One lesson, one step, every day
2 subscribers
Har kuni - bitta saboq, bitta qadam
Download Telegram
Channel photo updated
Bir saboq – dars, fikr, hayotiy haqiqat
Bir qadam – sport, odat, harakat
Har kuni – o‘zgarish sari davomli yo‘l
🧠 Savol:

Qaysi eshikdan chiqasiz?

Tasavvur qiling, siz bir xonadasiz. Xonada 3 ta eshik bor:

🔥 1-eshik: Ichkarisida olovli alangalar, kirgan odam darhol yonib ketadi.
🐅 2-eshik: Ichida 3 kundan beri och bo‘lgan yovvoyi yo‘lbars bor.
3-eshik: Ichkarida yuqori kuchlanishli elektr tok doimiy oqimda urib turibdi.

Siz tirik qolishingiz uchun faqat bitta eshikni tanlashingiz mumkin.

Qaysi eshikdan chiqasiz? Nega?

A) 1-eshik
😎 2-eshik
C) 3-eshik
💬 Javobingizni yozing – mantiq bilan!
Assalomu alaykum
Sizdagi "qila olmayman" kabi fikrlarni yo'qotishingiz uchun quyidagilarni yozib oling:

1. "Inson qachon ulg'ayadi? Inson qachonki hayotdan nima olayotganini emas, nima berayotganini o'ylaganida" (Suqrot)

2. "Beruvchi qo'l oluvchi qo'ldan azizroq"

3. "Maqsadlaringiz tiniq bo'lgani sari, hayot o'zi sizga yo'l ko'rsatadi".

4. "Moziy qarab ish tutmoq xayrlidir"
Yodingizdan chiqmasin desangiz, yozib oling va hayotingizda tatbiq qiling:

1. "Kecha aqlli edim dunyoni o'zgartirishga harakat qildim, bugun donoman, o'zimni o'zgartiryapman"

2. "Nimaiki sani nazorating ostida bo'lsa va sani ta'sir doirangda amalga oshsa, o'shanga bor diqqatingni qarat. Va aksincha, nimaiki sani nazoratingda bo'lma, unga e'tibor berma" (Mark Aurelius)
Nima qilish kerak? Xulosa o'rnida
Maqsad va qadriyatlarni aniq belgilab oling. Nima xohlayapsiz hayotdan? Nolishni to'xtating. Sizning ta'sir doirangizda bo'lgan narsalarga fokus qarating, aniq maqsad bilan yashang. Ichki kuchingizga ta'sir qilishga harakat qiling. Ilmli, ziyoli odamlar atrofida bo'ling. Foydali podkastlar eshiting, rivojlaning, til o'rganing, kitob o'qing. Ham o'zingizga, ham boshqalarga katta katta imkoniyatlarni taqdim eta olasiz, hayotingiz yanayam yorqinroq ko'rinadi