Javohir Izzatulloh | blog
3.6K subscribers
876 photos
260 videos
7 files
848 links
Oʻtmishi nursiz, ertasi mavhum. Zohiri gʻamsiz, botini mahzun. Pushmonlari cheksiz, umidlari ham uzundan-uzun...

Murojaat uchun: @javohirga_murojaat_bot (xayriya bo'yicha murojaatlar qabul qilinmaydi)
Download Telegram
Forwarded from Sherzod Shermatov
AKT haftaligi dasturi: qiziqishlaringizga mos tadbirlarni o‘tkazib yubormang!

Sohamiz mutaxasislaridan tashqari barcha yoshlarimiz uchun ko‘proq 19chidagi IT Education and Freelancing Forum va 19-20 kunlari AKT ko‘rgazmasidagi korxonalar imkoniyatlari bilan tanishish qiziqarliroq bo‘lsa kerak.

Tadbirlar rejalashtirilgan CAEx ko‘rgazmalar majmuasiga yetib borish uchun bepul avtobuslardan ham foydalanishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda jonli kuzatish uchun: https://t.me/mitcuz/15291

www.ictweek.uz
Musulmonchilik faqat masjidda yoki joynamoz ustida emas, kunlik hayotimizda, muomala qiladigan odamlarga ko'rsatadigan hurmatimizda, ishchi va ish beruvchi munosabatlarimizda, oldi-sotdi kelishuvlarimizda, mehnat shartnomalarimizda, beradigan va'dalarimizda, oladigan omonatlarimizda va yelkamizga yuklatilgan vazifalarga bo'lgan mas'uliyatimizda, qo'yingki, hayotimizning har bir jabhasida aks topishi kerak edi.

Zotan, umrimizning joynamoz yoki masjiddan tashqaridagi qismi ancha salmoqliroq bo'lishiga qaramay, aynan ana shu salmoqli qismidan musulmonchilikning asarini topish amri mahol bo'lib qoldi. Masjidlarga kirganimizda esa bizdan esli-xushliroq musulmonni uchratmaysiz. Hatto hayron qolasiz odob-axloqning go'zalligidan. Shu bo'lsa kerak haqiqiy musulmon, deysiz. Ko'chaga chiqqach, yana hayron qolasiz. Endi teskarisini ko'rib hayron bo'lasiz:

- Asabiy va bir-birini zinhor hurmat qilmaydigan haydovchilarni ko'rib bir hayron,
- aldab sotadigan sotuvchini ko'rib ikki hayron,
- haqqingizni uyalmay yeydigan ishchini ko'rib uch hayron,
- ahdiga vafo qilmaydigan yoki qo'l ostidagilarga zulm qiladigan ish beruvchini ko'rib to'rt hayron,
- ozor beradigan qo'shnilarni ko'rib besh hayron,
- qarz olib otib ketadigan, omonat olib xiyonat qiladigan, yoshni yosh, qarini qari demaydigan, birovning mehnatini qadrlamaydigan, uzoq-yaqinlarining qalbiga uyalmay ozor beradigan, yon-atrofga tinmay zarar keltiradigan buzg'unchilarni ko'rib hayronlar qolishda davom etasiz.

Kimmiz? Nimamiz? Boshimiz qayerda-yu oxirimiz qanday?

Men, siz, biz, hammamiz bir dam to'xtab, biroz yolg'iz va sokin qolib tafakkur qilib ko'rmasak, o'zimizga, ust-boshimizga, yurish-turishimizga boshidan bir nazar solib olmasak bo'lmaydigan bir holatdamiz.

📌 @javharuz 📌
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️#ICTWEEK24

“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi
ochilish marosimidan videolavha

⭕️AKT haftaligi 18-19-20-sentabr kunlari ham davom etadi. CAEx majmuasiga soat 9:00 dan 18:00 ga qadar tashrif buyurib, kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma va stendlar bilan bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Barchani ko'rgazmaga taklif qilamiz. Tashrif buyuruvchilar uchun Toshkent shahrining bir qancha nuqtalaridan bepul avtobuslar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgan.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Najot Ta'lim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024

🖥 Ushbu forum tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalarni namoyish etish uchun o'tkazilmoqda.
Videoda forum tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.

⌚️ Qachon: 17-20-sentyabr
📍 Manzil: CAEx expo markazi

P. S. Forumga kelish uchun 17-21-sentyabrga qadar shaharning 5 ta manzilida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

@najottalim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ota zimmasidagi har qancha og‘ir yukni ko‘tara oladi.

Otaning belini ayolining talablari, harxashalari hatto nonko‘rligi ham bukolmaydi.

Otaning belini farzandlarining mas'uliyati, erkaligi, quloqsizligi hatto tanballigi ham bukolmaydi.

Otaning belini mas'uliyatida bo‘lgan hech bir yuk bukolmaydi. Ota oilasi uchun lozim bo‘lgan yuklarni, sabr-matonat bilan, faxr bilan, sharaf bilan ko‘taradi.

Lekin ota uchun eng og‘ir yuk farzandining jonsiz, ruhsiz jasadidir!

©️ Ikrom Sharif
Najot Ta'lim uchun muhim kunlardan biri!🎉🎉🎉

ICTWEEK2024 doirasida IT Ta'lim va Frilansing forumi boshlanish arafasida.

Soat 10:00 da boshlanadigan tadbirni jonli efirda kuzating: HAVOLA
Forwarded from Temurbek Adhamov
Bugun “ICTWeek Uzbekistan 2024” doirasida mutaxassis tayyorlash bo’yicha yetakchi o’quv markazlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Allohning fazli bilan 500ga yaqin onlayn va oflayn ta’lim markazlari ichida Najot Ta’lim 2-o’rin sovrindori bo’ldi.

Ushbu yutuq bilan men Ali Zairov boshchiligida Najot Ta’limda faoliyat olib borayotgan/borgan barcha hamkasblarimga tashakkur bildiraman! Faqatgina g’oya yoki bir kishining harakati bilan natijaga erishish juda qiyin ish. Ushbu yutuqqa erishishda barcha jamoadoshlarimizga minnatdorchilik bildiraman.

Najot Ta’limda ilm olayotgan yoshlarga aytamanki, biz siz uchun harakat qilamiz, sizni tinglaymiz, sizga eng yaxshi ta’lim berishga, qo’limizdan kelgancha sohada rivojlanadigan kadr qilib tayyorlashga harakat qilamiz. Shu o’rinda siz ham ustingizda ko’proq ishlashingizni, rivojlanish uchun ko’proq harakat qilishingizni so’ragan bo’lardim. Sizlar sababli biz bu yutuqlarga erishyapmiz, buni doim his qilamiz, eslaymiz va qadrlaymiz.

Maqsad qo’ying, intiling, birlashing va yuksaling! )
Forwarded from Najot Ta'lim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉 «Najot Ta’lim» AyTi mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha e’tirof etildi

«ICTWEEK 2024» forumi doirasida bitiruvchilari yirik kompaniyalarda ishlayotgani munosabati bilan 500 ga yaqin onlayn va oflayn ta'lim markazlari orasida «Najot Ta’lim» 2-o‘rinni egalladi.

😊 Ushbu natijaga erishishda bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha jamoa a'zolari, o'quvchilarimiz, bitiruvchilarimiz va ularning ota-onalari hamda siz obunachilarimizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

Biz doimo sifatli ta'lim berish uchun harakat qilamiz. Zero, jamoamizning maqsadi ham shu — O'zbekistonda dasturlash, dizayn, marketing sohalarida kuchli mutaxassislarni tayyorlash.

😎 Najot Ta'lim — kelajagingiz ishonchli qo'llarda!

@najottalim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🆘🆘🆘ЭКСТРЕННЫЙ ХОЛАТ
ЗАКОТГА ХАКДОР ОИЛА
Мирзохид укамиз Хиндистондаги клиникада огир ахволда реанимацияда ётибди.
Аллохни розилиги учун бу холатга бефарк булманг.
Видеони максимум репост килинг ва якинларингизга юборинг.
Аллох бизга берган ризкни ичида бу каби оилаларни хакки хам борлигини унутманг.
Биз бу инсонни урнида булишимиз мумкинмиди?😢
Керакли маблаг 20.000$
🔴8600510369304170
Мурожаат учун: 909101110
Абдулладжанов Нодиржон
Forwarded from Cambridge LC
AyTi sohasidagi muvaffaqiyat uchun ingliz tili kerakmi?

🤔 Zamonaviy kasblar hozirda eng ommabop yo’nalishlardan biri. Bu yo’nalishdagi faoliyat uchun ingliz tili qanchalik muhim?

🔥 «Najot Ta’lim» katta ustozlari bilan «Ingliz tili orqali AyTi sohasida muvaffaqiyatga erishish osonmi?» mavzusida trening bo’lib o’tadi.

🗓️ 22-sentyabr
Soat 14:00
📍 Novza filiali

📌 Treningda zamonaviy kasblar sohasida ingliz tilini bilish, uning foydali tomonlari va til bilmaslik oqibatlari haqida suhbat o’tkaziladi.

Shuningdek, Novza filialimizda o’quvchilarning sevimli eventlaridan biri Movie Day tashkil etiladi. Qiziqarli haftaga tayyormisiz?

🗓️ 22-sentyabr
Soat 10:00
📍 Novza filiali

📽 Ingliz tilini qiziqarli filmlar bilan o’rganib, dam olish kunlaringizni manfaatli o’tkazish uchun bu tadbirlarni o’tkazib yubormang.

Cambridge App orqali hoziroq tadbirlarga ro’yxatdan o’ting va o’z o’rningizni band qiling.

📞 Tel: 78 777 77 74
Farzandimning solih bo'lishini istasam, avvalo, uning onasi musiqa emas, Qur'onga muhabbatli bo'lishi kerak degan xulosaga keldim.

2017/05/01

📌 @javharuz 📌
Javohir Izzatulloh | blog
🆘🆘🆘ЭКСТРЕННЫЙ ХОЛАТ ЗАКОТГА ХАКДОР ОИЛА Мирзохид укамиз Хиндистондаги клиникада огир ахволда реанимацияда ётибди. Аллохни розилиги учун бу холатга бефарк булманг. Видеони максимум репост килинг ва якинларингизга юборинг. Аллох бизга…
Mirzohid vafot etibdi. Duolaringizda eslab qo’yarsizlar, orangizda duolari qabul bo’ladigan kishilar bor, inshaalloh.

Alloh taolo rahmatiga olsin! Savol-javoblarini oson qilsin! Qabr, jahannam azoblaridan asrasin! Jannat ahlidan qilsin! Ko’rgan qiyinchiliklarini gunohlariga kafforat qilsin!
Alloh taolo onasiga, ayoliga, yetim qolgan farzandlariga va boshqa barcha yaqinlariga go’zal sabr bersin!
Shu paytgacha pul bilan, duo bilan yoki boshqa turli yo’llar bilan yordam ko’rsatganlar ko’p bo’ldi, Alloh taolo barchalaridan rozi bo’lsin!
Barchamizga ofiyat bersin!
©Mahmud Usmon