Toliba
Toshkentda va viloyatlardagi 15 ta tumanda dori vositalarini elektron retsept asosida berilayotgani haqida eshitdingizmi? Sizning bu yangilikka munisabatingiz?
O'tgan hafta kun.uz faqat bu o'zgarishdan norozi dorixona xodimlari va aholidan reportaj tayyorlagan edi. Keyinroq bu mavzu zamon.uz reportajida batafsilroq yoritilibdi.
Xullas, endi bizda ham dorixonalarda rivojlangan davlatlardagidek ma'lum turdagi dorilar qat'iy elektron retsept asosida beriladigan bo'ladi. Hozircha bu sinov tariqasida Toshkent shahri va viloyatlardagi 15 ta tumanda amalga oshirilyapti. Sinov muddati tugagach, butun respublika bo'ylab joriy qilinadi.
Yaxshi tomonlari:
- dori vositalaridan o'zboshimchalik bilan foydalanishga chek qo'yiladi;
- har xil firmalarning qimmat dorilari savdosiga chek qo'yiladi;
- shifokorlarning yozgan dorisi uchun mas'uliyati kuchayadi va b.
Lekin bizda odamlar doriga o'rganib qolgan, ko'pincha kuchli dorilarsiz tuzalmayman deb o'ylaydi. Kuchli dorining, kuchli yon ta'siri ham bo'lishi mumkinligi haqida o'ylab ko'radiganlar kam. O'zi biror kasallikka chalinganda bemorning ahvolini baholash, unga medikamentoz yordam kerak yoki yo'qligini, qaysi doridan qancha va qachon qabul qilish kerakligini faqat vrach belgilashi kerak. Qo'shni hamshira, dugona/o'rtoq, dorixonachi, yoki qaysidir qarindoshlar emas.
Shu sababli aholimiz bu tizimni qabul qilishi uchun uzoq vaqt kerak bo'lishi mumkin, deb o'ylayapman. Ehtimol, xato o'ylayotgandirman.
Siz bu haqida qanday fikrdasiz?

YouTube
"DORINI TARKIBI BILAN SOTSAK, 100 MINGLAB FARQ QILADI"- FARMATSEVT
Toshkent va respublikaning 15 ta hududidagi dorixonalar elektron retsept tizimida ish boshlaganiga bir necha kun bo‘ldi. Farmatsevtlar sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga ko‘ra, antibiotik va gormonal dorilarni elektron retsept bilan sotishi kerak. Ammo…
Forwarded from Muslimaat.uz
Асло ўзини ўзи уддаламасин аёл...
Аёл бўлганим учун ҳар хил сабаблар туфайли кўплаб аёллар билан мулоқотда бўламан.
Аёлларнинг кўпчилиги қизини ўқитиш истагида эканини айтади. Бундан хурсанд бўламан, албатта.
Бироқ улар ҳамиша сўзини қуйидагича давом эттиради:
— Қиз бола ўқиса яхши-да. Замонни кўряпсиз-ку. Эртага эрининг қўлига қараб қолмасин, дейман. Ўзини уддаласин, харажатларни бемалол ўзи қоплай оладиган бўлсин, деб ният қиламан.
Шунингдек, келин олиш режасидаги аёллар ҳам ўқимишли қиз қидираётганини айтишади. Уларнинг сўзи ҳам худди юқоридаги алфозда давом этади:
— Пайпоққаям, памперсгаям ўғлимдан пул сўрайвермайди, дейман-да. Ўқимишли қиз ўзини ўзи уддалайди-да...
Бу сўзлар ва жамиятимиз аҳволи "Амаллар ниятга боғлиқ" эканлигини яна бир бор тасдиқ этаётгандек...
Қаерга қарама, "ўзини уддалаётган" аёлга кўзинг тушади. Бири ҳамшира, бириси ўқитувчи, бири бозорда савдо қилса, наригиси мардикорликка чиқади.
Эҳҳҳ, дейсан, наҳотки одамлар ўз жигарбанди-қизига шундай юкни раво кўрса. Ахир аёл учун ўзини ўзи уддалаш қандай оғир эканини наҳотки билмайсиз?!
Ўзини ўзи уддалаётган аёллар билан яқинроқдан танишиб, дардига қулоқ тутиб кўринг. Юзи кулса-да, кўзлари кулмайди. Лаби табассум қилса-да, чеҳраси ғамгин.
Қизингизни ўқитманг, демайман. Ўқитинг, албатта, ўқитинг!
Лекин зинҳор ўзини ўзи уддалаши учун эмас!
Қизингизни дунёга теран назар сола олиши учун ўқитинг, ўзини уддалаши учун эмас!
Қизингизни турмушдаги ҳар хил ҳолатларда тўғри қарорлар қабул қилишни ўрганиши учун ўқитинг, ўзини уддалаши учун эмас!
Фарзандларига тўғри тарбия бера олиши учун ўқитинг, ўзини уддалаши учун эмас!
Ҳар хил ҳолатларда турмуш ўртоғига яхши маслаҳатчи бўла олиши учун, ҳалол-ҳаромни фарқига бора олиши учун ўқитинг, ўзини уддалаши учун эмас!
Ваниҳоят, илми ўсиб, юқоридаги ишлардан ҳам ортиб қолгудек бўлса, жамият ривожига ҳам ҳисса қўша олиши учун ўқитинг, ўзини уддалаши учун эмас!
Ўзини уддалаб яшашни ҳеч бир аёлнинг бошига солмасин. Уни отаси уддаласин, эри таъминотини қилсин, кексайганида болалари ардоғида бўлсин.
Асло ўзини ўзи уддаламасин аёл...
Гавҳар Насруллоҳ
T.me/muslimaatuz

Muslimaat.uz
Асло ўзини ўзи уддаламасин аёл... Аёл бўлганим учун ҳар хил сабаблар туфайли кўплаб аёллар билан мулоқотда бўламан. Аёлларнинг кўпчилиги қизини ўқитиш истагида эканини айтади. Бундан хурсанд бўламан, албатта. Бироқ улар ҳамиша сўзини қуйидагича давом эттиради:…
Ko'pchilik qizlarni ota-onasi aynan shunday "o'zini o'zi uddalasin" degan niyatda o'qitishgan, o'qitishyapti. Shuning uchun o'qigan qizlar turmushga chiqqandan keyin yoki farzandli bo'lgandan keyin ishlamasa, o'zini uyda o'tirib qolganidan, go'yoki "oliy maqsadi"ni amalga oshirolmaganidan, karyerasini qurolmaganidan afsuslanib depressiyaga beriladi. Atrofdagilar ham unga achinib diplomi xor bo'layotganini eslatib turishadi. Klassik ssenariy!
Natijada ayol ishlamaguncha o'zini baxtli his qilolmaydi. Uyida bajarayotgan ishlarini juda kichik va ahamiyatsiz sanab, ko'chaga intiladi. Farzandini - o'zining eng asosiy loyihasini boshqalarga topshiradi!
Bu aslida ayollar mehnatidan oson foydalanish uchun tuzib chiqilgan puxta reja - kapitalistik qopqon!
Ayol ishlamasin demayman, mayli ishlasin. Farzandlari parvarishi va tarbiyasida roli sezilarli darajada kamaygandan keyin, o'zining kuchli qiziqishi va iste'dodi bor bo'lgan sohada shariatga muvofiq sharoitlarda ishlasin. Axir jamiyatga ayol shifokor va o'qituvchilar ham kerak. Ammo ayolning ishlashdan oliy maqsadi pul topish bo'lmasligi kerak, deb o'ylayman.

Oilaviy poliklinikada 1,5 yoshli bolasini emlashdan oldingi umumiy ko'rikka olib kelgan ona va vazn/bo'y o'lchamlarini olayotgan katta yoshli hamshira o'rtasidagi suhbat:
- Bolachani yuziga nima qildi?
- Bilmasam shunaqa toshma paydo bo'ldi o'z-o'zidan.
- "Chilla"masmi?
- Yo'o'o'q, chillamas!
- Unda o'zing nimadir yegansan-da.
- Bilmasam... 3-4 oy bo'ldi shunaqa toshma paydo bo'lyapti.
- Haaa o'zing har xil narsa yegansan.
Qizimning tibbiy kartasiga yozib berishlarini kutayotib beixtiyor shu suhbat qulog'imga chalingach mening xayollarim:
- Bolachaning yuzidagi toshmalar menga ko'rinmadi, demak, hajmi juda mayda. Agar yuzida quruqik va qichishish ham bo'lsa, bu juda katta ehtimollik bilan - atopik dermatit. O'zi bizda juda ko'pchilikda bor bu teri kasalligi, lekin ko'pchilik buni bilmaydi. Chunki ko'pchilikda yengil formada kechadi, shuning uchun buni shunchaki terining quruqligiga yo'yib ketamiz, degan edi pediatr-neonatolog Dr. Mushtariy Ma'murovna. Nega aynan bizda ko'p? Menimcha, iqlimimiz o'ta quruqligi va to'g'ri ovqatlanishga uncha e'tibor bermaganimiz uchun.
"Chilla" dedimi? Nima o'zi bu chilla? Tushunishimcha, chaqaloq hayotining ilk oylarida uning terisi yangi muhitga moslashishi jarayonida paydo bo'ladigan, aslida normal hisoblangan va davo talab qilmaydigan toshmalarni shunday nomalshadi. Achinarlisi, uni sinaflan kabi kuchli gormonal surtmalar bilan davolashga harakat qilishadi. Daxshat! Chaqaloqning nihoyatda o'tkazuvchan terisiga gormonal surtmalar u yoqda tursin, hatto yog'ni ishlatishga ham juda ikkilanaman. Dr. Ziyod aytgandek, xalqimizning yog'larga bo'lgan muhabbati juda boshqacha-ku😅
Yana nima dedi, har xil narsa yegansan-da, dedimi? Bechora ona, bolasi uchun shuncha fidokrolik qilsa ham, yana baribir ona aybdor bo'lib qolaveradi, ehhh🥲 aslida ona qanchalik xilma-xil ovqatlansa bu o'zi uchun ham, bola uchun ham foydali. Biror mahsulotga aniq tasdiqlangan allergiyasi bo'lamasa, hech qanday diyeta qilish ham kerak emas. Atopik dermatit 30% holatlarda ovqat allergiyasi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Shundayam aynan allergiya chaqiradigan mahsulot aniqlansa, o'shani o'zinigina biroz muddat cheklab, so'ng oz-ozdan (allergiya chaqirmaydigan miqdorda) iste'mol qilib, organizmni o'rgatib borish kerak. Barcha allergenlarni butunlay taqiqlash mantiqsiz, bazan esa xavfli bo'lishi mumkin...
- Yozib bo'ldik, mana karta, emlash xonasiga boravering
Hamshiraning shu gapi xayollarimni bo'lib yubormasa, qancha davom etardi bu bilmadim😅
@justdifferentthoughts

Farzand tarbiyasi kimning mas'uliyati?
Farzand tarbiyalash, fikrimcha, dunyodagi eng mas'uliyatli vazifa. Shuning uchun bo'lsa kerak, G'arbda aksariyat odamlar bu mas'uliyatni bajarishdan qochib farzand tarbiyalashdan ko'ra uy hayvoni boqishni afzal ko'rishadi. Uy hayvoniga, odatda, issiq joy, yegulik va suv bersangiz bo'ldi, boshqa ehtiyoji yo'q. Lekin odam bolasi hayvon emaski, uning ehtiyojlari shular bilangina cheklansa. Ya'ni bu yerda "ustingni but qildim, qorningni to'ydirdim" bilan ish bitmaydi.
Bizda eng ko'p uchraydigan klassik ssenariy taxminan bunday: to'ydan so'ng hali bir-birini yaxshiroq o'rganishga ulgurmagan 2 yosh 1-1,5 yil ichida darrov ota-ona bo'lishga ulgurishadi, ammo ota-ona bo'lish ilmini egallashga hech ham shoshishmaydi negadir, xuddi er-xotinlik ilmini egallamaganlari kabi. Parvarish va tarbiya masalalarida esa hech bir tahlil yoki izlanishsiz o'z ota-onalari, yaqinlari yoki do'st-u dugonalarida ko'rgan-eshitganlariga ergashib ketaverishadi.
Bola 2 yoshga yetar-yetmas, uni bog'chaga yoki uydagi yoshi kattalarga, ko'pincha bobo-buvisiga tashlab ona o'z karyerasini davom ettirish yoki ro'zg'orga qarashish uchun ko'chaga otiladi. Holbuki ayolning eng katta vazifasi - hayotiy missiyasi uyda qoladi yoki mutlaqo begona odamlar qo'liga topshiriladi. Farzand tarbiyasida, ayniqsa, dastlabki yillarda onaning jisman va ruhan bolasi bilan birga bo'lishi nihoyatda muhim!
Bu yerda aqllilik qilib, o'zimni zo'r onalik qilyapman deyishdan nihoyatda yiroqman. Farzand tarbiyasi haqida o'zim ham hali hech narsani bilmayman va o'rganganim sari bilmaydigan narsalarim ko'pligiga amin bo'lib boryapman. Aytmoqchi bo'lganim, ota-onalik katta mas'uliyat va buni boshqa birovning bo'yniga ilib qo'ymasdan, o'zimiz o'rganib, izlanib, tajribadan o'tkazib ma'lum bir xulosalarga kelishimiz juda muhim. Chunki farzandlarimizga shunchaki biologik ota-ona yoki iqtisodiy ta'minotchi emas, haqiqiy ota-ona kerak.
"Haqiqiy ota-ona qanday bo'ladi" degan savolga esa javob topgandekman, shu desangiz. YouTubeda bir turk yozuvchisining mavzuga doir asarining audio shakli bor ekan. Hali 3 soat ham eshitganim yo'q, lekin o'zim uchun nihoyatda ko'p yangi mulohazalarni kashf etdim. Har bir ota-ona eshitishi kerak deb o'yladim. Farzandli bo'lishimdan oldin eshitmaganimga afsuslandim.

Farzand tarbiyalash siri | Adem Gunesh
#audiokitob
Kitob: Farzand tarbiyalash siri
Muallif: Adem Gunesh
Suxandon: Shams Solih
Qismlar:
00:00 - 1-qism:
39:38 - 2-qism:
01:12:08 - 3-qism:
01:45:47 - 4-qism:
02:06:09 - 5-qism: Itoatga majbur qilingan bola - PASSIV BOLA!
02:26:32 - 6-qism:…

Odatda biz Ramazondagi odatlarimiz vaqtinchalik deb o'ylaymiz. Ammo Ramazon iymonimizning vaqtinchalik yuksalishi emas. U, agar Allohni ustuvor qo'ysak, har bir kunimizni qanday o'tkaza olishimizning, nimalarga qodir ekanimizning isbotidir.
Hayit muborak 🕊
Alloh bizdan ham, sizdan ham (ibodatlarni) va solih amallarni qabul qilsin.
Hayit muborak 🕊
QULAY ≠ FOYDALI
Bugun hayotimizni osonlashtiradigan, bizga qulaylik yaratadigan ixtirolar juda ko'p. Lekin tanganing ikkinchi tomoniga qarasak, qulaylik doim ham foydamizga ishlamasligi mumkin.
Liftdan foydalanish - qulaylik.
Zinadan foydalanish - salomatlik (harakat) va tejamkorlik (elektr toki).
Bir martalik baklajkadan foydalanish - qulaylik.
Ko'p martalik suv idishidan foydalanish - tejamkorlik (pul), salomatlik (suv ichishga eslatma) va eko g'amxo'rlik (plastik sarfini kamaytirish).
Plastik paketlar - qulaylik.
Matoli sumkalar - eko g'amxo'rlik.
Isrof qilmaslik, tabiatni asrash, sog'lom turmush tarzi, aslida, bizning qadriyatlarimizga uyg'un tushunchalar. Faqat qulayliklarni allaqachon tabiiy holdek qabul qilayotgan miyamiz va tanamiz uchun bu juda qiyin. Ammo imkonsiz emas. Ishonmasangiz, sinab ko'ring!

QULAY ≠ FOYDALI Bugun hayotimizni osonlashtiradigan, bizga qulaylik yaratadigan ixtirolar juda ko'p. Lekin tanganing ikkinchi tomoniga qarasak, qulaylik doim ham foydamizga ishlamasligi mumkin. Liftdan foydalanish - qulaylik. Zinadan foydalanish - salomatlik…
Men ham sinab ko'ryapman.
Doim emas, ilojini topsam, vaqtim/kuchim/hafsalam yetsagina qilyapman. Boshqa payt yo'q.
Qilolganlarimdan emas, shuni qilishga bo'lgan niyatimdan savob umidvorman...

Forwarded from Nozima on-air link
Haqiqiy baxt qayerda?
1938 yilda dunyo katta depressiya iskanjasida edi. Buni kuzatayotgan Harvard universiteti olimlari o’zlariga bir savol berishdi:
Va ular bu savolga javob topish uchun ikki guruh erkaklar (keyinchalik ularning oilalari va farzandlari ham qo‘shilgan) tadqiqot boshlashdi.
268 nafar Harvard talabasi va Bostonning kambag’al mahallalaridan 456 nafar o’smir yigitlar tanlab olindi. Turli taqdirlar, turli sharoitlar. Lekin savol va maqsad bitta edi.
Har ikki yilda bir marta olimlar ularning hayotiga qaytib keldi:
☺️ sog‘ligi tekshirildi
☺️ ish faoliyati
☺️ daromadi
☺️ oilaviy hayoti
☺️ hissiy holati o‘rganib borildi.
Yillar o’tdi. O’n yillar. Yigitlar qirqqa, ellikka, oltmishga to’ldi. Soqollari oqardi. Ba’zilari vafot etdi. Tadqiqot davom etaverdi.
Vanihoyat, 85 yil o’tgach, olimlar savolga javob topishdi.
Balki pul muhimdir, balki muvaffaqiyat. Yaxshi ovqat. Sport. Aqlli bo’lish… Balki obro‘ yoki martaba?
Umuman va aslo yo’q)) 85 yillik eng asosiy xulosa bitta bo’ldi: MUNOSABATLAR.
Eng baxtli va eng sog‘lom yashagan odamlar boshqalardan boyligi bilan emas, balki hayotidagi insonlar bilan o’rnatgan yaqin, iliq, oddiy insoniy munosabatlar bilan farq qilgan.
Ularning yonida ishonadigan, suyanadigan, gaplashadigan odamlari bo‘lgan. Na eng katta daromad, na eng baland lavozim bu o‘rinni bosa olmagan.
Shuncha yillik tadqiqotni qisqa xulosalarda keltiradigan bo’lsam:
✨ Nikoh va munosabat sifati umrni uzaytiradi.
Baxtli nikohda yashaganlar uzoqroq yashadi. Ayollar o’rtacha 5-12 yil, erkaklar esa 7-17 yil ko’proq.
✨ Yolg’izlik o’ldiradi - tom ma’noda.
Tadqiqot rahbari Waldinger shunday dedi: “Yolg’izlik o’ldiradi. U chekish yoki alkogolizm kabi zararli.” Bu bo’rttirish emas, balki biologik haqiqat.
✨ Salomatlik ham munosabatlarga bog’liq.
Mustahkam ijtimoiy aloqalarda yashagan odamlarda yurak kasalligi, diabet va artrit kamroq kuzatildi. Keng ijtimoiy doira esa demensiya va idrok susayishini kechiktirdi.
✨ Genlar emas, munosabat hal qiladi.
Tadqiqot shuni ko’rsatdiki, genetika yoki ijtimoiy kelib chiqish emas, munosabatlar sifati uzoq va baxtli hayotning eng muhim omili ekan.
✨ Agar yaqinlaringiz bor bo’lsa, qariganingiz sari baxtliroq bo’lasiz.
Qiziq topilma: ishtirokchilar yoshi ulg’aygan sari baxtliroq bo’lib bordi. Tabiiyki, yolg’iz emaslari.
85 yildan ortiq vaqt davom etgan tadqiqot aslida hozirgacha ham to‘liq to‘xtatilmagan. Tadqiqot hanuz davom etmoqda, faqat dastlabki ishtirokchilardan koʻplari allaqachon hayotdan o‘tgan, hozir esa ularning farzandlari va keyingi avlodlari kuzatilmoqda.
https://t.me/+lrTBwjUZdSExYTBi
1938 yilda dunyo katta depressiya iskanjasida edi. Buni kuzatayotgan Harvard universiteti olimlari o’zlariga bir savol berishdi:
Insonni hayotda baxtli qiladigan narsa nima?
Va ular bu savolga javob topish uchun ikki guruh erkaklar (keyinchalik ularning oilalari va farzandlari ham qo‘shilgan) tadqiqot boshlashdi.
268 nafar Harvard talabasi va Bostonning kambag’al mahallalaridan 456 nafar o’smir yigitlar tanlab olindi. Turli taqdirlar, turli sharoitlar. Lekin savol va maqsad bitta edi.
Har ikki yilda bir marta olimlar ularning hayotiga qaytib keldi:
Yillar o’tdi. O’n yillar. Yigitlar qirqqa, ellikka, oltmishga to’ldi. Soqollari oqardi. Ba’zilari vafot etdi. Tadqiqot davom etaverdi.
Vanihoyat, 85 yil o’tgach, olimlar savolga javob topishdi.
Insonni haqiqatan baxtli qiladigan narsa nima?
Balki pul muhimdir, balki muvaffaqiyat. Yaxshi ovqat. Sport. Aqlli bo’lish… Balki obro‘ yoki martaba?
Umuman va aslo yo’q)) 85 yillik eng asosiy xulosa bitta bo’ldi: MUNOSABATLAR.
Eng baxtli va eng sog‘lom yashagan odamlar boshqalardan boyligi bilan emas, balki hayotidagi insonlar bilan o’rnatgan yaqin, iliq, oddiy insoniy munosabatlar bilan farq qilgan.
Ularning yonida ishonadigan, suyanadigan, gaplashadigan odamlari bo‘lgan. Na eng katta daromad, na eng baland lavozim bu o‘rinni bosa olmagan.
Shuncha yillik tadqiqotni qisqa xulosalarda keltiradigan bo’lsam:
Baxtli nikohda yashaganlar uzoqroq yashadi. Ayollar o’rtacha 5-12 yil, erkaklar esa 7-17 yil ko’proq.
Tadqiqot rahbari Waldinger shunday dedi: “Yolg’izlik o’ldiradi. U chekish yoki alkogolizm kabi zararli.” Bu bo’rttirish emas, balki biologik haqiqat.
Mustahkam ijtimoiy aloqalarda yashagan odamlarda yurak kasalligi, diabet va artrit kamroq kuzatildi. Keng ijtimoiy doira esa demensiya va idrok susayishini kechiktirdi.
Tadqiqot shuni ko’rsatdiki, genetika yoki ijtimoiy kelib chiqish emas, munosabatlar sifati uzoq va baxtli hayotning eng muhim omili ekan.
Qiziq topilma: ishtirokchilar yoshi ulg’aygan sari baxtliroq bo’lib bordi. Tabiiyki, yolg’iz emaslari.
85 yildan ortiq vaqt davom etgan tadqiqot aslida hozirgacha ham to‘liq to‘xtatilmagan. Tadqiqot hanuz davom etmoqda, faqat dastlabki ishtirokchilardan koʻplari allaqachon hayotdan o‘tgan, hozir esa ularning farzandlari va keyingi avlodlari kuzatilmoqda.
https://t.me/+lrTBwjUZdSExYTBi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tanangiz qanday tuzalishni biladi.
Ba’zida faqat stuldan turib, sayrga chiqishingiz kerak bo‘ladi!
1/7
Yurish — stressga tushgan asab tizimi uchun eng yaxshi terapiyalardan biri.
Mana nima uchun.
2/7
Yurish tanangizdagi parasimpatik asab tizimini faollashtiradi.
Bu tizim tanani tinchlantirish uchun javob beradi.
3/7
Stress tanangizni ‘jang yoki qochish’ holatida ushlab turadi.
Shuning uchun o‘zingizni tarang, bosim ostida va ruhiy jihatdan charchagan his qilasiz.
4/7
Yurish esa miyangizga boshqacha xabar yuboradi: "Hozir xavfsizman"
5/7
Yursangiz,
Nafasingiz sekinlashadi
Mushaklaringiz bo'shashadi
Tanangiz "omon qolish" rejimidan chiqa boshlaydi.
6/7
Shuning uchun o'zingizni bosim ostida his qilsangiz,
Janjal yoki nizo bo'lsa,
Nimadir jahlingizni chiqarsa,
Stress ongingizni egallab olsa,
Shunchaki sababsiz hayot qiyin tuyulsa, yurishga chiqing.
Hammasi yaxshilanadi. Doim shunday bo'ladi.
7/7
Yurish hayotingizning bir qismimi?

Forwarded from M A R V A R I Dga💌
Butun dunyoda 5 dona "blue zones" konsepsiyasiga mos keladigan shahar bor ekan. Yaponiya, Italiya, Amerika, Gretsiya, Kosta Rikada joylashgan.
Blue zone deb aholisi juda ko'p umr kechiradigan joyga aytiladi. 90-100 yoshdan oshisharkan. Nima birlashtirib turadi bu odamlarni? Boshqa shaharlarda yo'q nimasi bor bu shaharlarni?
Hammamiz yo'lga qo'yoladigan narsalarni qilisharkan. Eng qizig'i, men O'zbekistondagi hayotni ko'p yashaydigan shaharlardagi hayot tarziga juda yaqin deb o'yladim. Nega bizdagilar ko'p yashamas ekanaa? 60 yoshda o'lib ketish normku
1. Ko'p yurisharkan, doimiy harakatda
2. Tomorqada narsa ekib o'zi ekkan narsani yeyisharkan! Tabiiy ovqatlanadi. Processed ovqat yemaydi. Okinawada (Yaponiyadagi blue zone shahar) 90 yoshidayam ogorodda ishlarkan odamlar
3. Kuchli jamiyat hissi borakan. Odamlar bir-biriga befarq emas, yaqin, muloqotda ekan. Bizdayam shunaqaku.
4. High achiever emas ya'ni unga erishay bunga erishay deb stress qilib yurmaydi. Sekiiin hayotda yashaydi.
5. Diniy, ruhiy amaliyotlar qilishadi va hayotdan maqsadi bor ekan odamlarni.
Nega bizda biror shahar ashi blue zonega kirmagan ekanaa? Bizda nega tez o'lib qolisharkin odamlar? Shunga bosh qotiryapman rosa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Arafa umr fursati
Bir kishi aytadi:
“Men uzoq yillar o’g’limning tarbiyasi bilan kurashdim. O’n yildan ortiq namozga kirishi uchun duo qildim. O’g’lim 30 yosh edi, suyagi qotib, tarbiyasining bo’lari bo’lgan edi. Shunda ham noumid bo’lmay harakat qilaverdim. Ana shu kunlar mobaynida Hajga borishga muvaffaq bo’ldim. Arafa kuni Arofatda Allohdan deyarli faqat o’g’lim uchun tavfiq, insof va ibodatlarda mustahkamlik so’radim. Haj tugadi, vatanimga qaytdim. Yetib kelgan paytim bomdod endi kirgan vaqt edi, birato’la namozni o’qib keyin kiraman, deb masjidga kirdim. Oldingi safda bir yig’itning ibodat qilishi e’tiborimni tortdi. Bomdodning erta paytida bunday go’zal ibodat qilayotgan kim ekana, deb havas bilan kuzatib turdim. Bir ozdan so’ng bilsam, o’g’lim ekan. Ha, ha, men namozi uchun yillab kurashgan o’g’lim. Robbim Arafada qilgan duolarimni qabul qilibdi, Allohga cheksiz hamd bo’lsin!”.
*Olimlar Arafa kunidagi duolar ijobat bo’lishi faqat hojilarga cheklanmagan, balki hamma uchundir, deyishadi.
@palmoviysad