Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
I’m not worried that AI is gonna replace designers anymore.
I’m worried that I can’t find good designers to hire anymore. Looks like everyone is just a design influencer rn that can’t deliver shit.
What happened?! Where are all the designers at?!💀
I’m worried that I can’t find good designers to hire anymore. Looks like everyone is just a design influencer rn that can’t deliver shit.
What happened?! Where are all the designers at?!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maqsadim faqat pul topish bo'lganida, qishloqdan yer olib qo'y boqardim.
IT sohasiga kirganimga bu yil roppa-rosa 10 yil bo'libdi. Vaqt tez o'tdi, kechagina kollejda uydagilar obedga bergan pulni yig'ib, internet-kafeda dasturlash kurslarini ko'rib o'tirardim. Orada ancha narsa o'zgardi, chet eldagi $100M+ investitsiya olgan startaplar bilan ham ishlashga ulgurdim, tajriba yig'dim.
Tengqurlarimning aksariyati allaqachon dizayn-studiyalar ochib, yirik byudjetli mijozlar bilan ishlashyapti. Rostini aytsam, zo'r narsalar qilishyapti.
Xo'sh, unda nega men hali ham har kuni 12 soatlab monitorga tikilib o'tiribman?
Shu paytgacha nimalar qilmadim deysiz: obunaga asoslangan (subscription-based) kichik dizayn xizmati ochib, bir vaqtning o'zida 3-4 ta mijoz bilan ishladim. Veb-sayt shablonlari qilib sotdim (buni hozir ham qilyapman). SaaS proektlar qurdim, ularning deyarli barchasi minusga ishladi. Hozir esa mobil ilovalar yozyapman. Va eng asosiysi, bu ishlarning barchasi asosiy full-time ishimga parallel ravishda ketyapti.
Hech qachon faqat bitta narsaga 100% fokus qilmadim. Garchi yil boshidan beri Framer shablonlaridan ~$35K daromad qilgan bo'lsam ham, yoki ba'zida frilans mijozlardan $12K lik cheklar olgan bo'lsam ham.
Ba'zida o'ylab qolardim: "Nega bittasini mahkam ushlamadim? Fokusni bir joyga qaratganimda daromadim hozirgidan ancha ko'p bo'lardi-ku?"
Lekin o'zim bilan ochiqcha savol-javob qilib, bitta narsani angladim: menga natijadan ko'ra ko'proq jarayonning o'zi qiziq ekan. Natija vaqtinchalik eyforiya. Jarayon esa uzoq davom etadigan kayf.
Shu paytgacha o'zimga qiziq bo'lgan deyarli hamma narsaga qo'l urib ko'rdim. Hozir backend bo'yicha gap ketsa, bemalol suhbatga qo'shila olaman, chunki mustaqil full-stack proektlar ham qilib, u kuhnyani ham ichidan ko'rganman.
Xulosa shuki, umrimizni tikayotgan ishimizda tavakkal qilishdan qo'rqmaslik kerak. O'zimizga qiziq bo'lgan eksperimentlarga sho'ng'ish kerak. Ishdan zavq olish - professional zerikishni (burn-out) oldini oladigan eng zo'r dori.
Lekin bitta muhim joyi: moliyaviy savodxonlikni unutmang. Men bu borada ancha qoqilganman. Pulni boshqarishni bilmasangiz, qancha topsangiz ham hech narsaga yetmaydi.
Ba'zida tanishlar bilan gaplashsam, "Men ham shuni qilib ko'rmoqchi bo'lib yuribman-u, lekin vaqt bo'lmayapti..." degan gaplarni eshitaman. To'g'risi, shu kabi gaplarga umuman toqatim yo'q. Bu 100% bahona. Maqsadingiz bormi - qiling. Qiziqyapsizmi - sinab ko'ring. Bizning miyamiz juda ko'p narsani parallel protsess qilishga qodir, asosiysi uni to'g'ri chiniqtirish va mental to'siqlarni olib tashlash. Ya'ni ruhiy tarbiya.
Hozir mobil ilovalar bozori juda qizg'in. Agar biron g'oyangiz bo'lsa ishdan 2 soat kechroq keting yoki ertaroq kelib shu g'oyangizni quring. Bozorga olib chiqing. Oxirgi marta qachon ovqat yeganingizni unutib qo'yadigan darajada jarayonga sho'ng'ing.
Hammangiz mukammal intellekt egasisizlar. Omad, qo'shnilar!
🔥10⚡4🤝3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁7👍3
Agar siz gen-z uchun b2c loyiha qurayotgan bo'lsangiz TikTok marketing uchun eng to'g'ri joy.
Bu haqida keyinroq "dumaloq" videolarda gaplashamiz🙃
Bu haqida keyinroq "dumaloq" videolarda gaplashamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Xulosa:
- One Time Purchases’da MRR yo’q, Subscription based modeli yaxshi uzoq yashashi uchun.
- TikTok va Instagram orqali siz dastlabki oydayoq $10K daromad olishingiz real.
- Agar sizda yaxshigina byudjet va jamoa bo’lmasa O’zbekiston bozorida fail bo’lasiz.

Hayrli tong, qo’shnilar!
Ushbu Samaradorlikning 21 yo’li (Eat That Frog!) kitobini 4chi marta qayta o’qib chiqdim.
Chalg’ituvchi omillarga to’lgan hayotimizda mahsuldor bo’lish uchun intilish eng kerakli ko’nikma ekaniga to’liq amin bo’ldim.
Ayniqsa, agar siz ham men kabi bir nechta vazifalarni parallel qilayotgan bo’lsangiz bu kitobni o’qib tushunishingiz juda muhim deb bilaman.
Kitobdagi 21 usulni short checklist quyidagicha:
✅ Clear Goals
✅ Plan on Paper
✅ 80/20 Rule (Pareto)
✅ Consequences First
✅ Creative Procrastination
✅ ABCDE Prioritization
✅ Key Result Areas
✅ Law of 3
✅ Prepare Before Start
✅ One Skill at a Time
✅ Leverage Talents
✅ Identify Constraints
✅ Pressure Yourself
✅ Maximize Energy
✅ Motivate Yourself
✅ Tech Discipline
✅ Slice the Task
✅ Create Time Blocks
✅ Sense of Urgency
✅ Single-Tasking
✅ Eat the Biggest Frog First
“Qurbaqa” qanchalik katta va yoqimsiz ko’rinsa ham, uni paqqos tushirishdan qo’rqmang😊
Ushbu Samaradorlikning 21 yo’li (Eat That Frog!) kitobini 4chi marta qayta o’qib chiqdim.
Chalg’ituvchi omillarga to’lgan hayotimizda mahsuldor bo’lish uchun intilish eng kerakli ko’nikma ekaniga to’liq amin bo’ldim.
Ayniqsa, agar siz ham men kabi bir nechta vazifalarni parallel qilayotgan bo’lsangiz bu kitobni o’qib tushunishingiz juda muhim deb bilaman.
Kitobdagi 21 usulni short checklist quyidagicha:
✅ Clear Goals
✅ Plan on Paper
✅ 80/20 Rule (Pareto)
✅ Consequences First
✅ Creative Procrastination
✅ ABCDE Prioritization
✅ Key Result Areas
✅ Law of 3
✅ Prepare Before Start
✅ One Skill at a Time
✅ Leverage Talents
✅ Identify Constraints
✅ Pressure Yourself
✅ Maximize Energy
✅ Motivate Yourself
✅ Tech Discipline
✅ Slice the Task
✅ Create Time Blocks
✅ Sense of Urgency
✅ Single-Tasking
✅ Eat the Biggest Frog First
“Qurbaqa” qanchalik katta va yoqimsiz ko’rinsa ham, uni paqqos tushirishdan qo’rqmang
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Mobil ilovalarda qanday qilib mutlaqo *muvaffaqiyatsizlikka uchrash mumkin?
(Mobil ilova qurayotgan barcha qo’shnilar o’qishi shart!)
Har kuni post: “Man $40K MRR qildim, mana playbook.”
Yuzlab shunday postlarni o‘qidim. Xatto ozimni omadsiz odam deb hisoblay boshlagandim. Xulosa oddiy:
Quyidagi 12 ta ishni qiling va fail deyarli kafolatgan 😅
1. O‘zingni ideal deb o‘yla
57.7% app’lar hayoti davomida ham $1K topmaydi.
Lekin sen boshqachasan. Chunki senga idea kelgan 😎
“Boshqachasiz, boshqacha ..”
2. Soft paywall tanla
“Istasangiz keyinroq upgrade qilarsiz…”
Naqadar saxiysan do’stim..
Hard paywall: 10.7% to‘laydi.
Soft paywall: 2.1%.
5x farq 🤮
3. 3-kunlik trial qo‘y
“Urgency sotadi” deyishadi.
17-32 kunlik trial: 42.5% conversion.
≤4 kun: 25.5%.
Lekin qisqa trial “growth hacker” ko‘rsatadi🥱
4. First sessionni ignore qil
Day-30 email yozib yuraver.
Foydalanuvchining yarmini Day-0 da yo‘qotib bo‘lgansan.😭
5. Monthly plan’ni push qil
Yillik renewal: 83%
Oylik renewal: 39%
Eng yaxshi customer’laringni App Store’ga sovg‘a qil 🫴
6. Juda arzon narx qo‘y
“$2.99, man saxiyman.”
Yo‘q.
Shunchaki app’ing qiymatsizdek ko‘rinyapti 🤮
Qimmat app’lar 5.4x ko‘proq LTV qiladi.
7. Lokalizatsiya qilma
“Hamma inglizcha biladi-ku.”
Albatta.
LTV +62% beradigan opportunity’ni tashlab yubor 😉
8. Reklamani darrov yoq
100 ta install oldingmi?
Zo‘r.
Endi $2K kuydirib random raqamlarni “insight” deb atash vaqti keldi 🔥
9. Avval ad creative bilan o‘yna
Hook.
Font.
Trend audio.
Aslida tartib:
Paywall → Onboarding → Ads
Tubsiz chelakka trafik quyish marketing emas 😅
10. Yiliga bitta A/B test qil
Martda button rangini test qildingmi?
Bo‘ldi.
Yana bir yil dam ol.
Raqobatchi esa 40 ta experiment qiladi.
11. View’larni quv
500K view.
0 customer.
Boshqa qo’shnilar sendan faxrlanadi.
Aslida bank hisobda lavashga ham pul yo’q 🤣
12. App Preview video qilma
Bir weekend ketadi.
Lekin install rate 20-35% oshishi mumkin.
Shuning uchun albatta qilma 🤡
Xulosa
Founderlar product qurishni yaxshi ko‘radi.
Pul ishlash va distribution qismida esa “nasib qilsa” strategiyasidan foydalanadi.
Eng kulgilisi, bularning hammasi allaqachon data bilan isbotlangan.
Winning move’lar biroz noqulay.
Losing move’lar esa juda qulay.
Shuning uchun ko‘pchilik fail boladi💀
Chunki ha, ular xatto shu postga reaksiya + komment qoldirishdanam erinishadi🥱
(Mobil ilova qurayotgan barcha qo’shnilar o’qishi shart!)
Har kuni post: “Man $40K MRR qildim, mana playbook.”
Yuzlab shunday postlarni o‘qidim. Xatto ozimni omadsiz odam deb hisoblay boshlagandim. Xulosa oddiy:
Quyidagi 12 ta ishni qiling va fail deyarli kafolatgan 😅
1. O‘zingni ideal deb o‘yla
57.7% app’lar hayoti davomida ham $1K topmaydi.
Lekin sen boshqachasan. Chunki senga idea kelgan 😎
“Boshqachasiz, boshqacha ..”
2. Soft paywall tanla
“Istasangiz keyinroq upgrade qilarsiz…”
Naqadar saxiysan do’stim..
Hard paywall: 10.7% to‘laydi.
Soft paywall: 2.1%.
5x farq 🤮
3. 3-kunlik trial qo‘y
“Urgency sotadi” deyishadi.
17-32 kunlik trial: 42.5% conversion.
≤4 kun: 25.5%.
Lekin qisqa trial “growth hacker” ko‘rsatadi
4. First sessionni ignore qil
Day-30 email yozib yuraver.
Foydalanuvchining yarmini Day-0 da yo‘qotib bo‘lgansan.
5. Monthly plan’ni push qil
Yillik renewal: 83%
Oylik renewal: 39%
Eng yaxshi customer’laringni App Store’ga sovg‘a qil 🫴
6. Juda arzon narx qo‘y
“$2.99, man saxiyman.”
Yo‘q.
Shunchaki app’ing qiymatsizdek ko‘rinyapti 🤮
Qimmat app’lar 5.4x ko‘proq LTV qiladi.
7. Lokalizatsiya qilma
“Hamma inglizcha biladi-ku.”
Albatta.
LTV +62% beradigan opportunity’ni tashlab yubor 😉
8. Reklamani darrov yoq
100 ta install oldingmi?
Zo‘r.
Endi $2K kuydirib random raqamlarni “insight” deb atash vaqti keldi 🔥
9. Avval ad creative bilan o‘yna
Hook.
Font.
Trend audio.
Aslida tartib:
Paywall → Onboarding → Ads
Tubsiz chelakka trafik quyish marketing emas 😅
10. Yiliga bitta A/B test qil
Martda button rangini test qildingmi?
Bo‘ldi.
Yana bir yil dam ol.
Raqobatchi esa 40 ta experiment qiladi.
11. View’larni quv
500K view.
0 customer.
Boshqa qo’shnilar sendan faxrlanadi.
Aslida bank hisobda lavashga ham pul yo’q 🤣
12. App Preview video qilma
Bir weekend ketadi.
Lekin install rate 20-35% oshishi mumkin.
Shuning uchun albatta qilma 🤡
Xulosa
Founderlar product qurishni yaxshi ko‘radi.
Pul ishlash va distribution qismida esa “nasib qilsa” strategiyasidan foydalanadi.
Eng kulgilisi, bularning hammasi allaqachon data bilan isbotlangan.
Winning move’lar biroz noqulay.
Losing move’lar esa juda qulay.
Shuning uchun ko‘pchilik fail boladi
Chunki ha, ular xatto shu postga reaksiya + komment qoldirishdanam erinishadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁12⚡3❤1👍1
Claude bilan suhbatimizdagi uning mana bu gapiga qoyil qoldim:
“Mashaaallah, Jamik! Bu juda kuchli natija. 👏”
Uni musulmon bo’lishiga sabab bo’ldim chog’i 🥹😅
“Mashaaallah, Jamik! Bu juda kuchli natija. 👏”
Uni musulmon bo’lishiga sabab bo’ldim chog’i 🥹😅
🔥6🤣3👍1
Salom, qo'shnilar!
Ko'plar mendan dizayner sifatida mobil ilovalar qurishda nimalardan foydalanish so'rashda va endi bu postda qisqa yozmoqchiman.
0. Ideya
Men instagram emas, ko'proq X'da o'tiraman bo'sh vaqtlarda, menimcha barchamiz uchun tehnologik yangiliklar, boshqa global qo'shnimalarimiz nimalar qilishayotganini kuzatish uchun eng to'g'ri joy.
U yerda boshqalardan ilhomlanaman, tezda ko'tarilib ketgan viral ilovalarni ko'raman.
TikTok Creator Dashboard'da odamlar nimalarni ko'p qidirishayotganini analiz qilaman.
Ideya topilganidan keyin uni bozorda bor yo'qligini tekshiraman. Bozorda bo'lsa va gullab-yashnayotgan bo'lsa demak men yana bir copy-cat qilishim uchun katta signal. Aksariyat odamlar o'zlarini g'oyalari allaqachon bozorda bo'lsa qo'rqishadi, "bozor to'lib bo'libdi, nima qilaman bekor vaqt & pul sarflab" deyishadi. Bu mutlaqo noto'g'ri. Agar biror ilova allaqachon yaxshi natijalar olgan bo'lsa siz ham ular kabi bo'lishingiz uchun katta shans bor.
1. Qurish.
Men deyarli umuman kod yozmayman. Ideyani to'g'ri strukturalashtirish, user-flow tuzish uchun uni Claude tushuntiraman va yakunida Claude'dan promptlar olaman.
Superapp nomli builderga promptlarni yozish ilovani quraman. Claude yoki Codex emas. Chunki Superapp kabilar fine-tuning qilingan bo'ladi. Siz "Settings" ekranini generatsiya qiling deganingizda u ilova aslida bu ekranda nimalar bo'lishi, qanday ko'rinishda bo'lishi, qanday UI asosida bo'lishini o'zlaridagi data-set'dan olib qilishadi va buni hisobiga ilova juda tez tayyor bo'ladi.
2. Marketing.
Menda marketing bo'yicha boshlang'ich bilimlar bor. Mobil ilovalarda ASO eng muhim. Bu SEO'ning AppStore uchun qilinadigan ishlari. Shunday qilib dastlab better ASO qilaman. Hozircha ilovalarni boshqa kanallar orqali marketing qilib ko'rmadim deyarli.
Menimcha jarayon haqida qisqa bo'lsa ham aniq tushuntira oldim, savollaringiz bo'lsa kommentda bo'laman 🫡

Superapp
Make iOS & iPhone Apps with AI | No Coding Required - Superapp
Make iPhone and iOS apps with AI in minutes — no coding or developer required. Turn your app idea into a native App Store app 10x faster than traditional development.
❤4👍1🔥1