☕️ Java BACKEND developers </>☕️
185 subscribers
89 photos
148 videos
34 files
212 links
Download Telegram
#SAVOL
Ko'p o'lchovli array (matrix)?


#JAVOB
Multidimensional Array ni o'zbekchaga tarjima qiladigan bo'lsak ko'p o'lchovchi massive degani. Manosi array ichidagi array nazarda tutilgan. Oddiyroq qilib aytganda matritsa deb aytsak bo'ladi.

Multidimensional array da elementlar qator va ustunlarga bo'lingan.
Har bitta elementning o'zini ustini va qatori bo'ladi.
Qatorlar va Ustunlar 0 dan boshlanadi.
2 qator bor degani demak 0,1 qatorlar bor degani

x[qator][ustun]

Maqolani o'qish
👍1
#SAVOL

Method nima?
U nimaga kerak?

#JAVOB

Method so'zi tarjima qilinmaydi. o'zbekchada ham method deb ishlatib ketaveramiz.

Method boshqa dasturlash tillarida function (funksiya) deb ataladi. Function ni funksiya deb tarjima qilsak bo'ladi.
Method chaqirilganda ishga tushadigan kodlar bloki (to'plami) hisoblanadi va ular qandaydir vazifani bajaradi.
Methodlar ma'lumotlarni parametr sifatida qabul qilib oladi.
Methodlar chaqirilgandan keyin qandaydir ma'lumotni return (qaytarishi) mumkin.
Methodlar class ichida yoziladi.
Har bitta methodni o'zini vazifasi bo'ladi. Shu method chaqirilganda o'sha vaziva bajariladi.
Java da juda ko'p foydali methodlar bor. Ularga qo'shimcha o'zimiz ham metodlar yozsak bo'ladi.

->Davomi<-
👍5
#SAVOL
Method overload nima?

#JAVOB

Method overload ni o'zbekchada metodga xaddan tashqari yuk yuklash deb tarjima qilsak bo'ladi. Ammo bu yaxshi tarjima emas. Shuning uchun tarjima qilmaymiz.Manosi: Method overloading deganda JAVAda nomi bir xil bo'lib qabul qiluvchi parametrlar soni yoki turi(type) har xil bo'lgan metodlar nazarda tutiladi va ular overloaded metods deyiladi.

Method overloading qoidalar.

-Metod nomi bir xil bo'lishi kerak
-Metod qabul qiladigan paramertlar soni yoki tiplari har xil bo'lishi kerak.
-Metod qabul qiladigan parametrlar nomi qanday bo'lishi ahamiyatga ega emas.
-Return type(qaytarish turi) bir xil yoki har xil bo'lishi mumkin.

->Maqolani o'qish<-
#SAVOL

OOP nima ?

#JAVOB

OOP - Object Oriented Programming ya'ni ob'ektga asoslangan dasturlash deb tarjima qilinadi. OOP bu qisqartmasi.

OOP bu Ob'ektga asoslanga dasturlash bo'lib dasturlash davomida asosan ob'yekt lardan foydalaniladi.

Code yozish uchun oson.
Yozilgan kodlarni tushunish , o'zgartirish oson.
Bitta yozilgan kodni qayta ishlatish mumkin.
Parallel dasturlashni imkonini beradi. Ya'ni loyihani qismlarga ajratib bir vaqtni o'zida qismlarni ishlash mumkin.
Xavsizlik tomonidan kuchliroq.
Vorislik, Polimorfizm , Inkapsulatsiya , Abstraksiya tamoyillaridan foydalanish imkonini beradi.

->MAQOLANI O'QISH <-
👍1
#SAVOL
Class nima?

#JAVOB

Class bu ob'ekt yaratish uchun shablon yoki qolipdir. Ya'ni Class ob'yekt yaratish uchun qoidalar to'plam desak ham bo'ladi.

Class da biz o'zgaruvchilar, metodlar ,..... qandaydir qonun qoidalar yozamiz va shu Class dan nusxa olib ob'yekt sifatida ishlatamiz.

Dehqonchasiga : Biz Class da qolibni/shablonni ko'rinishini yasaymiz va shu qolibdan nusxa olib uni ob'yekt sifatida ishlatamiz.

Maqolani o'qish
👍3
#SAVOL

Object nima va Object yaratish usullari?

#JAVOB

Object bu qaysidir classdan olingan nusxa. Bitta class dan bir nechta object olsak bo'ladi.



Ob'ekt yaratish usullari.
Javadan object yaratishning bir nechta usuli bor.

By new key word - new kalit so'zi orqali.
By newInstance() metod - newInstance() metodi orqali.
By clone() metod - clone metodi orqali.
By deserialization - deserializatsiya orqali.
By factory method - factory usuli orqali.

Ko'proq new keyword ishlatiladi.
👍1
#SAVOL

Constructor nima?
#JAVOB
Constructor so'zi tarjima qilinmaydi. O'zbekchasiga konstruktor deb o'qiladi.

- Konstructor bu classdan object olayotganda ishga tushadigan method dir.
-Konstruktor da return type bo'lmaydi va konstruktor hech nima return qilmaydi.
-Konstruktorni nomi class nomi bilan bir xil bo'ladi.
-Konstruktor odatda classdagi o'zgaruvchilarga boshlang'ich qiymat berish uchun ishlatiladi. Yani class variable larni initialize qilish uchun ishlatiladi.
-Konstruktorni ishlash prinsipi oddiy metod ishlashi bilan bir xil.

Davomi
👍2💯2
#SAVOL

Static kalit o'zi nimaga kerak. ?

#JAVOB

Static kalit so'zidan asosan xotirani boshqarishda foydalaniladi. Biz static kalit so'zidan foydalanib o'zgaruvchilar, funskiyalar, blok(block)lar va nested klasslar yarata olamiz.

Javada static o'zgaruvchilar

Agar siz o'zgaruvchini static deb e'lon qilgan bo'lsangiz unda bu o'zgaruvchi satatic o'zgaruvchi bo'ladi.

Static o'zgaruvchilar hamma obyektlar uchun umumiy bo'ladi. Misol uchun firma nomi barcha hodimlar uchun umumiy, universitet nomi barcha talabalar uchun umumiy bo'ladi
Telegram
#SAVOL
Static variable ?

#JAVOB

Agar class da o'zgaruvchi static qilinsa bu o'zgaruvchi  shu classning barcha ob'ektlari uchun bir xil bo'ladi.  static o'zgaruvchi  ob'ekt bilan ishi bo'lmaydi. U class uchun bitta bo'ladi.
 Static o'zgaruvchilar  faqat global o'zgaruvchilar dir.  Local static  o'zgaruvchi  yaratib bo'lmaydi.
 Static block  va  static o'zgaruvchilar  class da yozilgan tartibi bo'yicha ishga tushadi. Ya'ni class birinchi marta ishlatilayotganda static block  va static o'zgaruvchilar bajariladi.
Davomi
#SAVOL
Static method nima?

#JAVOB

Static methodlar barcha objectlar uchun bir xil bo'ladi. Static methodlarni ishlatish uchun classning objecti kerak emas. Oddiy class ni nomi bilan ishlatsa bo'ladi.

Static methodlar oddiy methodlar bilan deyarli bir xil, quyidagilardan tashqari:

-static metoddan boshqa static metod chaqirilishi mumkin.
-static metoddan faqat class dagi static o'zgaruvchilarni to'gridan to'gri ishlatsak bo'ladi.
-static metoddan this, super kalit so'zlarini ishlatib bo'lmaydi.
👍2
#SAVOL
This keyword?

#JAVOB

Dasturlashda this kalit so'zi hozirgi ob'ektni nazarta tutadi.
Ya'ni class ichida turib shu classga murojaat qilinganda ishlatilgan object bilan amallar bajarsak bo'ladi.

this kalit so'zi quyidagi holatlarda ishlatiladi:

-class da turib shu classing o'zgaruvchilari yoki metodlarga murojaat qilsak bo'ladi.
-class da turib shu classing constructoriga murojaat qilsak bo'ladi.
-class da turib shu classga murojaat qilingan ob'ektga murojaat qilsak bo'ladi.
Davomi
#SAVOL

this kaliti orqali static o'zgaruvchini ishlatsak bo'ladimi?

#JAVOB

Class dan ob'ekt olmasdan turib class ichidagi static o'zgaruvchi va static metodlarga murojaat qilsak bo'ladi
👍1
#SAVOL

this orqali constructorni chaqirsak bo'ladimi?

#JAVOB

this kalit so'zini konstructorga murojaat qilish uchun ishlatsa bo'ladi.

Bunda this kalit so'zidan keyin () qovuslarni yozib o'zimizga kerak bo'lgan konstructorni chaqiramiz.

Muhim joyi this orqali constructorda turgan holda boshqa bitta constructorni chaqirishimiz mumkin.

O'shandayam konstruktorni ichida birinchi qatorda bo'lishi kerak.

Dehqonchasiga aytganda this orqali constructorni chaqirmoqchi bo'lsak, biz buni faqat boshqa bitta constructorda turgan holda chaqirishimiz mumkin.

Va deylik constructorda 2-3 qator kodlar yozilgan bo'lsa this orqali boshqa constructorni chaqirish shulardan eng birinchisi bo'lishi kerak.
Davomi
👍2
#SAVOL
super keyword ?

#JAVOB

Javada super deganda class ning parent ob'ekti (ota) nazarda tutiladi.

Ya'ni child class dan turib Parent classining ob'ektiga murojaat qilsak bo'ladi.

Dehqonchasiga aytganda. Deylik A class B classdan inherit (nasl) olgan. A class dan super kalitini ishlatgan holda B classning o'zgaruvchi, constructori, metodlarini ishlatsak bo'ladi.

Siz this kalit so'zini bilasiz. U hozirgi ob'ekt ni bildiradi. super esa hozirgi ob'ekting parent (ota) ob'ektini bildiradi.

To'liq maqola
👍3
#Savol : Javada casting nima?

#Javob : Javada casting bitta ma'lumot turini boshqasiga o'zgartirish jarayonidir. Kengaytiruvchi (widening) va toraytiruvchi (narrowing) casting mavjud. Kengaytiruvchi casting avtomatik ravishda amalga oshiriladi, toraytiruvchi casting esa qo'lda bajariladi.

Kichik turdan kattaroq turga avtomatik casting:

byte → short → int → long → float → double

Katta turdan kichik turga casting quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

double → float → long → int → short → byte