🇺🇿Jizza MFY Yoshlari
165 subscribers
4.36K photos
1K videos
104 files
2.37K links
Ushbu kanal Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan oʻzgartirish tizimli va samarali ishlar olib borish,Yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berish va koʻmaklashish uchun tashkil etildi.
Murojaat uchun:@Tursunoy_Xoliqova
Download Telegram
Forwarded from KASBI – ILM BULOG‘I (Axmad Xudoyberdiyev Kasbi tuman Ma'naviyat bo'linmasi rahbari.)
#Oʻzbekiston_Qahramoni
#Gʻaybulla_Rahmonov
#Kasbi_tumani

#Paxtachilik, g'allachilikni rivojlantirishga ulkan hissa qo'shgan. 80-yillardan boshlab uning jamoasi 50 sentnerchi sifatida dovrug' taratgan.

#Gʻaybulla_Rahmonov 1940-yil 11-sentabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Xo'jahayron qishlog'ida tug'ilgan. Kechki maktabni tugallab, haydovchilik kasbini egallagan. 1971-yildan tumandagi jamoa xo'jaligi paxtachilik brigadasi boshlig'i bo'lib ish boshlaydi.

#Qishloq xo'jalgi sohasida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Mustaqillik yillari fermerlik harakatining faol a'zosiga aylandi. Mustaqillik yillarida ularning faoliyatiga yangi mazmun kirdi, mehnatlarining samarasi o'z xalqi, Vatani manfaatlari uchun asqotishini anglab, yangicha ruh va ishtiyoq bilan harakat qilishdi.

1994-
yilda #Gʻaybulla_Rahmonov boshliq brigada a'zolari 52 gektar yerga chigit qadab, har gektardan 39 sentnerdan paxta yig'ishtirib olishdi. Mohir dehqon dalasining paxta va g'alladan hosili yil sayin yuksak darajaga chiqib bordi va #Gʻaybulla_Rahmonovning nomi ilg'orlar safida tilga olinadigan bo'ldi.

#1999_yilda "O'zbekiston Qahramoni" unvoni berildi.

#Qishlog'ining faxriga aylangan, ibratli hayoti bilan ko'plarga namuna bo'lgan mehnatkash inson, dala fidoyisi, #Gʻaybulla_Rahmonov 2004-yilda 64 yoshida vafot etdi.

Hayotiy dunyoda yashab, o‘zidan ko‘plab yaxshiliklar qoldirgan, xalqning xizmatida kamarbasta bo‘lib, foniy dunyodan rihlat qilgan #Gʻaybulla_Rahmonov xotirasi butun kasbiliklar qalbiga mangu yashaydi.

Zero xotira muqaddas-inson qadri azizdir!


Kanalga ulaning
👉https://t.me/RMMM_Kasbi_tuman