☕️ Java BACKEND developers </>☕️
185 subscribers
89 photos
148 videos
34 files
212 links
Download Telegram
Forwarded from IT suhbat
#webclient #mutate

Aytaylik siz biror servisga so'rov yuborish uchun uning oldindan yozilgan tayyor kutubxonasidan foydalanayapsiz. Ko'pincha ichki loyihalarni o'zaro integratsiyalarida shunday tayyor kutubxonalar yoziladi, client sifatida. Shu joyda WebClient ishlatilgan bo'lsa, uning bean'i oldindan build qilib, e'lon qilingan bo'ladi.

Tasavvur qilaylik, sizga shu client kutubxona orqali yuborilgan so'rovlar yoki qabul qilib olingan javoblar logga chiqarilishi kerak bo'lib qoldi. Bean'ni qaytadan hosil qilmaysiz, bu ortiqcha ish. Mana shu joyda WebClient'ning mutate metodi yordamga keladi.

Bu metod orqali hosil qilingan bean'ni qaytadan o'zgartirsa bo'ladi. Tayyor WebClient'ga o'zingizning servisingizdan turib o'zgarishlar kiritsangiz bo'ladi. Mana shunday holatlarda bu metod o'zining hosil qilinishidan maqsadini ko'rsatadi :)

@it_suhbat
👍1