🇺🇿Jizza MFY Yoshlari
170 subscribers
4.33K photos
997 videos
104 files
2.35K links
Ushbu kanal Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan oʻzgartirish tizimli va samarali ishlar olib borish,Yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berish va koʻmaklashish uchun tashkil etildi.
Murojaat uchun:@Tursunoy_Xoliqova
Download Telegram
#Tajribamdan_tavsiya

🟥Sen har doim atrofingda yaxshi insonlar bo'lishi istaysan. Bu sening ularga nisbatan ishonchli bo'lishing va ular ortidan faxrlanib yurishing uchun juda muhim. Lekin, hech o'ylab ko'rganmisan, atrofingdagilar ham o'z yonidagilarni yaxshi va faxrlangulik bo'lishini istashadi. Sendan hech bir naf tegmas ekan, ko'cha-ko'yda shunday tanishim bor deb kerilib yurolmas ekan, ular senga muhtoj emas.

Shunday ekan, sen faqat atrofingda munosiblar bo'lishi emas, sen o'zing munosib inson bo'lish haqida o'yla.
Ammo, o'zim zo'rman deb, hech qachon atrofingda takasaltang, dangasa, tilyog'lamalarni to'plab olma. Chunki, ular sendan nimadir yaxshilik olsa, albatta o'rniga o'z yomonligidan yuqtiradi. Shuning uchun kerakli insonlaringni boyligi yoki tashqi ko'rinishiga qarab emas, farosati va saviyasiga qarab jamla. O'zing esa ularga loyiq bo'lish uchun yana va yana harakat qil.

Xulosa esa o‘zingizdan...
Forwarded from Yoshlar karvoni 🐫 (Motivator Erkinovna)
#Tajribamdan_tavsiya

Bekorchilik insonning o'z hayotidan ko'ngli to'lmasligiga sabab bo'lar ekan.

Maslahatimiz: Har doim izlanishda bo'ling. Yangi bilimlarni, tillarni o'rganing va eng asosiysi maqsad bilan yashang bu maqsadingiz sizga har tong uyqudan uyg'onishingizga, u tomon harakat qilishingizga va hayotdan zavq olib yashashingizga yordam beradi. O'z hayotingizni o'zingiz qiziqarli qiling.

Do'stlarga ulashing
👉 @Yoshlar_karvoni