Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
627 subscribers
7.95K photos
1.98K videos
47 files
3.29K links
Jizzax viloyati FVB rasmiy kanali
Download Telegram
#birthday

Bugun tugʻilgan kun!

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi Azizxo'ja Komilov tavallud topgan kun!
Sana munosabati bilan sizga uzoq umr, mustahkam sogʻlik, mehnat faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Jizzax viloyati FVB shaxsiy tarkibi

Boshqa
yangiliklar👇
jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Audio
#news

Sharof Rashidov va Zomin tumanlarida yong0inga qarshi suv manbalarining holati o'rganildi

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xavfsizlik

Zomin oromgohida yoz mavsumida bolalarning maroqli dam olishini ta‘minlash va cho‘kish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#profilaktika

Zarbdorda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#profilaktika

Arnasoy tumani FVB xodimlari tomonidan "G‘alla-2022" mavsumida xavfsizlikni ta‘minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, soha xodimlari tomonidan yong‘inga qarshi suv manbalarining sozligi tekshirildi.

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Audio
#news

"Zomin" oromgohida seminar tashkil etildi

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#profilaktika

Arnasoyda bozor va savdo markazlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Shuningdek, cho‘kish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazildi.

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTH

HAYDOVCHIGA YORDAM KO‘RSATILDI
Joriy yilning 21-iyun kuni soat 17:30 larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yoʻlining Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hududidan o‘tuvchi 1013-kilometrida harakatlanib ketayotgan "DAF" rusumli yuk avtomashinasi yoʻlning tik nishablik qismidan tushishda tormoz tizimi ishdan chiqishi oqibatida oldindagi "Gaz-53" va “Isuzu” rusumli yuk avtomashinalariga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada “Isuzu” haydovchisi avtomobil salonida qisilib qolgan.
Darhol voqea joyiga yetib kelgan viloyat FVB yong‘in-qutqaruv otryadi xodimlari tomonidan maxsus uskunalar yordamida haydovchi qutqarilib, tibbiyot xodimlariga topshirilgan.
Hozirda haydovchining ahvoli yaxshi.

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#profilaktika

Chorshanba - Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni!
Tadbir davomida G'allaorol tumanida amalga oshirilayotgan ishlar

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#diqqat_sel_xavfi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra joriy yilning 23-27 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog'li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G'uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung'ur, Nurobod, Qo'shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlanda;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg'on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan. Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.


👉 @jizzaxfvb 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mashğulot

Zomin gaz to‘ldirish shoxobchasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Audio
#news

Arnasoyda G'alla-2022 mavsumida xavfsizlikni ta'minlash choralarini ko'rmoqda

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#rasmiy_malumot

Bugun, 23-iyun kuni soat 15:00 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Sovungarlik" MFY hududida joylashgan avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasida VAZ-2106 rusumli avtomobilga yoqilg'i to‘ldirish jarayonida portlash sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, boshqa transport vositalariga zarar yetmagan.
Jabrlanganlar yo‘q.
Portlash natijasida yong‘in kelib chiqmagan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga chiqarilmagan.
Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, VAZ-2106 transport vositasidagi nosozlik baxtsiz hodisaga sabab bo‘lgan.
Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#profilaktika

G'allaorol tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong'in xavfsizligini ta'minlashga doir bir qator profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#foydali

OCHIQ SUV HAVZALARIDA CHOʻMILISH QOIDALARINI BILASIZMI?

Mutaxassislar fikricha, quyosh isitib turgan, ammo oftob urishi xavfi boʻlmagan vaqtda choʻmilgan maʼqul. Suv harorati kamida 18-19 gradus selsiy, havo harorati esa 20-25 gradus selsiy boʻlishi kerak. Suvda qancha vaqt boʻlishligingiz suv va havoning haroratiga, namlik va shamol tezligiga bogʻliq. Suv harorati 18 gradus selsiy boʻlganda 6-8 daqiqa davomida choʻmilish mumkin.

👉🏻Batafsil

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#yongin

G'ALLAOROLDA YONG'IN SODIR BO'LDI

Bugun, 25-iyun kuni soat 5:55 larda Jizzax viloyati FVB tezkor boshqaruv markaziga Gʻallaorol tumani “Gʻafur Gʻulom” MFYda joylashgan xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushdi.

Darhol yongʻin joyiga Gʻallaorol tumani FVBning 2 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari chiqarildi. Qutqaruvchilar aytilgan manzilga soat 6:02 da yetib borishdi. Soat 6:05 da yongʻin oʻrab olindi va soat 6:22 da batamom oʻchirildi. Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida xonadonning 130 kv.m. maydoni yongʻindan saqlab qolindi.

Yongʻin oqibatida yashash xonadonining 35 kv.m. maydonda shift qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar yoʻq.
Dastlabki surishtiruvga koʻra, elektr simlaridagi qisqa tutashuv yongʻinga sabab boʻlgan.
Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

jizzaxfvb.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram