IT specialist
11.8K subscribers
1.12K photos
475 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news #smartfon #iOS #iPhone

📱 Yangi iPhone’larni 15 sentabr kuni kutib olamiz: Apple o‘zining asosiy kuzgi taqdimoti sanasini ma’lum qildi.

Boshlanishi — mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da.

📝 Manba: @NovostiUZ

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #smartfon #android

Har qanday Windows o‘rnatilgan kompyuterda Android telefoni ekranini aks ettirish va boshqarish 📱🖥🖱

Buni “scrcpy” kengaytmasi yordamida ushbu ko‘rsatmaga ko‘ra amalga oshirish mumkin:

1. “scrcpy” kengaytmasi arxivini kompyuteringizga yuklab oling va arxivdan alohida papkaga ajrating.
2. O‘z Android’ingizda sozlamalarga o‘ting.
3. Pastga qarab tushing va “О телефоне” ustiga bosing.
4. Eng pastida o‘zingizdagi “Номер сборки”ni toping.
5. “Номер сборки” maydoni ustiga 7 marta ketma-ket bosing.
6. Buni amalga oshirganingizdan so‘ng “Теперь вы разработчик!” xabari yuzaga kelganini ko‘rasiz.
7. “Настройки”da “Параметры разработчика”ga kiring.
8. “Отладка по USB” opsiyasini yoqing.
9. Telefoningizni USB-kabel yordamida ulang.
10. Shaxsiy kompyuteringizda “scrcpy.exe” fayli ustiga ikki marta bosing.
11. Telefonda yuzaga kelgan “Разрешить отладку по USB?” xabarini tasdiqlang.
12. Android telefoningizning ekrani ishchi stolida oyna ko‘rinishida paydo bo‘ladi.

🏷 Izoh: Ushbu kengaytma faqat 64 razryadli Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuterlar uchun mo‘ljallangan va 32 razryadli Windows'larda ishlamaydi.

Agar siz “scrcpy” kengaytmasini Android telefonisiz ishga tushirsangiz, sizga shunchaki xatolik to‘g‘risidagi xabar ko‘rsatiladi.

📌 Eslatma: Smartfon turi va proshivkasiga qarab, sozlamalarning joylashuvi va nomlanishi farqlanishi mumkin.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
📱 Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (3):

Smartfondagi ilovalarga parol o‘rnatish
“Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasi orqali endi ilovalarni ham ulashish mumkin
Android'ga o‘rnatilgan ilovalarni ulashish uchun Skit ilovalar menejeri
Nox App Player dasturi
Android 10'dagi sirli o‘yinni qanday ochish mumkin?
Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
Josuslikdan himoyalanamiz: Android'dagi ilovalarga kameradan foydalanishni taqiqlash
Android'da reklamani to‘liq o‘chiramiz
Smartfonda matnni o‘chirishning yana bir qulay usuli
Android'dagi quloqchinlarning tovush sifatini yaxshilaymiz
Smartfonning quvvati kam qolganida asqotadigan 9 tavsiya
Android'dan kompyuterning ikkinchi monitori sifatida foydalanamiz
Jazirama issiqning smartfonga zarari qanday?
YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)
Xonada yo‘qolib qolgan quloqchinni izlaymiz
Oddiy tasmadan smartfon uchun ushlagich sifatida foydalanish usuli
Ilovalar bilan Android smartfonini “bug‘ish”ga chek qo‘yamiz
Google-xaritalaridan internetsiz foydalanish
Kuni kecha Android operatsion tizimining tavallud ayyomi bo‘lib o‘tdi. Eng mashhur mobil OS qanday paydo bo‘lgan?
Noutbukni tezkor quvvatlash
ShK va smartfon o‘rtasidagi umumiy almashinish buferi
Android'da barcha ilovalarni tezkor yangilash
Smartfon dinamiklariga tushgan suvni tozalash
“OK, Google” o‘tmishda qolmoqda: yordamchi endi bizni tez-tez eshitib turadigan bo‘ladi
Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
Android smartfon o‘g‘irlatib qo‘yilganda undagi barcha ma’lumotlarni o‘chirib yuborish usuli
Smartfon uchun USB kabelni qanday tanlash kerak va u zaryadlash tezligiga ta’sir qiladimi?
Xiaomi smartfonlarida reklamani bloklaymiz
Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
Smartfon operativ xotirasini 3 Gb'ga oshirish
Qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatib o‘tirmasdan smartfon yoki kompyuterdagi fayllar bilan ishlash
Remote Mouse mobil ilovasi
Smart Recorder mobil ilovasi
Android'da ilovalarga internetdan foydalanishni cheklash (batareya va trafikni tejaymiz)
Smartfonga suvga tushganida nima qilmaslik lozim?
Smartfonlar uchun ixcham dizayndagi va moslashuvchan tashqi akkumulyator
Zaryadsiz bir hafta: smartfonlarda quvvatni tejash rejimlari haqida
Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish
Play Market'dagi xatolikni to‘g‘rilaymiz
Xarid qilish oldidan ikki smartfonni barcha xususiyatlari bo‘yicha vizual solishtirish
APK fayl formati haqida
Do‘kondagi mahsulot joylashuvini aniqlash uchun yechim
Wi-Fi tarmog‘ingizdan kim foydalanayotganini aniqlang
Google Translate'dan yaxshiroq: dunyodagi eng aniq tarjimon
Suzuvchi soatlar: Android'dagi sirli sozlamani faollashtirish
Samsung Galaxy S22 Ultra smartfoni reklama roligi
Smartfonni quvvatlash uchun ajoyib g‘oya
Internet talab etmaydigan xaritalar
Kimyoni zerikishsiz o‘zlashtirish va kimyoviy tajribalarni laboratoriyasiz vizuallashtirish
Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
Qurilmani root-huquqlari bilan boshqarish imkonini taqdim etuvchi besh ilova
Proksini o'rnatmagan holda Android'dagi bloklanishlarni chetlab o‘tish
Android analitikasi tizimning ishini sekinlashtirib, foydalanuvchini nazorat qiladi: josuslik ilovasini o‘chirib qo'yamiz
Smartfon va uning g‘ilofi bilan bog‘liq layfxak
Chrome brauzeri foydalanuvchilari uchun foydali maslahatlar

📌 P.S.: Kanalga smartfonlardan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi | 4-qismi.

💡 Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va do‘stlaringizni ham jalb eting! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #telegram #iPhone #maslahat

⚠️🌎 Apple e’lon bermay turib Telegram'ga qarshi urush boshladi

Pavel Durov messenjerining xabar berishicha, Apple “foydalanuvchilarga bildirib o‘tirmasdan” kompaniya smartfonlaridan Telegram ilovasini o‘chirib tashlamoqda.

Buning oldini olish, ya’ni hech bir ilova foydalanuvchi ishtirokisiz kompaniya tomonidan o‘chirilmasligi uchun Telegram iPhone smartfoni sozlamalarini yuqoridagi rasmdagi kabi tartibda sozlab olish lozimligiga oid ko‘rsatmalarni berib o‘tdi. Omad, do‘stlar! 😉😂

📝 Manba: @SkuratoffOne

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz
📋 “IT specialist” kanalida shu kunga qadar ulashilgan foydali maqolalardan iborat #mundarija'larimiz ushbu postimizda jamlangan:

01. #operatsion_tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
02. Linux operatsion tizimi eslatib o‘tilgan postlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
03. Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
04. Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
05. Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz.
06. Windows'da oynalarni boshqarishga oid mavzular ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
07. Tizim bilan ishlashni tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
08. Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
09. PDF-fayllari bilan ishlash bo‘yicha mavzular, dastur va mobil ilovalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
10. Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
11. Berkitish va ko‘rsatishga doir turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
12. Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
13. Uyqu rejimi, gibernatsiya va kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirishga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz.
14. Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
15. Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
16. #word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
17. #excel rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
18. #powerpoint rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism.
19. #security rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism.
20. #internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.
21. Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
22. Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
23. YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
24. #tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism.
25. 🖥 Foydali kompyuter dasturlari ro‘yxati keltirilgan postimiz.
26. 📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
27. Turli turkumlarga doir mobil ilovalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
28. 🎮 O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
29. #smartfon, #android, #iOS va #iPhone ruknlari ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.
30. #rasm_bilan_ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz: 1-post.
31. #learn_english_with_software: rukni ostidagi postlarimiz: 1-qism.
32. #telegram, #telegramda_kanal_yuritish ruknlari ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postlar: 1-post | 2-post.
33. #mulohaza_uchun rukni ostida Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija: 1-qism.
34. Kitobga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
35. #mulohaza_uchun #maslahat ruknlari ostida salomatlikka oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
36. Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatlarimiz muntazam ravishda yangilanib boradi, bizni kuzatishda davom eting, qiziqarli postlar hali oldinda! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz
#ict_news #smartfon #android #iPhone

Samsung’ning barcha smartfon va planshetlari egalariga zo‘r xushxabar bor! 🆕📲

Smartfonsozlarning nufuzini belgilaydigan omillardan biri – o‘z mobil qurilmasini uzoq muddatga operatsion tizim va xavfsizlik yangilanishlari bilan ta’minlab borishidir. Janubiy koreyalik texnogigant yaqinda o‘zining to‘rt yillik smartfonlarining ham proshivkasini yangilashga kirishgan edi.

Umuman, Samsung o‘zining telefonlariga ikki yilgacha Android yangilanishlarini, uch yilgacha esa xavfsizlik yangilanishlarini tarqatib kelmoqda. Endi esa u bu borada yanada ilgarilab ketdi: mazkur ishlab chiqaruvchining smartfon va planshetlari to‘rt yilgacha xavfsizlik patchlari bilan ta’minlanadi!

Buning ustiga, gap faqat flagman yoki yangi modellar haqida ketmayapti – deyarli barcha Samsung mobil qurilmalari to‘rt yilgacha yangilanib turadigan bo‘lyapti. Ularning to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha:

▪️Galaxy Fold hamda Flip turkumlari: Fold, Fold 5G, Z Fold 2, Z Fold 2 5G, Z Flip, Z Flip 5G;

▪️Galaxy S turkumi: S10, S10+, S10e, S10 5G, S10 Lite, S20, S20 5G, S20+, S20+ 5G, S20 Ultra, S20 Ultra 5G, S20 FE, S20 FE 5G, S21 5G, S21+ 5G, S21 Ultra 5G;

▪️Galaxy Note turkumi: Note 10, Note 10 5G, Note 10+, Note 10+ 5G, Note 10 Lite, Note 20, Note 20 5G, Note 20 Ultra, Note 20 Ultra 5G;

▪️Galaxy A turkumi: A10, A10e, A10s, A20, A20s, A30, A30s, A40, A50, A50s, A60, A70, A70s, A80, A90 5G, A11, A21, A21s, A31, A41, A51, A51 5G, A71, A71 5G, A02s, A12, A32 5G, A42 5G;

▪️Galaxy M turkumi: M10s, M20, M30, M30s, M40, M11, M12, M21, M31, M31s, M51;

▪️Galaxy XCover turkumi: XCover4s, XCover FieldPro, XCover Pro;

▪️Galaxy Tab turkumi: Tab Active Pro, Tab Active3, Tab A 8 (2019), Tab A with S Pen, Tab A 8.4 (2020), Tab A7, Tab S5e, Tab S6, Tab S6 5G, Tab S6 Lite, Tab S7, Tab S7+.

Ko‘rib turganingizdek, nafaqat Galaxy A10 va M10s kabi eng arzon modellar, balki korpusi mustahkam himoyali Galaxy Xcover seriyasidagi smartfonlar ham e’tibordan chetda qolmagan.

Darvoqe, bu borada Apple’ga yetadigani yo‘q – aksariyat iPhone’lariga u kamida besh yilgacha apdeyt tarqatadi.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iOS #iPhone #security

📱 iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish

Agarda shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlamagan qurilmada o‘z akkauntingizga kirmoqchi bo‘lsangiz, unda ushbu ma’lumotlarni o‘z iPhone'ingizda ko‘rishingiz mumkin.

Parollarni topish tartibi:

1️⃣. “Настройки”, so‘ngra “Пароли и учётные записи”ga o‘tamiz.

2️⃣. "Пароли сайтов и ПО"ni tanlaymiz va o‘z shaxsimizni Touch ID yoki Face ID orqali tasdiqlaymiz.

3️⃣. Shundan keyin iPhone'da alfavit tartibidagi saytlar va ularning saqlangan parollari ro‘yxati ko‘rsatiladi. Istalgan sayt ustiga bosamiz va bizga parol, login va sayt manzili ko‘rsatiladi.

Ma’lumotlarni o‘chirish uchun ekranning yuqori o‘ng burchagidagi “Изменить” tugmasi ustiga bosamiz.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iPhone #iOS #security

iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin? 🔐

🔍 Qurilma bilan birga keluvchi Safari brauzeri saytlardagi parollarni eslab qolish xususiyatiga ega. Bu esa, albatta, qulaydir. Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham bor — murakkab parollarni qayta-qayta kiritish zaruratining bartaraf etilishi, sizda ularni unutib qo‘yish holatiga olib keladi. Umuman olganda, Apple buni ham inobatga olgan. Smartfoningiz ushbu ma’lumotlarni maxsus joyda saqlaydi:

1️⃣. Настройки'ga kiring, so‘ngra Пароли bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. Saqlangan ma’lumotlaringizning katta ro‘yxati ko‘rsatiladi.
3️⃣. Login va parolni ko‘rish uchun kerakli saytning ustiga bosishingiz yetarli.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iPhone #iOS

🌤 iPhone'da avtoyorqinlikni faollashtirish

iOS'dagi ba’zi, hattoki eng oddiy funksiyalar ham odatiy tarzda faollashtirilmaydi. Bu, masalan, Автояркость (avtoyorqinlik) funksiyasi bilan ham ro‘y bergan. Uni faollashtirish uchun quyidagi qadamlarni bajarish talab etiladi:

1️⃣. Настройки'ga o‘tiladi.
2️⃣. Универсальный доступ bo‘limi ochiladi.
3️⃣. Дисплей и размер текста menyusiga kiriladi.
4️⃣. Автояркость bandi faollashtiriladi, tayyor!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin?
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iOS #iPhone

iPhone'dagi batareyaning so‘nggi foizlarini asraymiz 🔋

Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, smartfondagi so‘nggi foizlar bizga havodek zarur, biroq zaryadlovchi qurilma qo‘l ostimizda yoki birinchisi bo‘lgan taqdirda ham, elektr manbasi yon atrofimizda bo‘lmay qoladi.

Bunday holatlarda energiyani tejash rejimi bilan bir qatorda yana bir foydali chorani qo‘llash maqsadga muvofiqdir:

1️⃣. НастройкиУниверсальный доступ bo‘limiga o‘tamiz.
2️⃣. Дисплей и размер текста bandini tanlaymiz.
3️⃣. Светофильтры bo‘limiga o‘tamiz.
4️⃣. Rang filtrlarini faollashtiramiz va Оттенки серого (oq-qora rejim)ni tanlaymiz.

Endi, ekrandagi oq-qora tasvir bilan bo‘lsa ham, siz muhim qo‘ng‘iroqlar va xabarlarga javob bera olasiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?
Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas?
Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha
Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak
Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
Qaysi Android-ilovalar batareya quvvatini eng ko‘p sarflaydi?
Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!
Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi? (+“jonli” video)
Yaroqsiz batareykani nima qilish kerak?
Yaponlar o‘zi tiklanuvchi akkumulyator yaratishdi
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iOS #iPhone

iPhone kalendarining sirli jihati 🗓

Qoida bo‘yicha standart Календарь va boshqa ilovalarda eslatmalar va tadbirlarni yaratish vaqtida vaqt oraliqlarini faqat besh daqiqalik o‘tishlar ko‘rinishida tanlash mumkin, bu esa ba’zida noqulaydir.

Agar daqiqani belgilash uchun aylanadigan g‘ildirak ustiga ikki marta bosilsa, shkala bir zumda aniqroq ishlashni boshlaydi — vaqtni har daqiqasi bo‘yicha belgilash imkoniyati yuzaga keladi.

👇🏻 GIF'kada buning qanday ishlashini ko‘rishingiz mumkin.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #iPhone #android

Xonada yo‘qolib qolgan quloqchinni izlaymiz 🎧

Bunda maxsus Wunderfind ilovasini App Store yoki Play Market'dan yuklab olib, quloqchinni izlashda smartfondan foydalanish mumkin.

Ilovadagi foiz ko‘rsatkichlarining ortishiga qarab quloqchin tushib qolgan joyni izlab topish mumkin. Ilovaning amaliy qo‘llanilishi yuqoridagi videoda ko‘rsatib o‘tilgan 🎞👆🏻.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iPhone #iOS

🔋 iPhone'da avtomatik quvvatni tejash rejimi

Batareya ma’lum darajaga qadar quvvatsizlanganda, iPhone avtomatik ravishda faollashtirishi maqsadida quvvatni tejash rejimi uchun tezkor buyruq yaratishingiz mumkin:

1️⃣. Команды ilovasida Автоматизация bo‘limini oching, yangi avtomatlashtirishni yarating va Уровень заряда bandini tanlang.

2️⃣. Quvvatni tejash rejimini faollashtirish uchun batareyaning kerakli quvvat darajasini belgilang.

3️⃣. ДалееДобавить действие'larni bosing.

4️⃣. Вкл/выкл режим энергосбережения'ni tanlang.

5️⃣. “Спрашивать до запуска” qarshisidan qushcha belgisini olib tashlang va keyingi safar, iPhone'ingiz batareyasi ma’lum darajaga qadar quvvatsizlanganda, kam quvvat sarflash rejimi avtomatik ravishda faollashadi.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #iOS #android #iPhone #mulohaza_uchun

Smartfonlarning yildan-yilga kattalashib borishini to‘xtata olamizmi? 🤔

So‘nggi o‘n yildan buyon smartfonlar hajm jihatidan kattalashib bormoqda, ammo ularni ishlatadigan qo‘llarimiz kattalashayotgani yo‘q. Qizig‘-a?! Keling, quyida Android Authority sayti kolumnisti Saymon Xillning shaxsiy fikrlarini keltirish asnosida shu haqda suhbatlashamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (1-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (2-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (3-qism).

👨🏻‍💻@itspecuz
#ict_news #mulohaza_uchun #texnologiya #hardware #iPhone

⚡️ Yarimo‘tkazgichlar tanqisligi chiplardan foydalanuvchi barcha sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda

Aftidan yarimo‘tkazgichlar inqirozi 2022 yilda ham davom etadi. Bozordagi yetakchi korxonalar hamon chiplar yetishmasligini bashorat qilishmoqda va prognozlar faqat salbiy tomonga o‘zgarmoqda. Pandemiya boshlanganidan buyon elektronika mahsulotlariga bo‘lgan talab oshdi, koronavirus cheklovlari tufayli esa yetkazib berish ancha sekinlashdi.

Ishlab chiqaruvchilar talablarni deyarli qondira olishmayapti. Asosiy muammolardan biri Tayvanning TSMC zavodlarida yuz bergan. Kompaniya bir vaqtning o‘zida bir nechta texnologik gigantlarga xizmat ko‘rsatadi: Apple, Qualcomm, Nvidia va AMD. iPhone Broadcom uchun Wi-Fi va Bluetooth-modemlarini ishlab chiqaruvchisi ham ushbu ro‘yxatda, chunki kompaniyaning o‘z zavodlari yo‘q.

📉 Natijada, Apple iPhone 13 ishlab chiqarishni 11 foizga qisqartirmoqda. Agar kompaniya Yangi yil bayramigacha yetkazib berishni tartibga solishga ulgurmasa, bu moliyaviy hisobotlarga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.

📝 Manba: @davletovuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija