Jamik - Independent Designer
204 subscribers
232 photos
25 videos
65 files
141 links
Mustaqil UX/UI Dizayner.

O'zim foydali deb bilganlarim va tajribalarim haqida yozaman.

Twitter - https://x.com/itsjamik
DM - @itsjamik
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mutolaa jamoasida ekanimga 3 oy bo'ldi. Jamoa juda aktiv va dinamik. Yangi versiyalar puxta testlanadi, tez relizga chiqadi.

Bu yerda ilova uchun yangi dizaynlardan ulashyapman.
🔥7
Bu orzudagi hayotda yashashga o'xshaydi 😅

AI yordamida qurgan ilovam google qidiib ko'rdim qiziqib, top natijalarda ko'rinyapti.

Xatto ba'zilar ilovam haqida post yozishgan.

Marketing uchun shoshmayapman o'zim.

O'ylab qo'ygan ideyalarim bor, ularni hammasini launch qilib keyin marketing boshlayman.

Keyinchalik ayrimlarini sotib yuborsam ham kerak.

Qo'shnilar, it's time to ship & earn some extra cash.
🔥3
3 soatdan keyin Namanganga yo’lga chiqaman. Shu sabab ijozatingiz bilan ozgina mizg’ib olsam … 🥱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Avvalgi templatelarim ketma-ket reject olaverganidan keyin nihoyat oxirgisi - Fiber marketpleysga chiqdi 🎊
🔥42🎉2
Qishloqda odamlaram ajoyib-da.

Mana shu olchamizni ko’chaga ekganmiz, rosa meva qiladi shunaqa har yili.

Lekin qo’shnilar tegishmaydi, uzishmaydi.

O’zim yeb turaman endi qaytgunimcha :)
ASO effekti juda tez sezildi 🍷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
I’m not worried that AI is gonna replace designers anymore.

I’m worried that I can’t find good designers to hire anymore. Looks like everyone is just a design influencer rn that can’t deliver shit.

What happened?! Where are all the designers at?! 💀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Threads’dagi bu post yaxshi engagement toplagani uchun oxirgi 24 soat ichida Supacam 60ta install boldi
Maqsadim faqat pul topish bo'lganida, qishloqdan yer olib qo'y boqardim.


IT sohasiga kirganimga bu yil roppa-rosa 10 yil bo'libdi. Vaqt tez o'tdi, kechagina kollejda uydagilar obedga bergan pulni yig'ib, internet-kafeda dasturlash kurslarini ko'rib o'tirardim. Orada ancha narsa o'zgardi, chet eldagi $100M+ investitsiya olgan startaplar bilan ham ishlashga ulgurdim, tajriba yig'dim.

Tengqurlarimning aksariyati allaqachon dizayn-studiyalar ochib, yirik byudjetli mijozlar bilan ishlashyapti. Rostini aytsam, zo'r narsalar qilishyapti.

Xo'sh, unda nega men hali ham har kuni 12 soatlab monitorga tikilib o'tiribman?

Shu paytgacha nimalar qilmadim deysiz: obunaga asoslangan (subscription-based) kichik dizayn xizmati ochib, bir vaqtning o'zida 3-4 ta mijoz bilan ishladim. Veb-sayt shablonlari qilib sotdim (buni hozir ham qilyapman). SaaS proektlar qurdim, ularning deyarli barchasi minusga ishladi. Hozir esa mobil ilovalar yozyapman. Va eng asosiysi, bu ishlarning barchasi asosiy full-time ishimga parallel ravishda ketyapti.

Hech qachon faqat bitta narsaga 100% fokus qilmadim. Garchi yil boshidan beri Framer shablonlaridan ~$35K daromad qilgan bo'lsam ham, yoki ba'zida frilans mijozlardan $12K lik cheklar olgan bo'lsam ham.

Ba'zida o'ylab qolardim: "Nega bittasini mahkam ushlamadim? Fokusni bir joyga qaratganimda daromadim hozirgidan ancha ko'p bo'lardi-ku?"

Lekin o'zim bilan ochiqcha savol-javob qilib, bitta narsani angladim: menga natijadan ko'ra ko'proq jarayonning o'zi qiziq ekan. Natija vaqtinchalik eyforiya. Jarayon esa uzoq davom etadigan kayf.

Shu paytgacha o'zimga qiziq bo'lgan deyarli hamma narsaga qo'l urib ko'rdim. Hozir backend bo'yicha gap ketsa, bemalol suhbatga qo'shila olaman, chunki mustaqil full-stack proektlar ham qilib, u kuhnyani ham ichidan ko'rganman.

Xulosa shuki, umrimizni tikayotgan ishimizda tavakkal qilishdan qo'rqmaslik kerak. O'zimizga qiziq bo'lgan eksperimentlarga sho'ng'ish kerak. Ishdan zavq olish - professional zerikishni (burn-out) oldini oladigan eng zo'r dori.

Lekin bitta muhim joyi: moliyaviy savodxonlikni unutmang. Men bu borada ancha qoqilganman. Pulni boshqarishni bilmasangiz, qancha topsangiz ham hech narsaga yetmaydi.

Ba'zida tanishlar bilan gaplashsam, "Men ham shuni qilib ko'rmoqchi bo'lib yuribman-u, lekin vaqt bo'lmayapti..." degan gaplarni eshitaman. To'g'risi, shu kabi gaplarga umuman toqatim yo'q. Bu 100% bahona. Maqsadingiz bormi - qiling. Qiziqyapsizmi - sinab ko'ring. Bizning miyamiz juda ko'p narsani parallel protsess qilishga qodir, asosiysi uni to'g'ri chiniqtirish va mental to'siqlarni olib tashlash. Ya'ni ruhiy tarbiya.

Hozir mobil ilovalar bozori juda qizg'in. Agar biron g'oyangiz bo'lsa ishdan 2 soat kechroq keting yoki ertaroq kelib shu g'oyangizni quring. Bozorga olib chiqing. Oxirgi marta qachon ovqat yeganingizni unutib qo'yadigan darajada jarayonga sho'ng'ing.

Hammangiz mukammal intellekt egasisizlar. Omad, qo'shnilar!
🔥104🤝31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁7👍3
Kak raz qo’ylarni yemi tugagandi 😄
😁8