𝗝𝘂𝘀𝘁𝗶𝗰𝗲 𝗧𝗮𝗹𝗸𝘀
58 subscribers
215 photos
37 videos
42 files
369 links
⚖️ Justice Talks kanaliga xush kelibsiz!
📚 Ushbu kanalda siz huquqiy bilimlaringizni oshirishingiz, qonunchilik, huquqiy yangiliklar va yurisprudensiyaga oid muhim mavzular bilan tanishishingiz mumkin !
Download Telegram
Forwarded from Bebik Shop ©️
🌸 Bahorgi bolalar krasovkalari – har bir kichkintoy uchun! 👟

Farzandingiz, jiyaningiz, uka yoki singilingiz uchun qulay, zamonaviy va sifatli Xitoyda ishlab chiqarilgan krasovkalar ! 🏃‍♂️🏃‍♀️

✔️ Razmerlar: 28-38
✔️ Qulay va yengil – oyoqlarni charchatmaydi
✔️ Ortopedik taglik – to‘g‘ri yurish va qulaylik uchun
✔️ Trenddagi dizayn – bolajoningizga yoqadi
✔️ Bir nechta rangdagi variantlar – har kimning didiga mos
🔖 Narxi: 85.000 so'm + kargo alohida (tovar og'irligiga qarab)

📦 Yetkazib berish muddati: 14-16 kun
💰 To‘lov – mahsulot qo‘lingizga kelib, ko‘rib chiqqaningizdan keyin! (Islomiy savdo qoidalariga muvofiq)

📩 Narxlar va batafsil ma’lumot uchun:
📱 Telegram: @bebik_shop_online
📱 Instagram: https://www.instagram.com/bebikshop.uz?igsh=OW16Y2Ricm1iZjMz

Yaqinlaringizga qulay va chiroyli poyabzal hadya qiling! 😊

https://t.me/bebik_shop
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yo'l harakati ishtirokchilarining yo'l harakati qoidalariga qat'iy rioya etishi ta'minlanadi


“Yo'l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun (O'RQ-1033-son, 20.02.2025 y.) qabul qilindi


🔰 Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi:

🔹Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlaganlik, o'tkazganlik yoki ulardan foydalanganlik, shuningdek ularni qalbakilashtirganlik uchun;

🔹Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar o'tkazish va guvohnomalar berish tartibini buzganlik uchun;

🔹Transport vositasini mastlik holatida boshqarganlik yoki tekshiruvdan o'tishdan bo'yin tovlaganlik uchun;

🔹Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarganlik uchun;

🔹Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg'i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun.

📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

https://t.me/justice_talks
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Jarima ballari 12 balldan oshsa haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi


⚡️Qonun bilan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, quyidagilar uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi:

🔹Yo'l harakati qoidabuzarliklari bo'yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma'muriy jazo qo'llanilishi;

🔘Bunda:

Belgilangan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan mazkur huquqbuzarliklarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima balining eng yuqori miqdori 2 balldan oshmasligi kerak.

Jarima ballari belgilangan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan e'tiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballari bir yil o'tgach transport vositasining haydovchisidan avtomatlashtirilgan tarzda yechiladi.

Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida 12 balldan oshgan hollarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan tartibda qo'shimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati 6 oydan kam bo'lmasligi belgilandi.


🔹Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg'i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun;

🔹Transport vositasida odam tashish qoidalarini buzganlik uchun;

🔹Transport vositalarini quvib o'tish qoidalarini buzganlik uchun;

🔹Yo'l bezoriligi uchun;

🔹Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obro'sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatganlik uchun.

https://t.me/justice_talks
#2025_yil_1_martdan

🗓1-martdan qonunchilikda nimalar o'zgaradi?


🔹Ayrim bog'chalarning pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari yo'lga qo'yiladi BATAFSIL;

🔹Yangi tajriba joriy etiladi BATAFSIL;

🔹Yer qa'ridan foydalanish monitoringi “Geomonitoring” AT orqali amalga oshiriladi BATAFSIL;

🔹Musiqa madaniyati fani o'qituvchilarining malakasi yangicha tizim orqali oshiriladi BATAFSIL;

🔹Ayrim ota-onalarga farzandi uchun moddiy yordam beriladi BATAFSIL;

🔹Sudda ish yuritish taraflar kelishuvi sababli tugatilganda davlat boji qaytarib beriladi BATAFSIL;

🔹Ayrim traktor va kombaynlarga GPS qurilmasi o'rnatilmasa davlat ro'yxatidan o'tkazilmaydi BATAFSIL.

https://t.me/justice_talks
Xotin-qizlar kuni va Navroʻz munosabati bilan necha kun dam olinadi?

8-mart (shanba) — Xotin-qizlar kuni;
9-mart (yakshanba) — dam olish kuni;
10-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;

21-mart (juma) — Navro‘z bayrami;
22-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
23-mart (yakshanba) — dam olish kuni.

Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.


https://t.me/justice_talks
👏1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha qayd etilgan eng muhim vazifa va maqsadlar

▫️Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvtaʼminot”ning komplayens nazorati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkaziladi.

▫️Agentlik vazir, hokimlar bilan birgalikda har chorakda korrupsiya yuqori bo‘lgan kamida 3 ta sohada tumangacha tushib, maishiy va tizimli korrupsiya omillarini chuqur o‘rganadi.

▫️Xalqaro reyting tashkilotlari tavsiyasi asosida “yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, har bir vazirlik va idoraga qilinadigan ishlar aniq belgilab beriladi. Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarni jazolash bo‘yicha taklif kiritiladi.

▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tarkibini to‘liq yangilanadi, ularga rais etib viloyat xalq deputatlari kengashi raislari tayinlanadi.

▫️Kengashlar har chorakda kamida bitta sohada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligini taʼminlash bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritadi.

▫️Vazirlar Mahkamasi tizimidagi korrupsiyani bilib-bilmaslikka olib yurgan inspeksiya rahbarlari ishiga baho berib, ikki haftada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha har biriga aniq vazifa qo‘yadi. Har oyda bittadan inspeksiya faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqiladi.

▫️Senat kamida 1 ta hududda jinoyatchilikni keskin qisqartirish bo‘yicha, Qonunchilik palatasi esa kamida 1 ta sohada korrupsiyaga barham berish bo‘yicha takliflar berib boradi.

▫️To‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar 2 karra qisqartiriladi.

▫️Yil yakunigacha sunʼiy intellekt yordamida davlat xaridlarida qonunga zid holatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha elektron tizimni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

▫️Ekspert komissiyasi tuziladi va ushbu komissiya ilg‘or tajriba asosida davlat xaridlarida tovarlarning o‘rtacha bozor narxlari ko‘rinib turadigan elektron platforma yaratadi.

▫️Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘ hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha talablar kuchaytiriladi.

▫️Investitsiya loyihalarida xalqaro korrupsiyaga qarshi standartlarni joriy etish, yirik auksion shartlarini raqobatdoshlik ekspertizasidan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

▫️Ishga qabul qilishni ochiq va shaffof o‘tkazish, davlat xizmatchilari reyestrini belgilash, kadrlarni korrupsiyaga moyilligini o‘rganish bo‘yicha farmon loyihasi kiritiladi.

▫️Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, 1-aprelgacha kiritiladi.

▫️Kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratiladi.

▫️Mansabdorlik va maishiy korrupsiya omillarini tahlil qilish, ularni oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinadi.

▫️Korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati, korrupsiyani oldini olish, odamlarimizni bunga toqatsizlik ruhida tarbiyalash, profilaktika mexanizmlarini yaratish, jinoyatni fosh etishga yordam berganlarni rag‘batlantirish kabi masalalar aks etgan qonun ishlab chiqiladi.

▫️Maktab direktorlari “Tarbiya” fani doirasida o‘g‘il-qizlarimizga halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalarni sodda tilda tushuntirib boradi, rektorlar esa talaba va yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yadi.

▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Virtual akademiyada halollik, qonunga itoatkorlik munosabatini shakllantirish dasturi doirasida kamida 2 million yoshlar bepul o‘qitiladi.

▫️Nodavlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga oid yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga har yili 10 milliard so‘mdan ajratib boriladi.

https://t.me/justice_talks
#diqqat #tanlov

💠 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Sohibqiron” onlayn viktorinasini e’lon qiladi!

Viktorina g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi:

🔹1 nafar 1-o‘rin – Smartwatch + Quloqchin + Airpods;
🔹2 nafar 2-o‘rin – Smartwatch + Airpods;
🔹3 nafar 3-o‘rin – Quloqchin;
🔸Test bo‘yicha g‘olib bo‘lganlar rasmdagi kitoblar bilan ham taqdirlanadi.
🎁 Tanlov doirasida syurpriz sovg‘alar ham mavjud.

G‘oliblar referal ball bo‘yicha alohida, test bo‘yicha alohida aniqlanadi va taqdirlanadi.


Tanlovda ishtirok etish👇
https://t.me/bilimtanlovbot?start=1695265297
📌1-iyul holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi soni qariyb 37 859 698 kishini tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich, 2024-yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan. Shundan:

🔹Ayollar soni – 18,8 mln kishi
🔹Erkaklar soni – 19,1 mln kishi.

https://t.me/justice_talks
❗️IIV akademiyasiga qabul kvotasi bosqichma-bosqich oshiriladi

Bu bo‘yicha bugun Prezident huzurida mahallada jinoyatchilikni jilovlash va qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot qilindi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirish, yangi yo‘nalishlar ochish va dual ta’limni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.


https://t.me/justice_talks
Oʻzbekistonliklar qaysi qonunlarni koʻproq oʻqimoqda?

Adliya vazirligi Lex.uz bazasida eng koʻp oʻqilgan qonunlar oʻntaligi eʼlon qildi. Birinchi oʻrinda Konstitutsiya, ikkinchida Jinoyat kodesi joy olgan. Maʼmuriy javobgarlik va Mehnat kodekslari ham nisbatan koʻp koʻrilgan.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram |Website | YouTube
1