JASURIST
184 subscribers
18 photos
3 videos
1 file
146 links
Huquqingizni biling, adabiyotni seving. Farovon hayot uchun shu yetarli. ©

Asoschi: @Yurist_Nabijonov
Fuqarolik va Ma'muriy sudlar uchun da'vo arizalar
@Law_father
Download Telegram
#lirik

ISHONCH

Kun kelib samoga bosh qo'yib xayol-,
qiladi cho‘qqilar biz haqimizda.

Bizlarni rad etgan davralar aro
Dostonlar o‘qilar biz haqimizda.

Tan olishga jur'at qilmas tillardan
Yolg‘onlar tug‘ilar biz haqimizda.

Kun kelib suhbatlar qilurlar uzoq,
Bo'ri-yu ohular biz haqimizda.

Balki ming yillardan oshib nomimiz
Afsona to‘qilar biz haqimizda.

Vaqt oliy hakamdir, shart emas bugun-,
Kim bilmas, kim bilar biz haqimizda !

2020y.
15👏2👍1🔥1
TO'PTEPARLAR DAROMAD SOLIG'INI TO'LAMAYDI, GO'NGYOQARLARCHI ?!

Gazeta nashri yozganidek, rostan ham to'pteparlarga daromad soliqi yo'q bo'lsa, jiddiy aytaman, Soliq kodeksini yoqib yuborish kerak !

Men avval ta'kidlaganimdek, Respublikamizda 3 ta eng yaxshi ishlayotgan davlat organi bo'lsa, bittasi soliq, bu muqarrar. Biroq, manabunaqa diskriminatsion tentaknamo qiliqlar Qonunni oxorini to'kib, ayrimlarga budjetni "ochil dasturxon"ga aylantirayapti.
Kambag'al xalqning esa cho'ntaklari "qaynar xumcha" emasligini hurmatli vazirlar anglasa edi...

Antikorrupsiya aravakashlarni bozorlararo tekshirib yurishi qanchalar xunuk va kulgili bo'lsa, futbolistlarga berilgan soliq imtiyozi qishloqi kambag'allarga berilmasligi shu qadar jirkanch va uyatlidir.

Ps. Raz shunaqa ekan, futbolchidan ko'ra, azizroq muallimlar 12% JShDS to'lamasin, qani kim qarshi bo'larkan ?!
😢3👏2🔥1
Kambag'allardan yulib, tejab-tergab yigʻilgan budjetni toʻpteparlarga yoʻnaltiraverganimiz alaloqibat oʻz effektini berdi.

Kecha taqdiri biznikiga yaqin janubiy amerikadagi neft makoni boʻlsa-da qashshoq xalqli Venesuela ni penaltilarda yer tishlatib, qanaqadir kubok oldik.

Badavlat mashshoqlar ham nimadandir xafaligini hisobga olib, futbolistlarga kamxarj xalq tarafdan qattiq gapirmaylik, hay (
🔥3
Forwarded from Labour Law Lab
DAVLAT XIZMATCHISI QANAQA KIYINISHI KERAK ?!

Ayrim hamkasb davlat xizmatchilari istagan uslubida, "stilniy" kiyinishi aslida cheklangan. Ya'ni xodim oʻz kiyimiga, tashqi koʻrinishiga, hatto ishdan keyin e'tiborli boʻlishiga shart.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining
NAMUNAVIY QOIDALARI, 6-bobi, 19, 20, 21-bandlarida KIYINISH aniq belgilangan:

19. Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi koʻrinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

20. Davlat xizmatchisining tashqi koʻrinishi umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq boʻlishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.

21. Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi koʻrinishi va kiyinish uslubiga oid qoʻshimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

Oddiyroq aytganda, DAVLAT XIZMATCHISI "MODEL" EMAS.

P.s Masalan, men klassika (old money) stili tarafdoriman va talabalar ham qat'iy formada yurishi toʻgʻri deb hisoblayman.
🔥3
OʻQITUVCHI BU SHUNCHAKI SHTAT BIRLIGI BOʻLMASLIGI KERAK!

Mazkur xabardagi jirkanch holat hozir shov-shuv boʻla olmaydi. Sababi, bu oddiy hol...

Nega ichki ishlar xodimining qonuniy talablariga boʻysunmaslik degan "statya" boru, oʻqituvchining qonuniy talablariga rioya etmaslik degan "statya" yoʻq ??!

Bizni jamiyatda ustoz degani shunchaki shtat birligi xolos. Uning asl qadri, Vatan oldidagi va millat uchun xizmatlari bir tiyin !

Aslida, Oʻqituvchi shunchaki shtat birligi emas !

U davlat kelajagini eng, eng, eng muhim me'mori...
Har qanday holatda ustozning buyruqlariga boʻysunish, uni qattiq hurmat qilish Majburiyat boʻlishi kerak !

MJtK ga, kerak boʻlsa, Jinoyat kodeksi ga OʻQITUVCHINING TALABLARIGA BOʻYSUNMASLIK degan maxsus modda kiritilishi shart !

Ha , shunday qilish shart, sababi, bu xalqdan faqat jazo bilan hurmatga erishiladi, miliard afsuski...

@jasurist
🔥31
#lirik_chekinish

NOMUTANOSIBLIK

Dunyo uchratmagan balki mendek jon
Balki men dunyoga moslasholmadim.
Boshqatdan katta qil meni Onajon,
Yo boshqatdan yarat dunyoni Tangrim.

3-aprel.
3🔥3
Doxxim to'xtamayapti.
Navbatdagi bu qoʻshiq ham ulkan jasorat mahsuli.

Men ochig'i, O'zbek repperlarini mazax qilardim. O'zim asosan mumtoz qo'shiqlar eshitganim, maqom va okapella shinavandasi bo'lganim uchun har qanday "trek" o'taketgan kulgili va bachkana tuyulardi.

Biroq, Doxxim o'zining so'nggi qo'shiqlari (!) bilan nafaqat o'zbek rep sahnasi ni balki butun o'zbek San'ati industriyasini ag'darib tashladi, U Rep sanoatida salkam Revolutsiya qildi !

Doxxim qo'rboshilar haqida kuylarkan, ma'lun o'ruslarni ustidan mag'zava to'kardi, o'zimizdan chiqqan sotqinlarni-da ayamasdan savalab o'tardi.

Ibrohimbek qo'rboshi ning ichidagi satrlar, Po'latxon qo'zg'oloni haqidagi achchiq haqiqatlar...
Mana bugungi premyera ichidagi qaqshatqich jumlalar !

Qaniydi, shu yigitchadagi dux ni yarmini qolgan butun o'zbek san'atkorlariga sochib yuborsak edi !!!

P.s Hanuz rep muxlisi emasman, lekin bu qoʻshiqlarni eshitmaslik millat farzandi sifatida majburiyatdir !
6🔥2
#badiiy_chekinish

"Yosh Verterning iztiroblarini" tatib koʻrdim !
Bu asarni 23 yoshimda balki biroz kechroq oʻqidimmi, 18-19 yoshlardagi otashin sevgidan koʻra, Verter ga, ish faoliyatidagi odamlar davrasiga, umuman jamiyatga sig'may qolgan obraz rakursidan qaradim.
Verterda faqat olovli sevgi emas, oʻtkir fikrlilik jamiyatga qanchalar noqulayligini Tashqi ishlar dagi qisqa ish faoliyatda yaqqol aks etadi.
Asar voqealari oʻzim haqimda koʻp narsalarni eslatib yubordi.

Iqtiboslar:
Qat'iy qonunlar itoat ettiradi, haddan oshganlari esa yoʻlga soldiradi va hokazo.

Birovning qalbiga hukmronlikdan foydalanib, shu qalbda tugʻilgan ozgina quvonchdan ham uni mahrum qiluvchi kishiga la'nat"
Tangri bizni qanday sevsa, biz ham bolalarni shunday sevishimiz kerak

BIZGA MUHABBATSIZ HAYOTNING NIMA KERAGI BOR ?!

Samoviy ruhlar soya solib turgan bu lablardan boʻsa olishga hech qachon jur'at etolmayman
P.s 5 kun davlat uchun ishlang, 2 kun oʻz ustingizda, maysalar ustida oʻtirib ishlang (
👍63🔥1
TUMAN-VILOYAT-RESPUBLIKA

Davlat tizimida rahbarlik uchun pastdan koʻtarilish shart.
Bu butun tizim, butun Davlat moneklaturasiga tatbiq etilishi kerak !

Aytaylik, tumanni koʻrmagan viloyat rahbari ikki dunyo tizimni oʻnglay olmaydi, respublika markaziy apparatlarida, oʻta yuqori lavozimlardagilar pastni koʻrmagani uchun davlat mexanizmi qiynalib ketayotir...

BARCHA DAVLAT TASHKILOTCHILARIDA AVVAL TUMAN SOʻNG VILOYAT VA UNDAN KEYIN RESPUBLIKAGA ISHG KIRISH SHART ETIB BELGILANISHI KERAK.

Milliard afsuski, cheksiz vakolatlarga ega P.A moneklaturasida ham aksar boshliqlar eng quyi tizimni koʻrmagan, sezmagan, anglamgan klanlar.
Natijada, qarorlar ijrolarga, ijrolar qarorga nomuvofiq....

P.s Adliya tizimi, adashmasam, shunaqa qat'iy qoidani yoʻlga qoʻyolgan: Tumanda ishlamasa, viloyatga oʻtolmaydi, viloyatni koʻrmagan kadr markaziy apparatga qabul qilinmaydi. (afsus, vazirning 2025-yil oktabrdagi bu buyrugʻi lex.uzda topolmadim)
🔥32👏2
#lirik_chekinish

MEROS

Kimdir ishonch deydi, kimlardir kibr
Tushuntirish mushkul, ularga buni.
Otajon, men sening oʻgʻlingman axir,
Shuncha gʻurur bilan yashash osonmi ?!
🔥73😁2
"VAQTINCHA ROʻYXATGA OLISH"- 'RUXSAT SOʻRASH' MI YOKI 'XABARDOR QILISH'?!

Jirkanch sovet tuzumidan qolgan sarqit "propiska", shukurlar boʻlsinki, Yangi Oʻzbekistonda sezilarli yumshatildi.
Biroq, bu illat yumshatilishi emas, tugatilishi kerak edi.

Vaqtincha roʻyxatga olish, aslida nimaga kerak?

Vaxshiy "uchastkavoy"lar nega toʻxtovsiz nochor talabalarni MJtK 223-1 moddasi bilan jarima solmoqdalar ?! Garchi bu "statya" dispozitsiyasi toʻliq huquqbuzarlik tarkibini bermasa-da, pogondan-qoʻrqadigan bechora xalqimga jarimani shaqillatib toʻlatmoqdalar.
Shunda bu jinoyatni oldini olishmi yoki davlatni obroʻsizlantirishmi ?!


1074-sonli Qonun va VMQ 785-sonli hukumat qarori mohiyatini chalasavod profilaktika nozirlari anglay olmasa, ayb tizimdagi yoki tuzumda ?!
Chunki, KabMin qarorida aniq-tiniq yozilyaptiki, "viloyatlarda vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab oʻn besh kun muddatda xohishiga koʻra, oʻziga qulay manzildagi MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga yoki my.gov.uz orqali mustaqil ravishda hisobga turish uchun murojaat qilishi mumkin.

Mayli-ku, lekin, erkin mamlakatda erkin fuqarolar istagan hududida yashay olishi hamda 'vaqtincha propiska' tizimi ruxsat emas, "xabardor qilish" ga asoslangan boʻlishi kerak !!

P.s Bazaviy yoʻnalishim Xalqaro huquq boʻlgani uchun komparativ misol qilsam:

Tuzilishi federativ Germaniyada ham Anmeldung tizimi bor, u "oʻzbekcha" "propsika"dan keskin farqli ravishda "ruxsat olish" emas, "xabardor qilish" ga asoslangan tizimdir. Alohida (!) Shtatlardan tashkil topgan va har bir shtat ning alohida (!) oʻz Qonunlari (!) mavjud boʻlgan AQSh da "vaqtincha roʻyxatga olish" sistemasi uzil-kesil mavjud emas !
oops (
👏5🔥21👎1
#lirik_chekinish

CHEKINISH

Oynaga qarayman qomatim cho'kkan,
Omadim chopmagan, ko'zlarim so'nik.
Adoqsiz orzular pachog'i chiqqan
Yurakka qilyapti og'irlik.

Eslayman esi yo'q bo'lganim
Bekorga kurashib yashabman.
Yigirma uchimda bilganim:
"Oshimni oshabman"...

Aslida, hamma gap o'zimda
Nimadir izladim bo'shliqdan.
Bunaqa tizimsiz tizimda
Bilaman, ortiqman.


Ruhimni his qildim, tingladim
Tushuna boshladim oʻzimni biroz.
Parvoz qilolmagach angladim
Men ham bir sudralib yuruvchi xolos...

04.11.2025y
14👏4🔥3👎1
yaxshiliq uznavo
mamurjon to'xtasinov
🎵 Mumtoz gʻazallar, mumtoz kuylar nega bu qadar ruhiyatga aniq-tiniq yetib boradi ?! Xit-paradning Top-10 tasini 100 marta eshitsangiz ham, 1 dona klassika* bergan hayot falsafasi vibe* ini bera olmaydi negadir...

P.s Nega dadam bu qo'shiqni yoddan bilishini endi anglayapman...

💬
Kim ko‘ribdur, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilig‘,

Kimki ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.

Gar zamonni nafy qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz netayin, bu zamondin yaxshilig‘.

Dilrabolardin yamonlig‘ keldi mahzun ko‘ngluma,
Kelmadi jonimg‘a hech oromi jondin yaxshilig‘.

Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung, yamonlig‘ asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne, ya’ni har yamondin yaxshilig‘.

Bori elga yaxshilig‘ qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘.

Yaxshilig‘ ahli jahondin istama Bobur kibi,
Kim ko‘ribdur, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilig‘.
3👍2🔥2👎1😢1
YOSH DAVLAT XIZMATCHILARI: ULAR YOSHLAR TOIFASIDAGI "OXIRGI SORT" LAR EMAS !

26-yilning 23-aprelida nihoyatda noyob qonunchilik normasi, ya'ni “Yangi Oʻzbekiston yoshlari-2030” strategiyasini 2026-2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" PQ qabul qilindi !

Nega noyob deyapman, chunki...

Davlatimizda Yoshlarga imtiyozlar moʻl-koʻl. Ayniqsa sportchi, tadbirkor, muhandis, san'atkor boʻlgan yoshlardagi rasmiy rag'batlar sayyoramizdagi uncha-muncha mamlakatda topilmaydi. Ha, bu eng katta yutugʻimizdir.

Biroq... Milliard afsuski, "shu "Yoshlar" degan toifa ga Davlat xizmatidagi yoshlar kirmaydimi?" deb oʻylab qoladi kishi.

Sababi, endigina davlat xizmatiga kirgan yosh yigit-qizda na oylik maosh va na ijtimoiy-siyosiy Rag'batlar yetarli emas !

Ochiqroq aytilsa, bolalikdagi orzulari: sportni tashlab, san'atni tashlab, shu Vatan xizmatiga kirishgan har qanday yosh, odatda, afsuslanib qolayapti!

Natijada DAVLAT XIZMATI JOZIBADORLIGI OʻLIB BORAYOTIR...

Keyin nima boʻladi ?!
Keyin davlat xizmati korpusida yurakdan ishlaydigan kadr kamayadi, islohotlar yurishmaydi, chunki Oltin avlod Vatan xizmatida emas, oʻz tadbirkorligi, ijodi, trenirovkasi, ilmiy gʻoyalari bilan ovvora boʻladi.
Vaqt oʻtib, Elita*ga haliginday* va (ayrim),hozirgiday* mulozimlar kelib qoladi. Tamom.

Davlat mexanizmi shu shu yangilamaydi...

Davlat xizmati jozibador boʻlib, kuchli va salohiyatli Yoshlarni nomenklaturaga olib kelish (!) uchun YOSH DAVLAT XIZMATCHILARI RAGʻBATLANTIRILISHI SHART !

Ularga boshqa yoshlarga berilayotgan turli imtiyozlar, san'at, sport, tadbirkorlik va Akademik yoʻnalishga qancha qoʻllov boʻlsa, ularga ham shunday qoʻllov darkor !

Shundagina davlat xizmatiga yonib turganlar, olovqalb va iste'dodli kadrlar oqib keladi va Butun Davlat kelajagini Taraqqiyotga eltadi !

Yuqoridagi noyob deganim, PQ-148 ga koʻra yoshlarni davlat xizmatchisi boʻlish tartibi optimallashadi, stajlar yengillashtiriladi, ba'zi ichki tanlovlar cheklanib, tashqi tanlovlar koʻpaytiriladi.

P.s aslo men emas, ichimdagi boshqa bir Jasur aytayapti: Ee, Oylik maosh va Rag'batlarni oshirsangiz-chi !
🔥3😁2👍1👏1
#judayam_katta_Lirik_chekinish

***

Qurib borayotir Orol dengizdek
Qashshoq qora xalqning toʻrvaxaltasi
Otni kallasiday oylik olar lek
Itni dumidan-da aqli kaltasi...

Kimlardir mudroqda, kimdir esa mast
Qonunlar bir tomon, siyosat bir yon
Bolaning yig'isin eshitib bo'lmas,
Otalar chalyotgan qarsak dastidan.

Hamma xabardor-u, hamma bexabar
Hammasi mavhum-u, hammasi bekam.
Chunki bu tizimda Saroyga qadar
Rahmat boʻlib borar arznomalar ham.

Biroq, sen bardam boʻl, shijoat ila,
"Shu jonli odamlar Vatandir" degin
Vatanni qattiq sev, davlatga esa
Faqat xizmatda boʻl, sevib qolmagin !

01.05.2026y
👍62🔥1🤯1
📑 "Patentlash xizmati" deya ijtimoiy tarmoqda, ko'chalarda reklama qilayotgan "yurist-tadbirkorlar" ga jiddiy zarar yetkazuvchi post !

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi ning http://im.adliya.uz sayti orqali bemalol o'z Shaxsiy tovaringizni ( Brend ) ni litzensiyalash, ixtiro, foydali model va boshqa intellektual mulk obyekti egasi bo'lsangiz uni e'tirof etishga ( patent ) talabnoma yuborib, o'zingiz ro'yxatdan o'tkazishingiz mumkin

Bunda hech qanday qo'shimcha to'lov yoki xizmat haqqi yo'q !
📜 faqat Qonunda belgilangan qat'iy davlat bojini to'laysiz xolos.

➡️ im.adliya.uz saytiga kiring, u yerda yo'riqnoma va Adliya vazirligining video roliki ham mavjud.
Jaa, tushunmasangiz Intellektual mulk markazi binosiga kelsangiz, u yerda Bepul (!) tushuntirshlar va amaliy yordamlar beriladi.

P.s Ayrimlar faqatgina ro'yxatdan o'tkazib berishning o'ziga 10 millionlab xizmat haqqi olayapti. Sal insof bilan-da, birodarlar ! Axir, tadbirkor yoki ixtirochi ham pulni supurib olmaydi. To'g'ri, yurist albatta xizmati evaziga haq olishi adolat, biroq, bu qadar ko'p so'ravorish kerakmas-da hamkasblar !

@jasurist Kanalimizni ulashing
🔥411👍1
BIRYOQLAMALIK: KOʻRLIKDANMI YOKI PASTNI KOʻRMAGANLIKDANMI ?!

KQvB vaziri oʻrinbosari Oliy Majlisda mazkur Qonunchilik loyihasini oʻqib bergach va VAKILLARIMIZning hech birida savol tugʻilmaganidan oʻylanib qolasan kishi.

Qonunchilik palatasi oʻrindiqlarida yuristlar noyobligi, loaqal quyi tizimdagi real holatdan xabari borlar kamyobligi, "primoy" tepaga chiqqanlar serobligi ortidan SHUNDAY QONUN YARATILYAPTIKI, jabrini qoraygan ishchilar hamda sarg'aygan ish beruvchilar tortadi !

Qarang, 50 nafargacha xodimi bo‘lgan yuridik shaxslar uchun ishdan bo‘shatishni alohida buyruq bilan tasdiqlash tartibi bekor qilinadi ekan.

iye ?!
Unda Mehnat shartnomasi tugaganligini qayerdan bilamiz ?! Muddat tuganini bilan deysizmi?, yoʻq birodar, Mehnat kodeksi 158-moddasi 2-qismiga koʻra, muddatli mehnat shartnomasi muddati tugasayu, bunga ikki tomon rasmiy reaksiya (!) qilmasa, shartnoma avtomatik muddatli tuzilgan deb hisoblanaveradi-ku ! Keyin bu aniq kelishmovchiliklar tugʻdiradi, egizaklab tugʻdiradi.

Yanada "prikolniy"si bor:
Intizomiy jazo chorasi bor xodimlarni rag‘batlantirishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi ?!
Unda intizomiy nega kerak ??!

Xodim taralla-bedod yurarkan, hayfsan berilarkan, biroq Hayit*da jaraqlab primya* olorarkan..

Obbo...

Kuchli ekspert M.Karimjonov ham bu yangi normaning ayrim salbiy jihatlarini tahlil qildilar. Biroq, gap shunchaki xodimlar sonini yashirishda emas, alaloqibat, MJtK 175⁸ dagi va MJtK dagi 49-moddalar buzilishi, yanada achinarlisi, tadbirkorlik subyektlari shtatka' ni 50 ga sun'iy tushirishi natijasida, YaMMT IDAK ga kiritilmagan xodimlarning uzoq (!) kelajagi ga jiddiy zararlar prognozi haqida ketayapti !

Eng muhimi, qaytaraman, eng muhimi bu norma MEHNAT NIZOLARINI FAQAT VA FAQAT KOʻPAYISHIGA OLIB KELADI.

Davlat Mehnat huquq inspektorlari va FIB sudyalariga sabr va matonat tilanglar ((

Asosan ish beruvchilarniki boʻlgan yangicha qurollangan "Biznes-ombudsan" yoki showmaker* Adliya ushbu qonunchilik normasini toʻxtatishi yoki tuzatishi kerak. Bor umid shulardan...
3🔥1🤔1
#lirik_yoxud_yuridik_chekinish

TERGOVCHI QIZGA

Siz meni shu qadar qilgansiz afsun
Shunday azoblarga boʻlurman duchor.
Bunga jinoiy ish qoʻzgʻatish uchun,
Modda topolmaydi hech bir prokuror.

Yoningizda balki qolurman ojiz,
Siz vafosizlikda qilursiz hukm
Oʻzingizdan boshqa qiz topolmaysiz
Yuragimda tintuv oʻtkazsangiz ham.

Mayli soʻroq qiling, ayblang ammo
Sizdan faqat shuni talab qilaman:
Tergov yakunlangach, bormaymiz aslo
Sud zalidan sizni qizgʻonaman men !

7.05.26y
1👍54🔥1🤯1
Forwarded from Labour Law Lab
YANA BAHS:
USTAMA YOKI RAGʻBAT ?!

Buxgalteriya tilida aytganda, fms, ya'ni barcha budjet tashkilotlari xodimlariga har oy beriladigan 15% gacha boʻlgan ustama aslida ragʻbatmi ?!

Masala shuki, Intizomiy jazosi bor xodimga oʻsha ustama ni qoʻshib hisoblash toʻgʻrimi ?!

Moliya Vazirligining "Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" Buyrug'i bilan tasdiqlangan Nizom 6-bandi da belgilanyaptiki, Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda, ustamalar bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.

Xo'p, lekin Nizomni tasdiqlagan buyruq nomi: "moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisida" ...

Shunda maxsus fond dan ajratilayotgan pullari ragʻbat boʻladi-ku, va bu intizomiy olgan xodim dan "qisib qolinishi" kerak-ku.

Meniyam, Mehnat kodeksi 299-modda dan xabarim bor. Lekin Iqtisodiyot va Moliya vazirligi buyrugʻini toʻgʻridan-toʻgʻri tushunsak, u xodim bajargan ish uchun moddiy ragʻbatlarni aytayapti va ushbu buyruqda "ustama" deb ketilgan jumlada ham aslida xodim BAJARGAN SAMARADOR ISHI UCHUN MAOSHIDAN KELIB CHIQQAN SUMMA- RAGʻBATNI ( USTAMA HISOBIDA) OLADI-DA !

Alqissa, "intizomiy"si borlarga "AV-3561" ni toʻlash xatomi yoki toʻgʻrimi ?!

Mard-maydon yuristlar, iltimos, pozitsangiz va fikringiz bilan boʻlishing !
👍4🔥1
#lirik_chekinish

"INGLIZ TILI"DA OʻQIYDIGAN QIZGA

Sevgi faqat yoshmas, kasb ham tanlamas,
Yurist-u, shoirni farqi yoʻq bunda:
Eshitdim oʻqigan ekansan, ey qiz,
"Ingliz filologiya fakulteti"da.

'Future simple'dan yurak bexabar
'Present continous time' da dardim.
Chunki seni uchrat-magunga qadar
'Zero conditional' edi holatim.

Yashirib, uyalib, sendan barini
'Passive voice'larda xatlar yozaman.
Sen javob qilmaysan, biroq har kuni,
'Grammar' xatolar topasan mendan.

Garchi bo'lsam hamki, notavon shoir
Sevgini yoʻlida yurmadim bekor.
Endi bunchalar noz qilmagin axir,
E'tiboring uchun 'IELTS' im bor !
👍32🔥1😁1