IT specialist
11.8K subscribers
1.12K photos
475 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun

O‘ZIMIZGA NISBATAN QO‘LLASHNI TO‘XTATISHIMIZ LOZIM BO‘LGAN NARSALAR:

⛔️ Ichimizdagi salbiy muloqotni to‘xtatish;

⛔️ O‘zimizni boshqalar bilan solishtirishni to‘xtatish;

⛔️ Ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni behuda sarflashni to‘xtatish;

⛔️ O‘zimizga nisbatan g‘azablanishni to‘xtatish;

⛔️ Zaharli insonlar orasida bo‘lishni to‘xtatish;

⛔️ Hayotimizni qo‘rquv nazorat qilishini to‘xtatish.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚗 Tesla elektromobili butunlay mustaqil harakat qilgan vaqtida atrofini qanday “ko‘rishi” haqida video.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

🎥🖥 Movavi Screen Recorder - monitor ekranidagi harakatlarni video ko‘rinishida yozib olish hamda butun ekran, tanlangan oyna yoki oynaning bir qismidan skrinshot hosil qilish uchun dastur. Tayyor roliklarni mobil qurilmalar qo‘llab-quvvatlaydigan formatlarga konvertatsiya qilish mumkin. Video yozib olish jarayonida dasturlardagi tovushlar va foydalanuvchi ovozini yozib olish imkoniyati mavjud. Dastur ham oqimli audio manbasidan, ham o‘rnatilgan mikrofondan ovoz yozib olish imkoniyatiga ega.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v21.1.0
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 Movavi Screen Recorder v21.1.0 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish
Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
Ekrandan videoni yozib olish uchun bepul ilovalar
Telegram’ingizda screenshot olib bo‘lmayaptimi?
Icecream Screen Recorder Pro kompyuter dasturi
AZ Screen Recorder mobil ilovasi
ADV Screen Recorder mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware #software

Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish 🔄

Agar sizni Windows tomonidan avtomatik ravishda disklarga nisbatan belgilangan harflar qoniqtirmasa yoki ular tizimning qayta o‘rnatilishi/yangilanishidan keyin o‘zgarib qolsa, ularni osongina o‘zgartirishingiz mumkin. Bu qattiq disklarga ham, SSD-disklarga ham (aniqrog‘i, ulardagi bo‘lim (раздел)larga), boshqa USB-saqlash qurilmalariga ham tegishli.

Ushbu ko’rsatmada operatsion tizimning ichki vositalari yordamida Windows'da disk harfini o‘zgartirishning ikki oddiy usuli haqida so‘z yuritiladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

O‘QISH VAQTIDA DIQQATNI JAMLASH BO‘YICHA MASLAHATLAR:

Barcha bezovta qiluvchi va chalg‘ituvchi omillarni olib tashlang: telefonni o‘chiring, eshikni yoping, televizorni o‘chiring;

Ish joyingizni tartibga soling va tozalang;

O‘quv mashg‘ulotlarini 1 soatdan ortiq o‘tkazmang;

O‘qish uchun mahsuldor (samarali) bo‘lgan vaqtlaringizni aniqlang;

O‘qishning har soati uchun maqsadlar belgilang;

O‘z maqsadlaringizga nima uchun erishmoqchi ekaningizni biling.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Yangi start!
Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
Dasturchi uchun Time Management kerakmi?
O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar
Taqdirimizga ta’sir qiluvchi besh tavsiya
Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram'da akkaunt, guruh, kanal 🆔'sini qanday aniqlash mumkin? 🤔

ID – bu har doim o‘zgarmas holda turuvchi noyob raqamdir.

O‘QING: ID, UID nima? Identifikatorlar haqida batafsil

ID'ni aniqlash tartibi:

Username bo‘yicha@usinfobot
Repost bo‘yicha@userinfobot

Username yo‘q va xabarlarni repost qilish taqiqlangan — profilida ID'ni ko‘rsatib turuvchi turdosh mijoz-ilovalar, masalan, BGram, Telegram+, Android uchun | iPhone uchun iMe.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🔑 Kalit salonda unutib qoldirilgan taqdirda, ushbu mashinada parolni kiritish ekrani mavjud.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iPhone #iOS #security

iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin? 🔐

🔍 Qurilma bilan birga keluvchi Safari brauzeri saytlardagi parollarni eslab qolish xususiyatiga ega. Bu esa, albatta, qulaydir. Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham bor — murakkab parollarni qayta-qayta kiritish zaruratining bartaraf etilishi, sizda ularni unutib qo‘yish holatiga olib keladi. Umuman olganda, Apple buni ham inobatga olgan. Smartfoningiz ushbu ma’lumotlarni maxsus joyda saqlaydi:

1️⃣. Настройки'ga kiring, so‘ngra Пароли bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. Saqlangan ma’lumotlaringizning katta ro‘yxati ko‘rsatiladi.
3️⃣. Login va parolni ko‘rish uchun kerakli saytning ustiga bosishingiz yetarli.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat

Pul jamgʻarishning ajoyib usuli 💰

Pul jamgʻatishning turli-tuman usullari bor. Bugun ulardan biri haqida gapirib beramiz.

Shunday xarajatlarimiz bor, ular unchalik muhim emas, ammo oy va yil davomida umumiy hisoblasak – byudjetimizga anchagina ziyon keltirganini koʻrishimiz mumkin. Masalan, tashqarida qahva ichish, koʻp kiyim sotib olish, haddan ziyod shirinlik iste’mol qilish va hokazo. Har kimda bunday odatlar topiladi. Ularni kamaytirish va birvarakay pul jamgʻarishning bir yoʻli bor:

❗️Deylik, har safar shirinlik sotib olayotganingizda, uning narxiga teng miqdordagi summani jamgʻarib qoʻyasiz. Jamgʻarishga alohida pul ajratayotganingiz “jazo” boʻlsa-da, bu siz uchun yoqimli natijaga ega. Istasangiz, shirinlik narzidan koʻproq pulni jamgʻarmangizga tashlab qoʻyishingiz mumkin.

‼️ Bu usulning biroz boshqacha varianti: shirinlik sotib olishga endi taraddudlanayotganingizda, uning pulini jamgʻarmangizga joʻnatish. Shunda oʻzingizdan soʻrab koʻring: haliyam shirinlik yemoqchimisiz? Chunki pul jamgʻarishning oʻzi kayfiyatingizni koʻtaradi va shirinlik sotib olish ehtiyojingiz susayishi mumkin.

Bir necha oyda yirik miqdordagi summa shakllanishi – yoqimli sovgʻaga aylanishi tayin. Ammo uni keraksiz xarajatlarga ishlatib qoʻymang! 😉

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Pul boshqaruvi ustalaridan 4 ta moliyaviy maslahat
Daromad va xarajatlarni qayd etib borish uchun “Monefy Pro” mobil ilovasi
Android-qurilmalarda internet-trafikni tejash yo‘llari
Android’dan iPhone’ga o‘tdingizmi? Unda buni, albatta, o‘qing!
Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?
YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🛡 Kanalimizdagi #security rukni ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (2):

Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
CyberShredder kompyuter dasturi
Game Protector kompyuter dasturi
Adguard kompyuter dasturi
NetGuard mobil ilovasi
Text Converter (Codec) mobil ilovasi
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Adobe Flash rasmiy ravishda “iste’foga chiqdi”
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
ESET Nod32 antivirusi uchun yangilanishlar serveri (Сервер обновлений)ni dastur sozlamalaridagi o‘rniga qaytarish
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
Windows 10'da parol kiritishga bo‘lgan urinishlar soniga limit o‘rnatish
Foydalanuvchilarga “Проводник” parametrlarini o‘zgartirishni taqiqlash
Parolingizni qanchalik tez buzish mumkinligini tekshiramiz (parolning bardoshliligini tekshirish)
Windows 10'da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash
“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
Kompyuterni dinamik bloklash
Facebook'ka tegishli xizmatlar va umuman olganda Internetning qolgan qismi bilan sodir bo‘lgan voqealarning eng ishonchli versiyalaridan biri
Kompyuterning to‘liq qotib qolishi (sabablar va yechimlar haqida qisqacha)
Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
Fleshkadan o‘chirilgan fayllarni Корзина'ga yuborish
O‘chirilgan fayllarni tiklash
Kompyuterni bloklash
Windows'da maxfiy ma’lumotlarimizni himoyalaymiz
Tizimdagi berkitilgan elementlarni ko‘rsatish
Windows 10'da torrentlar va “keraksiz” dasturiy ta’minotlarni bloklashni bekor qilish
“OK, Google” o‘tmishda qolmoqda: yordamchi endi bizni tez-tez eshitib turadigan bo‘ladi
Wi-Fi'da shifrlash turlari
Windows'da berkitilgan faylni yaratish
Windows'dagi dasturga Internetdan foydalanishni taqiqlash
“Корзина”ni tozalab o‘tirmasdan faylni tezkor o‘chirish
Windows brandmaueri (Firewall)ni o‘chirib qo‘yishning ikki usuli
Kompyuterdagi ma’lumotlarimizni qanday himoyalashimiz mumkin? (WinRAR misolida)
Telegram foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilishning yangi tizimini joriy etmoqda
Android smartfon o‘g‘irlatib qo‘yilganda undagi barcha ma’lumotlarni o‘chirib yuborish usuli
Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
Fayllarni berkitish va berkitilgan fayllarni ko‘rsatish
Filmlardagi “xakerlik hujumlari” va real hayot
Word va Excel'da himoyalangan ko‘rish (Защищенный просмотр)ni o‘chirib qo‘yish
Brauzerdagi xavfsizlik va maxfiylik
Wi-Fi tarmog‘ingizdan kim foydalanayotganini aniqlang
Ethereum kriptovalyutasidagi kamchilik va uning bartaraf etilishi
Android analitikasi tizimning ishini sekinlashtirib, foydalanuvchini nazorat qiladi: josuslik ilovasini o‘chirib qo'yamiz
Android-smartfonidagi istalgan ilovaga parol o‘rnatish
Hujjatning muayyan qismini tahrirlashdan himoyalash
Windows 10/11'dagi kuzatuvni o‘chirib qo‘yamiz
Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
Windows'ning himoya tizimi (“Защита системы”) funksiyasini faollashtirish
Siz ulangan barcha Wi-Fi tarmoqlarining parollarini qanday ko‘rish mumkin?

📌 P.S.: Ro‘yxatning 1-qismi.

💡Maqolalar ro‘yxatini ushbu sohaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashishni ham unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🗣 Voice Changer - Ovozni o‘zgartirish bo‘yicha ilova – unga turli xil audio effektlarni qo‘shish imkonini beradi. Ko‘ngil ochar tadbirlar va ish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan juda foydali ovoz almashtiruvchi mobil ilova. Pro-versiya

📎
Voice Changer Pro v1.9.7 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

⌨️ Funksional klavishlar (1-qism)

F1Справка Excel vazifalar sohasini dastur oynaning o‘ng tomonida aks ettiradi;
CTRL + F1 birikmasi menyu satri ostidagi tasmani berkitadi va qayta ko‘rsatadi;
ALT + F1 birikmasi belgilangan sohadagi matnli va sonli ma’lumotlar asosida ishchi listi tarkibida tezkor diagramma hosil qiladi (alohida list ko‘rinishida diagramma hosil qilish uchun F11 klavishidan foydalaniladi);
ALT + SHIFT + F1 birikmasi ishchi kitobi tarkibiga yangi ishchi listini qo‘shadi.

F2 — faol yacheykani tahrirlash rejimiga o‘tkazib, kursorni uning tarkibidagi matn yoki sonning oxiriga joylashtiradi;
SHIFT + F2 birikmasi yacheykaga izoh qo‘shadi yoki mavjud izohni tahrirlash rejimiga o‘tkazadi;
CTRL + F2 birikmasi Печать varaqa (вкладка)sida chop etish oldindan ko‘rish (предварительный просмотр) sohasini aks ettiradi.

F3Вставка имени oynachasini aks ettiradi (faqatgina foydalanuvchi tomonidan ishchi kitobida alohida yacheyka yoki yacheykalar diapazoniga nisbatan nomlar qo‘llanilganidagina faol bo‘ladi);
SHIFT + F3 birikmasi ekranga Вставка функции muloqot oynasini chaqiradi.

F4 — so‘nggi buyruq yoki harakatni qayta qo‘llash (agar ilgari qo‘llanilgan bo‘lsa);
– Agar formulada biror yacheyka yoki diapazon havolasi belgilangan bo‘lsa, F4 bosilganida havola turi o‘zgaradi;
CTRL + F4 birikmasi tanlangan ishchi kitobining oynasini yopadi (Excel dasturi ishlashda davom etadi);
ALT + F4 tanlangan ishchi kitobi oynasi va Excel dasturini birga yopadi.


📌
2-qism | 3-qism

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#tabriknoma

Hurmatli kanalimiz muxlis va muxlisalari, aziz do‘stlar!

🕋 Barchangizni Muborak Ramazon Hayiti ayyomi bilan muborakbod etamiz. Barchamizning qilgan ibodatlarimiz, tutgan ro‘zalarimiz va hayrli amallarimizni Yaratgan o‘z dargohida qabul qilsin, ikki dunyo saodatini oilalarimiz va yaqinlarimizga nasib aylasin!

🕌 Hammamizga oilaviy xotirjamlik, sog‘lik, quvonch hamroh bo‘lsin, yanagi yildagi Ramazon oyiga bag‘ri butunlikda erishish nasib qilsin!

💐 Hurmat va ehtirom ila,
© IT specialist kanali ma’muriyati
#mulohaza_uchun #maslahat

Kitob oʻqishni sevuvchilar! Siz uchun mos 8ta kasb 📚

Kuniga bir necha soatini kitob oʻqishga sarflaydiganlar bor. Ular uchun eng mos kasblar – matnlar bilan bogʻliqdir. Va bunday kasblar oz emas. Quyida ular bilan tanishing:

1️⃣. Taqriz yozuvchi

Divanga choʻzilib, kuni boʻyi turli-tuman kitoblarni oʻqishni sevuvchilar uchun ideal kasb. Ammo faoliyatingizni boshlash uchun qiziqarli va mazmunli yozish koʻnikmalarini ham egallashingiz lozim.

Yozgan taqrizlaringiz bilan avvalo e’tiborga tushishingiz kerak. Buning uchun adabiyotga oid shaxsiy blog yuriting. U yerda oʻz taqrizlaringizni berib borasiz. Bunday blog ham reklama beruvchilarni jalb qilishi, ham buyurtmachilarga taqdim etish mumkin boʻlgan portfolio vazifasini bajarishi mumkin. Buyurtmachilar odatda turli nashriyotlar va muharrirlar boʻladi.

2️⃣. Kutubxonachi

Gadjetlarning mashhurligiga qaramay, kutubxonalar hali ahamiyatini saqlab kelmoqda. Shahar yoki tuman kutubxonalarida boʻsh ish oʻrinlari topolmasangiz, turli oʻquv maskanlariga ham tashrif buyuring, ularning ham oʻz kutubxonalari boʻladi.

3️⃣. Adabiy tarjimon

Bu kasbda faoliyat yuritish uchun birorta chet tilini yaxshi bilishingiz kerak. Ingliz tilidan tashqari fransuz, nemis yoki ispan tillaridan birini bilsangiz, imkoniyatlaringiz yana-da kengayadi. Shuni ta’kidlash lozimki, chet tilidagi barqaror soʻz birikmalarini tarjima qilish uchun ijodiy yondasha olishingiz ham kerak.

4️⃣. Korrektor

Iqtidorli yozuvchilar ham xatolar qilib turishadi, jumladan, uslubiy xatolar ham. Bunda korrektorlarga murojaat qilishga toʻgʻri keladi – ular kitoblar, ssenariylar, axborot matnlarini tekshiradi va xatolarini tuzatadi.

5️⃣. Adabiy agent

Adabiy agentlar yangi yozuvchilarni kashf qilish va ommaga tanitish bilan shugʻullanadi. Bu kasb yaxshi didga ega boʻlishni hamda zamonaviy tendensiyalarni tushunishni talab qiladi.

Yaxshi yozuvchini topgach, kitob nashr qilish va samarali reklama uyushtirishda yordam berasiz. Demak, marketingdan ham xabardor boʻlishingiz kerak.

6️⃣. Muharrir

Bu kasb egalari tilni yaxshi bilishi va muallifning xatolarini tuzatishi lozim. Bunda matnni ma’noviy jihatdan tahrirlashga toʻgʻri keladi.

7️⃣. Kitob muqovalari dizayneri

Kitobda eng muhimi – mazmun boʻlsa-da, muqovani e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Oʻqishga muhabbat boʻlajak kitob muqovasi koʻrinishini sifatli va “nishonga uradigan” qilib yaratishda yordam beradi. Adabiyotni unchalik sevmaydigan dizaynerlar esa odatda oʻzini kitobxon oʻrniga qoʻyib koʻrolmaydi va kitob mazmunini muqovada ifodalashga qiynaladi.

8️⃣. Arxivarius

Bu kasb egasi arxivda faoliyat yuritadi. Uning vazifasi – turli janrdagi muhim hujjatlarni tekshirish va muhofaza qilishdir. Bu original qadimiy qoʻlyozmalar yoki bestsellerga aylangan zamonaviy kitoblarning ilk nuxsalari boʻlishi mumkin.

📝 Manba: Xabardor.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#word

Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin? 🤔

Agar sizga jadvaldagi kataklarni birlashtirish yoki ikkiga ajratish lozim bo‘lsa, uni belgilang, menyu satrining Макет varaqa (вкладка)siga o‘ting va mos keluvchi funksiyani tanlang.

Kataklarni birlashtirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi (Объединить ячейки), ularni ikkiga ajratishda esa (Разделить ячейки) siz natijada qancha satr va ustunlarga erishmoqchi ekaningizni ko‘rsatishingiz lozim.

Bundan tashqari kataklarni Ластик (o‘chirg‘ish) va Нарисовать таблицу (jadvalni chizish) uskunalari yordamida birlashtirish va ikkiga ajratish mumkin. Ular ma’lum bir joylarda kataklarning chegaralarini qo‘shish/olib tashlash imkonini beradi.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

Android'dagi barcha bo‘sh papkalar va ortiqcha fayllarni o‘chirish

Har bir Android-ilovasi o‘rnatilganidan so‘ng o‘z tarkibiga fayllarni oluvchi papkalarni yaratadi. Biroq ilova o‘chirilgan paytda, ba’zi fayllar (vaqtinchalik fayllar, APK va boshqalar) papkalar ichida qolib ketib, telefon xotirasini band etib turishi mumkin. Agar sizning ichingizdagi perfeksionist smartfon ichini tartibga solmoqchi bo‘lsa — u holda LTE Cleaner ilovasidan foydalanishingiz mumkin.

Ortiqcha elementlardan xalos bo‘lish tartibi:

1️⃣. LTE Cleaner mobil ilovasini yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.
2️⃣. Oynaning pastki o‘ng burchagidagi Sozlamalar belgisi ⚙️ ustiga bosamiz va “Filters” bo‘limini izlab topamiz.
3️⃣. Ushbu bo‘limdagi har bir band qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatib chiqamiz.
4️⃣. Asosiy ekranga qaytamiz va “Clean”, so‘ngra “Анализировать” (Analyze) tugmalari ustiga bosamiz.
5️⃣. Qidiruv jarayoni tugallanganidan so‘ng, yana “Clean”, so‘ngra “Удалить” (Delete) tugmalari ustiga bosamiz.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

⌨️ Funksional klavishlar (2-qism)

F5Переход (O‘tish) oynasini aks ettirish;
CTRL + F5 birikmasi tanlangan ishchi kitobi oynasining o‘lchamini tiklaydi.

F6 — boshqaruv maqsadida ishchi list, menyu tasmasi, vazifalar sohasi va masshtabni boshqarish elementlari o‘rtasida tezkor o‘tish.

F7Орфография (Imlo) oynasini aks ettirish;
CTRL + F7 birikmasi, ishchi kitobi yoyilmay turgan (не развернуто) holatida, Переместить (Ko‘chirish) buyrug‘ini bajaradi.

F8 — ajratish (выделение) rejimiga o‘tish va undan chiqish;
SHIFT + F8 birikmasi strelkalar yordamida ajratilgan sohaga tashqi yacheykalar yoki diapazon qo‘shish imkonini beradi;
CTRL + F8 birikmasi oyna yoyilmay turgan (не развернуто) holatida, Размер buyrug‘ini bajaradi;
ALT + F8 birikmasi ekranga Макрос oynasini chaqiradi.


📌
1-qism | 3-qism

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Qaysi biri Word dasturiga tegishli bo‘lim emas?

A) Файл
B) Данные
C) Вставка
D) Формат

P.S: To'g'ri javobni toping!
#smartfon #android #learn_english_with_software

🇬🇧 English LinDuo – Ingliz tilini o‘zlashtirish uchun ilova. Ilovaga har kuni 10-15 daqiqa vaqt ajratgan holda siz osonlik bilan barcha muhim so‘zlarni eslab qolishingiz mumkin. Reklamasiz + ko‘p tangalar

📎
English LinDuo Pro v5.23.0 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Nega yordam soʻrolmaysiz? Buning qanday zararlari bor? 🤔

Qandaydir muammoga duch kelganda, yordamga muhtoj boʻlsangiz ham, boshqalarga koʻmak berishini soʻrab murojaat qilolmaysizmi? Koʻpincha bunga qoʻrquv sabab boʻladi. Odamlar koʻpincha ikki holatdan choʻchiydi: rad qilinishdan va ojiz koʻrinishdan. Yoki ikkalasi birdan boʻlishi ham mumkin. “Menga rad javobi berishlari mumkin. Oʻzimni yetarlicha yaxshi emasligimni his qilaman. Ojiz koʻrinaman. Boshqa odamlar men haqimda notoʻgʻri fikrga boradi. Mendan yuz oʻgirishadi. Oʻzimni yolgʻiz his qilaman” singari gaplar miyangizda aylanadi. Yaxshisi, oʻzim eplayman, degan fikrga kelasiz. Bular psixikangizni ogʻriqli holatlardan himoya qilayotganday boʻlsa-da, ular ma’nisizdir.

Yordam soʻrolmaslik boshqa psixologik muammolar singari bolalikdan shakllanadi. Ehtimol bir necha bor yordamga muhtoj boʻlganingizda sizni rad etishlari, kamsitishlari holatiga duch kelgandirsiz. Salbiy hislarning ogʻrigʻini koʻrgan psixikangiz endi yordam soʻramaslik yaxshiligiga qaror qilgan boʻlishi mumkin.

Yordam soʻray olmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

1️⃣. Eng aniq va ma’lum oqibat – rostdan ham yordamga muhtojligingizda, uni ololmaslik. Insoniyat birdamlik orqali rivojlanishga erishgan. Haqiqatdan ham yaxshi natijalarga yolgʻiz erishish qiyin. Siz qiynalib qiladigan vazifalarni kimdir minimal resurslar bilan bajarishi va ishingizni yengil qilishi mumkin.

2️⃣. Har doim oʻzingizni mustaqil va kuchli koʻrsatishga urinar ekansiz, boshqalar bilan yaqin boʻlishingiz qiyinlashadi. Hatto yaqin odamlaringiz ham sizdan sovuqlik his qilishi mumkin. Axir rostdan ham toʻla ochilmayotgan boʻlasiz. Hech kimga ishonolmaysiz.

3️⃣. Yordam berganimizda oʻzimizni yaxshi his qilamiz. Agar yordam soʻrashdan qochsangiz, boshqalarning oʻzini yaxshi his qilishiga imkon bermaysiz. Saxiylik, yordamga shaylik, oqkoʻngillik kabi xislatlarini namoyon qilishiga yoʻl qoʻymaysiz. Natijada, sizga yaqinlashishlari qiyin boʻladi.

4️⃣. Rivojlanishingizni susaytirasiz. Birgalikdagi faoliyat – oʻrganish imkonidir. Hayotimizda uchragan har bir odam ustozimiz ekanini yodda tuting. Ulardan yordam soʻramas ekansiz, ularning mahoratini koʻrish, oʻzlashtirish, ilhom olishdan oʻzingizni mahrum qilasiz.

Nima qilish kerak?

Cheklovlar faqat miyangizda ekanini tushuning. Yordam soʻrashingiz – ishonayotganingiz va hamkorlik qilish xohishingizdan darak. Koʻpchilik odamlar koʻmak berishga tayyor boʻlishadi.

Mayda narsalarni iltimos qilishdan boshlang va kuzating: hech qanday dahshatli narsa sodir boʻlmayaptimi? Odamlarda qanday oʻzgarishlar boʻlyapti?

Koʻp hollarda qoʻrquvlaringiz asossiz ekanini tushunasiz.

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Dushanba kunlaridan qo‘rqishni qanday yengib o‘tish mumkin
Hayajondan qanday qutulish mumkin yoki umuman hayajondan qutulish kerakmi?
To‘g‘ri qaror – muvaffaqiyatning yarmi
O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar
Qilgan ezgu amaling albatta o‘zingga qaytadi

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija