JDITI - Rasmiy telegram kanali
217 subscribers
5.66K photos
1.46K videos
18 files
1.71K links
Janubiy Dehqonchilik Ilmiy Tadqiqot Instituti
sayt: www.jditi.uz
Murojaat uchun: @jditiadmin
Download Telegram
Chorvachilikka xalqaro investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida viloyat hokimligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamkorligida agrar va chorvachilik sohasi vakillari uchun “Chorvachilikni rivojlantirishda xalqaro investitsiyalar va ilmiy yondashuvlar” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda chorvachilik tarmog‘iga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, naslli chorva mollarini import qilish, Jahon banki hamda boshqa xalqaro taraqqiyot banklarining imtiyozli kreditlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, sohada zamonaviy ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirni viloyat hokimining cho‘l hududlari va agrar sohaga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘rinbosari O.Amanov kirish so‘zi bilan ochib, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, investitsiya muhitini yaxshilash va chorvachilik tarmog‘ining eksport salohiyatini oshirishda xalqaro hamkorlikning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan fermer va chorvadorlarga imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirish tartibi, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish mexanizmlari hamda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarga hujjatlarni tayyorlash, moliyalashtirish manbalaridan foydalanish va xorijiy hamkorlar bilan samarali ishlash yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, seminarda chorvachilikda yuqori mahsuldorlikka erishish uchun nasldor chorva bilan bir qatorda ilmiy asoslangan oziqlantirish tizimi, sifatli ozuqa bazasi va veterinariya xizmatini takomillashtirish muhim omil ekani ta’kidlandi.

Tadbir doirasida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Texnik va ozuqa ekinlar seleksiyasi laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, yangi ozuqa ekinlari navlari hamda ularni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha erishilgan natijalar ishtirokchilarga tanishtirildi. Institut olimlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar chorva mollarining mahsuldorligini oshirish, ozuqa tannarxini kamaytirish va tarmoq samaradorligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Seminar yakunida agrar va chorvachilik sohasi vakillari xalqaro investitsiyalarni jalb etish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish, zamonaviy chorvachilik texnologiyalarini joriy etish hamda ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati

👨‍💻Sayt 🌐 Telegram 🌐Youtube 🌐Instagram 
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Korrupsiyaga qarshi kurashishda ichki nazorat tizimi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Ushbu qonun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Mazkur qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qator muhim yangiliklar joriy etildi. Xususan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestrini yuritish, korrupsiyaga oid jinoyatlar tushunchasini aniq belgilash, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplaens tizimlarining huquqiy asoslarini mustahkamlash kabi muhim normalar nazarda tutilgan.

Qonunga muvofiq, endilikda davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vakolatlari kengaytirilib, ularning mustaqil faoliyat yuritishi uchun zarur huquqiy kafolatlar yaratildi. Shuningdek, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish va mansab vakolatlaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi ta’sirchan mexanizmlar joriy etilmoqda.

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlarda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat xaridlari jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali hamda maqsadli foydalanish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, xalqaro grantlar, ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayonlarida ochiqlik va hisobdorlik tamoyillariga qat’iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, markaz tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Qonun bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari va tashkilotlari, hududlar hamda sohalar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish vazifasi ham yuklatildi. Bu esa har bir tashkilot faoliyatidagi ehtimoliy xavflarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rish imkonini beradi.

Mazkur qonun talablaridan kelib chiqqan holda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimida ham korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, shaffof boshqaruv tamoyillarini mustahkamlash hamda jamoatchilik ishonchini oshirishga qaratilgan ishlar yanada kuchaytiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat nazorat organlarining emas, balki har bir rahbar va xodimning mas’uliyatidir. Yangi qonun ana shu mas’uliyatni yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvida halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada kuchaytiriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1155 Qonuni imzolandi.

📑 Mazkur Qonun bilan 3 ta kodeks va 5 ta qonunga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra:

🔹 Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi;
🔹 Jinoyat kodeksida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasi belgilandi va unga 18 turdagi jinoyat kiritildi;
🔹 Davlat organlarida komplayens va ichki korrupsiyaga qarshi nazorat tizimlarining huquqiy asoslari yaratildi;
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashishda maishiy darajadan tortib yuqori lavozimli shaxslargacha qamrab oluvchi amaliy mexanizmlar joriy etildi;
🔹 Komplayens tuzilmalar xodimlarining huquqiy va xavfsizlik kafolatlari mustahkamlandi;
🔹 Barcha davlat organlarida komplayens nazorati tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 Ushbu tizim faoliyati Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati tomonidan muvofiqlashtiriladi;
🔹 Ayrim korrupsion jinoyatlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki yengilroq jazo bilan almashtirish cheklanadi;
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish vazifasi yuklatildi;
🔹 Milliy va hududiy kengashlar hamda Agentlik vakolatlari kengaytirildi.

⚖️ Yangi tartibga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish endilikda yagona tizim asosida markazlashgan va samarali mexanizm sifatida amalga oshiriladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Qirol Sejong" instituti direktori Song Insong Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi

🟢Bugun Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro hamkorlik va ta’lim yo‘nalishidagi aloqalarni kengaytirish maqsadida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Institut faoliyati, undagi ilmiy muhit va erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishish uchun Koreyaning "Qirol Sejong" instituti direktori Song Insong tashrif buyurdi.

➡️Mehmon institutda tashkil etilgan zamonaviy laboratoriyalar faoliyati, fundamental va amaliy tadqiqot jarayonlari hamda eng so‘nggi ilmiy ishlanmalar bilan tanishdi.
Institut olimlari tomonidan mahalliylashtirilgan va iqlim o‘zgarishlariga chidamli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari janubiy koreyalik mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi.

📎Song Insong institutning ilmiy xodimlari va yosh tadqiqotchilari bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularning ilmiy salohiyati va agrar sohaga tatbiq etayotgan zamonaviy yondashuvlariga yuqori baho berdi. Muzokaralar davomida agrar sohani har ikki tomonlama yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratildi.

🗣️Kelgusida xalqaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, institut olimlari va Janubiy Koreya yetakchi agrar sohasi vakillari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilandi hamda qo‘shma loyihalar ustida hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldilar.

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati

👨‍💻Sayt 🌐 Telegram 🌐Youtube 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#24_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.

Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.

🌍Biz bilan kuzatib boring!

🕊Telegram | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pokiston delegatsiyasi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo'lishdi.

🔴Bugun Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga Pokiston Islom Respublikasining sut chorvachiligi va sut mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida yetakchi hisoblangan "Go Dairy (Private) Limited" xususiy kompaniyasi delegatsiyasi vakillari tashrif buyurdi.

🔍Tashrif avvalida mehmonlar ilmiy muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishib, institut tarkibidagi zamonaviy laboratoriyalar ish jarayonini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, xorijlik mutaxassislarga institut olimlari tomonidan yaratilgan yangi ekin navlari hamda ayni paytda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot tajribalarining natijalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Xususan, yuqori mahsuldor qoramollarni parvarishlash, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish hamda ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini xalqaro standartlar asosida ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Uchrashuvda "GO Group" kompaniyasining vakillari yurtimizdagi asosiy strategik maqsadi chorvachilik va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik chorvachilik majmuasini barpo etishni hamda tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish maqsadida zamonaviy sovutish, muzlatish va qadoqlash infratuzilmasini yaratishni rejalashtirilayotganini ma`lum qildi.

✉️Pokistonlik investorlar mamlakatimizda nafaqat chorvachilik, balki agrosanoat majmuasining boshqa tarmoqlariga ham katta qiziqish bildirmoqdalar. Xususan, institut bilan kelgusida kartoshka va sabzavot mahsulotlarini qadoqlash hamda urug‘chilik sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini hayotga tatbiq etish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati

👨‍💻Sayt 🌐 Telegram 🌐Youtube 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QASHQADARYO AXBOROTI | "Chorvachilikni rivojlantirishda xalqaro investitsiyalar va ilmiy yondashuvlar” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
😊👍#25iyun

|
📷INSTAGRAM |🗳 FACEBOOK
|
✉️TELEGRAM |📹YOUTUBE
|
✉️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
27-iyun — Ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlari kuni muborak!

Haqiqatni izlab, uni xalqimizga tezkor va xolis yetkazayotgan, soʻz masʼuliyatini yuksak qadrlaydigan barcha jurnalistlar, boshlovchilar, muxbirlar, muharrirlar, operatorlar, fotomuxbirlar va media sohasi fidoyilarini kasb bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Sizning mehnatingiz jamiyatning xabardorligi, taraqqiyoti va maʼnaviy yuksalishiga xizmat qiladi. Qalamingiz oʻtkir, soʻzingiz taʼsirli, nigohingiz teran, ijodingiz esa bardavom boʻlsin!

Kasbingizga sadoqat, ijodingizga ilhom va hayotingizga fayzu baraka tilaymiz!

Bayramingiz muborak boʻlsin!

🔹FM 102.3 Oltin voha radiosining ijtimoiy kanallariga aʼzo bo‘ling ! 👇
|
TELEGRAM | INSTAGRAM
| FACEBOOK | YOUTUBE
| 🔺JONLI EFIR