JDITI - Rasmiy telegram kanali
217 subscribers
5.66K photos
1.46K videos
18 files
1.71K links
Janubiy Dehqonchilik Ilmiy Tadqiqot Instituti
sayt: www.jditi.uz
Murojaat uchun: @jditiadmin
Download Telegram
🟦🟦🟦

Yosh olimlar bilan ochiq muloqot


🏢 Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Mizrob Bo‘ronov hamda Markaz tizimidagi ilmiy muassasalarda faoliyat olib borayotgan yosh olimlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌 Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yurtning munosib vorislariga aylanishi masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Mizrob Bo‘ronov ta’kidlaganidek, davlat siyosatida yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.

— Davlatimiz rahbari yoshlarimizni ruhan, ma’nan va jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri ekanini doim ta’kidlaydilar, bejiz emas. Boisi yurtni himoya qilish, taraqqiy ettirish va sog‘lom avlodni shakllantirish orqali kelajagimizni ta’minlay olamiz. Shu bois, siz — yosh olimlar zimmasidagi mas’uliyat ham ulkan,

— dedi vazir maslahatchisi.

Uchrashuvda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yosh olimlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

❗️ Mizrob Bo‘ronov yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🤯1
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi

🇺🇿Hukumat qarori (206-son, 28.04.2026-y.) bilan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

ℹ️Nizomga ko‘ra, subsidiya Davlat budjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qat’i nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marotaba ajratiladi.

💻Talabgor subsidiyani olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim.

📝 Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

📚Arizaga quyidagilar ilova qiladi:

suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha “Tomchi-reyestr” ga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
ish bajarilgan konturlarning ma’lumotlari (hududi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatiladi).

💰 Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#17_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi soni taqdim etilmoqda.
3
3-may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni

▫️BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra 1994 yildan boshlab har yili 3 may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib keladi.

Ushbu sana jamiyat taraqqiyotining fundamental asosi bo‘lgan so‘z erkinligining naqadar muhimligini yana bir bor yodga soladi. Bugungi murakkab global axborot makonida haqqoniy va xolis axborot yetkazish, mas’uliyatli jurnalistika hamda fikrlar xilma-xilligini himoya qilish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Sana munosabati bilan so‘z erkinligini ta’minlash, jamiyatda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilayotgan barcha soha vakillarini samimiy muborakbod etamiz. Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz demokratik yangilanishlarning muhim kafolatidir!

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O‘zbekistonda ilk bor — Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi yoshlar uchun yosh talantlar milliy tanlovi o‘tkazilmoqda


❗️ Tanlovning eng muhim jihati 50 nafar eng munosib ishtirokchi FAO va IFAD tizimida chet elda stajirovka o'tash imkoniyatini qo'lga kiritadi.

📌 Ma'lumot uchun, arizalar joriy yilning 8 may kuniga qadar qabul qilinadi!

📺 Tanlov haqida batafsil ushbu lavha orqali tanishishingiz mimkin.⬆️

Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#xalqaro_aloqa

Innovatsion agrotexnologiyalar sinovdan o‘tkazilmoqda
Qarshi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish va xalqaro tajribalarni joriy etish maqsadida innovatsion agrotexnologiyalarga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan malakali mutaxassislar JDITI tajriba maydonlarida bo‘lib, u yerda yetishtirilayotgan ekinlarning holati bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirning asosiy diqqat markazida no‘xat maydonlarida “torf” organik o‘g‘itini qo‘llash texnologiyasi bo‘ldi. Rossiyalik ekspertlar ushbu o‘g‘itning o‘ziga xos xususiyatlarini amalda namoyish etishdi: Torf tarkibidagi gumus moddalari o‘simlikning jadal rivojlanishini ta’minlaydi, yerning strukturasi yaxshilanadi va namlikni saqlash qobiliyati ortadi.
Qishloq xo‘jaligida bunday zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash nafaqat bugungi hosil, balki kelgusida tuproq unumdorligini saqlab qolishda ham muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
3👍2
#xalqaro_hamkorlik
Innovatsion texnologiyalar amaliyotga joriy etiladi
⚜️Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida xorijiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining "Zamonaviy texnologiyalar" kompaniyasi direktori Vlada Kalinina, mutaxassis Ivan Maslov institutda bo`ldi.
Dastlab, mehmonlar institutning ilmiy salohiyati va amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida kompaniyaning asosiy mahsuloti “Biotorf ” organik biostimulyatorini donli, dukkakli, moyli va ozuqa ekinlarida qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlik doirasida "Fitotron va o‘simliklar fiziologiyasi" laboratoriyasida ko‘p faktorli dala va laboratoriya tajriba sinovlarini o‘tkazishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bu kabi hamkorlik aloqalari qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish hamda sohaga ilmiy asoslangan innovatsiyalarni olib kirishda xizmat qiladi.
👍21
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Innovatsion texnologiyalar amaliyotga joriy etiladi

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining "Zamonaviy texnologiyalar" kompaniyasi direktori Vlada Kalinina hamda mutaxassis Ivan Maslov Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishish va o'zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida institutda bo'ldi.

Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Matbuot kotibi | Ahror Sodiqov |Rasmiy (Ahror Sodiqov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE Озиқ-овқат хавфсизлиги - муҳим масала!

Вилоят ҳокими Касби туманида қишлоқ хўжалиги йўналишида амалга оширилаётган ишлар билан танишмоқда.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_nav

Arpaning "Baraka" navi

➡️Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan.

🔺Navning o'suv davri: 218-220 kun.
🔺O'simlik bo'yi: 102-107 sm;
🔺Yotib qolishga bardoshli, qurg'oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli;
🔺Biologik xususiyati: kuzgi;
🔺Hosildorligi: 56,6-64,2 s/ga;
🔺Oqsil miqdori: 17,3 %;
🔺1000 dona don vazni: 40,1-45,3 gramm;
🔺Ekish me'yori gektariga: 4-4,5 mln dona.

🗺Respublikamizning sug'oriladigan maydonlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun tavsiya etiladi.

🟢Ushbu nav vazirlik tizimidagi Nav sinash markaziga topshirilgan.

🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

📱WWW    📱Facebook 📱Instagram   📱Telegram    📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Aprobatsiya — urug‘chilikdagi muhim nazorat jarayoni

Aprobatsiya — qishloq xo‘jaligida, ayniqsa urug‘chilikda, ekin maydonlarini joyiga chiqib tekshirish orqali ularning nav tozaligi, sog‘lomligi va belgilangan standartlarga mosligini aniqlash hamda baholash jarayonidir.

🌲 Oddiy qilib aytganda, aprobatsiya davomida mutaxassislar dalada ekinning haqiqatan ekilgan navga mosligi, boshqa navlar bilan aralashib ketmaganligi, kasallik va zararkunandalar mavjud yoki yo‘qligi, shuningdek, hosilning urug‘lik sifatida foydalanishga yaroqliligini atroflicha o‘rganadi.

Bugungi kunda urug‘chilik tizimida muhim bosqichlardan biri hisoblangan aprobatsiya jarayonlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yaqin kunlarda urug‘lik g‘alla ekilgan maydonlar mutaxassislar tomonidan aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkaziladi.

🔎 Ushbu jarayon davomida ekinlarning nav tozaligi, biologik holati, rivojlanish darajasi hamda agrotexnik talablarga muvofiqligi chuqur baholanadi.

🔵 Natijada, aprobatsiya sifatli va ishonchli urug‘lik zaxirasini shakllantirish, yuqori hosildorlikka erishish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat xizmatlarini zamonaviylashtirish va barcha sohalarga innovatsion texnologiyalarni joriy etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlarining o‘rni muhim va beqiyosdir.

Bugungi kunda iqtisodiyotimizning barcha yo‘nalishlarida minglab aloqa va IT mutaxassislari fidokorona mehnat qilib kelmoqda.

Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi xodimlar o‘z faoliyatlari bilan agrar sohani raqamlashtirish, elektron platformalarni joriy etish, davlat xizmatlaridan foydalanishni soddalashtirish, ma’lumotlar shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek, adolat va tenglik tamoyillarini samarali tatbiq etish borasida munosib natijalarga erishmoqda. Ularning bilim va salohiyati, tashabbuskorligi hamda mas’uliyatli mehnati sohaning barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Hurmatli aloqachilar va IT sohasi fidoyilari!

Sizlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi nomidan 7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi g‘oya va yutuqlar tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va raqamli kelajakni barpo etish yo‘lidagi ezgu ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Halol mehnat insonni ulug‘laydi

Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tizim jamoatchiligi uchun ahamiyatli va biroz hayajonli tadbir — Milliy markaz direktori o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Amanov Oybek Anvarovich bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ZOOM platformasi orqali tizimdagi barcha ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va olimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishni Milliy markaz direktori, akademik Shodmon Namozov kirish so‘zi bilan ochar ekan, Oybek Amanovning qishloq xo‘jaligi ilm-fani va tarmoq rivoji yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati, tashabbuskorligi va fidoyiligi haqida alohida to‘xtaldi. Shuningdek, u professor Oybek Amanov endilikda Qashqadaryo viloyati hokimining cho‘l hududlari va agrar sohaga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat boshlayotganini ta’kidlab, bu katta ishonch va yuksak mas’uliyat ekanini qayd etdi.

Akademik Shodmon Namozov so‘zi davomida: “Halol mehnat insonni ulug‘lashini Oybek Amanov misolida ko‘ryapmiz. U yosh bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining mehnatsevarligi, yuqori ilmiy salohiyati va talabchanligi orqali bugungi darajaga erishdi”, — deya ta’kidladi. Shuningdek, u Oybek Amanovning ko‘p yillik ilmiy va amaliy tajribasi yangi vazifada ham hudud qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, investitsion loyihalarni kengaytirish hamda cho‘l hududlaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi.

Ta’kidlanganidek, Oybek Amanov rahbarlik faoliyati davomida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish, ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda munosib hissa qo‘shdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan tizimdagi qator ilmiy muassasalar rahbarlari va olimlar Amanov Oybek Anvarovichning nafaqat bilimli va tajribali rahbar, balki insoniy fazilatlari bilan ham jamoa orasida katta hurmat qozonganini ta’kidladilar. Uning yosh olimlarga bo‘lgan e’tibori, har bir masalaga chuqur yondashuvi, talabchanligi bilan birga samimiy munosabati haqida iliq fikrlar bildirildi.

Tadbir davomida professor Oybek Amanovning soha rivoji yo‘lida amalga oshirgan ishlari, ilmiy faoliyati va tarmoqdagi samarali mehnati e’tirof etildi. Qatnashchilar uning kelgusi faoliyatida ham ulkan yutuqlar, mustahkam sog‘liq va yangi zafarlar tiladilar.

Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4