Bella Çiao
4 subscribers
37 photos
1 video
4 links
Bella Çiao
Download Telegram
Alloh bor-ku!
2
Channel photo updated
Eng kami Tony aka' day bo'lishni istayman rosti:

Hissiyotlari bilan yashash va ularning ortidan quvish ayollarga yarashadi. Erkak kishiga esa hislariga tupurib, qilishi kerak bo'lgan ishlarni qilish yarashadi, elita! Tushunyapsanmi?

Oilasini baxtli qilib qo'yib, ularga hamma komfortni qilib qo'yib, og'irini yengil qilib qo'yib, ularga chinakam baxt ulashib qo'yib, keyin baxtli bo'lish yarashadi, elita! Tushunyapsanmi?


Bu dunyoda hissiyotlardan ham muhimroq, avloroq turadigan ishlar bor. Sendan baxt kutayotgan ko'zlar bor. Ertaga mana shu hislar ortidan sang'iganing uchun afsuslanasan.

Tengdoshlaring dadasiga mashina sovg'a qilayotgan paytda,
Onasiga chet davlatlariga sayohat chiptalarini hadya qilayotgan paytda sen ularni shunchaki kuzatib turishga qanday chidaysan?!
G'ururing bormi?! Erkakmisan?!

Tamom haqiqiy erkak bo'l! Hislaringga tupugingni otda, baxt yaratish maqsadingga tush! Chalg'ima.

Insonlarga yordam ber, zero «Kim bir birodarining yordamida tursa, Alloh uning yordamida turadi»

O'zlashtirishing kerak bo'lgan qanchadan-qancha oliyjanob xulqlar turibdi. Hatto ular borliginiyam bilmaysan, sen. Yo'qotishing kerak bo'lgan qanchadan-qancha yomon odatlaring bor. Qancha ilm olishing kerak?! Qancha rivojlanishing kerak hali?!

Sevgi?
Tupurdim o'sha sevgingga seni. Maylimi?
T-u-p-u-r-d-i-m!

Shuncha ish bor, balo bormi sevgiga???
Vaqti keladi..
Oldin seni shartsiz sevganlarni sevintir, sharoitni, komfortni yarat, ularga!
Keyin, uylanib, o'lguningcha sevishasan maylimi?!
Eee o'lma, tur, o'rningdan!
Harakatingni qil!

@janob_cactus
1
Meni tabriklaydiganlar dinozavrlar davrida qirilib ketgan boʻlsa kerak)

Bugundan boshlab nechi yoshsiz, deyishsa, 20 deyman 🫰
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁3
Kitoblarda bir-biriga "Azizam" deb murojaat qilayotgan er-xotinlar suhbatini oʻqiyotgan paytim men:
😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁1
U kechaning qolgan qismida oʻrnidan turdi. Ikki rakʼat namozni oʻqidi-da, qoʻllarini duoga ochdi.

Robbisidan oʻzi yaxshi koʻrgan biri haqida bir nimalarnidir soʻramoqchi boʻlib turgandi. Chunki, nima boʻlishidan qatʼiy nazar Robbisining cheksiz qudratiga ishonardi, "U uchun hammasi judayam oson" derdi oʻziga.

Lekin, bir on oʻtib, fikridan qaytdi.

Yaxshi koʻrgani ham bu vaqtda uygʻonishini va Robbisiga namoz oʻqib, Unga muztor holda duo qilishini bilardi.

Uning fikridan qaytganiga koʻngliga kirganning koʻnglisida boshqa biri borligini bilishi bois boʻldi. "Hozir u ham Alloh Taolodan oʻz koʻnglidagisini soʻrayotgan boʻlsa kerak" dedi-da, bir muddat oʻyga toldi.

Yaxshi koʻrganini oʻzidan koʻra Allohga yaqinroq deb bilardi. Shu sabab Parvardigori oʻzining duosidan avval uning duosini ijobat qilishini oʻyladi.

"Men uni soʻrayotgan bir onda, u oʻzgani soʻrayotgan boʻlsa, buni meni ichimdagi koʻtara olmaydi", dedi va Undan boshqa-boshqa narsalarni soʻradi.

Uning yuragi bunga chiday olmasdi...
Koʻtara olmasdi bunday bir ogʻriqni...
1💔1
1
Allohim, O'zing bu hasta ko'ngillarimizga shifosini komil qilib ber...
Ko'zimizdan tomgan g'am va siqilish tomchilarini rahming va fazling dastro'mollari ila artgin!
O'ksik ko'ngillarimizga quvonch, shodlik, xotirjamlik, baxt his ettirgin, ey Robbim!
💔21
Ustoz mening ruhimga to'g'ridan-to'g'ri xitob qiladilar-da, o'ziyam...
Bu yozganlarini o'qing:

Hasadni yig‘ishtiring. Hasad o‘zgalardagi ne’matni barbod qilmaydi, balki sizning nazaringizda sizdagi ne’matlarni barbod qiladi. Doimo o‘zgalar qo‘lidagi narsalarga emas, o‘z qo‘lingizdagi narsalarga qarang. Ana shunda ko‘p ne’matlarga ega ekanligingizni ko‘rasiz!

O‘zgalar qo‘liga qarayversangiz o‘zingizdagi ne’matlarni ko‘ra olmay qolasiz. Baxt qanoatda. Qanoatli bo‘ling, saodat siz bilan bo‘ladi!

O‘tgan ishlarni eslab o‘zingizni qiynamang. Moziy faqat ibrat olish uchundir, yashash uchun emas.

Qo‘lingizdan ketgan narsaga sizni ham olib ketishiga ruxsat bermang. Yuzingizga tushgan har-bir shapaloqdan o‘zingizni qarzdor biling. Chunki u sizni pishirgan!

Sizni aldagan, sizga xiyonat qilganlardan o‘zingizni qarzdor deb biling. Chunki ular sizga ishonchda haddan oshmaslikni o‘rgatishgan.

Har bir xatoyingizdan o‘zingizni qarzdor biling. Chunki qayta hayot boshlashni sizga xatolaringiz o‘rgatgan.

Moziy sahifasini yopishingiz uni unutganingizni anglatmaydi. Balki u endi sizga xo‘jayinlik qila olmasligini anglatadi. Saodat mana shu. Moziy sahifalarini yoping!


@janob_cactus
Menda sevgi-muhabbat, turmush o'rtoq, orzular va shunga o'xshash narsalarga allergiya paydo bo'layapti, nazarimda.
2
Qalbi singanlarga...

Kechaning uchinchi qismida seni duoyibad qilish uchun o‘rnimdan turdim. Sajdada qalbim mendan g‘olib keldi.

E’tibor bersam sening haqingda duoyixayr qilayapman. Senga saodat tilayapman, xursandchilik tilayapman, qalbimdan eng xavfsiz suratda chiqib ketishingni so‘rayapman...

Xavfsiz suratda qalbimdan chiqib ketishing haqidagi duoyim ijobat bo‘ldi. Qalbimda senga o‘rin qolmadi.

Ammo saodating va xursandchiliging qissasi sening huzuringda...

Uni eshitish uchun menda sinchkovlik yetishmaydi.
  
Meni begonalar qissasi qiziqtirmaydi!

Abdulqodir Polvonov
Channel photo updated
Channel name was changed to «Bella Çiao»
Forwarded from Deleted Account
3
Forwarded from Deleted Account
Forwarded from Deleted Account
Deleted Account
@verguul
Now you can join :)