karimova_design blog
35 subscribers
351 photos
3 videos
2 files
266 links
-Eng sara YouTube darsliklar
-Real proyektlar haqida qiziqarli ma'lumotlar
-Sohaga oid foydali kontentlar
-Turli mavzularda qiziqarli maqolalar

Blog sahifadan ma'lumot olinganda manba qaysi blogdan olinganligi ko'rsatib ketilishi shart!
Download Telegram
Infografik uslubdagi mahsulot promo posti
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan bu turdagi postlar infografikaga o‘xshaydi, ammo ular to‘liq infografika emas.
Bu — mahsulotni targ‘ib qilish uchun tayyorlangan vizual reklama bo‘lib, ba'zida “product card design” deb ham ataladi. Unda mahsulotning asosiy xususiyatlari yirik va soddalashtirilgan shaklda beriladi. Bunday postlar Instagram, Telegram va onlayn do‘kon sahifalarida tez-tez uchraydi.
Ular mahsulotni tushuntiradi, lekin ayni paytda e’tiborni jalb qiladi. Asosiy maqsad — mijozga kerakli ma’lumotni bir qarashda yetkazish.Matn qisqa, o‘qishga qulay va grafik elementlar bilan birga ishlatilgan.

Shunga oid maqola va yana bir video darslik
https://t.me/karimova_blog/400
https://t.me/karimova_blog/419

https://t.me/karimova_blog
👍4
Forwarded from Zardesign
Juda ko'p dizayn loyihalarga asos solgan va ko'plab dizaynerlarini ishini yengil qilishga hissa qo'shgan @Muhammadazim_design kecha olamdan o'tibdilar .

Bu inson bilan men birga ishlaganman aynan shu loyihalar bo'yicha.
Afsus ko'rishish nasib qilmadi .


Men bu insonni unutmayman


Asos solgan loyihalari :@dsgn_pro, @Fonts_pr, @Mot1on_pro, @freepikpro, @envato_pro, @dsgn_profiles, @arxiv_pr, @dizayn_battle, @figma_pr, @Freepik_premiumbot
👍21
#focus / #shaxsiy_rivojlanish / #samaradorlik

"Fokus bo'lmagan joyda xotira ham bo‘lmaydi"


Biron narsaga fokus ushlolmaydigan insonni xotirasidan umid qilmang

Fokusni ushlab turish qobiliyati — bu zamonaviy dunyoda inson ega bo'lishi mumkin bo'lgan eng qimmatli ko'nikmalardan biri. Bu shunchaki bir vazifani bajarish emas, balki hayot sifatiga bevosita ta'sir qiluvchi fundamental mahoratdir.

Steve Jobs aytgan:
"Fokusni jamlay oladigan odamlar tog‘larni siljitishi mumkin".
(org. People who know how to focus can move mountains)

Yuzaki ishlar insonni rivojlantirmaydi, na bilim bermaydi, na natija bermaydi. Faqat “Deep Work” (chuqur e’tibor bilan uzluksiz ishlash) ongni o‘stiradi, yangi xotira yo‘llarini ochadi, katta kashfiyotlarga olib keladi. (Deep Work asaridan)

Multitasking (bir vaqtning o‘zida ko‘p ish qilish) odamning xotirasini ham, fokusini ham zaiflashtiradi. Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, doim chalg‘ib ishlaydiganlar yangi axborotni yodda saqlashda ancha sust bo‘ladi. (Stanford Neuroscience, 2009)

Leonardo bir rasm ustida haftalab, ba'zida oylab ishlagan. U bir detalni chizishda bir necha kun diqqatini shunchalik jamlaganki — bu unga dunyo san’ati tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

Leonardo da Vinci haqida olimlar fikri:
"Uning daholigi shunchaki iste'dodia emas, balki diqqatini boshqalarga qaraganda uzoqroq ushlab tura olishida edi."

Ilmiy asos: Fokusda ishlaganda myelin deb ataluvchi modda nerv tizimida kuchli izlar qoldiradi. Shuning uchun fokus – xotira qurilishining asosidir.

Xullas, fokus yo‘q joyda ong yozmaydi. Ong yozmagan joyda xotira bo‘lmaydi. Xotira bo‘lmagan joyda esa, buyuklik yozilmaydi.

P.S Ushbu maqolani yozishda 1 kecha fokus qilib yozdim va aynan hayotimdagi eng samarali tunlardan biri bo'ldi...

Manba
👍4
Bir kun avval bir ustozim bir mavzuda maqola yozishga ilhomlantirdilar va shu mavzuda maqola yozishga kirishib ketdim. Mazvu: kimlar grafik dizayner, kimlar dasturchi bo'la oladi?.

O‘z tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki: grafik dizayner bo‘lish uchun faqatgina o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq yoki yaxshi o'zlashtirishning o'zi yetarli emas. Bu sohada faoliyat olib borish uchun odam tartibli, estetikaga sezgir, ranglar, nisbatlar, shriftlar kabi detallarni “ko‘ra” oladigan, har bir pikselni his eta oladigan bo‘lishi kerak. Grafik dizayn — bu faqat kompyuterda chiroyli narsa chizish emas, balki did bilan ishlash. Ranglar, shakllar, bo‘shliqlar va balans — bularning barchasini his qilish, uyg‘unlashtirish va bular ustida tinimsiz o'z ustida ishlashi zarur. Bu sohada ijodkorlik katta rol o‘ynaydi. Dizaynerlikni tanlagan odam san’atga befarq bo‘lmasligi, ijod qilishni sevuvchi shaxs bo'lishi, yaratuvchanlikka qiziqishi bo'lishi kerak.

https://t.me/karimova_blog
👍3
karimova_design blog
Bir kun avval bir ustozim bir mavzuda maqola yozishga ilhomlantirdilar va shu mavzuda maqola yozishga kirishib ketdim. Mazvu: kimlar grafik dizayner, kimlar dasturchi bo'la oladi?. O‘z tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki: grafik dizayner bo‘lish uchun…
Dasturchilik esa biroz boshqacharoq. Bu yerda ijodkor bo‘lishi shart emas. Asosiy narsa – aniqlik, mantiq va tartib. Algoritmik fikrlashga ega bo‘lgan, matematikani yaxshi tushunadigan, ketma-ketlik va tizimga qiziqadigan insonlar uchun bu soha juda mos. Chunki dasturchilar uchun asosiy vazifa – mukammal kod yozish, bu esa did bilan emas, aniq formulalar va yechimlar bilan bog‘liq.

Xulosa o‘rnida aytmoqchimanki, sizda estetik fikrlash kuchli bo‘lsa, ijod qilishni yoqtirsangiz – grafik dizayn sizga mos. Agar sizda mantiqiy fikrlash kuchli bo‘lsa, aniqlikni va tizimni yoqtirsangiz – dasturlash siz uchun to‘g‘ri yo‘l. Har kim o‘z tabiatiga qarab yo‘nalish tanlasa, ish ham maroqli, natija ham barakali bo‘ladi.

t.me/karimova_blog
👍3
❇️❇️❇️

Me’moriy yechimlarga qiziqqanim bois, Tashkent City da qad roslagan Hilton mehmonxonasi haqida yozmay befarq qola olmadim. Bu mehmonxona o'zining baland ko'rinishi va nomi bilan meni o'ziga tortgan edi.

Hilton mehnonxonasi — Tashkent City hududida barpo etilgan ushbu mehmonxona binosi 21 qavatga ega bo'lib, eng zamonaviy va hashamatli mehmonxonalardan biridir. Mehmonxonada 258 ta xonalar bo'lib, ular standart, lyuks hamda fransuz, ingliz, arab va mumtoz uslubda qurilgan.

Endi Hilton so‘zining ma’nosi va tarixini ko'rib chiqsak
“Hilton” — bu shunchaki so‘z emas, balki Hilton Worldwide deb nomlanuvchi dunyoga mashhur mehmonxona brendining nomidir. Uning ma’nosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri “boylik” yoki “hasamat” degani emas, bu asoschi shaxs — Conrad Hilton familiyasidan kelib chiqqan.

https://t.me/karimova_blog
👍3
karimova_design blog
❇️❇️❇️ Me’moriy yechimlarga qiziqqanim bois, Tashkent City da qad roslagan Hilton mehmonxonasi haqida yozmay befarq qola olmadim. Bu mehmonxona o'zining baland ko'rinishi va nomi bilan meni o'ziga tortgan edi. Hilton mehnonxonasi — Tashkent City hududida…
Konrad Nikolson Hilton (1887–1979) — amerikalik mehmonxona sanoati magnati va Hilton mehmonxonalar tarmog‘i asoschisi bo‘lgan. U 1919-yilda Texas shtatidagi Cisco shahrida o‘zining birinchi mehmonxonasi — Mobley Hotelni sotib olgan va keyinchalik dunyodagi birinchi xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i — Hilton Hotels Corporationni tashkil qilgan

https://t.me/karimova_blog
👏2👍1
Oylik sababli ishdan bo'shagan xodim ishga qaytib kelishi mumkin. Korporativ madaniyat sababli ishdan bo'shagan xodim hech qachon qaytib kelmaydi.
👍3
Хақиқий назорат — ишхонада бўлмаганингизда ҳам у ерда нима содир бўлаётганини билиб туришингиз.


Реальный контроль — это когда вы можете быть не в офисе, но точно знаете, что там происходит.


@AkmalNasridinov
Савдони тизимли оширамиз!
YouTube | Instagram
👍2
Forwarded from Marketing bo'limi
Ko'ramiz
Beshqozon osh markazi Fido Studio bilan birgalikda rebrending o'tkazibdi.
Beshqozon rebrending o'tkazdi

Beshqozon osh markazi Fido Studio bilan birgalikda rebrending o'tkazibdi. Yangi dizayn tizimiga asos sifatida osh tarixi va milliy atributlar ishlatilgan. Falsafasida esa "Osh - bu tariximiz, ertamiz, osh - bu biz" degan xabar ishlab chiqilgan.

Rebrending haqida Muhrim A'zamxojayev o'z kanalida e'lon qildi.

Video keysni Ko'ramiz kanalida tomosha qiling.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
👍3
Men o‘rgandim,o‘sdim. Ko‘p narsalarni bilib oldim, ustozlardan saboq oldim, bilimni amaliyot bilan uyg‘unlashtirdim. Va o‘rganishdan hech qachon to‘xtamadim. Vaqt o‘tgan sari tushundimki, bilim – bu faqat o‘zini rivojlantirish emas, boshqalarni ham ilhomlantirish.

Shu yillarda shogirdlar tayyorladim, bugun ularning ayrimlari shu sohada mustaqil ishlashmoqda. Ularning muvaffaqiyatini ko‘rib, faxrlanaman-demak boshqalarni ilhomlantirish va o'rgatish bekor ketmagan.

Endi esa yangi davr, yangi energiya, yangi loyihalar sari yo‘l ochilmoqda.
Ba’zida o‘zgarish shovqinsiz keladi, lekin aynan u eng to‘g‘ri yo‘ldir!!!

@karimova_blog
👍4
“Uylar orasida bir uyning hamon chiroqlari o‘chmagan bo‘lsa, demak u uyda ijodkor inson yashaydi"...

Bu inson kechani ham doimiy ish va ilhom bilan to‘ldiradi: fikrlari sahifalarda, chizmalarda yoki yangi g‘oyalarda o‘z aksini topadi. Har yonayotgan chiroq — yangi ijodning boshlanishi, har bir nur esa ruhning yaratuvchanligini aks ettiradi.

📝 Muallif: Karimova M

@karimova_blog
👏3
Ish faoliyatimda qisqa tanaffus!!!
Bu pauza tashqaridan oddiygina ko'rinishi mumkin, ammo ichimda u unchalik yengil kechmadi... va hali ham kechmayapti... O'rganib qolgan ritm, ish muhiti, har kuni yonimda bo'lgan hamkasblar, xodimlar, o'quvchi shogirdlar.....

Yillar davomida ulardan ko'p narsa o'rgandim, o'z bilimlarimni ulashdim. Hayotda ba'zan qisqa tanaffuslar bo'ladi, ular shu tanaffus kabi bo'ldi.

Ammo shu o'rinda bir narsani aytib o'tay
Tanaffus — blog uchun tanaffus emas........

Men shu yerda bo'laman, sizlar bilan bo'laman... Bilimlarim, kuzatishlarim va tajribalarimni ulashishda davom etaman

@karimova_blog
👍1
Sizda imkon, vaqt bormi — o‘rganing!
O‘qing, izlaning, o‘rganishdan to‘xtab qo‘ymang.
Bilimli, hunarli bo‘lgan baribir boshqacha.
Bu o‘tgan uyqusiz tunlar, o‘rganish davridagi qiyinchiliklar — hammasi o‘z natijasini beradi.
Eng muhimi — harakatdan to‘xtab qolmaslik.
Qiyin ekan deya yarim yo‘lda tashlab ketmaslik

@karimova_blog
🤩4
Yangi yil bayrami o'tib ketdi, lekin yangi rejalar, yangi marralar sari dadil qadamlar hali oldinda....

2026-yil barchamizga tinchlik, ishlaringizga baraka, sog'lik, rejalaringizga esa amalga oshish nasib etsin!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

@karimova_blog
👍1🎉1