IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasm_bilan_ishlash #maslahat

🪄 Photoshop'dagi “Patch Tool” vositasi sehri.

📝 Manba: @PhotoshopForYou

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Rasm bilan ishlash rukni ostida turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
📋 “IT specialist” kanalida shu kunga qadar ulashilgan foydali maqolalardan iborat #mundarija'larimiz ushbu postimizda jamlangan:

01. #operatsion_tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
02. Linux operatsion tizimi eslatib o‘tilgan postlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
03. Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
04. Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
05. Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz.
06. Windows'da oynalarni boshqarishga oid mavzular ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
07. Tizim bilan ishlashni tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
08. Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
09. PDF-fayllari bilan ishlash bo‘yicha mavzular, dastur va mobil ilovalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
10. Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
11. Berkitish va ko‘rsatishga doir turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
12. Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
13. Uyqu rejimi, gibernatsiya va kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirishga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz.
14. Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
15. Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
16. #word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
17. #excel rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
18. #powerpoint rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism.
19. #security rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism.
20. #internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.
21. Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
22. Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
23. YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
24. #tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism.
25. 🖥 Foydali kompyuter dasturlari ro‘yxati keltirilgan postimiz.
26. 📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
27. Turli turkumlarga doir mobil ilovalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
28. 🎮 O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
29. #smartfon, #android, #iOS va #iPhone ruknlari ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.
30. #rasm_bilan_ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz: 1-post.
31. #learn_english_with_software: rukni ostidagi postlarimiz: 1-qism.
32. #telegram, #telegramda_kanal_yuritish ruknlari ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postlar: 1-post | 2-post.
33. #mulohaza_uchun rukni ostida Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija: 1-qism.
34. Kitobga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
35. #mulohaza_uchun #maslahat ruknlari ostida salomatlikka oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
36. Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatlarimiz muntazam ravishda yangilanib boradi, bizni kuzatishda davom eting, qiziqarli postlar hali oldinda! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #maslahat #internet #ict_news

Microsoft rasman 2021-yil oktyabrda nashr etilgan Windows 11'ning 21H2 versiyasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi.

Joriy yilning 10-oktyabridan boshlab operatsion tizimning ushbu versiyasi har oylik xavfsizlik yangilanishlari va xatoliklarni tuzatish bo‘yicha patch'larni qabul qilmayapti.

Kompaniya kompyuterdan xavfsiz foydalanishda va yangi funksiyalarni qabul qilishda davom etish uchun operatsion tizimni yangiroq versiyasiga yangilashni tavsiya etadi.

📝 Manba: @pcteapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#excel #maslahat

↔️ “Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas!

Jadval sarlavhasi yuqorisidagi yacheykalarning birlashtirilishi odatda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi:
• bunday jadvalga filtr o‘rnatishda u birlashtirilgan diapazondan faqat eng chap ustunning qiymatlarini ko‘rsatadi;
• sarlavhada birlashtirilgan yacheykalar mavjud bo‘lsa, ustunlarni kesish va ularni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi;
• ustunlarda har doim ham chegara ustiga ikki marta bosish orqali avtomatik kenglikni tayinlab bo‘lmaydi.

Jadvalning funksionalligini yo‘qotmasdan, uning sarlavhasini qanday qilib chiroyli qilish mumkin?

— 1-qadam
“Birlashtirilishi” lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilaymiz (bu xuddi birlashtirilgan kabi ko‘rinsa-da, aslini olganda unday bo‘lmaydi).

— 2-qadam
Формат ячеек
(CTRL + 1) muloqot oynasining Выравнивание varaqasidagi по горизонтали: sohasida по центру выделения variantini tanlaymiz.

OK'ni bosamiz. Endi vizual ravishda sarlavha birlashtirilgandek ko‘rinadi, lekin barcha yacheykalar butunligini va ularga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha funksionalni o‘zida saqlab qoladi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizim #maslahat

🆙 Windows uchun layfxak: qotib qolgan kompyuterimizni “jonlantiramiz”

Windows o‘rnatilgan shaxsiy kompyuter ishga tushirilganida qandaydir sabablarga ko‘ra ekran qorayib, sichqoncha kursoridan tashqari hech qanday element ko‘rinmayabdi deylik.

Bunday vaziyatda shunchaki CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali “Диспетчер задач Windows” (Task Manager) oynasi ekranga chaqiriladi va undagi menyu satrida “Файл” (File)“Запустить новую задачу” (Run new task) bandlari bo‘ylab o‘tiladi.

Ochilgan oynachada EXPLORER.EXE buyrug‘i kiritilib, OK tugmasi yoki ENTER klavishi bosiladi. Tayyor, -1 muammo. 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#excel #maslahat

↔️ “Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas!

Jadval sarlavhasi yuqorisidagi yacheykalarning birlashtirilishi odatda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi:
• bunday jadvalga filtr o‘rnatishda u birlashtirilgan diapazondan faqat eng chap ustunning qiymatlarini ko‘rsatadi;
• sarlavhada birlashtirilgan yacheykalar mavjud bo‘lsa, ustunlarni kesish va ularni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi;
• ustunlarda har doim ham chegara ustiga ikki marta bosish orqali avtomatik kenglikni tayinlab bo‘lmaydi.

Jadvalning funksionalligini yo‘qotmasdan, uning sarlavhasini qanday qilib chiroyli qilish mumkin?

— 1-qadam
“Birlashtirilishi” lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilaymiz (bu xuddi birlashtirilgan kabi ko‘rinsa-da, aslini olganda unday bo‘lmaydi).

— 2-qadam
Формат ячеек
(CTRL + 1) muloqot oynasining Выравнивание varaqasidagi по горизонтали: sohasida по центру выделения variantini tanlaymiz.

OK'ni bosamiz. Endi vizual ravishda sarlavha birlashtirilgandek ko‘rinadi, lekin barcha yacheykalar butunligini va ularga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha funksionalni o‘zida saqlab qoladi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat

🖥
Monitorni onlayn sinovdan o‘tkazish

Tasvirning tiniqligi, ranglarning yetkazib berilishi, miltillashlar – bu sizning vizual qabul qilish markazingizga ta’sir qiluvchi monitorning asosiy xususiyatlardir. Aynan shularni sinovdan o‘tkazish uchun Monteon – kompyuter monitori yoki smartfon displeyini sinab ko‘rish va sozlashda yordam beradigan xizmat mavjud.

Hatto bitta o‘lik piksel ham tomosha qilish zavqini buzishi mumkin, aniq va boyitilgan ranglar esa tasvirni jonlantiradi. Monitoringiz ranglarni buzmasdan uzatayotganiga ishonch hosil qiling.

Ushbu xizmat nafaqat ekraningizdagi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlashga yordam beradi, “Узнать больше о тестах” bo'limida har bir testning batafsil nazariyasi, ular qanday sharoitlarda bajarilishi lozimligi va ular asosida monitorning holatini qanday baholash mumkinligi tasvirlangan.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #maslahat

Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova

1️⃣. Dreamie Planner | Yuklab olish

Ko‘plab chiroyli fonlar va smayliklarni o‘z ichiga oluvchi yorqin va qulay mobil ilova. Oy, hafta, kun uchun rejalashtirish imkoniyati mavjud.

2️⃣. My Tasks To Do List & Diary | Yuklab olish

Kalendar, kundalik, rejalashtirgichlarning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan oddiy va qulay interfeysli mobil ilova. Kun yoki haftalik vazifalaringizni oson tuzib boring.

3️⃣. To Do List & Goal Planner | Yuklab olish

Oddiy va minimalistik tamoyilidagi mobil ilova. Uning yordamida maqsadlar, vazifalar, quyi vazifalar, qaytariluvchi vazifalarni belgilash, ularni guruhlash, eslatmalar, vidjetlar yaratish imkoni bor. Shuningdek ishlardagi taraqqiyotning avtomatik hisobi ham yuritiladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha mobil ilovalar
Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
Video bilan ishlash uchun foydali mobil ilovalar
Chizmachilik uchun mobil ilovalar
Dasturlashni o‘zlashtirib borish uchun mobil ilovalar
Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova
Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar
List of English & IELTS Channels to follow
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#word #maslahat

📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (1-qism)

Word bilan hamma ishlaydi, biroq har kim ham undagi ishni ancha osonlashtiruvchi fishkalari haqida bilmaydi. E’tiboringizga har kuni bajariluvchi vazifalarni avtomatlashtirish va matnni tayyorlashni tezlashtirish bo‘yicha bir nechta sir-asrorlarni havola etmoqchimiz.

1️⃣. Hujjatga sana va vaqtni tezkor joylashtirish

Joriy kun, oy va yilni hujjatga tezkor joylashtirish uchun SHIFT + ALT + D klavishlari kombinatsiyasini qo‘llash mumkin. Sana KK.OO.YYYY formatida aks etadi.

Vaqt bilan ham xuddi shu amalni SHIFT + ALT + T birikmasi yordamida amalga oshirish mumkin.

📌 P.S.: Hujjatga ushbu usul yordamida joylashtirilgan sana va vaqt – hujjat har safar qayta ishga tushirilganida yangilanib boradi 🔄.

2️⃣. Registrni tezkor almashtirish (harf katta-kichikligini boshqarish)

Agarda tasodifan matnni mos kelmagan registrda kiritib qo‘ygan bo‘lsangiz, ushbu matn bo‘lagini belgilang va SHIFT + F3 klavishlari birikmasi yordamida registrni kattadan kichikka va aksincha o‘zgartiring.

3️⃣. Kursorni so‘zlar bo‘ylab o‘tkazish

Agarda kursorni klaviatura strelkalari yordamida boshqarsangiz, u har bir simvol bo‘ylab siljiydi. Ushbu siljishni “tezlashtirish” uchun strelkalarni bosish oldidan CTRL klavishini bosib turing. Kursor so‘zdan-so‘zga o‘tish orqali tezkor siljiydi.

📌 P.S.S.: CTRL + SHIFT va strelkalarni bosish orqali so‘z hamda abzatslarni tezkor belgilashingiz mumkin.

4️⃣. Ro‘yxat elementlari/jadval satrlari o‘rnini o‘zgartirish

Agarda ro‘yxat elementlari/jadval satrlari tartibini o‘zgartirish zarurati yuzaga kelsa, o‘rni almashtirilishi lozim bo‘lgan satrga kursorni joylashtiring va SHIFT + ALT birikmasini bosib turgan holda mos ravishda va strelkalarini bosing.

Davomi keyingi postda... 😉

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #maslahat

💾
Microsoft Word'da fayllarni saqlash qulayligini oshiramiz

Odatda, yangi hujjat yaratilganida, Word kerakli saqlash joyiga o‘tish uchun sichqoncha tugmasini bir necha marta bosishingiz kerak bo‘lgan muloqot oynasini ekranga chaqiradi.

Ammo ko‘pincha bizda fayllar uchun asosiy papka mavjud bo‘lib, unda biz allaqachon fayllarimizni tartiblab kelayotgan bo‘lamiz. Nega endi bizga kerak bo‘lgan standart papkani darhol ochmasdan, dastur taklif etgan muloqot oynasi orqali ishimizni uzaytarishimiz kerak?!

Buning uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

1️⃣. “Файл” → “Параметры” bo‘ylab o‘ting.

2️⃣. Sozlamalar oynasining o‘ng tomonidagi “Сохранение” bo‘limini tanlang.

3️⃣. “Не показывать представление Backstage при открытии и сохранении файлов” bandiga qushcha belgisini o‘rnating.

4️⃣. “Расположение локальных файлов по умолчанию” maydonida yangi fayllar saqlanishi uchun taklif etilishi rejalashtirilgan papkangiz manzilini ko‘rsating.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija