Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
628 subscribers
7.95K photos
1.98K videos
47 files
3.29K links
Jizzax viloyati FVB rasmiy kanali
Download Telegram
#xavfsizlik_choralari

Chang bo‘roni vaqtida ko‘riladigan ehtiyot choralari

Markaziy Osiyo, shuningdek, O‘zbekistonda va qo‘shni mamlakatlarda changli bo‘ron hodisalari uchrab turadi.
Shamol kuchayishi ta'sirida tuproqning juda quruq ustki qatlami yuqoriga ko‘tariladi va respublikamizning markaziy hamda janubiy viloyatlarida ko‘rinuvchanlik 100-200 m gacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqaradi.

Chang bo‘roni vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagilar tavsiya etiladi:

• uy va xonalarni muntazam ravishda ho‘l latta bilan tozalash, uy yoki bino ichiga suv solingan idishlar qo‘yish (chang darajasini pasaytiradi), xonalarga nam sochiqlarni osib qo‘yish, derazalarni yopiq holda saqlash, ko‘proq suv ichish, tez-tez dush qabul qilish nafas olishni yengillashtiradi va changni bosadi;

• uy yoki xonadan tashqariga chiqqanda, tibbiy niqob taqish havodagi mavjud zararli zarrachalardan himoyalaydi (zarur bo‘lmagan hollarda tashqariga chiqmaslik tavsiya etiladi);

• tashqi muhitdagi changlar tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda va tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yo‘tal alomatlari sezilganda, tezda tibbiyot muassasalariga murojaat qilish lozim;

• kuchli shamol ko‘tarilganda esa tashqariga chiqish, ayniqsa, daraxtlar, qurilmalar, konstruksiyalar ostida (yaqinida) yurish, tarnsport vositalarini ularga yaqin joyga qo‘yish xavfli hisoblanadi.

• avtomobillarda harakatlanayotgan paytda shamol natijasida hosil bo‘lgan changli ob-havoda (ko‘rish imkoniyati cheklanganda) tezlikni oshirish yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqaradi.

Har qanday ob-havo sharoitida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan berib borilayotgan tavsiyalarga amal qilishingiz o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligi kafolatidir.
Odatda, havoga ko‘tarilgan qum va chang massalari shamol kuchsizlangandan so‘ng tarqaladi hamda yer yuzasiga joylashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

👉 @jizzaxfvb 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xavfsizlik

Jizzax shahrida yong‘in o‘chirish va qutqaruv faoliyatiga xalaqit qiluvchi sun’iy to‘siqlar bartaraf etilib, yong‘inga qarshi suv manbalarining soz holatda bo‘lishi ta’minlanmoqda

Boshqa yangiliklar👇
jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xavfsizlik

Forish tumanida tabiiy gaz bilan bog'liq ko'ngilsiz holatlarning oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlar o'tkazildi

Boshqa yangiliklar👇
jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xavfsizlik

Quturish kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda

Boshqa yangiliklar👇
jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xavfsizlik

Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlar Arnasoy tumanida

Boshqa yangiliklar👇
jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#xavfsizlik

Jizzax shahrini G'allaorol tumani bilan bog‘lovchi “Uchtepa-Jizzax-G'allaorol” 4R-38 avtomobil yo‘li vaqtincha yopildi

Bugun, 14-mart kuni soat 11:00 dan Jizzax viloyatining G'allaorol tumanidan o‘tuvchi “Uchtepa-Jizzax-G'allaorol” 4R-38 yo‘li avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Bunga sabab, mazkur avtomobil yo‘lida (43-44 kilometrida) kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida ko‘chki xavfi yuzaga kelgan.
Ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda geologik xavfni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yo‘lning qayta ochilishi bo'yicha Jizzax viloyati FVB Axborot xizmati qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi.

Boshqa yangiliklar👇
jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xavfsizlik

“Uchtepa-Jizzax-G'allaorol” 4R-38 avtomobil yo‘lida harakat tiklandi

Xabaringiz bor, bugun kuchli yomg‘ir natijasida ko‘chki xavfi yuzaga kelganligi sababli “Uchtepa-Jizzax-G'allaorol” 4R-38 yo‘lida avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Jizzax viloyati FVB G‘allaorol tumani hokimligi hamda Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati bilan hamkorlikda avtomobil yo‘lining 43-44-kilometrlarida xavfli tosh massalarini sun'iy ravishda tushirish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Kun davomida yong'in-qutqaruv otryadi hamda maxsus texnikalar yordamida jami 150 m. kub. tosh massalari xavfsiz joyga ko’chirildi.
Soat 17:20 da avtomobil yo‘lida harakat qatnovi tiklandi.

Boshqa yangiliklar👇
jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xavfsizlik

G‘allaorol va Zomin tumanlarida joylashgan yozgi oromgohlarda profilaktik tadbirlar

Boshqa yangiliklar👇
jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xavfsizlik

Zomin oromgohida yoz mavsumida bolalarning maroqli dam olishini ta‘minlash va cho‘kish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#Xavfsizlik_choralari_ko'rilmoqda

Jizzax viloyat FVBning shahar, tuman bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan referendum o‘tkazish bilan bog‘liq ob’ektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan javobgar shaxslarga aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilishiga erishilmasa, tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq ob’ektlarda yong‘in va boshqa turdagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda insonlarni xayotiga xavf solishi va davlat boyligiga katta talofatlar olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirishlar berilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇🏻
jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram