Kasbiy ta’lim agentligi
10.3K subscribers
1.02K photos
122 videos
9 files
421 links
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/kasbiytalim
instagram.com/kasb_edu
facebook.com/kasb_edu
youtube.com/@kasb_edu
x.com/kasb_edu

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot
Download Telegram
qabul parametrlari ro‘yxati-5.pdf
209.9 KB
11-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

Hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holatda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan kamida umumiy o‘rta ma’lumotga (11-sinf) ega bo‘lganlarni kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish uchun qabul parametrlari belgilandi.

Unga ko‘ra 587 ta texnikumga 276 ta kasb bo‘yicha jami 122 860 ta qabul kvotasi tasdiqlandi:

kunduzgi ta’lim shaklida — 78 880 ta;
kechki ta’lim shaklida — 4 380 ta;
dual ta’lim shaklida — 39 140 ta.

Umumiy kvotaning 460 tasi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlariga o‘quvchilarni davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish uchun ajratilgan:


kunduzgi ta’lim shaklida — 420 ta;
dual ta’lim shaklida — 40 ta.

📌Qabul parametrlarida kvotalarning 44,4 foizi davlat granti va 55,6 foizi to‘lov shartnoma asosida shakllantirilgan.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍7🥰2🤩1💯1
Tibbiyot texnikumida “Hamshiralarni Italyan tiliga o‘qitish kursi” tashkil etildi

Migratsiya agentligi tashabbusi va Perugia universiteti bilan hamkorlikda Kasbiy ta'lim agentligi tizimidagi 1-son Respublika Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Hamshiralarni Italyan tiliga o‘qitish kursi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, Kasbiy ta’lim agentligi direktor o‘rinbosari Avzalxon Abdullaxonov va Piemonte regioni Sog‘liqni saqlash va tibbiy infratuzilma vaziri Federico Riboldi ishtirok etdi.

Akademiya doirasida ishtirokchilar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
-6 oy davomida bepul italyan tili kurslari;
-Zamonaviy onlayn ta’lim platformalari orqali o‘qitish;
-Ta’lim jarayonining bevosita Perugia universiteti tomonidan taqdim etilishi;
-O‘quv jarayonining C1 darajadagi italyan tilini egallagan, magistr darajasiga ega malakali tutorlar tomonidan nazorat qilinishi.

E’lon qilingan ushbu dasturga 1615 nafar fuqaro qiziqish bildirgan bo‘lib, ular orasidan 85 nafari oliy ma’lumotli hamshiralar (bakalavr va magistr darajasiga ega) hisoblanadi.

Dastlabki bosqichda 41 nafar oliy hamshiralik yo‘nalishi bitiruvchilari akademiya faoliyatiga jalb etiladi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
6👍5🔥5
Qashqadaryoda sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Kasbiy ta’lim agentligi direktor o‘rinbosari Shihnazar Sharofaddinov Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolar, texnikum o‘quvchilari hamda kasbiy ta’lim muassasalari xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Qabul davomida:
-sobiq kollej binolarini texnikumga aylantirish va filiallar tashkil etish;
-texnikumlarni zamonaviy kompyuter sinflari bilan ta’minlash;
-o‘quv ustaxonalari qurish, amaliy o‘quv jihozlari va transport vositalari ajratish;
-GIZ loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
-o‘quv-tajriba xo‘jaliklari tashkil etish uchun yer ajratish;
-o‘quv binolari va yotoqxonalarni ta’mirlash masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

📌Aksariyat masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4🔥4
Texnikum o‘quvchilari IT’ni bepul o‘rganish mashg‘ulotlari bilan tanishdi

Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi o‘quvchilari ishtirokida Toshkent shahridagi Raqamli texnologiyalar maktabi “School 21” ning zamonaviy onlayn ta’lim platformalariga ekskursiya uyushtirildi.

Uchrashuv davomida:
— maktab faoliyati taqdimoti;
— kampus bo‘ylab ekskursiya;
— IT kurslarining yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif yoshlarning IT sohasiga qiziqishini oshirish va zamonaviy bilimlarni egallashiga xizmat qiladi.

📌Ushbu tashabbus “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida texnikum o‘quvchilari tomonidan bildirilgan taklifga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰2🎉2