IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#telegram #unigram #android #iOS

🆕 Chatlar uchun mavzular, to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalarni yozib olish, guruhlarda o‘qilganlik haqidagi hisobotlar va interaktiv emojilar

Android va iOS uchun Telegram
shuningdek Unigram mos tarzda 8.0.1 va 8.1 versiyalariga qadar yangilandi.

Kiritilgan yangiliklar:
Chatlar uchun mavzular
— O‘z shaxsiy chatlaringiz uchun taqdim etilgan sakkiz mavzulardan birini tanlang;
— Mavzuni almashtirish uchun ilovadagi vertikal joylashgan uch tugmali tugma ustiga bosing › “Изменить цвета”ni tanlang;
— Chatning har ikki ishtirokchisi — qaysi qurilma orqali ulanganidan qat’i nazar, chatda bir mavzuni ko‘rishadi;
— Barcha mavzular kunduzgi va tungi variantlarga ega va sizdagi tungi mavzuning umumiy sozlamalariga amal qiladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalar va video-chatlarni yozib oling
— O‘z guruhingiz yoki kanalingizda jonli translyatsiyalardan video va audiolarni yozib oling;
— Administratorlar yozib olishni sozlamalar panelidan boshlashlari mumkin;
— Yozib olish uchun portretli va landshaftli oriyentatsiyadalardan birini tanlash mumkin;
— Barcha yakunlangan (ovozli yoki video) yozuvlar “Избранное” bulutli papkasiga yuboriladi, bu o‘z navbatida guruhdoshlaringiz yoki kanalingiz auditoriyasiga ular bilan bo‘lishishni osonlashtiradi;
— Siz video-chatning yozib olinish jarayoni sodir bo‘layotganini uning sarlavhasi yonidagi qizil nuqtaga e’tibor bergan holda aniqlashingiz mumkin.

Katta bo‘lmagan guruhlarda o‘qilganlik haqidagi hisobotlar
— Katta bo‘lmagan guruhdagi chiquvchi xabarlaringizdan biri ustiga bosish orqali uni yaqin oraliqda kim o‘qiganligini ko‘rishingiz mumkin;
— Yaxshiroq privativlik (maxfiylik) uchun o‘qilganlik haqidagi hisobotlar xabar yuborilgan ondan boshlab faqat 7 kun saqlanadi.

Interaktiv emojilar
— Ba’zi animatsiyali emojilar ustiga bosilgan taqdirda endi to‘liq ekranli effektlarga ega, masalan 🎆, 👍, 🎉, 💩, 🎈va ❤️;
— Emoji ustiga bosgan paytingizda, agar chat bir vaqtning o‘zida har ikki tomonda ochiq holda turgan bo‘lsa, suhbatdoshingiz ham sodir bo‘layotgan effektni siz bilan birga ko‘radi.

📃 Batafsil ma’lumot uchun: telegram.org/blog/chat-themes-interactive-emoji-read-receipts/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Windows 10 uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnoma (rus)

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #unigram #android #iOS #masOS
#desktop

🆕 Reaksiyalar, sirli matn, xabarlar tarjimasi va QR-kodlar

Android, iOS, macOS va Unigram mijozi uchun Telegram 8.4 versiyasiga, Telegram Desktop – 3.4 versiyasiga qadar yangilandi.

Xabarlarga nisbatan reaksiyalar

• O‘z fikringizni ortiqcha xabarlarsiz ifodalay olishingiz uchun ba’zi interaktiv emodzilarni endi reaksiyalar ko‘rinishida qo‘llashingiz mumkin.
• “Yuqoriga qaratilgan bosh barmoq” tezkor reaksiyasini yuborish uchun xabar ustiga ikki marta bosing.
• Boshqa reaksiyalarni tanlash uchun shunchaki xabar ustiga bosing.
• Tezkor reaksiya bildirish uchun emodzilarni Sozlamalarda o‘zgartirish mumkin (Android: Настройки чатов > Быстрая реакция. iOS: Стикеры и эмодзи > Быстрая реакция).
• Reaksiyalar shaxsiy dialoglarda qoida bo‘yicha ishlaydi, guruh va kanallarda ular dastlabki holatida nofaoldir – administratorlar ularga ruxsat berishi va aynan qaysi emodzilar chatda/kanalda qo‘llanilishi mumkinligini tanlashlari mumkin.
• Guruh va kanallar administratorlari reaksiyalarni guruh/kanallarining profillarida faollashtirishlari mumkin (Изменить > Реакции).

Spoylerlar (sirli matnlar)

• Siz kiritilgan matnning bir qismini belgilashingiz va uni berkitish uchun “Spoiler” formatlanishini qo‘llashingiz mumkin.
• Spoyler ortida berkitilgan matn na xabarlarda, na chatlar ro‘yxatida, na bildirishnomalarda ko‘rsatilmaydi.
• Berkitilgan matnni ko‘rish uchun, shunchaki uning ustiga teginish/bosish yetarlidir.

Xabarlar tarjimasi

• Endi siz ilovadan chiqmay turib har qanday xabarni o‘z tilingizga tarjima qilishingiz mumkin.
• Xabarlar matnini tarjima qilish imkoniyatini Настройки > Язык bo‘limida faollashtirishingiz mumkin.
• Xabarni tarjima qilish uchun uning ustiga bosing (iOS'da barmoq bilan ushlab turishga to‘g‘ri keladi) va ochilgan menyudan “Перевести” bandini tanlang.
• Sozlamalarda tarjima qilinishi lozim bo‘lmagan tillarni tanlash mumkin — ushbu tillardagi xabarlarda “Перевести” tugmasi berkitilgan bo‘ladi.
• Ushbu opsiyaning qurilmada ishlashi uchun iOS 15+ yoki Android'ning istalgan versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

Bezatish sozlamalari bilan QR-kodlar

• Ommaviy havolaga ega bo‘lgan istalgan profil, guruhli chat, kanal yoki bot uchun QR-kodni shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
• QR-kodni tezkor yaratish uchun foydalanuvchi yoki chat/kanal profilidagi ommaviy havola yonidagi yangi ikonka ustiga bosing hamda mos keluvchi ranglar va naqshni tanlang.
• Sozlamadan so‘ng kodni saqlash, chop etish, Telegram yoki boshqa ilovalar orqali yuborish mumkin.

Boshqa yangilanishlar

• macOS uchun Telegram'da sichqonchaning o‘ng tugmasi orqali chaqiriluvchi barcha menyular yangilandi: har bir menyu bandi uchun yaxshilangan navigatsiya va animatsiyali ikonkalar qo‘shildi.
• Telegram Desktop'da har bir kontekstli menyular bandlarining yon tomonida ikonkalar paydo bo‘ldi.
• Mobil mijozlar videoroliklar uchun yaxshilangan taym-kodlarni qabul qilib oldi.
• Ba’zi animatsiyali emodzilar endi ustiga bosilganida to‘liq ekranli effektlarga ega bo‘ldi, masalan: 🔥, 😁, 🤩, 😢, 😭, 😱, ❄️.
• Emodzi ustiga bosganingizda, agar unda ham chat oynasi faol bo‘lsa, suhbatdoshingiz effektni siz bilan bir vaqtda ko‘radi.

📃 Batafsil ma’lumot uchun: telegram.org/blog/reactions-spoilers-translations/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

🆕 Yuklanmalar menejeri, boshqa ilovalar orqali jonli efir, yangi biriktirmalar menyusi va boshqalar

Android, iOS, macOS
va Unigram mijozi uchun Telegram 8.6 versiyasiga, Telegram Desktop – 3.6 versiyasiga qadar yangilandi.

Yuklanmalar menejeri

• Qidiruvda yangi Загрузки varaqa (вкладка)si paydo bo‘ldi, unda ayni damda yuklab olinayotgan va yaqin orada yuklab olingan media va fayllarni ko‘rish mumkin (Desktop: Настройки > Продвинутые настройки > Загрузки).
• Qidiruv maydonida (iOS) yoki ilovaning sarlavha qismida (Android) materiallarni yuklab olish vaqtida joriy bo‘limga tezkor o‘tish uchun belgicha (иконка) paydo bo‘ladi.
Загрузки'da yuklanmalarni to‘xtatib turish (пауза) va qaytadan ishga tushirish, ularning prioritetini oshirish yoki chatlar ro‘yxatidan muayyan fayl yuborilgan muloqot oynasiga tezkor o‘tish mumkin.

Boshqa dasturiy ta’minotlar orqali jonli efirlar

• Guruh va kanallar administratorlari translyatsiyalarni boshqarish uchun endi OBS Studio yoki XSplit Broadcaster kabi boshqa dasturlarni qo‘llashlari mumkin.
• Boshqa vositalar efir vaqtida oynalar o‘rtasida tezkor o‘tish, tasvir ustidan foydali ma’lumotni qo‘shish yoki yashil ekranni qo‘llash imkonini taqdim etadi.
• Translyatsiyalar uchun dasturlardan foydalanish uchun guruhda yangi videochatni yoki kanalda yangi translyatsiyani yarating, Начать с помощью tugmasini bosing va paydo bo‘lgan ma’lumotni kerakli dasturga nusxalab o‘tkazing.
• RTMP-translyatsiyalarning ishlashi uchun Telegram'ning so‘nggi versiyasi talab etiladi (eskilarida ushbu funksiya ishlamaydi).

Yangi biriktirmalar menyusi

• Bir nechta biriktirmalarni yuborishda hosil bo‘lgan albomni ko‘zdan kechirish, yuborish oldidan materiallar tartibini o‘zgartirish, ortiqcha medialarni olib tashlash yoki albom ostiga tezkor ravishda yozuv qo‘shish mumkin.
• To‘g‘rilashlar kiritish uchun menyuning yuqori qismidagi Выбрано ustiga bosing.
• Biriktirmalar menyusi yangi, qulay dizaynga o‘tdi (iOS).
• Yangilangan Файлы bo‘limida barcha so‘nggi yuborilgan fayllarni ko‘rish va nomlanishi bo‘yicha qidiruvdan foydalanish mumkin (iOS).

Telefon raqami bo‘yicha havolalar

• Endi Siz, Telegramdagi Siz bilan chatni ochish imkonini beruvchi telefon raqamingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolani do‘stlaringizga ulashishingiz mumkin.
• Havolalar faqat maxfiylik sozlamalarida telefon raqami orqali topishga ruxsat berilgan taqdirdagina ishlaydi.
• Telefon raqami xalqaro formatda ko‘rsatiladi (masalan, t.me/+123456789).

Boshqa yangilanishlar

• To‘liq yangilangan t.me sahifalari dizayni.
• Silliq animatsiyalar bilan yangi avtorizatsiyadan o‘tish interfeysi (Android va macOS uchun Telegram).
• QR kod orqali kirish uchun ekrandagi yangi animatsiyalar (masOS uchun Telegram).
• Android'dagi yarim shaffof interfeys.
• Boshqa akkauntni yangi oynada ochish imkoniyati (macOS uchun Telegram).

📃 Batafsil ma’lumot uchun: https://telegram.org/blog/downloads-attachments-streaming/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

🆕 Botlar uchun inqilobiy imkoniyatlar, bildirishnomalar tovushlari va boshqa ko‘plab yangilanishlar

Android, iOS, macOS
va Unigram mijozi uchun Telegram 8.7 versiyasiga, Telegram Desktop – 3.7 versiyasiga qadar yangilandi.

Web-botlarning inqilobiy imkoniyatlari

• Dasturchilarga JavaScript yordamida cheksiz xilma-xillikdagi interfeyslarni yaratish uchun vositalar taqdim etilmoqda.
• Yangi avlod Telegram-botlari har qanday veb-saytning o‘rnini to‘liq bosishi mumkin.
• Botlar interfeysda qo‘llaniluvchi rang haqidagi ma’lumotlarni qabul qiladi, kun va tun rejimlari o‘rtasida o‘tganingizda yoki rang mavzusini o‘zgartirganingizda shu zahoti moslasha oladi.
• Yangi avlod botlarini @DurgerKingBot taqdimoti (demosi) misolida sinab ko‘rishingiz mumkin.

Maxsus bildirishnoma tovushlari

• Endi Telegram'ingizda istalgan tovush bildirishnoma bo‘lishi mumkin.
• Telegram kutubxonasidagi tovushlar barcha qo‘llab-quvvatlanuvchi platformalarda mavjud va mutlaqo bepuldir.
• Bildirishnoma tovushini istalgan alohida chatga va kerakli turdagi barcha chatlar (shaxsiy chatlar, kanallar, guruhlar)ga nisbatan o‘rnatish mumkin.
• Qisqa audiofayl yoki chatdagi ovozli xabar ustiga bosing, uni bildirishnomalar ro‘yxatiga qo‘shing va istalgan suhbatlarda qo‘llang.
• Bildirishnomalar uchun tovushlar sifatida 5 soniyadan kamroq va hajmi 300 KB'gacha bo‘lgan audiofayl va ovozli xabarlarni qo‘llash mumkin.
• Mos keluvchi tovushlar uchun misollar @CustomNotificationSounds'da jamlangan.
• Bildirishnomalarni sozlash yoki yangi tovushlarni qo‘shish uchun Настройки (Sozlamalar) > Уведомления и звуки (Bildirishnomalar va tovushlar) bo‘limi bo‘ylab o‘ting.

Bildirishnomalarni istalgan muddatga o‘chirib turish

• Endi bildirishnomalar kelishini to‘xtatib turishni istalgan muddatga qadar o‘rnatish mumkin.
• Yangilangan menyuda bildirishnomalar kelishini to‘liq yoki vaqtinchalik o‘chirish — yoki shunchaki tovushni o‘chirib qo‘yib, ovozsiz bildirishnomalarni qabul qilishda davom etish mumkin.
• Android'da ovozsiz rejimning davomiyligini sozlash uchun chatning yuqori panelida belgisi ustiga bosing. iOS'da chat profilidagi Убрать звук (Sukut qilish) bandiga bosing.

Chat profilida yangi avtomatik oʻchirish menyusi

• Endi xabarlarning avtomatik o‘chirilishini faollashtirish uchun kamroq harakat talab etiladi.
• Taymer sozlamalari yanada moslashuvchan bo‘ldi: uni, masalan, 2 kun, 3 hafta, 4 oy va hokazo muddatga qadar o‘rnatish mumkin.
• Chat profilidagi belgisiga bosgan holda xabarlarning avtoo‘chirilishini faollashtiring.

Bot-adminlarni tezkor sozlash

• Endi botning profilidan chiqmay turib, maxsus tugmani bosish orqali botni foydalanuvchining guruh yoki kanaliga qo‘shish mumkin.
• Shu yerning o‘zida darhol uning huquqlari va ruxsatlarini sozlab ketish mumkin.
• Kanallarga botlarni faqat adminlar sifatida, guruhlarga esa — ham adminlar, ham ishtirokchilar sifatida qo‘shish mumkin.

Yangilangan “Tasvir ustida tasvir” rejimi (Android)

• Oyna o‘lchamini ikki barmoq bilan ikki chetga yoki markazga surish orqali o‘zgartiring.
• Video ijrochisini tezkor yopish uchun X tugmasiga bosing.
PiP (Picture in Picture) rejimi yumaloq burchakli yangi dizaynga ega bo‘ldi.

Boshqa yangilanishlar

• Xabarlarni qayta uzatishda xabarning suhbatdoshning muayyan xabariga javob tarzida yuborilganligi haqidagi holatini saqlash.
• Xabarlarning yaxshilangan tarjimasi (iOS).
• Guruhlarda xabarlar tarixini barcha uchun tozalash.
• Telefon raqamini o‘zgartirish interfeysidagi yangi animatsiyalar.
• Ko‘proq animatsiyali emodzilar.

📃 Batafsil ma’lumot uchun havola.

Android
: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

🆕 700 million foydalanuvchilar va Telegram Premium

iOS uchun Telegram
va Unigram mijozi 8.8 versiyasiga qadar yangilandi.
⚠️ Android va Telegram Desktop uchun yangilanishlar hozircha kutilmoqda. Hozirda obunani faqatgina App Store orqali rasmiylashtirish mumkin.

Telegram Premium

• Messenjer pullik obunani taqdim etadi, uning yordamida Telegram’ning keyingi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.
Telegram Premium'ga obuna bo‘lgan foydalanuvchi uchun ilovadagi deyarli barcha limitlar ikki baravarga oshiriladi.
• Obunachilar 4 Gb gacha bo‘lgan fayllarni yuklashlari, fayllarni maksimal tezlikda yuklab olishlari, noyob stikerlar va reaksiyalar yuborishlari, suhbatni boshqarishning qo‘shimcha vositalaridan foydalanishlari va boshqa ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lishlari mumkin.
• Barcha mavjud funksiyalar hamma uchun bepulligicha qoladi. Bundan tashqari, hattoki Telegram Premium'ga ega bo‘lmaganlar ham obunachilar uchun mavjud bo‘lgan ba’zi imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
• Obunaning xalqaro narxi oyiga 3,99 AQSh dollarini tashkil etadi (ilovalar doʻkoni komissiyalaridan tashqari).
• Premium-obuna afzalliklarining to‘liq ro‘yxati bilan ushbu maqola orqali tanishish mumkin.

Ommaviy guruhlarga a’zolik uchun arizalar

• Ommaviy guruhlar adminlari endi so‘rov bo‘yicha a’zo bo‘lish rejimini faollashtirishlari mumkin.
• Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan so‘rov faqat chat adminlariga ko‘rinuvchi ro‘yxatga kiritiladi.
• Ommaviy guruh egalari so‘rov bo‘yicha a’zolikni ushbu bo‘lim orqali faollashtirishlari mumkin: Информация о группе > Редактировать > Тип группы > Кто может отправлять сообщения? > Только участники > Заявки на вступление.

Chatlarni oldindan ko‘rishning yaxshilanishi (Android)

• iOS qurilmalari egalaridagi kabi qulayroq chatni oldindan ko‘rish qo‘shildi.
• Endi ushbu rejimda xabarlarni yuqoriga/pastga siljish orqali butun suhbatni ko‘rish mumkin — bunda ular o‘qilgan deb belgilanmaydi.
• Bundan tashqari, chatdagi bildirishnomalarni o‘chirish, suhbatni o‘qilgan deb belgilash, uni biriktirib qo‘yish yoki o‘chirish imkonini beruvchi yangi tugmalar mavjud.
• Chatni oldindan ko‘rish uchun chatlar ro‘yxatidagi profil rasmi ustiga bosib, ushlab turish yetarlidir.

Botlar uchun yaxshilanishlar

• Dasturchilarlar endi “Что умеет этот бот?” bo‘limiga rasm yoki video joylashtirishlari mumkin.
• Qo‘shimchalar menyusiga qo‘shilgan botlar avval faqat shaxsiy chatlarga ulanish uchun foydalanilgan, ammo endi guruhlar va kanallarda ishlash uchun o‘zgartirilishi mumkin.

Medianing avtomatik saqlanishi (Android)

• Rasmlar va videolarni galereyaga avtomatik saqlash funksiyasi qo‘shimcha sozlamalarga ega bo‘ldi.
• Galereyaga saqlashni shaxsiy chatlar, guruhlar va kanallar uchun alohida faollashtirish yoki o‘chirish mumkin.

Ushbu postning davomi👇🏻

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

Ushbu postning boshlanishi 👆🏻

Chetki ilovalardan oson yuklab olish (iOS)

Telegram foydalanuvchilarga katta hajmdagi fotosuratlar, videolar va boshqa yirik fayllarni bevosita chetki ilovalaridan yuklash imkonini beradi.

Avatarlar konstruktori (macOS)

• macOS asosidagi qurilmalar egalari endi tezkor tarzda noyob video avatarlarini yaratishlari mumkin.
• Mos keluvchi stiker yoki animatsion smaylikni tanlang va unga yorqin gradiyentli fon qo‘shing.
• Konstruktor profillar, guruhlar va kanallar uchun mavjud.
• Animatsion video avatarini yaratish uchun Sozlamalar yoki chat maʼlumotlari sahifasiga oʻting, hamda Редактировать > Фотография профиля > Стикер или эмодзи ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.

Tuzatishlar va yaxshilanishlar

• Ushbu yangilanishga ishlab chiquvchilar ilovaning mobil va kompyuter versiyalari uchun 100 dan ortiq tuzatishlar va yaxshilanishlarni kiritdilar.
• Xatolar tuzatildi, messenjerning ishlashi tezlashtirildi, ba’zi funksiyalar yaxshilandi.
iPhone va iPad'larning so‘nggi modellari egalari ancha silliq (soniyasiga 120 kadr tezlikdagi) animatsiyalardan bahramand bo‘la olishadi.
• Android'da ovozli va video xabarlardagi audio va video sifati yaxshilandi, telefonning asosiy ekranidagi ilova belgisini o‘zgartirish, so‘nggi stikerlar ro‘yxatini birdaniga o‘chirib tashlash va “О себе” boʻlimidagi boshqa foydalanuvchilarga tegishli xabarlarni va chatlar tavsiflarini tarjima qilish mumkin.

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

🆕 Cheksiz reaksiyalar, emoji statuslar va boshqalar

Android
, iOS va macOS uchun Telegram, shuningdek Unigram mijozi 9.0 versiyasiga qadar yangilandi.

⚠️ Telegramning qolgan mijozlari yangi versiyani yaqin vaqt oralig‘ida qabul qilib oladi.

📃 Batafsil ma’lumot uchun havola.

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija