Forwarded from Rasmiy xabarlar I Официальные новости
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi
Yosh olimlar bilan ochiq muloqot
— Davlatimiz rahbari yoshlarimizni ruhan, ma’nan va jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri ekanini doim ta’kidlaydilar, bejiz emas. Boisi yurtni himoya qilish, taraqqiy ettirish va sog‘lom avlodni shakllantirish orqali kelajagimizni ta’minlay olamiz. Shu bois, siz — yosh olimlar zimmasidagi mas’uliyat ham ulkan,
— dedi vazir maslahatchisi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🤯1
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi
🇺🇿 Hukumat qarori (206-son, 28.04.2026-y.) bilan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
ℹ️ Nizomga ko‘ra, subsidiya Davlat budjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qat’i nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marotaba ajratiladi.
💻 Talabgor subsidiyani olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim.
📝 Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
📚 Arizaga quyidagilar ilova qiladi:
➖ suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha “Tomchi-reyestr” ga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
➖ loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
➖ ish bajarilgan konturlarning ma’lumotlari (hududi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatiladi).
💰 Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
➖ suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha “Tomchi-reyestr” ga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
➖ loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
➖ ish bajarilgan konturlarning ma’lumotlari (hududi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatiladi).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Forwarded from Boshqaruv samaradorligi agentligi
3-may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni
▫️BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra 1994 yildan boshlab har yili 3 may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib keladi.
Ushbu sana jamiyat taraqqiyotining fundamental asosi bo‘lgan so‘z erkinligining naqadar muhimligini yana bir bor yodga soladi. Bugungi murakkab global axborot makonida haqqoniy va xolis axborot yetkazish, mas’uliyatli jurnalistika hamda fikrlar xilma-xilligini himoya qilish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Sana munosabati bilan so‘z erkinligini ta’minlash, jamiyatda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilayotgan barcha soha vakillarini samimiy muborakbod etamiz. Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz demokratik yangilanishlarning muhim kafolatidir!
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa

❤1
Forwarded from O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda ilk bor — Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi yoshlar uchun yosh talantlar milliy tanlovi o‘tkazilmoqda
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#xalqaro_aloqa
Innovatsion agrotexnologiyalar sinovdan o‘tkazilmoqda
Qarshi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish va xalqaro tajribalarni joriy etish maqsadida innovatsion agrotexnologiyalarga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan malakali mutaxassislar JDITI tajriba maydonlarida bo‘lib, u yerda yetishtirilayotgan ekinlarning holati bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirning asosiy diqqat markazida no‘xat maydonlarida “torf” organik o‘g‘itini qo‘llash texnologiyasi bo‘ldi. Rossiyalik ekspertlar ushbu o‘g‘itning o‘ziga xos xususiyatlarini amalda namoyish etishdi: Torf tarkibidagi gumus moddalari o‘simlikning jadal rivojlanishini ta’minlaydi, yerning strukturasi yaxshilanadi va namlikni saqlash qobiliyati ortadi.
Qishloq xo‘jaligida bunday zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash nafaqat bugungi hosil, balki kelgusida tuproq unumdorligini saqlab qolishda ham muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

❤3👍2
#xalqaro_hamkorlik
Innovatsion texnologiyalar amaliyotga joriy etiladi
⚜️Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida xorijiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining "Zamonaviy texnologiyalar" kompaniyasi direktori Vlada Kalinina, mutaxassis Ivan Maslov institutda bo`ldi.
Dastlab, mehmonlar institutning ilmiy salohiyati va amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida kompaniyaning asosiy mahsuloti “Biotorf ” organik biostimulyatorini donli, dukkakli, moyli va ozuqa ekinlarida qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlik doirasida "Fitotron va o‘simliklar fiziologiyasi" laboratoriyasida ko‘p faktorli dala va laboratoriya tajriba sinovlarini o‘tkazishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bu kabi hamkorlik aloqalari qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish hamda sohaga ilmiy asoslangan innovatsiyalarni olib kirishda xizmat qiladi.

👍2❤1