JDITI - Rasmiy telegram kanali
217 subscribers
5.66K photos
1.46K videos
18 files
1.71K links
Janubiy Dehqonchilik Ilmiy Tadqiqot Instituti
sayt: www.jditi.uz
Murojaat uchun: @jditiadmin
Download Telegram
#jarayon

🌾 G‘alla kushandasi: Zararli hasva haqida nimalarni bilish kerak?

📌Zararli hasva — yarim qattiq qanotlilar (qandalalar) oilasiga mansub bo‘lib, dunyo bo‘ylab g‘alla maydonlariga eng ko‘p zarar keltiradigan hasharotlardan biridir.
⚠️ Zararkunanda o‘simlikning yuqori qismi va boshoqdagi mayin to‘qimalar sharbatini so‘rib oziqlanadi. Natijada barglar sarg‘ayib, hosil yo‘qotilishi zararlanish darajasiga qarab hosildorlik 30-40% gacha, urug‘ unuvchangligi esa 50% gacha pasayishi mumkin.
🔬 Ilmiy tadqiqot: Zarar darajasi qanday aniqlanadi?
"O`simliklarni himoya qilish" laboratoriyasi mudiri FeruzaToshmetova tomonidan zararli hasvaning g‘alla sifatiga ta’sirini o‘rganish maqsadida maxsus tajriba o‘tkazilmoqda.
Tajriba uslubi:
1 m² maydonda 5 xil variantda sadoqlar (to‘rli qopchiqlar) o‘rnatildi.

🎯Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad:
Hasva zichligining quyidagi ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholash:
1 ta boshoqdagi donlar soni;
1000 dona don vazni;
Don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori;
Don naturasi.
👍82
🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Agrar va oziq-ovqat sohalarini qo‘llab-quvvatlash tizimi tubdan takomillashtiriladi


Vazirlar Mahkamasining "Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" (28.04.2026-y. №206) qarori qabul qilindi.

💻Qarorga ko‘ra,

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplashning yangi tartibi tasdiqlandi;

Agrar va oziq-ovqat sohalarida subsidiya ajratish jarayonlaridagi mavjud byurokratik to‘siqlar bartaraf etilib, tizim to‘liq shaffoflashtiriladi;

Subsidiya oluvchilar uchun yagona elektron platforma imkoniyatlari kengaytirilib, arizalarni ko‘rib chiqish va mablag‘larni yo‘naltirish muddatlari optimallashtirildi;

Sohada davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy ko‘makning manzilliligi va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha qat’iy nazorat mexanizmi o‘rnatildi;

Qaror bilan bir qator muhim nizomlar, jumladan, suv tejovchi texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishni rag‘batlantirish tartiblari kuchga kirdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Voha ekologik barqarorligini ta’minlash — bugungi kunning dolzarb vazifasi!

📹Qashqadaryo teleradiokanalining "Jarayon" ko‘rsatuvida voha tabiatini muhofaza qilish va lalmi yerlarning unumdorligini oshirish masalalari tahlil qilindi.
Ko‘rsatuvning bu galgi mehmoni — Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy maslahatchisi Shadiyar Xo‘janazarov.
🌿Maxsus reportaj davomida ekologik hayot sifatini yaxshilash, yaylov ekotizimini tiklash, lalmi yerlarni barqarorlashtirishda yangi seleksiya usullari, ekohayotni asrash borasidagi ilmiy yechimlar haqida so‘z boradi.

📲BIZ BILAN BOG‘LANISH: Murojaat uchun: @jditiadmin

👨‍💻Sayt 🌐 Telegram ▶️Youtube 🌐Instagram 🌐Facebook
👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
🌱🌱🌱🌱🌱

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda bir guruh olimlar tashabbusi bilan “Amir Temur davrida qishloq xo‘jaligi” nomli kitob chop etildi.

ℹ️Asarda Amir Temur davrida qishloq xo‘jaligining rivojlanish tamoyillari, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, dehqonchilik madaniyatining yuksak darajada shakllangani ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, ajdodlarimiz qo‘llagan agrotexnik usullarning bugungi kunda ham dolzarbligi tahlil etilgan.

🇺🇿Ayniqsa, sug‘orish tizimlari, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda ekinlarni almashlab ekish tizimi o‘sha davrdayoq puxta yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlanadi.

💻Kitobda tarixiy tajribani zamonaviy qishloq xo‘jaligi islohotlari bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion texnologiyalar va raqamli yechimlar bilan bir qatorda milliy dehqonchilik an’analarini tiklash va rivojlantirish muhim ekani qayd etiladi.

🔗Kitobning elektron shakli bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🟦🟦🟦

Yosh olimlar bilan ochiq muloqot


🏢 Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Mizrob Bo‘ronov hamda Markaz tizimidagi ilmiy muassasalarda faoliyat olib borayotgan yosh olimlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌 Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yurtning munosib vorislariga aylanishi masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Mizrob Bo‘ronov ta’kidlaganidek, davlat siyosatida yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.

— Davlatimiz rahbari yoshlarimizni ruhan, ma’nan va jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri ekanini doim ta’kidlaydilar, bejiz emas. Boisi yurtni himoya qilish, taraqqiy ettirish va sog‘lom avlodni shakllantirish orqali kelajagimizni ta’minlay olamiz. Shu bois, siz — yosh olimlar zimmasidagi mas’uliyat ham ulkan,

— dedi vazir maslahatchisi.

Uchrashuvda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yosh olimlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

❗️ Mizrob Bo‘ronov yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🤯1
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi

🇺🇿Hukumat qarori (206-son, 28.04.2026-y.) bilan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

ℹ️Nizomga ko‘ra, subsidiya Davlat budjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qat’i nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marotaba ajratiladi.

💻Talabgor subsidiyani olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim.

📝 Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

📚Arizaga quyidagilar ilova qiladi:

suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha “Tomchi-reyestr” ga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
ish bajarilgan konturlarning ma’lumotlari (hududi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatiladi).

💰 Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#17_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi soni taqdim etilmoqda.
3
3-may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni

▫️BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra 1994 yildan boshlab har yili 3 may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib keladi.

Ushbu sana jamiyat taraqqiyotining fundamental asosi bo‘lgan so‘z erkinligining naqadar muhimligini yana bir bor yodga soladi. Bugungi murakkab global axborot makonida haqqoniy va xolis axborot yetkazish, mas’uliyatli jurnalistika hamda fikrlar xilma-xilligini himoya qilish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Sana munosabati bilan so‘z erkinligini ta’minlash, jamiyatda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilayotgan barcha soha vakillarini samimiy muborakbod etamiz. Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz demokratik yangilanishlarning muhim kafolatidir!

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O‘zbekistonda ilk bor — Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi yoshlar uchun yosh talantlar milliy tanlovi o‘tkazilmoqda


❗️ Tanlovning eng muhim jihati 50 nafar eng munosib ishtirokchi FAO va IFAD tizimida chet elda stajirovka o'tash imkoniyatini qo'lga kiritadi.

📌 Ma'lumot uchun, arizalar joriy yilning 8 may kuniga qadar qabul qilinadi!

📺 Tanlov haqida batafsil ushbu lavha orqali tanishishingiz mimkin.⬆️

Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#xalqaro_aloqa

Innovatsion agrotexnologiyalar sinovdan o‘tkazilmoqda
Qarshi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish va xalqaro tajribalarni joriy etish maqsadida innovatsion agrotexnologiyalarga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan malakali mutaxassislar JDITI tajriba maydonlarida bo‘lib, u yerda yetishtirilayotgan ekinlarning holati bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirning asosiy diqqat markazida no‘xat maydonlarida “torf” organik o‘g‘itini qo‘llash texnologiyasi bo‘ldi. Rossiyalik ekspertlar ushbu o‘g‘itning o‘ziga xos xususiyatlarini amalda namoyish etishdi: Torf tarkibidagi gumus moddalari o‘simlikning jadal rivojlanishini ta’minlaydi, yerning strukturasi yaxshilanadi va namlikni saqlash qobiliyati ortadi.
Qishloq xo‘jaligida bunday zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash nafaqat bugungi hosil, balki kelgusida tuproq unumdorligini saqlab qolishda ham muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
3👍2