☕️ Java BACKEND developers </>☕️
185 subscribers
89 photos
148 videos
34 files
212 links
Download Telegram
Forwarded from Xurshidbek Kurbanov
#JavaEE #SpringFramework #SpringBoot

#Java man uchun asosiy dasturlash tili bo'lib kelgan. #Algoritm masalalarini asosan Javada yozaman. Magistraturada o'qiganimda, diplom himoyamdagi tadqiqotning backend qismini #JavaEE da amalga oshirgandim. Koreyada birinchi kompaniyamizda backend asosan .NET va Springda yozilar edi. .NET va mobil jamoa a'zolari bilan birgalikda Spring Study Club tashkil qilib, #SpringFramework ni o'rganib chiqqandik. O'zimizning kompaniyamizda ish boshlaganimdan buyon #SpringBoot da yozib kelaman.
Junior dasturchilarimiz o'zlari bilganicha kod yozib kelgani sababli, kodlarni kelishilgan standartga keltirish uchun vaqt kerak bo'ldi. Har safar yangi loyiha boshlaganimizda birma-bir o'zgarishlar kiritishni boshladim. Hozir esa istalgan yangi loyiha uchun bu o'zgarishlarni qo'llab kelyapmiz. Backendda qilgan dastlabki 5 ta o'zgarishimni siz bilan baham ko'rmoqchiman. Junior dasturchilarga oz bo’lsa ham foydali bo’lsa xursand bo’lamiz! LINK

🔷 Join @xurshidbek_kurbanov
2