There are billions of galaxies in the universe. One of them is the Milky Way. Within it are countless star systems, and in one of those systems lies our Solar System. Among its eight planets is a small blue world called Earth. On that tiny planet live more than 8 billion people, and among them, there is you and me.
So think about it for a moment…
The worries that keep us awake, the problems that consume our minds, and the fears we carry every day seem so enormous to us. Yet, in the grand scale of the cosmos, they are unbelievably small.
Maybe not everything deserves a place in our hearts. Maybe some things are meant to be let go.

Намангандаги гуллар фестивали, расман, Гинеснинг рекордлар китобига киритилди!
Хар доим хам эмас, Баъзан ким биландир вакт утказишни хохлаб коламан. Кандайдир сокин ва мазмунли сухбат. Бундай карасам, хар бир инсоннинг шахсий режалари ва уз дунёкараши бор. Арзимаган нарсани деб мен билан тортишиб, кайфият ва кунимни расво килишга хеч кимга рухсат бермасликка карор килдим. Майли улар мен билан сухбатлашишни хохлашса мен бажонидил рози буламан, хатто хурсанд буламан. Лекин узим ким биландир гаплашишим керак булганда у инсон атрофдаги "Таниш", "Гурухдош" ёки бошқа биров эмас, ички "мен" ва Аллох булади. Сизга хам маслаҳат бераман. Агар, тушунмовчиликлардан азият чекаётган булсангиз ва каердадир сизни нохак айблашётган булса, хамма айбни уз буйнингизга олинг ва уша инсонларни шунчаки тарк этинг. Узингиз ва Аллох колсин. Шуниси тинчрок.
Мободо, сизни калбингизга сокинлик, тинчлик ва хотиржамлик берадиган сухбатдошингиз булса, у сизга берилган бир неъматдир ва уни асло тарк этманг.
Охирида сизга бир савол бермокчиман. Сиз кайси бирига кирасиз? Кимнингдир яхши сухбатдошимисиз? Ёки яхши сухбатдошингиз борми?
Истасангиз аноним ёзинг истамасангиз йук. Мухими узингизга аник булса кифоя
Сизни афсусланишга мажбур киладиган иш килманг
Утган ишларга афсусланманг
Афсусланаётган булсангиз бу ишни умуман такрорламанг
Agar yarim kechasi to’satdan xonasini tozzaly boshlagan odamni ko’rsangiz,let them. Notozza deya topilgan joy ularni xonasi emas,balki miyasidir.
Қалбида бўрон бўлаётган инсонларга ташқаридан бақириб гапириш бефойда. Шовқин тинмагунча сизни эшитишмайди
БМТ:"Ғазодаги вайроналарни кайта тиклаш ва бартараф қилишга камида 140 йил кетади"
Баъзан барча сабаблар ортиқча ва кераксиз туюлиб кетади, Гарчи асосли бӯлса хам.
Аслида одам кимнидир ёки ниманидир соғинмайди. Улар билан булган вактдаги яхши, хотиржам узини соғинади
Канал номи "Шунчаки хислар" Туғрими?
Лекин чалкаш, тушунарсиз ва тартибсиз хисларни ёзгандан ёзмаган яхши эди Шунинг учун орада танаффус булди - бу хакикат. Энди эса уша чалкаш хис туйғуларимиз хакида маълумотлар урганишга нима дейсиз? Албатта мен учун анчагина фойдали булди ва буни сизларга хам улашмокчиман🤍
🔵 Emotsional intellekt: O’zingizni tanimasangiz, boshqarolmaysiz
Oldingi postda emotsional intellekt tug’ma emas, rivojlantiriladigan ko’nikma ekanini aytgandik.
❓Lekin ishni nimadan boshlash kerak? Daniel Goulmanga ko’ra, emotsional intellektning poydevori — o’z-o’zini anglash.
Bu juda oddiy eshitiladi. Ammo amalda ko’pchiligimiz aynan shuni uddalay olmaymiz.
⬇️ Siz o’z-o’zini anglash deganda nimani tushunasiz? Izohlarda javobingizni yozing.

📌 Emotsional intellekt | O’z-o’zini anglash
O’z-o’zini anglash — bu his-tuyg’uni aynan u paydo bo’layotgan lahzada taniy olish qobiliyatidir. Bu juda oddiy tuyuladi. Lekin aslida ko’pchiligimiz his-tuyg’ularimizni faqat vaziyat tugagandan keyin anglaymiz.
Bular retrospektiv tahlil. Emotsional intellekt esa his-tuyg’uni o’sha lahzada ushlay olishdan boshlanadi:
〰️ “Hozir jahlim chiqyapti.”
〰️ “Hozir xafa bo’ldim.”
〰️ “O’zimni e’tiborsiz qolgandek his qilyapman.”
Bu muhim, chunki payqaglan his-tuyg’uni boshqarish mumkin, payqalmagan his-tuyg’u esa sizni boshqaradi. His-tuyg’u paydo bo’lishi bilan unga ergashish va uni kuzatish o’rtasida juda kichik farq bor. Ammo aynan shu kichik farq insonning butun xatti-harakatini o’zgartirishi mumkin.
✅Masalan, ayol eri bilan muhim mavzuda gaplashmoqchi. Eri esa telefondan bosh ko’tarmaydi. Ayol ichida paydo bo’lgan tuyg’uni anglay olmasa, ehtimol “Siz hech qachon telefoningdan bosh ko’tarmaysiz! Men sizga kerakmasman!” deydi. Natijada janjal boshlanadi.
Lekin agar u bir soniyaga to’xtab, ichida nima bo’layotganini payqasa, vaziyat butunlay boshqacha tus olishi mumkin: O’zimni butunlay e’tiborsiz qolib ketgandek his qilyapman. Menga bir necha daqiqa ajrata olasizmi?
Vaziyat, hislar bir xil. Farq faqatgina inson nimani his qilayotganini anglashida bo’lyapti.
*️⃣Muammo shundaki, bizga buni deyarli hech kim o’rgatmagan. Bolaligimizdan “yig’lama”, “xafa bo’lma”, “jahlingni katta xolangga ko’rsatasan” degan gaplarni eshitib ulg’ayganmiz. Ya’ni bizga his-tuyg’ularni tanish emas, ularni bosish o’rgatilgan.
Natijada voyaga yetib ham ichimizda qanday hislar kechayotganini aniq ayta olmaymiz.
❓ Lekin bu jahlmi? Qo’rquvmi Hasadmi Uyatmi? Buni bilmaymiz.
Goulman bunday holatni bartaraf qilish uchun juda oddiy mashqni tavsiya qiladi: his-tuyg’uga nom bering.
Bu oddiy tuyulishi mumkin. Ammo tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson his-tuyg’usini nomlaganida, u bilan his-tuyg’u orasida ma’lum masofa paydo bo’ladi. Endi siz tuyg’uning ichida emas, uni kuzatayotgan bo’lasiz.
✅O’z-o’zini anglash — emotsional intellektning birinchi va eng muhim qadami. Chunki o’zini tushunmagan odam boshqalarni ham tushunishi qiyin.
🔉 Keyingi postda esa his-tuyg’uni anglagandan keyin u bilan nima qilish kerakligi, ya’ni Daniel Goulman ta’riflagan ikkinchi komponent — o’z-o’zini boshqarish haqida gaplashamiz.

🟡“Kecha nega gapirib yubordim?”
🟡”Aslida jahlim chiqayotgan ekan.”

“O’zimni yomon his qilyabman”, “Asabim buzildi.”
“Qalbim og’ridi”
❓ Lekin bu jahlmi? Qo’rquvmi Hasadmi Uyatmi? Buni bilmaymiz.
Goulman bunday holatni bartaraf qilish uchun juda oddiy mashqni tavsiya qiladi: his-tuyg’uga nom bering.
“Men hozir xavotirdaman.”
“Men hozir xafaman.”
“Men hozir hasad qilyapman.”
Bu oddiy tuyulishi mumkin. Ammo tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson his-tuyg’usini nomlaganida, u bilan his-tuyg’u orasida ma’lum masofa paydo bo’ladi. Endi siz tuyg’uning ichida emas, uni kuzatayotgan bo’lasiz.
✅O’z-o’zini anglash — emotsional intellektning birinchi va eng muhim qadami. Chunki o’zini tushunmagan odam boshqalarni ham tushunishi qiyin.
🔉 Keyingi postda esa his-tuyg’uni anglagandan keyin u bilan nima qilish kerakligi, ya’ni Daniel Goulman ta’riflagan ikkinchi komponent — o’z-o’zini boshqarish haqida gaplashamiz.
📌 Emotsional intellekt | Hislarni boshqarish
Oldingi postda emotsional intellektning birinchi komponenti — o’z-o’zini anglash haqida gaplashdik. Lekin his-tuyg’ularni payqashning o’zi yetarli emas. Daniel Goulmanga ko’ra, keyingi qadam — o’z-o’zini boshqarish.
➡️ Ko’pchilik bu tushunchani noto’g’ri talqin qiladi. His-tuyg’uni boshqarish deganda uni ichga yutish, inkor qilish yoki umuman his qilmaslik tushunilmaydi. Emotsional intellekti yuqori insonning ham jahli chiqadi, xafa bo’ladi, hasad qiladi yoki qo’rqadi. Farqi shundaki, u his-tuyg’uni tan oladi, lekin unga boshqaruvni bermaydi.
🔥 Emotsional intellekt hislarni yo’q qilish emas, ularga sizning o’rningizga qaror qabul qilish imkonini bermaslik.
✅ Shu sabab Goulman o’z-o’zini boshqarishni impulslarni nazorat qilish, stressga moslasha olish va qiyin vaziyatlarda ham qadriyatlariga sodiq qolish qobiliyati sifatida ta’riflaydi.
🔉 Buni qanday mashq qilish mumkin?
🟡Kuchli hissiyot paydo bo’lganda darhol javob bermang. O’zingizga 10 soniya bering va: “Men hozir nima his qilyapman?” deb so’rang.
🟡Muhim qarorlarni kuchli hissiyot ta’sirida qabul qilmang. Jahlda yozilgan xabar yoki qo’rquvda qabul qilingan qaror keyinchalik afsusga sabab bo’lishi mumkin.
🟡Hislarni bostirmang, lekin ularga ergashmang. Ba’zan bir necha daqiqa sayr qilish, chuqur nafas olish yoki his-tuyg’uni qog’ozga yozishning o’zi impulsning kuchini kamaytiradi.

Masalan, ishxonada tanbeh eshitdingiz va jahlingiz chiqdi. Birinchi variant — hissiyot ta’sirida darrov javob qaytarish. Ikkinchisi esa bir soniyaga to’xtab, o’zingizga: “Ha, hozir jahlim chiqdi”, deb tan olish va hissiyot bosilgandan keyin javob berish.
🔥 Emotsional intellekt hislarni yo’q qilish emas, ularga sizning o’rningizga qaror qabul qilish imkonini bermaslik.
✅ Shu sabab Goulman o’z-o’zini boshqarishni impulslarni nazorat qilish, stressga moslasha olish va qiyin vaziyatlarda ham qadriyatlariga sodiq qolish qobiliyati sifatida ta’riflaydi.
🔉 Buni qanday mashq qilish mumkin?
🟡Kuchli hissiyot paydo bo’lganda darhol javob bermang. O’zingizga 10 soniya bering va: “Men hozir nima his qilyapman?” deb so’rang.
🟡Muhim qarorlarni kuchli hissiyot ta’sirida qabul qilmang. Jahlda yozilgan xabar yoki qo’rquvda qabul qilingan qaror keyinchalik afsusga sabab bo’lishi mumkin.
🟡Hislarni bostirmang, lekin ularga ergashmang. Ba’zan bir necha daqiqa sayr qilish, chuqur nafas olish yoki his-tuyg’uni qog’ozga yozishning o’zi impulsning kuchini kamaytiradi.
Juda ko’pchilik nafas mashqlari, 10 dan 1 gacha sanash yoki “5-4-3-2-1”kabi grounding texnikalariga bepisand qaraydi. Aslida esa ular miyani “sovutish” uchun emas, diqqatingizni kuchli hissiyotdan hozirgi vaziyatga qaytarish uchun ishlatiladi. Natijada impulsning kuchi pasayadi va ongli qaror qabul qilish osonlashadi.
📌 Emotsional intellekt | Motivatsiya
Oldingi postlarda emotsional intellektning dastlabki ikki komponenti — o’z-o’zini anglash va o’z-o’zini boshqarish haqida gaplashdik. Keyingi komponent esa — motivatsiya.
✅Ko’pchiligimiz motivatsiyani noto’g’ri tushunamiz. “Bugun motivatsiyam yo’q, ilhomim kelsa boshlayman” degan iqrorlarni eshitgan bo’lsangiz kerak. Daniel Goulman nazarda tutgan motivatsiya bu emas.
➡️ Emotsional intellekt prizmasidan qaraydigan bo’lsak motivatsiya — tashqi mukofot yoki maqtov uchun emas, ichki qadriyatlaringiz sabab harakat qilish qobiliyatidir.
Bunday inson har safar kayfiyati yaxshilanishini kutmaydi. U nima uchun biror ishni bajarayotganini biladi.
Ichki motivatsiya siz natija darhol ko’rinmasa ham davom eta olishingizga yordam beradi: sport bilan shug’ullanish, til o’rganish, psixoterapiyaga qatnash, kitob yozish. Bu ishlarning hech biri bir haftada natija bermaydi.
Agar insonni faqat tashqi rag’batlantirish harakatga keltirsa, u odatda birinchi qiyinchilikdanoq to’xtaydi. Goulmanga ko’ra, emotsional intellekti yuqori insonlar muvaffaqiyatsizlikni ham boshqacha qabul qiladi. Ular xatoni “men qobiliyatsiz ekanman” degan xulosa sifatida emas, o’rganish uchun ma’lumot sifatida ko’radi. Shu sabab ular tezroq tiklanadi va yo’lida davom etadi.
✅Buni qanday mashq qilish mumkin?
🟡Biror maqsad qo’yganingizda o’zingizdan so’rang: “Men buni kim uchundir qilyapmanmi yoki o’zim uchun?” (Mana bu gayd buni aniqlashga yordam beradi)
🟡Natijaga emas, jarayonga baho berishni o’rganing. Bugun mukammal bo’lishingiz shart emas. Kechagidan bir qadam oldinga siljigan bo’lsangiz ham, bu rivojlanish.
🟡 O’zingizga nima uchun boshlaganingizni tez-tez eslatib turing. Aynan shu savol motivatsiya pasaygan kunlarda yo’lni davom ettirishga yordam beradi.

🔉 Masalan, ikki talaba imtihonga tayyorlanyapti. Birinchisi ota-onasi urishmasligi uchun o’qiydi. Ikkinchisi esa yaxshi mutaxassis bo’lishni xohlagani uchun. Ikkalasi ham bir xil dars qiladi. Lekin ularni harakatga keltirayotgan sabablar mutlaqo boshqacha.
Ichki motivatsiya siz natija darhol ko’rinmasa ham davom eta olishingizga yordam beradi: sport bilan shug’ullanish, til o’rganish, psixoterapiyaga qatnash, kitob yozish. Bu ishlarning hech biri bir haftada natija bermaydi.
Agar insonni faqat tashqi rag’batlantirish harakatga keltirsa, u odatda birinchi qiyinchilikdanoq to’xtaydi. Goulmanga ko’ra, emotsional intellekti yuqori insonlar muvaffaqiyatsizlikni ham boshqacha qabul qiladi. Ular xatoni “men qobiliyatsiz ekanman” degan xulosa sifatida emas, o’rganish uchun ma’lumot sifatida ko’radi. Shu sabab ular tezroq tiklanadi va yo’lida davom etadi.
✅Buni qanday mashq qilish mumkin?
🟡Biror maqsad qo’yganingizda o’zingizdan so’rang: “Men buni kim uchundir qilyapmanmi yoki o’zim uchun?” (Mana bu gayd buni aniqlashga yordam beradi)
🟡Natijaga emas, jarayonga baho berishni o’rganing. Bugun mukammal bo’lishingiz shart emas. Kechagidan bir qadam oldinga siljigan bo’lsangiz ham, bu rivojlanish.
🟡 O’zingizga nima uchun boshlaganingizni tez-tez eslatib turing. Aynan shu savol motivatsiya pasaygan kunlarda yo’lni davom ettirishga yordam beradi.
📌Emotsional intellekt | Empatiya
Oldingi postlarda emotsional intellektning uchta komponenti — o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini boshqarish va motivatsiya haqida gaplashdik. Keyingi komponent esa — empatiya.
✅Ko’pchiligimiz empatiyani noto’g’ri tushunamiz. Uni boshqalarga achinish, ularning dardini o’z bo’yniga olish yoki hammaning ko’ngliga qarash deb hisoblaymiz. Daniel Goulman nazarda tutgan empatiya esa bu emas.
Masalan, farzandingiz maktabdan xafa bo’lib qaytdi. Agar siz: “Shunday arzimagan narsaga ham xafa bo’lasanmi?” yoki “E’tibor berma, o’tib ketadi” desangiz, bu empatiyasiz munosabat bo’ladi. Siz bolaning hislari, qayg’usini inkor qilayotgan bo’lasiz. Hatto bu gaplarni yaxshi niyatda aytgan bo’lsangiz ham.
Muammo hali hal bo’lmadi. Lekin inson o’zini tushunilganini his qildi.
📌Goulmanga ko’ra, empatiya faqat aytilayotgan gaplarni eshitish emas. Insonning his-tuyg’ulari ba’zan so’zlarida emas, ovoz ohangi, yuz ifodasi yoki tana tilida namoyon bo’ladi. Masalan, kimdir tilida: “Hammasi yaxshi” deyotgan bo’lishi mumkin. Lekin ovozi titrayotgan, ko’zlari yerga qaraydi yoki yoshlangan, odatdagidan kamroq gapirayotgan bo’ladi.
Emotsional intellekti yuqori inson aynan mana shu signallarni ham payqay oladi. Shu sabab yaxshi rahbarlar, shifokorlar, o’qituvchilar va psixologlar ko’pincha odamning aytgan gapidan ko’ra, aytolmayotganiga narsasiga ko’proq e’tibor berishadi.
🔵 Empatiyani qanday rivojlantirish mumkin?
🟡Suhbat davomida javob berishga shoshilmang. Avval tushunishga harakat qiling.
🟡Odamning faqat so’zlarini emas, yuz ifodasi, ovoz ohangi va tana tilini ham kuzating.
🟡Maslahat berishdan oldin uning hislarini tan oling. Ko’pibcha sizga shikoyat qilayotgan inson shunchaki eshitilish, tushunilishni xohlayotgan bo’ladi.
✅Shuni ham unutmang:
Boshqa insonni tushunishga harakat qilish — uning barcha qarorlarini ma’qullash yoki o’z chegaralaringizdan voz kechish degani emas.

🔉 Emotsional intellekt nuqtai nazaridan empatiya — boshqa insonning his-tuyg’ularini uning nuqtai nazaridan tushunishga harakat qilish qobiliyatidir. Bu siz uning fikriga qo’shilishingiz yoki xatti-harakatini oqlashingiz kerak degani emas. Shunchaki bir lahzaga vaziyatga uning ko’zi bilan qarashga harakat qilasiz.
Masalan, farzandingiz maktabdan xafa bo’lib qaytdi. Agar siz: “Shunday arzimagan narsaga ham xafa bo’lasanmi?” yoki “E’tibor berma, o’tib ketadi” desangiz, bu empatiyasiz munosabat bo’ladi. Siz bolaning hislari, qayg’usini inkor qilayotgan bo’lasiz. Hatto bu gaplarni yaxshi niyatda aytgan bo’lsangiz ham.
Empatik javob esa boshqacha bo’ladi, masalan: “Bugun nima bo’ldi? Seni nima xafa qildi?”
Muammo hali hal bo’lmadi. Lekin inson o’zini tushunilganini his qildi.
📌Goulmanga ko’ra, empatiya faqat aytilayotgan gaplarni eshitish emas. Insonning his-tuyg’ulari ba’zan so’zlarida emas, ovoz ohangi, yuz ifodasi yoki tana tilida namoyon bo’ladi. Masalan, kimdir tilida: “Hammasi yaxshi” deyotgan bo’lishi mumkin. Lekin ovozi titrayotgan, ko’zlari yerga qaraydi yoki yoshlangan, odatdagidan kamroq gapirayotgan bo’ladi.
Emotsional intellekti yuqori inson aynan mana shu signallarni ham payqay oladi. Shu sabab yaxshi rahbarlar, shifokorlar, o’qituvchilar va psixologlar ko’pincha odamning aytgan gapidan ko’ra, aytolmayotganiga narsasiga ko’proq e’tibor berishadi.
🔵 Empatiyani qanday rivojlantirish mumkin?
🟡Suhbat davomida javob berishga shoshilmang. Avval tushunishga harakat qiling.
🟡Odamning faqat so’zlarini emas, yuz ifodasi, ovoz ohangi va tana tilini ham kuzating.
🟡Maslahat berishdan oldin uning hislarini tan oling. Ko’pibcha sizga shikoyat qilayotgan inson shunchaki eshitilish, tushunilishni xohlayotgan bo’ladi.
✅Shuni ham unutmang:
Boshqa insonni tushunishga harakat qilish — uning barcha qarorlarini ma’qullash yoki o’z chegaralaringizdan voz kechish degani emas.
📌 Emotsional intellekt | Ijtimoiy ko’nikmalar
Oldingi postlarda emotsional intellektning to’rtta komponenti haqida gaplashdik: o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini boshqarish, motivatsiya va empatiya. Ularning barchasi bitta nuqtada uchrashadi, bu nuqta — ijtimoiy ko’nikmalar.
✅Ko’pchilik yaxshi muloqot qilish tug’ma qobiliyat deb o’ylaydi. Go’yo ayrim odamlar tabiatan gapga usta, boshqalari esa yo’q. Daniel Goulmanga ko’ra esa, sog’lom munosabat qurish ham emotsional intellektning bir qismidir va uni rivojlantirish mumkin.
➡️ Ijtimoiy ko’nikmalar — bu odamlarni boshqarish emas, ular bilan sog’lom munosabat qura olish qobiliyatidir.
🔉 Masalan, hamkasbingiz vazifani vaqtida topshirmadi. Birinchi variant “Sen bilan tuzukroq ishlab bo’lmaydi” deb uni ayblash. Ikkinchi variant esa vaziyatni muhokama qilish: “Topshiriq kechikgani sabab ishimiz ortga surildi. Keyingi safar bu ish qaytarilmasligi uchun nima qilishimiz mumkin” Muammo bir xil. Lekin muloqot usuli boshqacha.
📌 Goulmanga ko’ra, emotsional intellekti yuqori insonlar munosabatlarda doim haq bo’lishga emas, muammoni hal qilishga intiladi. Chunki ular bitta muhim narsani tushunadi:
🔉 Shu sabab ular tinglashni, savol berishni, o’z hissiyotini ayblovsiz ifoda etishni va qarama-qarshilikni urush emas, yechilishi kerak bo’lgan vazifa sifatida ko’rishni o’rganadi.
🔵 Xo’sh, emotsional intellektni rivojlantirishni nimadan boshlash kerak?
🟡 Kun davomida bir necha marta o’zingizdan so’rang: “Men hozir nima his qilyapman?”
🟡Kuchli hissiyot paydo bo’lganda darhol javob bermang. O’zingizga biroz vaqt bering.
🟡Odamlarni tinglayotganda javob tayyorlashga emas, tushunishga harakat qiling.
🟡 Mojaroda o’zingizga savol bering: “Men hozir haq bo’lishni xohlayapmanmi yoki muammoni hal qilishni?”
🟡 Va eng muhimi — o’zingizga nisbatan ham empatik bo’ling. Chunki o’zini doim ayblaydigan inson boshqalarga ham mehr bilan munosabatda bo’lishi qiyin.

Bu o’z fikrini hurmat bilan ayta olish, “yo’q” deyish, nizolarni konstruktiv hal qilish, yordam so’rash, uzr so’rash va kerak bo’lganda murosaga kelishni o’z ichiga oladi.
🔉 Masalan, hamkasbingiz vazifani vaqtida topshirmadi. Birinchi variant “Sen bilan tuzukroq ishlab bo’lmaydi” deb uni ayblash. Ikkinchi variant esa vaziyatni muhokama qilish: “Topshiriq kechikgani sabab ishimiz ortga surildi. Keyingi safar bu ish qaytarilmasligi uchun nima qilishimiz mumkin” Muammo bir xil. Lekin muloqot usuli boshqacha.
📌 Goulmanga ko’ra, emotsional intellekti yuqori insonlar munosabatlarda doim haq bo’lishga emas, muammoni hal qilishga intiladi. Chunki ular bitta muhim narsani tushunadi:
Bahsni yutish munosabatlarni yomonlashishiga olib kelishi mumkin. O’sha dinizavrlar davridan qolgan savol: Siz haq bo’lishni istaysizmi yoki baxtli?
🔉 Shu sabab ular tinglashni, savol berishni, o’z hissiyotini ayblovsiz ifoda etishni va qarama-qarshilikni urush emas, yechilishi kerak bo’lgan vazifa sifatida ko’rishni o’rganadi.
🔵 Xo’sh, emotsional intellektni rivojlantirishni nimadan boshlash kerak?
🟡 Kun davomida bir necha marta o’zingizdan so’rang: “Men hozir nima his qilyapman?”
🟡Kuchli hissiyot paydo bo’lganda darhol javob bermang. O’zingizga biroz vaqt bering.
🟡Odamlarni tinglayotganda javob tayyorlashga emas, tushunishga harakat qiling.
🟡 Mojaroda o’zingizga savol bering: “Men hozir haq bo’lishni xohlayapmanmi yoki muammoni hal qilishni?”
🟡 Va eng muhimi — o’zingizga nisbatan ham empatik bo’ling. Chunki o’zini doim ayblaydigan inson boshqalarga ham mehr bilan munosabatda bo’lishi qiyin.
📌 Emotsional intellekt tug’ma qobiliyat emas. U har kuni qilinadigan kichik tanlovlardan shakllanadi. Uning barcha komponentlari bir-biriga bog’liq:
➡️ O’z his-tuyg’ularini tanimagan odam boshqanikini ham tushunishi qiyin.
➡️ O’zini boshqara olmagan odam nizoni boshqara olmaydi.
➡️ Ichki motivatsiyasi bo’lmagan odam qiyin munosabatlar ustida ishlamaydi.
➡️ Empatiyasiz esa yaqinlikni saqlab bo’lmaydi.
Shuning uchun emotsional intellekt alohida ko’nikmalar to’plami emas. U insonning o’zi va atrofidagilar bilan qanday munosabat qurishini belgilaydigan yaxlit tizimdir.
✅Hislarni payqash
✅Impulsni to’xtata olish.
✅Boshqalarni tushunishga harakat qilish
✅Va munosabatlarni egodan ustun qo’ya bilish
Aynan shu kichik odatlar vaqt o’tishi bilan nafaqat munosabatlaringizni, balki hayotingiz sifatini ham o’zgartiradi.
🫶 Maqola sizga yoqqan bo’lsa, reaksiyalar bilan buni bildirishni unutmang. Savollaringizni esa izohlarga yozing.
📌 Agar shu post 300 ta ❤️ yig’sa, qiyin vaziyatda yaqinlaringizni qo’llab-quvvatlashni o’rgatadigan 5 ta texnika haqida podkast yozib, uni kanalga joylayman.Tekinga 😇
➡️ O’z his-tuyg’ularini tanimagan odam boshqanikini ham tushunishi qiyin.
➡️ O’zini boshqara olmagan odam nizoni boshqara olmaydi.
➡️ Ichki motivatsiyasi bo’lmagan odam qiyin munosabatlar ustida ishlamaydi.
➡️ Empatiyasiz esa yaqinlikni saqlab bo’lmaydi.
Shuning uchun emotsional intellekt alohida ko’nikmalar to’plami emas. U insonning o’zi va atrofidagilar bilan qanday munosabat qurishini belgilaydigan yaxlit tizimdir.
✅Hislarni payqash
✅Impulsni to’xtata olish.
✅Boshqalarni tushunishga harakat qilish
✅Va munosabatlarni egodan ustun qo’ya bilish
Aynan shu kichik odatlar vaqt o’tishi bilan nafaqat munosabatlaringizni, balki hayotingiz sifatini ham o’zgartiradi.
🫶 Maqola sizga yoqqan bo’lsa, reaksiyalar bilan buni bildirishni unutmang. Savollaringizni esa izohlarga yozing.
📌 Agar shu post 300 ta ❤️ yig’sa, qiyin vaziyatda yaqinlaringizni qo’llab-quvvatlashni o’rgatadigan 5 ta texnika haqida podkast yozib, uni kanalga joylayman.
Тартибли, тарбияли, сокин, билимли, фаросатли, хар нарсада меёрни билувчи инсонларни бошкалар орасида ажратиб олиш унчалик қийин эмас.