#internet #telegram #maslahat
Telegram’da pul topishni istaysizmi? 🤔💰
Keyingi vaqtlarda internet foydalanuvchilari orasida «Telegram’da qanday qilib pul ishlasa bo‘ladi?» mazmunidagi savollar ko‘payib bormoqda. Shu kabi qiziquvchilar ko‘pligi bois, bu boradagi bir nechta tavsiyalar to‘plamini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.
👉🏻 Batafsil...
📝 O‘QING: Telegram'da siz uchun foydali botlar
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg

#mulohaza_uchun
NEGA MUVAFFAQIYAT OMADSIZLIKDAN BOSHLANADI? 🤔
Aksariyat muvaffaqiyatli insonlar baxtsizlik, omadsizlik tuyg‘usini boshqalardan ko‘ra yaxshi biladilar. Bu odamlar ularni mashaqqatga ro‘baro‘ qilayotgan hayotning zargar, o‘zlarini qimmatbaho tosh ekanliklarini anglaydilar va jilolanish uchun mashaqqatlarni quchoq ochib kutib oladilar. Ya’ni hayot zarba bergani sayin, o‘zingni olmos bilsang, zargar shakl berayotgan qimmatbaho tosh misol sayqallanib boraveradi. Haq narsada bir hikmat ko‘rish ham insonni tushkunlikdan asraydi, ishonchini oshiradi.
Hayot bunday sinovlar bilan siylaganlarni ko‘plab topish mumkin. Misol uchun, nomi oldidan “amerikalik”, “xitoylik”, “gongkonglik” degan nisbatlar beriladigan aktyor Jeki Channing bolaligi havas qilarli darajada o‘tmagan. Xitoydagi fuqarolar urushi bois uning ota-onasi mamlakatni tark etib, Avstraliyaga yo‘l oladi. Jeki esa 6 yoshida maxsus internat-maktabga topshiriladi. Aynan mana shu achchiq ayriliq uning taqdirini o‘zgartirib yubordi. Chunki u mazkur maktabda jang san’ati va akrobatikani o‘rganadi. Faoliyatini Bryus Lining filmlarida kaskadyorlikdan boshlagan Jeki Chan ustozining o‘limidan so‘ng bir nechta filmlarda suratga tushadi. Biroq u taqlid qilishdan to‘xtab, kurash san’ati va komediyani birlashtira olganidan so‘ng jahonning eng oldi va qimmat aktyorlaridan biriga aylandi.
Tasodifni qarangki, buyuk matematik olim, zamonaviy fizika nazariyasining asoschisi, XX asrning beqiyos dahosi, Nobel mukofoti sohibi Eynshteyn ham muhojirlikda umr kechirgan. Germaniya hukumati natsistlar partiyasi ixtiyoriga o‘tgach, hatto Eynshteynning boshi uchun katta pul ham tikiladi. Fizikning ko‘plab qo‘lyozma-kitoblari Gitlerning gulxanlarida yoqib yuboriladi. Nemis yahudiysi ekani uning taqdirini o‘zgartirib yuboradi. Olim 1933 yilda AQSh’ga ko‘chib ketadi. Ammo taqdirning bu beqarorliklari uning buyuk olim bo‘lib yetishishiga to‘sqinlik qila olmadi.
“Raqamli texnologiya otasi” deb nom qozongan Stiv Jobsning haqiqiy ota-onasi undan voz kechishgan. U boshqa ota-ona qo‘lida asrandi farzand sifatida ulg‘aygan bo‘lsa ham, garchi asrab olgan ota-onasi uni o‘zi xohlagan kollejda o‘qitish uchun pul topa olishmagan bo‘lishsa ham, Stiv Jobs jahonning eng qimmat va qudratli kompaniyasiga asos soldi.
Samoda parvoz qilayotgan varrak shamolga qarshi uchayotgani uchun ham balandga ko‘tariladi. Hayotda ham shunday: rad qilinish, tan olinmaslik, adolatsizlik, mashaqqat va muammolar oqibatida jismingizda va ruhingizda yuzaga kelgan kuch sizni olg‘a boshlaydigan quvvatga aylanadi. Shunda siz kun kelib o‘zingiz orzu qilgan cho‘qqini zabt etasiz. Hayot sizni qanchalar qattiq yerga ursa, sizda shu qadar balandga sakrash imkoni paydo bo‘ladi.
Tug‘ilishning o‘zi g‘oliblik! Modomiki, bu hayotga kelgan har kim Yerda o‘zining vazifasiga ega bo‘lar ekan, demak, barchaga muvaffaqiyatli bo‘lish, ya’ni g‘alaba qozonish imkoni ham berilgan. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan insonning omadi shundaki, uning xatolari qarshisida ko‘zgudagi kabi aks etadi, ro‘y-rost unga tikilib turgan bo‘ladi. Biroq hamma ham bu xatolardan muvaffaqiyat yasashga qodir emas. Chunki hammada ham xulosa chiqarish hissi bo‘lmaydi.
Xato va kamchiliklarimiz ko‘z oldimizda turganida biz boshqa narsani – qo‘ldan boy berilgan imkoniyatni, naf yoki kattaroq foydani o‘ylaymiz, bundan ranjib, tushkunlikka tushamiz yoki qattiq ranjiymiz. Mana shu daqiqalarda inson tanlovi uning taqdirini o‘zgantirib yuboradi: siz shu vaqtda hafsala topib, qayta kurashga kirishasiz yoki hammasini yig‘ishtirib, odatdagiday yashashda davom etasiz.
Yana bir muhim jihat bor: mag‘lubiyatga uchrab azoblansalar ham, yashash uchun kurashib, zulmat iskanjasidan yorug‘likka yetib kelgan odamlar aslida eng ko‘rkam va munosib insonlar bo‘lib kamolga yetadilar. Ular odamlarni oson tushunadilar, his qiladilar, muloyimlik va jonkuyarlik bilan boshqalarning yarasiga malham bo‘lishga intiladilar. Bunday odamlarning kamol topishi hayotning noyob hodisasi. Hayot ularni tarbiyalash uchun ham muvaffaqiyatsizliklar bilan mukofotlaydi.

2. Straightforward Pre-Intermediate CDrom.rar
38.7 MB
#learn_english_with_software
📚 “Straightforward Macmillan”ning darajalar bo‘yicha ajratilgan dasturlari bilan ingliz tilini o‘zlashtirib boramiz
Sizga taqdim etilayotgan “Straighforward Macmillan Pre-Intermediate” kursi dasturiy ta’minoti bilan har kuni kamida 1 soat vaqt ajratgan holda, ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlab borishingiz mumkin. Dastur diskda ko‘p joy egallamasligi bilan ham o‘ziga xosdir, ishlashi uchun ham kompyuterning apparat ta’minotiga yuqori talablar belgilamaydi.
👉🏻 Batafsil...
Dasturning keyingi darajasini kanalda bo‘lishishimiz uchun esa ushbu postimiz ostida kamida 5️⃣0️⃣ta ✅ belgisiga bosgan holda, o‘z ovozingizni qoldirishingizni kutib qolamiz. 😉
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
📚 “Straightforward Macmillan”ning darajalar bo‘yicha ajratilgan dasturlari bilan ingliz tilini o‘zlashtirib boramiz
Sizga taqdim etilayotgan “Straighforward Macmillan Pre-Intermediate” kursi dasturiy ta’minoti bilan har kuni kamida 1 soat vaqt ajratgan holda, ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlab borishingiz mumkin. Dastur diskda ko‘p joy egallamasligi bilan ham o‘ziga xosdir, ishlashi uchun ham kompyuterning apparat ta’minotiga yuqori talablar belgilamaydi.
👉🏻 Batafsil...
Dasturning keyingi darajasini kanalda bo‘lishishimiz uchun esa ushbu postimiz ostida kamida 5️⃣0️⃣ta ✅ belgisiga bosgan holda, o‘z ovozingizni qoldirishingizni kutib qolamiz. 😉
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#ict_news #security
Fransuz yoqilg‘i quyish shahobchalari zavod tomonidan o‘rnatilgan parol tufayli buzilgan
Frantsiyada 5 nafar jinoyatchilar hibsga olindi, ular Parij atrofidagi yoqilg‘i quyish shahobchalaridan 120 ming litrdan ortiq benzinni o‘g‘irlagan.
Ayblanuvchilar “Total” yoqilg‘i quyish shahobchasida o‘rnatilgan gaz nasoslari uchun masofadan turib blokdan chiqarish qurilmalaridan foydalanganlar.
Ular ikkita mashinada ishlashgan. Biri kelib yonilg‘i nasosini blokdan chiqargan. Shundan keyin yoqilg‘ini chiqarib olish uchun 2-3 ming litr hajmdagi furgon yetib kelgan.
Buzib kirishning amalga oshishiga sabab esa buzib kirilayotgan nasoslarda zavod tomonidan qoida bo‘yicha o‘rnatilgan “0000” paroli bo‘lgan.
Shunday qilib tajovuzkorlar to‘liq kirish huquqiga ega bo‘lishgan. Biroq, standart parolni o‘zgartirgan shahobchalarda, buzish qurilmalari ish bermagan.
📝 Manba: @bugfeature

#ict_news #internet #telegram
Telegram’da yozishmani to‘liq o‘chirish imkoni paydo bo‘ldi 🗑
Telegram messenjeri foydalanuvchilari endi xususiy suhbatlarda ham o‘zlarida, ham suhbatdoshlarida barcha xabarlarni o‘chira oladilar. Bu haqda messenjer ishlab chiquvchisi Pavel Durov ma’lum qildi.
Endi foydalanuvchilar suhbatlarda jo‘natilgan barcha xabarlarni o‘chirish imkoniga ega bo‘ldilar.
“Xabarni kim, qachon jo‘natgani ahamiyatga ega emas – siz uni to‘liq nazorat qila olasiz. Agar istasangiz, ikkala tomondan ham butun suhbatni o‘chira olasiz”, deb yozgan Durov.
Avval foydalanuvchilar oxirgi 48 soat davomida jo‘natilgan xabarlarnigina o‘chira olishgan. Endi bu cheklovlar bekor qilindi. Bundan tashqari, Telegram maxfiy chatlar deb ataluvchi chatlarni to‘liq o‘chirishga ruxsat beradi.
Shuningdek, messenjerda maxfiylik imkoniyatlari kengaytirildi – endi foydalanuvchilar o‘z xabarlari uchinchi kishilarga jo‘natilishi holatida ismlari va suratlarini yashira oladilar.
Durovning fikricha, yangi imkoniyatlar foydalanuvchilarga o‘z ma’lumotlari ustidan samarali nazoratni o‘rnatishni ta’minlaydi. Uning ta’kidlashicha, eski yozishmalar uning muallifiga qarshi o‘nlab yillar keyin qarshi qo‘llanishi mumkin edi, chunki ma’lumotlar suhbatdosh tomonida saqlanib qolardi va unga ta’sir qilib bo‘lmasdi.
Shuningdek, Telegram jamoasida ba’zi foydalanuvchilar xabarlarni o‘chirish imkoniyatini suiiste’mol qila boshlashlari mumkinligini anglashlari, biroq maxfiylik va ma’lumotlar nazorati ahamiyatliroq ekani ta’kidlab o‘tilgan.
P.S.:
📝 Manba: @kunuzofficial

Xo‘sh, hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, ushbu yangilanish borasida sizning fikringiz qanday?
📝 Manba: @kunuzofficial
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#ict_news #smartfon
1 apreldan O‘zbekistonda mobil qurilmalarni avtomatik hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi joriy etiladi! Qurilmani avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun haq olinmaydi.📱
Hisobga olish va qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi quyidagilardan foydalanishni cheklashga imkon beradi:
1️⃣. kontrafakt qurilmalarni – ya’ni IMEI-kodi qurilmaning haqiqiy modeliga muvofiq kelmaydigan qurilmani,
2️⃣. o‘g‘irlanganlik yoki yo‘qotganlik sababidan “qora ro‘yxat”ga kirib qolgan qurilmani,
3️⃣. bojxona nazoratidan o‘tmagan qurilmalarni.
Telefon sotib olishdan avval qurilma IMEI-kodi maqomini to‘g‘riligini – UZIMEI.UZ tizimining rasmiy saytida tekshirib olish tavsiya etiladi.
Mobil terminallarni hisobga olish nazorati tizimi quyidagilarga imkon beradi:
🔹Abonent qurilmalaridan foydalanish yoki o‘g‘irlangan qurilmalar bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish va aniqlash.
🔸O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy, kontrabanda yo‘l bilan abonent qurilmalarini olib kelinishini cheklash.
🔹Xaridorlarga abonent qurilmalarini sotib olish paytida ularning maqomini tekshirishga, xarid qilinayotgan mahsulot sifati va servis xizmati kafolatini ta’minlashga yordam berish.
🔸Xavfsizlik talabiga javob bermaydigan kontrafakt abonent qurilmalaridan foydalanishni kamaytirish hisobiga fuqarolar sog‘lig‘ini himoyalash.
🔹Kontrabanda va kontrafakt abonent qurilmalari noqonuniy aylanmasining pasayishi hisobiga telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobatni ta’minlash.

#operatsion_tizim
🖥 Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
Uydagi yoki ishxonangizdagi kompyuteringiz kerakli paytda o‘zi ishga tushib ketishini istaysizmi? Agarda tok manbaiga ulangan holida qoldiradigan bo‘lsangiz, buning iloji bor!
👉🏻 O‘QING: Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
Windows tizimida ishlovchi kompyuterning yonishini avtomatlashtirish uchun uning asosiy ishga tushirilish tizimi – BIOS’ga qirishingiz va u yerda quvvat sarflanishi bilan bog‘liq bo‘limga o‘tishingiz lozim. Mazkur bo‘lim “Power”, “Power-on Menu” yoki, masalan, “Power Scheduling” deb nomlangan bo‘lishi mumkin – bu ona plata (materinskaya plata) ishlab chiqaruvchisiga bog‘liq.
Biriktirilgan rasmda shu jarayon “Power On By RTC” sozlamasi orqali ko‘rsatilgan.
Ayni shu bandi kompyuterning avtomatik yoqilish vaqtini sozlash uchun xizmat qiladi, ammo u barcha kompyuterlarning BIOS’larida ham bo‘lmasligi mumkin. Agar topa olsangiz, hatto necha kungacha (0 – har kuni degani) shu vaqtda avtomatik yoqilishini ham sozlab qo‘ysangiz bo‘ladi.
Keyin esa o‘zgarishlarni saqlab, kompyuterni o‘chirib-yoqasiz – tayyor! Kerak bo‘lsa, endi u siz uchun budilnik vazifasini ham o‘tashi mumkin!
👉🏻 O‘QING: Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
📝 DiMaX Terabayt.uz

📱“Uzmobile” mobil internet to‘plamlarini arzonlashtirdi 📉
2019 yil 1 apreldan “Uzmobile” GSM xizmati internet to‘plamlariga o‘zgarishlar kiritilayotgani e’lon qilindi.
“Uzmobile” abonentlari uchun internet to‘plamlari endilikda 500 migabaytdan 75 000 megabaytgacha 30 kun mobaynida hamyonbop narxlarda taklif qilinmoqda.
“Internet tarmog‘ida yanada faol foydalanuvchilar uchun barcha to‘plamlar va “Internet non-stop” seriyalari avto davomiy tarzda yangilangan, ushbu xizmatlar ikkinchi oydan boshlab yana 10 foizga arzonlashadi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Yangi tariflar bilan batafsil kompaniya saytida tanishish mumkin.
📝 Manba: @xabaruzofficial

• Doimiy bandlik hissi insonlarni baxtliroq qiladi.
📝 Manba: @Kniga_Rekordov

#ict_news #mulohaza_uchun
Texnologiya kompaniyalarining 1 aprel hazillari 😅
1 aprel butun dunyoda hazil-mutoyiba kuni sanaladi. Bunday o‘ziga xos imkoniyatdan, albatta, texnologiya dunyosi vakillari ham unumli foydalanib, o‘z foydalanuvchilari va xaridorlari ko‘nglini ko‘tarishga harakat qiladi. Hi-Tech Mail.Ru sayti 2016 yilgi ana shunday o‘ziga xos hajviy “chiqishlar”ni to‘pladi.

ULKAN MUVAFFAQIYAT – KATTA MUVAFFAQIYATSIZLIK MEVASI (1-qism) 🤔
Hayot mo‘jizalarga boy. Aks holda oddiy, omadsiz bolalik sohiblaridan buyuk va yetakchi insonlar yetishib chiqmagan bo‘lar edi. Inson harakat qilsa, o‘ziga munosib umrga erishadi.
Muvaffaqiyatga erishish istagida bo‘lganlar muvaffaqiyatsizliklari sonini ikki barobarga oshirsinlar, degan edi donishmandlardan biri. Yuqorida qayd etganimdek, tarixga diqqat bilan nazar solsangiz, barcha buyuk hikoyalar tagzaminida aslida katta yo‘qotishlar, mag‘lubiyatli davrlar turgan bo‘ladi. Biroq muvaffaqiyatli insonlar bu bo‘hronlar qurshovida qolib ketmaydilar.
Quyida avvaliga omadsiz yoki bilimsiz, deb hisoblangan, ammo keyinchalik jamiyatning va jahonning nufuzli insonlariga aylangan shaxslarning hayotlaridan qisqa lavhalarni o‘qishni tavsiya qilaman.
Harland Devid Sanders. KFC kompaniyasining ramzida bu insonning qiyofasini ko‘p ko‘rganmiz. Bu chol har gal bizni “Kentucky Fried Chicken” kompaniyasining mazali, qovurilgan jo‘jasini ishtaha bilan yeyishga taklif etadi. 1890 yilda tug‘ilgan Harland Devid Sanders 6 yoshida otasidan ayriladi. O‘gay ota uni akalariga qo‘shib boshqa shaharga badarg‘a qiladi. Yoshligidanoq pazandalikka qiziqishi yuqori bo‘lgan Sanders 1939 yilda 11 xil giyoh va ziravor yordamida jo‘ja qovurishning yangi usulini kashf qiladi. 1950-yillarda bu Kentukkidagi eng mashhur taomga aylanadi. Bugungi kunda KFC restoranining 118 davlatda jami 20 mingga yaqin shohobchalari bor. Ularning peshtoqini Sandersning tabassum qilib tushgan surati bezab turibdi.
Stiven Spilberg. U Janubiy Kaliforniya kinofilm universitetiga kirishni doim orzu qilardi. Biroq 12 yoshida 8 daqiqali film yaratgan Stiven yuqori maktabda olgan past baholari tufayli uch marta ketma-ket urinib ham bu o‘quv yurtiga kira olmadi. Keyin hammasini tashlab, rejissyorlikka qo‘l urdi. O‘n ikki marotaba “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi film uchun” nominatsiyasida taqdirlangan ijodkorlarning bugungi muvaffaqiyatlaridan o‘zingiz boxabarsiz. Bir vaqtlar uni qabul qilmagan universitet 1994 yilda Stivenga faxriy diplom berdi. 1996 yilda esa rejissyor bu universitetni otaliqqa oldi.
Soichiro Honda. U temirchining o‘g‘li, “yaponiyalik Genri Ford”. Soichiro bolaligidan otasiga qarashib katta bo‘ldi. Ota-bola birgalashib mototsikllarni tuzatishardi. O‘n besh yoshida uyidan chiqib, Tokioga yo‘l oladi. Soichiro Honda ish izlab Toyota kompaniyasiga kelganida uni ishga olishmagan. Urilib-surilib yashalgan umr, haqorat va tahqiromuz o‘tgan yillardan so‘ng, Soichiro 22 yoshida o‘zining ilk avtomobil ta’mirlash ustaxonasiga asos soladi. Kunlarning birida u mototsikl yasay boshlagan. Bir fursat o‘tib, mehnat va mashaqqat bilan o‘tgan kunlar va tunlar evaziga Soichiro Honda o‘zining “Honda Motor Co., Ltd.” kompaniyasiga asos soladi.
Uolt Disney. Gazetada ishlab yurganida muharrir uni ishdan haydab yuboradi. Unga tasavvurining rivojlanmagani, bu bilimi bilan hech qayerda ishlay olmasligi, bunaqa kalladan faqat puch g‘oyalar chiqishi mumkinligini aytishadi. Shunday bo‘lsa ham, Uolt Disney puch g‘oyalarga ishondi, o‘z kompaniyasiga asos solib, biznesda o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Ammo uning omadi kelmaydi. Uoltda umidsizlikka tushmaslik fazilati bor edi. Keyin u “Qorqiz” multfilmini suratga oldi. Nihoyat, bu ishi unga olamshumul nufuz olib keladi. Barchamiz uning kompaniyasi yaratgan ijodiy ishlarni yaxshi ko‘ramiz, bugungi yosh avlod ham yangi filmlardan ilhomlanib ulg‘aymoqda.
Ushbu maqolaning 2-qismi
📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi
“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”
📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.
👨🏻💻@itspecuz

#android #iPhone #iOS
Telegram’da o‘zingiz tomonda tozalangan, lekin suhbatdoshingizda qolishi mumkin bo‘lgan yozishmalar qanday o‘chiriladi🔚
💬 Telegram’ning yangilangan versiyasi ikki tomondan o‘zingizning va boshqalarning xabarlarini — o‘zingizda va suhbatdoshlaringizda o‘chirish imkonini beradi. Mantiqan savol yuzaga keladi: siz oldinroq tozalagan chatlardagi xabarlardan qanday qilib to‘liq xalos bo‘lish mumkin? Boisi siz unda qanday xabarlar bo‘lganini ko‘ra olmaysiz va ularni tanlashni uddalay olmaysiz, vaholanki suhbatdoshingizdagi yozishmalaringiz tarixida yozilgan xabarlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
👩 Suhbatdoshingizdan siz bilan birgalikda chatni tozalashni so‘rashingiz mumkin, albatta, lekin uning bunga ko‘nib, vijdonan yondashishiga hech qanday kafolat yo‘q.
🛠 Biroq ma’lum bo‘lishicha, Pavel Durov barchasini puxta o‘ylab qo‘ygan. Buning uchun quyidagi qadamlar bajariladi:
1️⃣. Umumiy ro‘yxatdan foydalanuvchi bilan sizning o‘rtangizdagi chat izlab topiladi.
2️⃣. Chatning ikonkasiga uzoqroq bosib turiladi.
3️⃣. Удалить bandi tanlanadi.
4️⃣. Также удалить для...’ning ro‘parasiga qushcha belgisi qo‘yiladi.
5️⃣. Удалить bosiladi.
✅ Shundan so‘ng suhbatdoshingiz ko‘ra olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar yozishmalar tarixidan o‘chiriladi, bunda hattoki sizning chatingizda tozalashdan so‘ng ko‘rinmay qolgan xabarlar ham suhbatdoshingiz tomonida o‘chiriladi.
❗️Fikringizni o‘zgartirib, suhbatdoshingiz uchun yozishmalarni esdalik uchun qoldirishni qaror qilsangiz, Отмена tugmasiga bosish uchun sizga besh soniya vaqt beriladi.
📝 Manba: @smartphonesecrets

#maslahat #smartfon
• Agar telefonni 90%gacha zaryadlab, zaryad 10%ga tushguniga qadar foydalanilsa, akkumulyator ko‘proq xizmat ko‘rsatadi.
📝 Manba: @Kniga_Rekordov
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
• Agar telefonni 90%gacha zaryadlab, zaryad 10%ga tushguniga qadar foydalanilsa, akkumulyator ko‘proq xizmat ko‘rsatadi.
📝 Manba: @Kniga_Rekordov
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun
ULKAN MUVAFFAQIYAT – KATTA MUVAFFAQIYATSIZLIK MEVASI (2-qism) 🤔
Ushbu maqolaning 1-qismi
Albert Eynshteyn. Olimning bolaligi og‘ir o‘tgan. U to‘rt yoshga kirganidagina gapira boshlagan va yetti yoshida yozishni o‘rgangan. O‘qituvchilari unga nuqul tayinli odam bo‘la olmasligini, esi pastligini aytib hafa qilishgan. Lekin Eynshteynning o‘ziga xos dunyosi, fikrlash usuli bor edi. Kun kelib u fizika bo‘yicha Nobel mukofotini olganida uning o‘qituvchilari tilini tishlagan bo‘lsalar, ajab emas.
Isaak Nyuton. Unga oilaviy fermani boshqarish vazifasi topshirilgan kundan boshlab mollar qirilib, bog‘lar quriy boshlagan, fermaning tez orada inqirozga yuz tutishi ayon bo‘lib qoladi. Isaakdan fermer chiqmasligini bilgan oila bo‘lajak olimni o‘qitishga ahd qilgan va shaharga jo‘natgan. Isaak Nyuton Kembrij universitetiga kirib, fizikani o‘zlashtira boshlagan. Olma esa uning boshiga anchadan keyin, daraxt tagida dam olayotganida tushgan.
Genri Ford. U ham bolaligidanoq taqdir zarbalarini tatib ko‘rgan. Genrining ota-onasi yoshligidayoq vafot etishgan va u qo‘shnilar qo‘lida voyaga yetgan. Genri Fordning birinchi avtomobil kompaniyasi inqirozga yuz tutgan. Ikkinchisini esa sheriklari bilan chiqisha olmaganligi sabab o‘zi tashlab ketgan. Uchinchi kompaniyada savdo ko‘lami past bo‘lgan. Ammo janob Genri bo‘sh kelmagan. Keyinchalik u amerikalik mashhur tadbirkorlardan biriga, “avtomobil sanoati otasi”ga aylangan.
Jeyms Dayson. Bu britaniyalik tinib-tinchimas odam eng yaxshi changyutkichni yaratish uchun 15 yil davomida roppa-rosa 5126 xil changyutgich namunasini yaratgan. Uni o‘z yurtida hech kim qo‘llamagan. Yaponiyalik sarmoyadorning yordami bilan u o‘zi istaganidek bekami-ko‘st changyutgichni yaratishga erishgan. Bugungi kunda jahonda aynan Dyson belgisi qo‘yilgan changyutgichlar eng qimmatbaho va xaridi chaqqon ekan. “Muvaffaqiyatni o‘rganib bo‘lmaydi, biroq muvaffaqiyatsizlik – katta bilim”, degan edi ixtirochi.
Joan Rouling. Nomi chiqmagan bu adibaning ishlari to‘satdan orqaga ketdi: ichkilikka mukkasidan ketgan turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgach, o‘zi va qizini boqish uchun yanada ko‘proq yozishi kerakligini tushunib yetadi. Tun pallasi, qizi uyquga ketgach u Garri Potter haqidagi ilk romanini yoza boshlaydi. Avvaliga 12 ta noshir rad etgan ushbu asar ayni paytda 80 ga yaqin tilga tarjima qilingan va muallifga 20 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ keltirgan. Hozir bu asar xalqaro darajada eng ko‘p sotiladigan kitoblar qatoridan joy olgan. Aytishlaricha, Rouling xonim kitob yozib milliarder bo‘lgan ilk yozuvchilardan.
Stiven King. Amerika va jahonning taniqli adiblaridan biri. Adib oila qurgach, iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kela boshlaydi. Yosh oilada telefon xarajatlarini qoplash uchun ham ortiqcha mablag‘ yo‘q edi. Uning moddiy jismlarga ta’sir o‘tkaza oluvchi qiz haqidagi “Kerri” nomli romani avvaliga o‘ziga ham yoqmaydi va adib uni axlat chelagiga tashlab yuborgan. Ammo bedor tunlari va mashaqqatlariga guvoh rafiqasi qo‘lyozmani topib olib, adibni asarni nashriyotga berishga ko‘ndirgan. Stiven Kingning 60 dan ziyod ilmiy-fantastik romanlari asosida yuzlab filmlar ishlangan, ulardan bir qanchasi Oskar mukofotini olgan. Adibni bugun tanimagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. Kingning romanlari dunyoning turli tillarida 400 million nusxada chop etilgan.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, boy va muvaffaqiyatli bo‘lishimiz o‘tmishimizga bog‘liq emas.

#ict_news #maslahat
Google stajirovkasida qatnashib, 3000 dollar stipendiya oling! 💻💰
Qidiruv giganti o‘zining Google Summer of Code stajirovkasida ishtirok etishni xohlovchilardan arizalar qabul qilmoqda. Ariza topshirish 9 aprelgacha davom etadi, deb yozadi Spot.uz.
Mazkur amaliyotda barcha (AQSh embargo qo‘yganlaridan tashqari) mamlakatlarning 18 yoshga to‘lgan talabalari ishtirok etishlari mumkin. Nomzod akkreditlangan oliy o‘quv yurtida bakalavriat, magistratura yoki aspiranturada o‘qiyotgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, o‘z yurtida butun dastur mobaynida, ya’ni uch oy davomida ishlay olishi ham talab etiladi.
Talabalar bunda Google avvaldan tanlab olgan, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniyalarning loyihalari ustida ishlashadi. Google Summer of Code stajirovkasida qatnashish uchun talaba (magistrant, aspirant) shu loyihalardan birini tanlashi va ariza berishi darkor. Keyin esa kompaniya nomzodlar orasidan stajorni tanlab oladi. Stajor dastur mobaynida ustoz rahbarligi ostida ishlaydi.
Agarda amaliyotchi loyiha ustidagi ishini muvaffaqiyatli yakunlasa, moddiy rag‘batlantirish, ya’ni stipendiya oladi. Stipendiya uch qismga bo‘lib – ishning har bir bosqichi yakunida to‘lanadi:
▪️iyunning oxirida – 30%;
▫️iyulning oxirida – 30%;
▪️avgustning oxirida – 40%.
Stajorlarga to‘lanadigan stipendiya hajmi 3000 dan to 6600 AQSh dollarigacha bo‘lib, xarid qobiliyati pariteti asosida hisoblanadi. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun stipendiya hajmi 3000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Google Summer of Code amaliyoti haqida batafsil ma’lumot olish hamda ariza topshirish uchun mana bu havola orqali dasturning rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.
📝 DiMaX @terabaytuz

#smartfon #internet #maslahat
📱Yo‘qolgan telefonni “Google” yordamida topishni bilasizmi?🕵🏻️♂️
Hech uyingizda turgan smartfoningizni qidirib sarson bo‘lganmisiz? Tanish holat, shunday emasmi? Shuyam muammomi, boshqa telefondan qo‘ng‘iroq qilinsa bas — topiladi, masala hal deyishingiz mumkin. Buyam yaxshi, sinalgan usul. Ammo uyda yolg‘iz qolganingizda, ya’ni telefon bitta (ya’ni siz qidirayotgan telefon) bo‘lsa nima qilasiz?
Bunday vaziyatda “Google” va uning qurilmalarni boshqarish servislari sizga yordamga keladi. Ya’ni siz qidirayotgan smartfonga “Google” qo‘ng‘iroq qiladi.
“Google”dan qo‘ng‘iroq olish oson. Buning uchun:
1️⃣. “Google”ning qurilmalarni boshqarish sahifasiga kirasiz.
2️⃣. Ro‘yxatdan kerakli qurilmani topasiz.
3️⃣. “Qo‘ng‘iroq qilish” (Прозвонить) bandini tanlaysiz.
Shundan so‘ng telefoningiz jiringlaydi va uni osongina topib olasiz. Foydalanishni tavsiya qilamiz!
Eng qizig‘i, smartfoningiz “ovozsiz” rejimda bo‘lsa ham “Google” qo‘ng‘irog‘iga ovoz beradi!
❗️Eslatma! “Qurilmani topish” servisidan foydalanish uchun hech bo‘lmaganda bitta android-qurilmangizni oldindan faollashtirishingiz zarur.

Sizda Telegram tarmog‘ida yuritiluvchi kanalingiz bormi?
Anonymous Poll
47%
Ha
39%
Yo‘q
14%
Yuritishni rejalashtirib yuribman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #internet
• Google Docs’da Google Translate orqali qatorlarni tarjima qilishni bilasizmi?
📝 Manba: @uzbdevelopers
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
• Google Docs’da Google Translate orqali qatorlarni tarjima qilishni bilasizmi?
📝 Manba: @uzbdevelopers
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #smartfon
25 yillik infografika: Telefonlar sotuvlaridagi o‘zgarishlar📱📈
1992 yildan 2017 yilgacha qaysi kompaniya eng ko‘p telefon sotishga muvaffaq bo‘lgan? TheNextWeb shunga oid infografikasi bilan bo‘lishdi.
Ma’lumotlarning aksariyat qismi Vikipediyaning “Eng ko‘p sotiluvchi mobil telefonlar ro‘yxati”dan olingan. Qolgani esa mustaqil ravishda izlab topilgan.
Samsung qancha vaqt davomida bu maydondagi asosiy o‘yinchi bo‘lgani haqida bilasizmi? Taxminan 1998 yildan boshlab Koreya kompaniyasi mobil telefonlar ro‘yxatining cho‘qqisida. Amerika kompaniyalari orasida esa mobil telefonlar maydonida yirik o‘yinchilar kam ekanligi ko‘pchilikni ajablantirishi mumkin.
Infografikadagi yana bir qiziqarli element - Xitoy telefon ishlab chiqaruvchilarining kutilmaganda yuqorilashi. 2015 yildan boshlab Xitoyning qator kompaniyalari reytingda ko‘tarilgan. Bozor innovatsiyalarining katta qismi Sharq kompaniyalariga tegishli.

#mulohaza_uchun #maslahat
BU SHUNCHAKI IMTIHON!
(Dunyodagi barcha ota-onalar o‘qishi shart bo‘lgan maktub)
Singapurdagi o‘rta maktablardan birining o‘qituvchilar jamoasi imtihondan oldin ota-onalarga ushbu maktubni yuborishdi:
“Qadrli ota-onalar!
Hademay bolalarimizning imtihonlari boshlanadi. Barchangiz farzandlaringizning imtihonni yaxshi topshirishlari uchun tashvishlanayotganingizni bilamiz.
Ammo, iltimos, unutmang: ular orasida rassom bo‘lishni xohlayotganlar borki, ularga matematikani tushunishning keragi yo‘q;
bo‘lajak boshqaruvchilar borki, ular tarix yoki ingliz adabiyotiga qiziqishmaydi;
bo‘lajak musiqachilar borki, kimyo fanining bahosi ular uchun hech qanday ahamiyatga ega emas;
atletikachilar borki, jismoniy mashg‘ulotlar ular uchun fizika fanidan muhimroq...
Agar farzandingiz yuqori baho olsa, bu ajoyib! Biroq, bunday bo‘lmasa, iltimos, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va qadr-qiymatini tortib olmang! Ularga hammasi yaxshi ekanligini, bu shunchaki imtihon ekanligini ayting! Ular hayotda bundan-da kattaroq ishlarga qodirdir. Iltimos, ularga bahoning ahamiyati yo‘qligini ayting! Ularni seving va ayblamang!
Agar shunday yo‘l tutsangiz, ko‘rasizki, farzandingiz dunyoni zabt etadi!
Birgina imtihon yoki past baho ularning orzulari va iste’dodlarini tortib ololmaydi...
Hurmat bilan, o‘qituvchilar jamoasi.”
✍🏻 Go‘zal Ro‘ziyeva tarjimasi
📰 “Ma’rifat saodati” gazetasining 2019 yil 28 mart №6 sonidan olindi
📝 Manba: @informatika