Koreyada ilg‘or agrotexnologiyalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari o‘rganildi
Janubiy Koreya Respublikasining ilg‘or agrotexnologiyalarini o‘rganish, qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridagi zamonaviy tajribalarni O‘zbekiston sharoitida amaliyotga tatbiq etish hamda xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Diyor Jurayev Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida Koreyaning bir qator hududlarida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, ozuqa ishlab chiqarish, dorivor o‘simliklar, urug‘lik kartoshka hamda qo‘ziqorinchilik yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yetakchi tashkilot va korxonalar faoliyati yaqindan o‘rganildi.
Jumladan, “Meat Processing Company” korxonasiga tashrif davomida go‘shtni qayta ishlash, mahsulot sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish hamda tayyor mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash tajribasi o‘rganildi.
Shuningdek, “Sprout Ginseng Farm” xo‘jaligida jenshen yetishtirishning zamonaviy usullari, yetishtirish texnologiyasi, mahsulot sifatini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tajriba almashildi.
Safar doirasida Cheonan shahrida joylashgan “Shiitake Mushroom Farm” xo‘jaligiga ham tashrif buyurilib, shiitake qo‘ziqorinini yetishtirish texnologiyasi, zamonaviy laboratoriya sharoitlari, ishlab chiqarish jarayonlari va innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishildi.
Koreya Respublikasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar yetishtirish borasidagi ilg‘or tajribalar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Xizmat safari doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi agrar sohadagi hamkorlikni hududiy darajada rivojlantirish, ilmiy-texnologik tajriba almashish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, yosh mutaxassislarning malakasini oshirish hamda istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Safar yakunida xususiy kompaniyalar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandumlar imzolandi. Shuningdek, kelgusida qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga tatbiq etish bo‘yicha qat’iy kelishuvlarga erishildi.
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🥰1
Forwarded from Mikrofon ko‘targan ayol
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“9 soat”ning siri nimada?
“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…
Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”
Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.
Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.
Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.
Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.
“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi, menimcha, shunday: Prezidentning ish dasturida tushga qadar 1 ta uchrashuv, 1 ta qabul, yana 200 kishilik O‘zbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolash marosimi, O‘zbekiston viloyatlarida 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta chebol kompaniyasi (ko‘p tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar to‘plandi, Koreyada yashayotgan, o‘qiyotgan 50 ga yaqin vatandoshlar mahtal turibdi. Bu ishlarni boshida turish tugul, shunchaki o‘qib ko‘rsangiz ham “ehhe” devorasiz.
Kostyum-shim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eshitib qolaman: “balki vatandoshlar bilan uchrashuv “otmen” bo‘lar? Uchrashuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”.
Tushlik qilmay ishlashlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Ko‘proq odam bilan gaplashishga harakat qiladi prezident. Ko‘proq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.
Bir kun ichida nihoyatda ko‘p odam bilan gaplashib, topshiriqlar bergani, nutq o‘qigani —“non-stop” rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Prezident ba’zan tomog‘i qirilayotgani uchun uzr so‘raydi, “bular menga suv ham bermaydi” deb yarmi hazil, yarmi chin aytadi.
Auditoriya yoshlardan iborat. “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari, yoki “allaqachon tup qo‘yib palak yozganlar” — 50 $dan biznes boshlab, bugun O‘zbekistondan import qilayotganlar, yoki universitetda 7 koreys talabaga o‘zbek tilini o‘rgatishdan boshlab, hozir yiliga 70 dan ortiq talaba o’qitayotgan olimalar ham bor.
Prezident ularga tashrif tafsilotlarini tushuntiradi, nega Koreyaga kelgani, munosabatlarimiz qanday rivojlanib borayotgani, shu yerdagi fuqarolarga qanday ko‘mak berish mumkinligi haqida suhbatlashadi. 10 ga yaqin yoshlarning takliflarini tinglaydi.
Protokol xizmati bir necha bor rahbar oldiga kelib eslatadi: “9 soat bo‘ldi”.
Davlat rahbari esa muloqotda davom etadi. Jurnalistlar mag‘zini chaqishga urinamiz. To‘xtovsiz ishlayotganlariga 9 soat bo‘ldimi yoki muhim tadbir boshlanishiga 9 soat qoldimi?
Uchrashuvda Koreyada tadqiqot qilayotgan Yelena Chuyanova “tez-tez, shoshilinch madaniyat”ni eslatadi: 빨리빨리 문화 (ppalli-ppalli munhwa). Ya’ni, taraqqiyotdan orqada qolmaslik sharti – vaqtni yengish, nafaqat «jisman», balki «ma’nan yengish».
Koreyani rivojlantirgan bu madaniyat Prezidentimizning “shoshilmasdan shoshilish” prinsipiga o‘xshaydi. Zamondan orqada qolmaydigan O‘zbekiston qurish orzusi bu.
"Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10-15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar".
9 soat “tik oyoqda” o‘tgan kun baribir yakunlanmaydi. 16-sentabrda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya sammiti bo‘ladi, hozir borib prezident o‘z nutqini, tashabbuslarni tayyorlaydi.
Qachon rahbar dam oladi—bu savolga javob topish butun delegatsiya uchun hozircha jumboq.
“O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam,
ishlamagunlaringcha qo‘ymayman, bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.
9 soatlik “non stop”ning sirini bilmaymanu, maqsadi lekin aniq shu.

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌 Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida barpo etilmoqda. Hamkorlikning maqsadlari mutlaqo ochiq, pragmatik va bunyodkorlik xususiyatiga ega;
📌 Asosiy vazifa faqat hamkorlik bo‘yicha erishilgan sur’atni saqlab qolish emas, balki bu muvaffaqiyatlarni yanada yuqori sifat bilan oldinga borishning poydevoriga aylantirishdan iborat;
📌 Markaziy Osiyo jahon bozorlaridagi beqarorlikka qaramasdan, 6 foizdan ziyod o‘sish sur’atini namoyish etmoqda. Umumiy yalpi ichki mahsulot hajmi 500 milliard dollardan oshdi;
📌 80 milliondan ortiq aholiga ega Markaziy Osiyo ishonch bilan Yevroosiyoning “barqarorlik mintaqasi” va “global bog‘liqlik markazi”ga aylanib bormoqda;
📌 Zamonaviy tahdidlarga javoban “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi: jadal rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik” deb nomlangan uzoq muddatli konseptual qarashni ishlab chiqish taklif qilindi;
📌 Kibertahdidlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlarini yaratish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish o‘ta muhim;
📌 Markaziy Osiyo savdo bo‘yicha xavf-xatar zonalaridan tashqarida joylashgan ishlab chiqarish maydonlariga ega ekani va mahsulotlarga talab tez o‘sib borayotgani bilan Koreya Respublikasi uchun Yevroosiyodagi almashtirib bo‘lmaydigan hamkorga aylanishi mumkin;
📌 To‘siqlarni bartaraf etish, sertifikatlash bo‘yicha tartib-taomillarni va mahsulotlarning mahalliy savdo platformalariga o‘zaro kirib borishini soddalashtirish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlarni ko‘rish muhim;
📌 Sanoat kooperatsiyasi va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish doirasida O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo – Koreya” sanoat-texnologiya parkini joylashtirishga tayyorlik bildirildi;
📌 Hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish iqtisodiy hamkorlikning muhim harakatlantiruvchi kuchi ekani qayd etildi;
📌 Muhim minerallar sohasidagi hamkorlik Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida strategik manfaatlarning noyob uyg‘unligini yaratadi. Shu munosabat bilan nodir minerallar bo‘yicha mintaqaviy investitsiyaviy alyansni tashkil etish taklif qilindi;
📌 Markaziy Osiyo “yashil” investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish va ishonchli platforma bo‘lishga tayyor. Shu maqsadda Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida iqlim va uglerod hamkorligi bo‘yicha formatni ishga tushirish taklifi bildirildi;
📌 Inson kapitalini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirish taklif etildi;
📌 O‘zbekiston kelgusi yilda Koreya Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi va koreys diasporasining mintaqamizda yashay boshlaganining 90 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini eng yuqori darajada o‘tkazishga tayyor ekani ta’kidlandi.
Facebook|Instagram|X
Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Administratsiyadagi jamoamiz bilan qizg‘in tahliliy muhokama o‘tkazdik. Muhim yo‘nalishlar va yaqin kelajakda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan yirik loyihalarni atroflicha ko‘rib chiqdik.
Biz doimiy ravishda mana shunday ochiq formatda ish olib boramiz: ustuvor vazifalarni belgilaymiz, dolzarb masalalarni tahlil qilamiz, turli yechimlarni o‘rtaga tashlab, ular orasidan eng samaralilarini tanlab olamiz.
Har bir mavzuning butun jamoa ishtirokida muhokama qilinishi vaziyatni kengroq baholash, yangi imkoniyatlarni ko‘ra olish hamda eng maqbul yondashuvlarni topishga xizmat qiladi.
Yakunda aniq vazifalarni belgilab, Davlatimiz rahbariga taqdim etiladigan asosli takliflarni jamlaymiz.
—
В Администрации мы с командой провели большой мозговой штурм. Обсудили важные направления и крупные проекты, которые можем реализовать в ближайшее время.
Мы регулярно работаем в таком формате. Определяем приоритеты, разбираем острые вопросы, предлагаем разные решения и выбираем те, которые могут дать лучший результат.
Такой подход, когда каждый вопрос подробно обсуждается всей командой, помогает увидеть больше возможностей и найти более эффективные решения.
По итогам определяем конкретные задачи и формируем предложения, которые затем представляем Президенту.

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabulda ishtirok etdi.
Tadbirda Koreya Prezidenti hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ham qatnashdi.
E’tiborli jihati, oliy martabali mehmonlar uchun tayyorlangan madaniy dasturda yurtimiz san’at ustalari ham ishtirok etdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев вместе с супругой принял участие в официальном приeме, организованном по случаю первого саммита «Центральная Азия – Республика Корея».
В мероприятии также участвовали Президент Кореи и главы государств Центральной Азии.
Примечательно, что в культурной программе, подготовленной для высоких гостей, выступили и артисты Узбекистана.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#36_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
🌍Biz bilan kuzatib boring!
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
🌍Biz bilan kuzatib boring!
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari ehtiyojmand oilalarni daromadli qilgan issiqxona majmuasi faoliyati bilan tanishdi.
—
Глава нашего государства ознакомился с тепличным комплексом, ставшим источником дохода для малообеспеченных семей.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Глава нашего государства ознакомился с тепличным комплексом, ставшим источником дохода для малообеспеченных семей.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2027-yil g`alla hosili uchun ekish ishlari boshlandi
Respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasini ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda g‘alla hosildorligini keskin oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida 2027-yilgi g‘alla hosili uchun maxsus ilmiy-amaliy tadqiqot ishlariga start berildi.
Tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Ekish me'yorlarini optimallashtirish: Hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, g‘alla urug‘larini ekishning eng maqbul me'yorlarini ilmiy jihatdan asoslash.
Issiqxona va dala tajribalari: Tadqiqotlar nafaqat ochiq maydonlarda (dala sharoitida), balki boshqariladigan issiqxona muhitida ham parallel ravishda olib borilmoqda. Bu esa harorat, namlik va oziqa muhitining o‘simlik rivojlanishiga ta'sirini chuqur tahlil qilish imkonini beradi.
Ilmiy yondashuv va innovatsiya: Ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llagan holda har bir gektardan olinadigan hosildorlikni oshirish va resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish.
Olib borilayotgan ushbu ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida ishlab chiqiladigan tavsiyalar kelgusida fermer xo‘jaliklari amaliyotiga tatbiq etilib, g‘allachilik tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati
👨💻 Sayt🌐 Telegram🌐 Youtube🌐 Instagram

🥰2