IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #hardware #software #IT_humor

Yo‘riqnomalarni o‘qib, amal qiladiganlar bormi oramizda? 🤔

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #hardware #texnologiya

⚡️ USB orqali 240 Vt endi haqiqat

VIA Labs
kompaniyasi (USB kontrollerlari yetkazib beruvchisi) USB-IF standartini sertifikatladi. Yuqori zaryadlash quvvatidan tashqari, portning universalligi ham ortdi.

Endi noutbuklar USB 4 yoki DisplayPort yordamida muqobil rejimda tasvirlarni tashqi displeyga chiqarish – bir vaqtning o‘zida video oqimini uzatish va quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi standartga ega dastlabki noutbuklar joriy yil yakunida paydo bo‘ladi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware

🎦 Windows'da kamerani o‘chirib qo‘yamiz

Agar sizning kamerangiz maxsus to‘sgich bilan jihozlanmagan bo‘lsa va bu sizni xavotirda qo‘ysa, Windows sizga kamerani o‘chirib qo‘yishning ikki usulini taklif etadi: uni “Диспетчер устройств”da butunlay o‘chirib qo‘yish yoki alohida ilovalar uchun kameraga murojaat etishni cheklash mumkin.

1️⃣. Kamerani butunlay o‘chirib qo‘yish uchun WIN + Pause/Break klavishlari birikmasini bosish orqali “Система” oynasini ekranga chaqiring va unda “Диспетчер устройств” bandi bo‘ylab o‘ting. Kamera (“Камеры” bo‘limida joylashgan)ning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va “Отключить устройство” bandini tanlang.

2️⃣. Alohida ilovalarning kameraga murojaat etishini cheklash uchun klaviaturangizdagi WIN + I klavishlari birikmasini bosish orqali Windows sozlamalari oynasini oching va undagi “Конфиденциальность” bo‘limiga o‘ting.

“Камера” bo‘limida siz qurilmadagi kameraga murojaatni cheklash uchun “Изменить” tugmasini bosishingiz mumkin. Ilova uchun kameradan foydalanish imkoniyatini boshqarish uchun “Разрешить приложениям доступ к камере” guruhidagi faollashtirish / o‘chirib qo‘yish tugmasidan foydalaning.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #hardware #maslahat

✈️ Parvoz rejimi (Авиарежим, Режим полета)'ni qo‘llash mumkin bo‘lgan 7 holat

Bu smartfonni yoqiq holatda qoldirgan holda – mobil tarmoq, Wi-Fi, Bluetooth, GPS kabi signallarni qabul qilish va yuborish bo‘yicha barcha funksiyalarni o‘chirib qo‘yuvchi avtonom rejimdir. Ushbu funksiyalarni o‘chirib turish zarurati nafaqat parvoz paytida, balki boshqa holatlarda ham yuzaga kelishi mumkin.

1️⃣. Avtonomlik (batareya quvvati vaqti)ni oshirish

Nostabil mobil tarmoq – akkumulyatorni juda tez quvvatsizlantiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Buning sababi gadjetning tarmoqni izlash va aloqani tiklashga bo‘lgan tinimsiz urinishlari bilan bog‘liq. Shu bilan birga, ko‘plab tadqiqotlarga ko‘ra, bunday turdagi nurlanish jonli mavjudotlar uchun eng zararlaridir. Shuning uchun, tarmoq doimiy ravishda yo‘qolib turadiga hududga, masalan, metro yoki yer osti o‘tish joyiga tushib, batareyani isrof qilmaslik uchun gadjetni “parvoz” rejimiga o‘tkazing (u-bu narsaga chalg‘ib, keyinchalik ushbu rejimdan chiqish yoddan ko‘tarilib qolishi ham bor gap).

2️⃣. Tezkor quvvatlash

Bundan tashqari, “samolyotda” rejimi nafaqat smartfonning batareya quvvati vaqtini uzaytirish, balki tezkor quvvatlashni ham ta’minlaydi. Agar shoshayotgan bo‘lsangiz va telefoningiz sekin quvvatlanayotgan bo‘lsa, “aviarejim”ni faollashtiring. Qurilmadagi mobil tarmoq, Wi-Fi, Bluetooth va GPS o‘chirilganidan so‘ng, uni quvvatlash jarayoni avvalgiga nisbatan ancha tezlashadi.

3️⃣. “Mutlaq sukunat

Har bir telefonda xuddi “samolyotda” bilan bir qatorda “bezovta qilinmasin” (“не беспокоить”) rejimi ham mavjud. Ammo faqat faollashtirilgan “samolyot” rejimi bilan siz, sizni hech kim bezovta qilmasligiga to‘liq amin bo‘lishingiz mumkin.

4️⃣. Mobil tarmoqdan to‘liq uzilish, biroq Wi-Fi, Bluetooth va GPS'larning ishchi holatini saqlash

Umuman olganda, “samolyotda” rejimida faqat mobil tarmoqning o‘chirilishi majburiydir, qolgan aloqa funksiyalarining barchasi qayta faollashtirilishi va qo‘llanilishi mumkin. Ushbu variant chet elga sayohat qilishda juda mos keladi, bunda biz kamdan-kam hollarda mobil tarmoqdan foydalanamiz, chunki chet elda bunday vaqtichog‘likning narxi ancha yuqoridir.

5️⃣. Mobil internetni qayta yuklash

Ba’zi hududlarda mobil internet juda yomon ishlaydi, tarmoq xuddi mavjuddek tuyulsa-da, biroq kerakli veb-sahifalar yoki messenjerlardagi ma’lumotlar hech yuklanishni istamaydi. Ushbu holatda “samolyotda” rejimi ulanishni tezda tiklash imkonini beradi. U dastlab faollashtiriladi, antenna to‘liq o‘chib “parvoz” rejimi belgisi faollashishi kutiladi, so‘ngra darhol o‘chiriladi (ko‘pchiligimiz avtomatik ravishda yuzlanadigan holat, chunki bu o‘lkamizdagi aksariyat hududlar uchun juda aktualdir).

6️⃣. Reklamasiz mobil ilovalar

Mobil ilovalardagi zerikarli reklamalar – bu ko‘pchilik foydalanuvchilarning azaliy dardidir. Parvoz rejimi ilovalar yoki o‘yinlardan shunchaki foydalanishga xalaqit beradigan reklamalar oqimini kamaytirish imkonini taqdim etadi. Agar siz foydalanayotgan ilova Internet tarmog‘iga ulanishni talab etmasa, ushbu rejim sizga reklamalardan xalos bo‘lishga yordam beradi.

7️⃣. Xabarlarni “inkognito” rejimida o‘qish

Hozirgi kundagi barcha messenjerlarda xabar o‘qilgan yoki o‘qilmaganligini kuzatish mumkin. Ammo shunday vaziyatlar bo‘ladiki, xabarni o‘qishingiz zarur, ammo xabar jo‘natuvchisi buni bilmasligi lozim bo‘ladi. “Samolyotda” rejimi bilan bog‘liq ushbu layfxak aynan shunday holatlar uchun o‘rinlidir. Buning uchun “parvoz” rejimini faollashtiring, so‘ngra kerakli xabarni oching va o‘qing. Shundan so‘ng smartfonning fon rejimida ishlab turgan ilovalar orasidan joriy messenjerni yoping va shundan keyingina tarmoqni qayta faollashtiring.

📝 Manba: @smartphonesecrets

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish tavsiya etiladi:
Nega samolyotda telefonni parvoz tartibiga o‘tkazish kerak?
Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #maslahat

↕️ Noutbukning sensorli paneli uchun 10 ta ishora

Sensorli panel (touchpad) ishoralari oyna va boshqa tizim elementlarini boshqarishni osonlashtiradi. Shaxsiy kompyuteringizdan foydalanishni optimallashtirish uchun ulardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ba’zan sensorli panel sozlamalaridagi individual xususiyatlarni ishlab chiqaruvchi o‘chirib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Buni tekshirish va kerakli imo-ishoralarni faollashtirish uchun “Параметры(WIN + I) -> “Устройства” -> “Сенсорная панель” bandlari bo‘ylab o‘tish mumkin.

👉🏻 Batafsil...

📌 P.S.: Sensorli panel uchun 10 ta ishorani o‘rganib oling. Eski noutbuk modellarida ishlamasligi mumkin.

📝 Manba: Layfhacker.ru | @kompyuter_akademiyasi

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash
Birinchi sharikchali sichqoncha
Soyuz davrida ishlab chiqarilgan sichqoncha
Windows 10’da sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish
Windows 10’da sichqonchaning chap va o‘ng tugmalari o‘rnini reyestr orqali almashtirish
Windows 10'da sichqoncha kursori ko‘rinishini o‘zgartirish
Sichqonchani avtomatik ravishda qoida bo‘yicha bosiluvchi tugmaga o‘tadigan qilib sozlash
Sichqoncha va klaviaturani bloklash
Smartfondan Wi-Fi sichqoncha sifatida foydalanish
Klaviaturadan sichqoncha sifatida foydalanamiz
Windows'da sichqoncha kursorini klaviatura yordamida boshqarish
Windows'da ekranni qaynoq klavishlar yordamida ikkiga ajratamiz
Telefondan sichqoncha vazifasida foydalanamiz
Bluetooth qurilmalarining zaryadi darajasi
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
Hujjatning istalgan joyiga sichqoncha kursorini o‘rnatib matn kiritish
Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
Kompyuter sichqonchasining brauzer ilovasidagi funksiyalari
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #hardware #bilasizmi

💿📄 1994-yilda Bill Geyts baland (taxminan 330 mingdan ortiq) qog‘ozlar uyumi ustida qo‘lida disk bilan alpinistlarning maxsus moslamasi yordamida suratga tushgan va “Qo‘limdagi ushbu kompakt disk (CD-ROM) ostimdagi barcha qog‘ozlardan ko‘ra ko‘proq ma‘lumotni o‘zida saqlashi mumkin”, deya ta’kidlagan.

⚡️ Ushbu yangilik o‘sha davrning asl inqilobi bo‘lgan!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar
Stiv Jobs haqida postlar
Ilon Mask va Tesla haqidagi postlar
Djeff Bezos haqida postlar
Pavel Durov haqida postlar
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #hardware

👨🏻‍🎨 Yozuv mashinkasi yordamida rasm yaratish jarayoni.

📌 P.S.: Sabringiz yetarmidi? 😉

📝 Manba: @solonabiraem

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
СОЛО на клавиатуре dasturi
• Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #maslahat

⌨️🖱 Sichqoncha va klaviaturani bloklash

Klaviaturani vaqtinchalik bloklash uni kompyuter ishlab turgan paytida tozalash yoki bolalar multfilm tomosha qilayotganida biror nojo‘ya harakat qilmasligi uchun kerak bo‘lishi mumkin.

BlueLife KeyFreeze — klaviatura va sichqonchani bloklash uchun dastur. U ko‘p tilli qulay interfeys va amaliy sozlamalarga ega. Dastur portativ bo‘lib, o‘rnatishni talab etmaydi.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘ting, yuklab oling va arxivdan chiqaring.

2️⃣. Kompyuteringizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimning razryadiga qarab dasturni KeyFreeze.exe yoki KeyFreeze_x64.exe fayli orqali ishga tushiring.

Klaviatura va sichqonchani bloklash va blokdan chiqarish uchun ushbu klavishlar birikmasi bosiladi: CTRL + ALT + F.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #hardware

🆕⌨️ Ispaniyada barcha tillar uchun umumiy klaviaturani o‘ylab topishdi

Dizayner Xorxe Paez bo'sh klavishlarga yo‘naltirilgan, ichiga mini-proyektor berkitilgan klaviaturani taqdim etdi.

Kerakli til tanlanadi (masalan, yapon tili) va iyerogliflar klavishlarda namoyish etiladi.

📝 Manba: @znayuvse

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware

📀 Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz

Yuklanuvchi fleshkani yaratish uchun biz qo‘shimcha dasturiy ta’minotlardan, masalan, Rufus yoki UltraISO'lardan foydalanishimiz mumkin. Biroq tajribali foydalanuvchilar buni doimiy ravishda konsol oynasi orqali amalga oshirib keladi.

Buning uchun WIN + R birikmasini bosib, ochilgan Выполнить oynasiga cmd buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosing va ochilgan Buyruq satri (Командная строка) oynasiga diskpart buyrug‘ini bajaring (ENTER). So‘ngra navbat bilan quyidagi buyruqlarni bajaring:

1️⃣. list disk - disklar ro‘yxatini ko‘rsatib beradi.

2️⃣. select disk X - fleshkani tanlaymiz, bu yerdagi X'ning o‘rnida 1-qadamda qo‘llanilgan buyruq orqali hosil bo‘lgan disklar ro‘yxatidagi diskning raqami ko‘rsatiladi.

3️⃣. clean - ma’lumotlarni tozalaymiz (fleshkadagi).

4️⃣. create partition primary - asosiy bo‘limni yaratamiz.

5️⃣. select partition 1 - yaratilgan bo‘limni tanlaymiz.

6️⃣. active - bo‘limni faollashtiramiz.

7️⃣. format fs=NTFS - fleshkani NTFS fayl tizimida formatlaymiz (jarayonni tezlashtirish uchun ushbu buyruqning oxiriga probel belgisi hamda quick qo‘shimchasini kiritishingiz mumkin).

8️⃣. assign letter=T - fleshka uchun T harfini tayinlaymiz (yoki boshqa bo‘sh harfni qo‘llashingiz mumkin).

9️⃣. exit - dasturni yopamiz.

Shundan so‘ng Windows'ni o‘rnatuvchi .ISO kengaytmali obraz faylini virtual diskka ulab, uning tarkibidagi barcha fayllarni fleshkaga nusxalang. Tayyor!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija