ijrosi yo‘lovchilarga kayfiyat ulashdi

Respublika musiqa va san’at texnikumi o‘quvchilari Toshkent temiryo‘l vokzalida jonli musiqiy chiqishlar namoyish etdi.

Mazkur ijodiy tashabbus orqali yosh iste’dodlar yo‘lovchilarga unutilmas lahzalar va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
👍94🔥3🙏1👌1💯1
Kasbiy ta’limda yangi bosqich: rahbar mahorati va samarali boshqaruv

Respublika bo‘ylab barcha texnikum direktorlari uchun o‘tkazilgan boshqaruv salohiyatiga oid seminar-treninglar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni samarali boshqarish, zamonaviy strategik yondashuvlarni joriy etish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazildi.

📌Quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi:
- Shaxsiy va kasbiy rivojlanish tamoyillari
- Kasbiy ta’lim islohotlarini boshqarish strategiyalari
- Jamoani boshqarishning samarali usullari

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Kasbiy ta’lim agentligining haftalik dayjesti

Hafta davomida o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar, xizmat safarlari, ilgari surilgan tashabbuslar hamda tanlovlar haqida qisqacha ma’lumotlar bilan tanishing.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
👏4🔥3
#Kasbiystandart

Transport sohasida xavfsizlik, mas’uliyat va professional mahorat eng muhim mezonlardan hisoblanadi. Shu bois “Avtomobil haydovchisi” kasbiy standarti ishlab chiqilib, unda yengil va yuk tashuvchi transport vositalari haydovchilarining mehnat funksiyalari, kasbiy kompetensiyalari hamda mas’uliyat doiralari aniq belgilab berildi.


🚗 Avtomobil haydovchisi (yengil)
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha haydovchi quyidagi asosiy mehnat funksiyalarini bajaradi:
🔵Avtomobilni harakatga tayyorlash va uning texnik holatini muntazam nazorat qilish;
🔵 Yo‘l harakati jarayonida transport vositasini xavfsiz boshqarish;
🔵 Yo‘lovchilar va yuklarni belgilangan manzilga xavfsiz va o‘z vaqtida yetkazib berish.

🚗 Avtomobil haydovchisi (yuk tashuvchi)
Yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi esa quyidagi kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim:
🔵 Yuk tashish jarayonini tashkil etish va samarali amalga oshirish;
🔵 Transport vositasini belgilangan tartibda boshqarish;
🔵Texnik xizmat ko‘rsatish va mayda nosozliklarni bartaraf etish;
🔵 Yo‘l harakati hamda mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilish;
🔵 Hujjatlar bilan ishlash va muloqot madaniyatini namoyon etish.

🚦 Professional haydovchi — xavfsiz harakat kafolati!

➡️Batafsil

🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati

☎️Veb-sayt 😎Telegram 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatidagi texnikumlar faoliyati o‘rganildi

Kasbiy ta’lim agentligi direktorining o‘rinbosari Sh. Sharofaddinov Nukus shahar 1-son, Xo‘jayli tuman 3-son, Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi hamda Urganch shahar 1-son texnikumlarida bo‘ldi.

Tashrif davomida Xo‘jayli tumanida barpo etilayotgan “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi” uchun zarur bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga ehtiyoj o‘rganildi.

2026–2027 o‘quv yili qabulida hudud talabi asosida yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek:
darsdan keyin o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
qo‘shimcha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
texnikum faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida SMM guruhlarini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
👍63🏆1
Farg‘onada texnikum yoshlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Kasbiy ta’lim agentligi rahbari tomonidan Uchko‘prik tuman 2-son texnikumi o‘quv jarayonlari o‘rganildi.

Tashrif davomida:
-tikuvchilik yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulot jarayoni;
-o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kiyim-kechaklar savdosini yo‘lga qo‘yilishi;
-moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirilib, takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📌Shu kuni texnikumda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ham tashkil etildi. Uchrashuv davomida pedagogik jamoa hamda o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi.

Muloqot davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev yoshlarga yaratilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, xorijiy tillarni o‘qitish xonalari jihozlanishi o‘rganilib, nemis, ingliz va xitoy tillarini o‘rganayotgan o‘quvchilar bilan muloqot qilindi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
👍82🔥2👨‍💻2🥰1👏1