Jon.Branding Agency
44 subscribers
152 photos
4 videos
6 links
Jon.Branding agentligi rasmiy sahifasi

Asoschi: @baxtiyorjon_gaziyev
Aloqa uchun: +998336450097

http://jonbranding.uz
Download Telegram
#logo #visual_identity #brandbook

Bodomchi — "logo qilib bering" deyishdi. Men "Yo'q" dedim.


Samarqandlik aka qo'ng'iroq qildilar. Ko'p yildan beri bodom sotadilar. Mahsulot zo'r,
Ammo bozorda ularni hech kim bilmasdi. Qopda Do'konda na nom, na yorliq bor edi. Qo'shni do'kon qancha narx qo'ysa, akamiz ham shuncha narxda sotishga majbur edi. Chunki hech qanday farqlanish yo'q edi

Nomni o'zlari topibdilar — Bodomchi. Aytdilar: "Logo qilib beringlar."

Aytdim: "Aka, logoning o'zi yetmaydi."

Logo — bir belgi xolos. Qopda boshqa, vizitkada boshqa, Instagramda yana boshqacha chiqaveradi. Odam ko'rsa, "shu firmaniki" demaydi.

Sizga Logo emas, butun boshli dizayn tizimini brend aydentikasi kerak. Hammasi bir qo'llanmada jamlangan — qaerda qanday turishi, qaysi rang, qaysi shrift.

Brenddan foydalanish yo'qirnomasi, Brandbook deyiladi. Bir oydan oshiq ishladik.

Yangi Logo brend uslubni ishlatishni boshlaganlarida tanishlari so'rashibdi: "Bu qaysi firmaniki?"

Akamiz kulibdilar: "Bizniki-da."

Ilgari bunday savol bo'lmasdi.


Siz ham uzoq yillardan beri biznes yuritasiz, ammo brendingiz yo'qmi?
Bizga murojaat qiling — Bodomchi'dek sizga ham ishlab beramiz.

📲 Yozing: @baxtiyorjon_gaziyev
📞 Gaplashamiz: +998336450097

@jonbranding
👍1
#naming #logo #aydentika #brandbook #patent

Rutera — nomidan boshladik, patentiga qadar yetkazdik.


Pepsi, Lays, Musaffo, Flecha. Bu brendlarning mahsuloti ombordan do'kongacha qanday yetib boradi — ko'pchilik buni o'ylab ham ko'rmaydi. Bu kompaniya ko'p yillardan beri shu ishni qiladi. Jimgina, ishonchli, to'xtamasdan.

Faqat bitta muammo — ularning o'z nomi yo'q edi.

Yirik kompaniya, katta aylanma, taniqli mijozlar.

Ammo bozorda o'zlari ko'rinmas. Sheriklar faqat Pepsi orqali taniydi.

Mashinada belgi yo'q, formada hech narsa yo'q.

Rutera bilan Nomdan boshladik.

Rutera — Route + Era. Yo'l va davr. "Harakat zamoni" degan g'oya ichiga yashiringan. Aytishga oson, yodda qoladi, xalqaro bozorda ham ishlaydi.

Keyin logoga o'tdik. Belgida ikkita narsa birlashtirilgan — yo'l shakli va chaqmoq. Yo'nalish va tezlik. To'q yashil va yorqin ko'k — jiddiy, ammo sovuqqon emas.

Aydentikada har bir narsa o'z joyida. Mashinalar, xodim formasi, vizitka, konvert, quti lentasi, banner — hammasi bir xil Rutera. Bir ko'rishda taniydi.

Brandbook — bu hamma narsaning qoidalar kitobi. Kim, qachon, qanday ishlatadi — hammasi yozilgan. Ertaga yangi xodim kelsa ham, yangi sherik qo'shilsa ham — hamma narsa bir xilda ishlatishga tayyor.

Oxirida tezkor patentladik ham berdik. Endi Rutera faqat ularniki.


2 oyda Nom, logo, aydentika, brandbook, patentgacha.

Siz ham yillardan beri biznes yuritasiz, ammo brendingiz yo'qmi?
Murojaat qiling — sizga ham ishlab beramiz.

📲 Yozing: @baxtiyorjon_gaziyev
📞 Gaplashamiz: +998336450097

@jonbranding