Shunchaki Fikrlar
13 subscribers
5 photos
5 links
Bu kanal manfaat keltirmasa tark eting.
Vaqtingizni behuda sarflamang !
Download Telegram
Kunlarni tejaymiz deb oylarni yoʻqotamiz
Vaqtimiz oz emas
Biz vaqtimizni koʻp qismini isrof qilamiz

#Seneca
Koʻchada ketayabsiz
sizga yoshi kattaroq odam maslahat bersa,
yaxshi oʻqigin, til oʻrgan, tanish bilish orttirgin desa

Siz bu odamning maslahatini olish ehtimolingiz juda kam balki parvo ham qilmassiz,
Sababi bu odam nimaga erishgan deb oʻylaysiz,

Oddiy bir koʻchadagi millionlar ichidagi odam bugun bilgan narsasini hayotiga qoʻllaganmi, nega oʻzidan oʻzi menga nasihat qiladi deb oʻylaysiz,

Balki uning gaplari toʻgʻridir lekin sizda u insonga nisbatan hurmat, ishonch boʻlmasa sizga uning maslahatlari kor qilmaydi.

Lekin oʻylab koʻring,
Siz umringiz boʻyi uchrashish istagan oʻzingizga masofadan boʻlsada ustoz deb bilgan odamlar shu gapni aytsachi…

Aniqki bu boshqacha ta’sir qiladi yoshlikda til oʻrganish kerak ekan degan gapi uchun ertadan boshlab til
oʻrganishga shoʻngʻib ketishingiz hech gap emas.

Shunday maslahatlarni qandayligi emas kim gapirganiga qarab ish koʻramiz,
Shuning uchun maslahat berishdan avval maslahat oluvchi odam gapingizga amal qilishiga loyiq odam boʻling.

Shunda maslahatlaringiz yerda qolmaydi!
Sinab koʻrasiz

Xato qilasiz

Xatodan xulosa chiqarib oʻrganasiz

Shu tarzda yana va yana
Koʻp holatda
Reallikdan koʻra xayollarimiz bizni koʻproq qiynaydi.

#Seneca
Boshqalarning butun boshli oʻrmonini oʻzingiz endi ekayotgan daraxt bilan solishtirmang!
Koʻrsatishganinigina koʻrasiz
Ortigʻini emas
Ko‘pchilik shunday o‘ylaydi: agar ishini yaxshi bajarsa, albatta yuqori natijaga erishadi.
Ammo hayotda ko‘pincha aksini ko‘ramiz.

Balki siz boshqalardan malakaliroqsiz, ko‘proq harakat qilgandirsiz. Lekin natijalarga qarasangiz — ular bir necha barobar oldinda. Nega?

Gap faqat mehnatda emas. Ular o‘zlarini ko‘rsatishdi, obro‘si va pullari bilan risk qilishdi.
Ko‘zga ko‘rinishdi. Tanqiddan cho‘chimasdan, “mana men shu sohada mutaxassisman” deyishdi.

Ko‘pchilik esa bunday qilishdan qo‘rqadi.
“Tanqid qilishadi, kulishadi,” degan xavotirlar bilan o‘zini chetga tortadilar.

Lekin aynan o‘zini tanishtirganlar, reklama qilganlar, xizmatini ochiq taklif qilganlar natijaga erishmoqda.

Demak, katta natijalarga erishganlar ko‘proq bilganidan emas, ko‘proq risk qilganidan(yoki olganidan).

Bugundan o‘zingizni taniting. Qilayotgan ishingiz haqida gapiring. Chunki harakat bu nafaqat mehnat, balki jasoratdir ham.
Shunchalik nosog‘lom (junk food) taom yeyishga o‘rganib qolganmizki, tabiiy ovqat yeyish diyeta hisoblanadi

Shunchalik kam harakat qilyapmizki, 20 daqiqa yurish biz uchun mashg‘ulot bo‘lib qolgan

Shunchalik ko‘p boshqalarning orzusini quvlayapmizki, o‘z orzularimiz qayerda qolganini bilmay

Shunchalik ko‘p gapiryapmizki, eshituvchilarga pul to‘lab hatto

Shunchalik band yashayapmizki, o‘zimizni eslashga vaqt topolmay
Minglab qilingan mashq
jang oʻrnini bosolmaydi

Minglab qilingan niyyat
Harakatsiz hech narsa

Minglab oʻqilgan kitob
Amallarsiz foydasiz

Lekin bu, jangni tayyorgarliksiz, amallarni bilimsiz, harakatni niyyatsiz boshlash kerak degani emas
Hamma narsaning narxi bor
Lekin narxlarning hammasi ham pulda oʻlchanmaydi
Agar muammo koʻpchilikka foyda keltirsa
Unga yechim topilmaydi

#Unknown
Ko‘ngilochar stimullardan ongli ravishda voz kechish, avvalo, chuqur zerikishga olib keladi.

Bu zerikish — shunchaki bo‘shliq emas, balki miyangizning sukutdagi ish rejimi (Default Mode Network) faollashganidir.

Aynan shu holatda miya o‘zining ichki ma’lumotlarini qayta ishlaydi, oldingi tajribalarni bog‘laydi va Kutilmagan, yirik g‘oyalarni yaratadi.

Zerikish sizni tashqi dunyodan ichki dunyoga buradi. Bu esa quyidagilarga yo‘l ochadi:

O‘zingizni Anglash: Haqiqiy istaklaringiz va ichki motivatsiyangizni tushunish.

Bilim Olish: Yuzaki ma’lumotlardan chuqur o‘rganishga o‘tish.

Shaxsiy O‘zgarishlar: Yangi odatlarni shakllantirish uchun ichki kuchni topish.


Lekin bizning zamonamizda bu qimmatli jarayonga har tomonlama to‘siqlar mavjud.

Cheksiz chalg‘ituvchilar — ijtimoiy tarmoqlar, video o‘yinlar, seriallar, doimiy audio fon — barchasi bor-yo‘g‘i bitta maqsadga xizmat qiladi: miyamizni zerikishdan himoya qilish.

Ular bizning eng qimmatli resursimiz bo‘lgan "bo‘sh (ijodiy) vaqt"ni o‘g‘irlaydi.

Shunday ekan, zerikishdan qo‘rqmang. Uni qabul qiling, undan zavqlaning va undan foydalaning!
Hamma gapirmoqchi.

Kimdir bilimsizligini sezdirgisi kelmaydi,
kimdir o‘rganganini ulashmoqchi,
kimdir esa hayoti davomida eshitilmagani uchun tinmaydi.

Shuning uchun siz — eshituvchi bo‘ling.

Ayniqsa odamlar eshitilish uchun pul to‘lab psixologga borayotgan davrda.

Har gap foydali bo‘lmasligi mumkin,
lekin eshitish — sizga farqlash, tushunish va insonlarga yaqinlashish imkonini beradi.

Eshituvchilar doimo yutadi.
Siz rivojlantira oladigan eng yaxshi koʻnikmalardan biri bu gʻoya(Idea) va harakat(boshlash) oʻrtasidagi vaqtni kamaytirish
Qiziq odamlarmiz

Nima xohlashimizni bilmasdan harakat qilaveramiz

Bir narsaga erishish uchun harakat qilamiz
Yetishamiz, va bu biz kutganchalik muhim emasligini tushunamiz

Atrofimizdagi odamlardan kelib chiqib maqsadlar qoʻyamiz

Huddiki ular bizni limitimizni belgilab berayotgandek
Bilimdan faxr
Bilim olishda davomiy boʻlishning yoʻlini toʻsadi
Insonlar bor, fikrlashi ortidan oʻzlari qadrlanadi

Insonlar bor, mavqei sabab fikrlari qadrlanadi
Pul yetmaydigan narsalar haqida

Agar o‘tmishdagi o‘zimga bitta maslahat bera olsam, shuni aytgan bo‘lardim:

Sotib olsa bo‘ladigan narsalarga emas, erishish kerak bo‘lgan narsalarga harakat qil.

Ko‘p odamlar hayotini pul topish atrofida quradi. Ular pul yetarli bo‘lsa, qolgan hamma narsa ham o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi deb o‘ylaydi.

Ammo hayotdagi eng muhim narsalar pulga sotilmaydi.

Ba’zan pul juda tez keladi. To‘g‘ri imkoniyat, to‘g‘ri vaqt yoki to‘g‘ri qaror katta natija berishi mumkin.

Lekin inson hayotini belgilaydigan narsalar boshqacha quriladi.

Masalan, yaxshi odatlar.
Ular bir kunda paydo bo‘lmaydi. Ular vaqt o‘tishi bilan, har kuni takrorlangan kichik harakatlar orqali shakllanadi.

Yoki til o‘rganish.
Qancha pulingiz bo‘lishidan qat’i nazar, hech kim sizga qisqa vaqt ichida yangi tilni mukammal o‘rgatib qo‘ya olmaydi.

Yoki munosabatlar.
Oila bilan, do‘stlar bilan, yaqin insonlar bilan mustahkam aloqalar ham birdaniga paydo bo‘lmaydi. Ular yillar davomida ishonch va e’tibor orqali quriladi.

Ba’zi odamlar shunday deydi: pul bo‘lsa hamma hurmat qiladi.

Lekin bu hurmatning asl qiymati qachon bilinadi?

Pul yo‘qolganida.

Agar hurmat faqat pul tufayli bo‘lsa, pul ketganida u ham ketadi.

Hayotda ko‘p narsani sotib olish mumkin: uy, mashina, qulaylik.

Lekin inson hayotining eng muhim asoslari boshqa yo‘l bilan paydo bo‘ladi. Ular sotib olinmaydi — ularga erishiladi.

Sog‘liq, yaxshi odatlar, bilim va mustahkam munosabatlar pul bilan kelmaydi.

Pul hayotni biroz osonlashtirishi mumkin.

Lekin eng muhim narsalarni baribir o‘zingiz qurishingizga to‘g‘ri keladi.
Sun’iy intellekt ishingizni olib qo‘ymaydi. Uni bilgan odam olib qo‘yadi.

Ha, haqiqat shu: agar siz bugundan o‘zingizni ustingizda ishlamasangiz, ertaga ishingizni sun’iy intellekt emas — SI’ni ishlata oladigan odam egallaydi.

Eng katta xavf SI’ning o‘zi emas.
Eng katta xavf — undan bexabar qolish.

Ko‘pchilik hali ham sun’iy intellektni oddiy chatbot deb o‘ylaydi. Go‘yoki bu faqat prompt yozish bilan tugaydigan narsa. Aslida esa bu butun ish jarayonlarini, kasblarni va bozor qoidalarini o‘zgartirayotgan texnologiya.

Biz kutgan kelajak allaqachon boshlanib bo‘lgan.
Faqat ko‘pchilik buni hali sezgani yo‘q.

Bugun ikki xil odam bor:
Biri “SI ishimizni olib qo‘yadimi?” deb xavotirda.
Ikkinchisi esa uni o‘rganib, undan foydalanib, boshqalardan tezroq o‘smoqda.

Savol SI keladimi-yo‘qmi emas.
Savol: siz unga tayyormisiz?

Agar hali SI’ga jiddiy qaramagan bo‘lsangiz, aynan hozir boshlang. Chunki deyarli har bir sohada uni to‘g‘ri ishlatgan odamning samaradorligi bir necha barobar oshmoqda.

Bugun kamida bitta SI vositasini sinab ko‘ring (Masalan Google Stitch yoki NotebookLM).
Kelajakni kuzatib turmang — uning bir qismiga aylaning.