Qahramon Omonov | Shaxsiy blog
115 subscribers
30 photos
23 videos
22 links
IT (AyTi) biznesmen, biznesni tizimlashtirish va avtomatlashtirish bo'yicha mutaxassisman

Bu kanalda bilim, tajribalar hamda shaxsiy fikrlarimni o'rtoqlashib boraman

Murojaat uchun: @kahero_unical
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar - Xayrulla Hamidov

Oxirigacha eshiting

@kahero
O'zimga qilishim kerak deb yozib olgan ishlarim ro'yhati sizlarga ham ilindim.

1. Rostgo'y bo'ling. Har doim rost gapiring. Rostgo'ylik ishonchni oshiradi.

2. Faol tinglang. Boshqalarni fikrini bo'lmasdan faol eshituvchi bo'ling va iloji bo'lsa fikriga qo'shimcha bildiring va qo'llab-quvvatlang, agarda xato deb o'ylasangiz muloyimlik bilan tushuntiring.

3. Barqaror bo'ling. Barqaror fikrlash va holatini barqaror tutish bu ulg'ayish belgilaridan biri, har doim o'zgaruvchan tabiatli bo'lish yosh bolani ishi.

4. Chegarani biling. Boshqalarni shaxsiy chegaralariga o'tmang agar o'zlari imkon bersa ham hurmat bilan munosabatda bo'ling.

5. Professional bo'ling. Qaysi ish, kasb yoki hunarda bo'lishingizdan qat'iy nazar professional bo'ling. Yaxshiroq qilaman, sal kamroq bilaman degan narsani o'zi yo'q. Inson yoki qila oladi yoki qila olmaydi. Qilsangiz zo'r qiling yoki yaxshilab o'rganib qiling yoki boshqasiga topshiring.

6. Xatolaringizni tan oling. Xato qildingizmi, uni tan oling va ustingizda ishlang. Xatosini tan olmasdan boshqaga yuklash hech qanaqasiga muammoni yechib bermaydi.

7. Boshqalardan yordamingizni ayamang. Sizga berilgan qobiliyat jamiyatda qaysidur ishni bajarishingiz va boshqalarga ham shu bilimni ulashish uchun berilgan. Faqat o'zingizni o'ylaydigan xudbin bo'lmang, qo'lingizdan kelgancha yordam bering va evaziga nimadur ham kutmang.

8. Boshqalarni tushunishni o'rganing. Biror kishi haqida xulosa chiqarishdan oldin o'zingizni uni o'rniga qo'yib ko'ring, agar buni uddalay olmasangiz umuman u kishi haqida yomon hayolga bormang.

9. Yaxshi tomonlarini o'ylang. Biror narsa haqida fikrlashdan oldin avval yaxshi tomonlarini o'ylab ko'ring, keyin yomon tomonlarini o'ylab uni oldini olib qo'ying.

10. Vaqtni qadrlang. O'zingiznikini ham, boshqalarnikini ham. Har birimizga qanchadur vaqt berilgan, uni behuda ishlarga sarflab uvol qilmang, qilaman degan ishingizni vaqtida bajaring, boraman degan joyingizga o'z vaqtida boring va hokazo.

11. Vadaga vafodor bo'ling. Qilaman dedingizmi qiling, vada berish uchun "Vada beraman" degan gapni aytish shart emas.

Boshqa tavsiyalar bo'lsa kommentda kutaman.

@kahero
O'zimga qilmasligim kerak deb yozib olgan ishlarim ro'yhati.

1. Giybat qilmang. Boshqalar haqida yaxshi gapiring, bo'lmasa jim bo'ling.

2. Halaqit bermang. Gapiryotganda so'zlarini bo'lmang, ishlab o'tirsa chalg'itmang, chegaralarni biling.

3. O'zingizga katta baho berib yubormang. Faxrlanish, o'ziga ishonish yaxshi narsa ortiqchasi esa kibrga berilishga olib kelishi mumkin.

4. Haqorat qilmang. Insonlarni ko'rinishi, fikrlashi va boshqa xususiyatlari tufayli past munosabatda bo'lmang. Siz yaratilgan emas, yaratguvchi ustidan kulayotganingizni eslang.

5. Ikkiyuzlamachi bo'lmang. So'zingiz va harakatingiz ikkita kishi bo'lmasin.

6. Muammolardan qochmang. Muammodan qochganingiz bilan u hal bo'lib qolmaydi, muammoni tezda hal qilishga odatlaning.

7. Manipulyatsita qilmang. O'z maqsadingizga erishish uchun boshqalarni manipulyatsiya qilmang, manipulyatsiya soxta hamda vaqtinchalik narsa ekanligini yodingizda tuting.

8. Sizga berilgan ishonchni suiste'mol qilmang. Ishonch bu juda muhim narsa, u bir marta yo'qoldimi qaytib tiklanishi qiyin, sizga ishongan insonlarni qadrlang va ishonchini oqlang.

9. Hurmatingiz yo'q joyda qolmang. Siz kerak bo'lsangiz sizga yaxshi muomila qilishadi, unday emasmi demak siz ularga kerak emassiz, bu joyda qolgandan ma'no yo'q.

10. Taklif qilinmagan joyga bormang. Bundan bitta oldingi maslahatni eslang, syurprizlar hammaga ham yoqmasligini yodingizda tuting.


Boshqa tavsiyalar bo'lsa kommentda kutaman.

@kahero
Vaqtga xiyonat

Kasbiy faoliyatim tufayli deyarli har kuni uchrashuvlarda yuraman.

Uchrashuvlarda odamlar ko'p marotaba kech qolayotgan yoki kelmayotgan bo'lsa o'zimni ayblashni boshladim.

Ular oldida mening muhimlik darajam past bo'lganligi sababli shunday qilishyapti deb o'yladim, bugun.

Chunki shu kech qolayotgan yoki kelmayotgan insonlar ham, amaldorlar yoki kimningdur oldiga hech qachon kech qolmasa kerak deb o'ylayman.

Demak asosiy ayb menda ...

Bunday insonlar birovning vaqtini hurmat qilmaslik ketidan o'zini vaqtini ham hurmat qilmaydi va bulardan yaxshi hamkor chiqmaydi.

@kahero
Maqsad qo'yish

Ba'zida maqsad qo'yamiz va unga erisholmaymiz, bu esa bizni xafsalamizni pir qilishi va motivatsiyani tushurishi aniq.

Bunday holatlarning asosiy sabablaridan biri noreal maqsadlar qo'yish.

Keling bugun sizlar bilan qanday qilib to'g'ri maqsad qo'yish usuli SMART prinsipini ko'rib chiqamiz.

S - Specific - Ya'ni maqsadingiz aniq, tushunarli bo'lishi kerak. Buni aniqlash uchun quyidagi savollarga javib bersangiz ham bo'ladi.
- Nimaga erishmoqchiman?
- Nima uchun bunga erishmoqchiman?
- Bunga erishishimda menga nima yoki kimlar kerak bo'ladi?

M - Measurable - O'lchasa bo'ladigan, ya'ni bu maqsadingizga qanchalik erishayotganingizni o'lchay olishingiz kerak.
- Men o'zimni shu maqsadga erishish jarayonimni qanday o'lchayman?
- Qanday kichik maqsadlar qo'ysam bo'ladi?

A - Achievable - Erishsa bo'ladigan, ya'ni sizning resurslaringiz bu maqsadga erishish uchun yetarli.
- Bu maqsadni amalga oshirish mumkinmi?
- Bunga erishish uchun qanday ko'nikmalar yoki resurslar kerak?

R - Relevant - Maqsadingiz, hayotdagi umumiy yashash prinsiplaringizga, hayotdagi maqsadingiga mos bo'lishi kerak.
- Bu maqsad mening qadriyatlarimga mos keladimi?
- Bu mening hozirgi holatim uchun foydalimi?

T - Time-bound - Vaqt bilan chegaralangan, aniq deadlinega ega bo'lishi kerak. Bu sizni harakatga undaydigan asosiy ko'rsatkichlardan biri bo'ladi.
- Qachon/Qancha muddatda bu maqsadga erishishim kerak?
- Buni kichik maqsadlarga bo'lib chiqsam bo'ladimi?

Misol uchun:
Specific: Men ozmoqchiman.
Measurable: Men 10 kiloga ozmoqchiman.
Achievable: Men bu maqsadga haftada 3 marta zalga chiqib hamda to'g'ri ovqatlanib erishaman.
Relevant: Bu maqsad mening sog'ligim uchun foydali va kerak.
Time-bound: Men bunga 3 oy mobaynida erishmoqchiman.

Eng e'tibor berish kerak bo'lgan narsa hozirgi ketayotgan hayot yo'lingizga mos bo'lishi kerak.

P.S: Ozish maqsadi bu shunchaki misol 😉

@kahero
G'alaba qozonish qanchalik mag'lubiyatga chidashingizda

Yoshligimda kurash bo'yicha to'garagga chiqqanman, va u yerda birinchi o'rgatiladigan mashq bu to'g'ri yiqilish va qayta turish. Agarda siz to'g'ri yiqilishni bilmasangiz, birinchi kundan jarohat olib, qayta tura olmasdan karyerangizni shu yerni o'zida tugatishingiz mumkin.

Jangda asosiy narsa hujum lekin himoyani unutmagan holda, biznesdagi eng asosiy narsa strategiya risklarni unutmagan holda.

Siz riskni deb maqsadni o'zgartira olasiz, lekin maqsadni deb riskni emas. Raqibni yengishda undan qanday himoyalanishni birinchi qanday hujum qilishni esa keyin o'rganasiz.

Muvaffaqiyatga erishish uchun asosiy narsa ham shu siz - stress, risklarga qanchalik tayyorligingiz va chidamliligingiz.

"Rocky" filmida Sylvester Stallone aytganidek: "It's not about how hard you hit. It's about how hard you can get hit and keep moving forward. How much you can take and keep moving forward."

O'zbekchasiga: "G'alaba qanchalik kuchli zarba berishingizda emas. Siz qanchalik zarba qabul qilishingiz va davom etishingizda. Qanchasiga chidashingiz va oldinga davom etishingizda"

@kahero
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sylvester Stallone - It's not about how hard you hit.

Video versiyasi

@kahero
Multitasking foydalimi?

Multitasking - ikki va undan ortiq topshiriqlar bir vaqtda qilish yoki topshiriqlarni tez-tez almashtirish.

Ko'p insonlar (asosan tizimsiz biznes egalari/ishchilari) men bir nechta ishni bir vaqtda qila olaman va ko'p ishga ulguraman deya maqtanganini eshitib qolaman. Aslida ham shundaymi? Ko'p ishlarni bir vaqtda qilish haqiqatdan ham foydalimi?

Aslida esa, multitasking ko'pincha foydasiz, samarali strategiya emas. Tadqiqotlar bu holat odatda samaradorlikni pasaytirishi va xatolarni ko'paytirishini aniqlagan. Bizning miyamiz asosan bir vaqtning o'zida bitta narsaga e'tibor berishga mo'ljallangan, oddiy misol: sizning miyangiz bir vaqtning o'zida ikki kishi bo'lib o'ylay olmaydi. Shuning kelib chiqib vazifalarni o'zgartirish kognitiv charchoqqa olib kelishi va umumiy samaradorlikni kamaytirishi mumkin.

Ba'zi oddiy yoki muntazam vazifalarni birga bajarish osondek tuyulishi mumkin, masalan, mashq qilayotgan paytda musiqa tinglash. Muhimi, o'z chegaralaringizni tushunish va sizga mos keladigan muvozanatni topishdir. Qiyin yoki talabchan ishlar uchun bir vaqtning o'zida bitta vazifaga diqqatni jamlash ko'pincha eng samarali yondashuvdir.


@kahero
Eng achinarlisi shundaki, axborot urushida doim haqiqatni gapirayotgan yutkazadi. U haqiqat bilan chegaralangan, yolg'onchi esa xoxlagan narsasini aytishi mumkin.

© Robert Shekli, fantast yozuvchi

@kahero
Agar kelajakda bir kun "Koshki edi" deb qolishni istamasangiz, uch narsani to'g'ri tanlang: rafiqangizni, kasbingizni, do'stingizni

@kahero
Ba'zan kibrga berilib "Hammasiga o'zim erishdim" - deb bilmay aytib yuboramiz. "Hozirgi bilimim va erishgan natijalarim faqatgina o'z harakatim bilan erishdim, men zo'rman" - deymiz.

Lekin shu darajaga chiqishimizda yordam bergan insonlar, shu jumladan, ustozlarimizni esdan chiqarib qo'yamiz.

Birinchi ustozimiz o'zi mehribon bo'lsa ham bizni yaxshi o'qisin deb qattiqqo'llik ham qilardi. Undan keyingi ustozlarimiz ham mehribon va o'z o'rnida talabchan bo'lganligi tufayli balki shu yergacha yetib kelgandurmiz.

To'g'ri, hammasi taqdir, taqdirimizga shunday ustozlar yozilganidan xursand bo'lishimiz kerak. Balki bu ustozlar bo'lmaganida hozirgi darajamizga hech qachon yetib kelmasmidik.

Ustozlarimiz sizlarga rahmat. Bayramingiz muborak bo'lsin.

@kahero
Sen erkaksan

Sening muammolaring hech kimni qiziqtirmaydi.

Pulni top, sport bilan shug'ullan, o'z ustingda ishla va o’z hayotingni o'zing qur.

P.s: Har bir erkak bilishi kerak bo'lgan haqiqatlar

@kahero
Kichkinagina lifehack

Bir aqlli inson aytgan ekan: "Insonlar gapning mazmuniga emas, ko'proq u gapni aytgan insonga qarashadi".

Shuning uchun miyaga aqlli gap kelib qolsa, ta'sirli bo'lishi uchun "Bir aqlli inson aytgan ekan" deb aytaverasiz.

P.s: Postni qayta o'qing 😉

@kahero
Juda ko'p aqlli gaplarni eshitdik, o'rgandik va gapirdik, endi faqat ularga amal qilish qoldi xolos.

@kahero
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshiyam shu ChatGPT bor. O'zbekchada ham ancha yaxshi gapirishni boshlabdi.

Shamollashdan qanday tuzalsam bo'ladi deb savol bergandim.

Dori so'ragan edim shifokordan so'raysiz deb rad qildi.

Oxirida tezroq tuzalib keting degani yoqdida 😊

@kahero
Ikkita alkash gazakka(zakuska) kolbasa olayotganda "Halolmi?" deb so'ragan ekan

@kahero
Forwarded from Abdulloh's blog
#maslahat

Ishingiz yurishgan paytda sizni ko'p maqtaydigan toifa chiqadi.

Ularni maqtoviga uchib "men kuchli bola ekanman" deb qolishingiz, 2 ta gapni so'zlarga bo'lib chiqsak, gapingiz ichida "men, men, men" yoki "menda u" kabi iboralar ko'p uchrashi mumkin.

Shuni bilingki har qanday muvaffaqiyat siz uchun sinovdir. Shunaqangi tepaliklarga chiqib, sekundda yiqilib, saqichdek ezilib qolishingiz mumkin.

Unutmang, har qanday muvaffaqiyat Yaratganning huzuridandir.
Ixtilof

Tinkalarni quritdi
Ixtilofu nizolar,
Nizoni yoʻq qilishga
Yigʻildi rahnamolar.

Bari bitta fikrga
Yakdil ovoz berishdi,
Ixtilofu nizoni
Yoʻq qilishga kelishdi.

Faqat bitti ish qoldi
Navbat keldi shu ishga,
Ixtilofu nizoni
Qandayin yoʻq qilishga.

Birov u, birov bu der,
Avjga chiqdi tortishuv,
Kelishmaslik fikrida
Yakun topdi kelishuv.

Nega hayron boʻlasiz?
Ular ham emas ahmoq,
Faqat har kim oʻzgadan
Oʻzin koʻrar yaxshiroq!

@kahero
Forwarded from Temurbek Adhamov
Xiyonat

Jamoam bilan suhbatda, agar ularni mayda masalalar yuzasidan tortishayotganini ko’rsam, ko’p takrorlaydigan bir gapim bor, “Xiyonatdan boshqa barchasini kechirsa bo’ladi”. Ishda, hayotda, do’stlar davrasida xato bo’lishi, qasddan qilinmagan katta-yu kichik muammolar bo’lishi odatiy jarayon.

Aslida insonga eng og’ir botadigani bu xiyonat, chunki u begona insondan sodir bo’lmaydi. Begona insondan sodir bo’lganda xiyonat bo’lmasdi.

Xiyonat men uchun keng tushunchaga ega. Xiyonat bu:

— Sen unga ishonib turganingda, seni aldashi, xoh so’z bilan, xoh amal bilan, xoh qalb bilan;

— Seni o’ziga do’st deb aytib, sen g’iybat qilingan joyda uning sukut saqlashi;

— Senga yoqmaydigan, seni qalbingga og’ir keladigan amalni bilib turib senga ko’rsatib bajarish;

— Xiyonat sodir bo’lganda bilasangki, ichingda nimadir uziladi, qalbingni jarohatlaydi, u tomonga gapirish uchun na bir so’z va na luqma topa olmaysan. Aslida eng yaxshi javob sukut bo’lsa kerak…

Yaxshimi, yomonmi bir odatim bor, xiyonatni kechira olmayman. To’g’rirog’i qalbim baribir avvalgidek u insonni o’ziga yaqin ololmaydi. Balki, o’zgarishim kerakdir, bilmadim.