Java Scholar | Karyera Arxitektori
994 subscribers
72 photos
7 videos
5 files
74 links
πŸ‡ΊπŸ‡Έ Bitta farzand. Butun avlod.

Birinchi farzand qaerga yetsa β€” keyingi avlod o'sha yerdan boshlanadi.

πŸŽ“ Maktabdan β†’ top uni β†’ $100K ishgacha
πŸ’Ό IWU 100% grant β€’ Ex-Amazon β€’ KPMG β€’ BlackRock
πŸ— https://study-sphere.uz asoschisi

@javascholar_admin
Download Telegram
#START

πŸ‡ΊπŸ‡Έ Ko'pchilik o'qishni shu maqsad bilan boshlaydi: "yaxshi ish topay."

Bu kichik orzu.

Haqiqiy maqsad β€” yaxshi ish topish emas. Tanlaydigan odam bo'lish.

β€”

Tanlaydigan odam β€” bu kim?

O'z sohasining eng yaxshisi. Eng yaxshi kompaniyalarda tajriba olgan. Va shu sabab β€” qayerda ishlashni, qayerda yashashni, kim bilan ishlashni o'zi tanlaydi.

Ish uni tanlamaydi. U ishni tanlaydi. Shahar uni tanlamaydi. U shaharni tanlaydi. Hayot uni qurmaydi. U hayotni quradi.

Bunday odamni bitta so'z bilan ataymiz: asset.

β€”

Javohir Rajabov.

Toshkentda tug'ilib o'sgan, asli Qashqadaryolik yigit.

17 yoshida Illinois Wesleyan universitetiga 100% grant yutdi. U yerda matematika, moliya va data science o'qidi. O'qish davomida Amazon va KPMG Consulting'da ishladi. Ikkita amerika startupida g'olib bo'ldi. Bitirishdan oldin BlackRock, DWS va PwC'dan $100,000+ ofer oldi.

Bugun u o'z hayotini O'zbekistonda quryapti β€” moliya, ta'lim va oilaviy biznes yo'nalishlarida.

U haqiqiy asset bo'ldi.

Endi u shu yo'lni boshqalarga ochmoqda.

β€”

Men shu kanalda bitta narsani o'rgataman:

Qanday qilib asset bo'lish.

Maktab partasidan boshlab, top universitetdan o'tib, birinchi global ofisgacha β€” yo'l aniq. Men o'tdim. Studentlarim o'tmoqda. Siz ham o'tasiz.

β€”

Yo'l beshta bosqichdan iborat:

Akademiya. Mentorlik. Viza. Akademik maslahat. Karyera.

Beshtasini birga o'tamiz. Ortda β€” boshqacha hayot. Va orqadan keladigan boshqacha avlod.

β€”

Chunki bir oilada bitta asset paydo bo'lsa β€” uning farzandi asset bo'lib tug'iladi. Nabirasi esa bu so'zni o'rganishi shart emas β€” u shunday yashaydi.

Shuning uchun men aytaman:

Bitta farzand. Butun avlod.

β€”

Kanalda har hafta yo'lning bir bosqichi haqida yozaman. Hikoyalar, studentlarning yo'li, men o'tgan xatolar, ota-onalar va o'quvchilar uchun ochiq javoblar.

Kuzating. Vaqti kelganda, o'zingiz bilasiz.

https://t.me/Java_Scholar
πŸ”₯8🀯1