Jamik - Independent Designer
204 subscribers
232 photos
25 videos
65 files
141 links
Mustaqil UX/UI Dizayner.

O'zim foydali deb bilganlarim va tajribalarim haqida yozaman.

Twitter - https://x.com/itsjamik
DM - @itsjamik
Download Telegram
this ☝️
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oshxonada Creative Coding

Bugun GPT-5 bilan camera movement auto detect qiladigan bir nima yasab ko'rdim. Sizlarga yoqdimi natija 😉
🔥5
Forwarded from OSCAR LIFE
O‘zbekistonda birinchi: biz Awwwards oldik (Oscar team)

Awwwards - bu shunchaki chiroyli saytlar galereyasi emas. Bu dunyodagi eng kuchli dizaynerlar va studiyalar eng yaxshilar qatoriga kirish uchun kurashadigan global maydon. Bu yerda hech qanday yon bosish yo‘q - faqat toza dizayn, kreativ, qulaylik va kontent baholanadi.

Bu yerga tushish qiyin, sertifikat olish esa undan ham qiyin.
Senga kerak bo‘ladi:
- Butun dunyodan kelgan top-dizaynerlardan iborat hakamlar hay’atining qat’iy ovozlari
- Dizayn, qulaylik, kreativ va kontent bo‘yicha yuqori ball
- Har bir ishi san’at asaridek bo‘lgan yuzlab studiyalar bilan raqobat

Biz buni qildik.
Biz O‘zbekistondan birinchi bo‘lib shu sertifikatni qo‘lga kiritdik.
Tanish-bilishsiz, yon bosishlarsiz, faqat tinimsiz mehnat, asab va cheksiz tuzatishlar.

Bu shunchaki qog‘oz emas. Bu biz endi dunyo miqyosidagi studiyalar bilan bir maydonda o‘ynayotganimizning belgisi.

Va “O‘zbekistonda bu mumkin emas” deganlarga javobimiz: mumkin. Faqat haftaning qaysi kuni ekanini unutib qo‘yadigan darajada mehnat qilishing kerak bo‘ladi.
6
OSCAR LIFE
O‘zbekistonda birinchi: biz Awwwards oldik (Oscar team) Awwwards - bu shunchaki chiroyli saytlar galereyasi emas. Bu dunyodagi eng kuchli dizaynerlar va studiyalar eng yaxshilar qatoriga kirish uchun kurashadigan global maydon. Bu yerda hech qanday yon bosish…
Oscar Hosam, Oybek Ruziyev va men 2024 yil yoz oyida framerda mukammalroq sayt yaratishga urunib ko'rgandik. Ishga shunchalik sho'ngib ketdik-ki, hali framer'da yo'q (o'sha vaqtda) fishkalarni o'zimiz kod bilan qo'shishgacham bordik 😅

Natija kutganimizdanam ortiqroq bo'ldi. Framer'da featured, email list'da featured, awwwards da honor va yana boshqa bir nechta saytlarda featured bo'ldik chamasi 1 oy davomida.

Bir ish qilsang yurakdan qilgin deb bekor aytishmagan shunga 🖤
4👍4
nyu templeyt 🌊
1🔥3
Shu shablon dizayni o'zimga juda yoqgandi.

Live ko'rib baxo beringlar sizlaram ↓

https://matteolucien.framer.website/
🔥2
Apple Developer account tasdiqlandi 🎉️

O'ziyam 1 oy kutdim javobini 😅️️️️️️
👍4
new template - soon
🔥5
Mission unlocked 🥱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥2💔1🖕1
Hammaga hayrli kech!

Yangi Framer shabloni tayyor bo'ldi. Iltimos, ko'rib feedback ulashsangizlar.

https://rauten.framer.website/
👍3
Ish davomida erishilgan har qanday success action team tomonidan rag’batlantiriladi. O’ylaymanki bu har bir team member uchun motivation booster bo’ladi.

Bu o’zimizda ham bor, faqat boshqacharoq formatda:

Malika, siz chetkiy ishlavasz. Keyingi oydan har bir lead uchun ikki ming sumdan oyligizga qo’shamiz.
🔥1😁1
karyeramni boshlaganimga 7 yil bo‘ldi. ammo haligacha o‘zimni “professional ish uslubim bor” deb ayta olmayman. shaxsiy hayotimda ham istaganimdek barqaror turmush tarziga ega emasman. nolimayman – hammasi o‘z maromida ketayapti. lekin ayrim xatolar doimiy ravishda takrorlanayapti. va bu – charchatadi.

– dedlaynga kech qolish
– vadani bajarmaslik
– har narsaga “ha” deb ortiqcha mas’uliyat olish
– ishda aniq tizim va sifat nazoratining yo‘qligi
– chekishni tashlab, keyin yana qaytish
– kunduzgi soatlarda uyg‘onish
– pul sarfini nazorat qilmaslik

bu kabi shikoyatlar bilan daftar to‘ldirish mumkin.

eng og‘riqli nuqtasi shundaki – siz muammoni ham, yechimini ham bilasiz. lekin o‘zingizni o‘zgartirishga kuch topa olmaysiz. bu xuddi suvda cho‘kayotgan odamni qutqarish imkoniyatingiz bo‘lsa-da, o‘rningizdan turmaslikdek.

vaqt to‘xtamaydi. uni baxtli, stresssiz, sog‘lom o‘tkazishning asosiy sharti – intizom. men bunga o‘z tajribam orqali tobora ko‘proq amin bo‘layapman.

inson o‘spirinlik davridayoq o‘z shaxsiy qadriyatlarini shakllantira boshlashi kerak. bu – qandaydir andoza bo‘yicha “ideal inson” bo‘lish emas. bu – o‘zingizga xos tartib, xarakter va yondashuvga ega bo‘lish demak.

masalan:
ertalab turib kofe ichish va faqat tushlikdan keyin bir marta chekish – bu ham qadriyat.
umuman chekishdan voz kechish – bu ham.
soat 11:00 da uyg‘onish ham, 06:00 da yugurishga chiqish ham qadriyat.
faqat farqi – ular sizni qaerga yetaklaydi?

agar siz ham 25 yosh atrofida bo‘lsangiz va o‘zingizda yomon odatlarni ilg‘agan bo‘lsangiz – biling, sizda hammasini qayta sozlash imkoniyati bor. bunga vaqt va sabr kerak. qanday qilib bu odatlar shakllangan bo‘lsa, xuddi shunday.

kitobni bir marta o‘qib o‘zgarib qolmaysiz.
fyodor dostoyevskiyning “jinoyat va jazo”si sizni birdan dahoga aylantirmaydi.
jamesning “atomic odatlar”ini o‘qib, hayotingiz darhol 10 barobar yaxshilanmaydi.

eng muhimi – inson o‘zini noqulayliklarga o‘rgatishi kerak. chunki nafs har doim eng oson yo‘lni tanlaydi. lekin real hayotda haqiqiy o‘zgarish – o‘zini majburlashdan boshlanadi.

o‘zingizni tahlil qiling. qadriyatlaringizni aniq belgilang. va eng muhimi – intizomli bo‘ling. jamiyatda boshqalardan ajralib turadiganlar bu – o‘ziga xos xarakterga va barqaror odamlardir!
1👍11🔥21
Oxirgi 3ta submissions reject oldi.

Framer Review Team induslarga to'ldi shekili. Low-level kriteriyalar uchunam reject bilan javob qaytarishyapti.

Mana aslida Theme Forest nimaga o'lgan.
💯4
Mana most searched keywords by uzbek hamyurtlarimiz last hafta davomida 🥸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu Qozog'istonlik yigit X'da marketingni juda yaxshi eplayapti. Uning o'zini mini agenstvosi bor, faol auditoriyasi va aniq biznes modeli

https://x.com/alimdesigner_
2👍2
kimdurga qarab ish qilish, reja tuzish ahmoqlik,
ammo siz qachonki bir nuqtada qotib qolayotganingizni anglasangiz aminmanki bu sizni depressiyaga ko'madi

men buni tez-tez o'tkazaman va xatto biror ish qilishga qo'lim bormaydi, menimcha bu meni zaif tomonlarimdan biri

men ishlaydigan kompaniya founderi 27 yoshda va u ikkinchi yildayoq $10M investitsiya olishni epladi

hozir uning kompaniyasi yiliga ~$7.2M daromadga ega

dev teamdagi lead software engineer 24 yoshda, yiliga $240K maosh oladi

tushkunlikka tushish *qolib ketayotgandek his qilish yoki rostdan ham ahmoqlik - amin emasman

hozir revolutionary road kinosini ko'rib o'tirib kofe damlash yoki uxlash haqida o'ylab o'tiribman
agar boshidan ingliz tilida yozgandayam bu rus ekanini payqagan bolardim
🔥1