IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim

🎧🔊 Quloqchinlar uchun hajmdor tovush (Spatial sound)ni faollashtirish

Microsoft'ning joriy operatsion tizimida Windows Sonic nomli funksiya mavjud bo‘lib, u video va o‘yinlar namoyishida qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ichki o‘rnatilgan hajmdor tovush hosil qiluvchi audio tizimdir.

Ushbu funksiya ko‘p kanalli quloqchinlar va mos keluvchi kontentdan foydalanganda o‘zini eng yaxshi ifodalaydi. Biroq, o‘yinlar yoki videolar namoyishida 3D-tovushni qo‘llab-quvvatlamaydigan oddiy quloqchinda ham farq sezilarli bo‘ladi.

Opsiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalar panelidan faollashtirish mumkin. Bu uchun karnaycha belgisi ustiga bosib, kengaytirilgan sozlamalarga o‘tiladi va Windows Sonic for Headphones bandi tanlanadi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

⛔️ Windows'da tizim bilan birgalikda ishga tushuvchi dasturlarning avtomatik yuklanishini faolsizlantirish

Kompyuterni uzoqroq muddat ishlatib kelayotgan foydalanuvchilar, tizim ishga tushirilgan paytdagi yuklanishi – dastlabki yuklanishlariga nisbatan ko‘proq vaqt olayotganiga guvoh bo‘lishlari mumkin.

Bu bizga ortiqcha dasturlarni Windows ishga tushgan paytda birgalikda yuklanishidan o‘chirib qo‘shish maqsadida Автозагрузка'ga murojaat etishimiz lozimligini anglatadi. Bunda bajariladigan qadamlar ketma-ketligi quyidagicha:

1️⃣. Windows 7 va undan oldingi tizimlarda

WIN + R birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga msconfig buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosing. Ochilgan oynadagi Автозагрузка varaqa (вкладка)siga o‘ting va tizim bilan birga yuklanishi zarur bo‘lmagan dasturlar qarshisidan qushcha belgilarini olib tashlang. Kiritilgan o‘zgartirishni saqlang.

2️⃣. Windows 8 va undan keyingi tizimlarda

CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali Диспетчер задач oynasini ekranga chaqiring. Ochilgan oynaning Автозагрузка varaqa (вкладка)sida kerakli dastur keltirilgan bandni tanlang, so‘ngra oynaning pastki o‘ng burchagidagi Отключить tugmasini bosing.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software #word #excel #powerpoint #outlook

Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish 📥

Windows ISO Downloader – Microsoft serverlaridan Windows operatsion tizimining rasmiy obrazlarini oddiy yuklab olish uchun mo‘ljallangan bepul dastur.

Dastur obrazini yuklab olish mumkin bo‘lgan mavjud operatsion tizimlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ayni damda bu Windows 7, Windows 8.1, Windows 10 va Insider Preview, shuningdek MS Office 2010, Office 2013, Office 2016, Office 2019 va Expression Studio'lardir. Mos keluvchi tizim tanlanganidan so‘ng, dastur Microsoft Techbench saytidagi kabi monand formani aks ettiradi.

Kompyuterga allaqachon o‘rnatilgan va qo‘llanilib turgan operatsion tizimning tayyor ISO obrazini yuklab olish, tizimni qayta o‘rnatish yoki tiklash uchun ajoyib variant hisoblanadi.

📎 Windows ISO Downloader v8.46.0.154 kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

SHUTDOWN buyrug‘i ⚙️

SHUTDOWN buyrug‘i foydalanuvchining faol seansini yakunlash, kompyuterni qayta yuklash, uni uyqu rejimiga o‘tkazish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Tegishli ruxsatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, buyruq masofada turgan tizim uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Ushbu buyruqni Buyruq satri (Командная строка, Command Line) hamda WIN + R birikmasini bosib, Выполнить (Run) oynasi orqali qo‘llash mumkin. Buyruqning bajarilish usullarini ko‘rib chiqamiz.

1️⃣. shutdown /s – kompyuterni 30 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

2️⃣. shutdown /s /t 0 – kompyuterni darhol o‘chirib qo‘yish.

3️⃣. shutdown /h – kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish.

4️⃣. shutdown /l – joriy foydalanuvchining faol seansini yakunlash.

4️⃣. shutdown /r – kompyuterni qayta yuklash.

5️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\COMP7 – COMP7 nomli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

7️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

8️⃣. shutdown /r /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni qayta yuklash.

❗️Post ostida ilova qilinayotgan dastlabki ikki mavzu orqali ham ushbu buyruq bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 👇🏻

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

⚡️ Powerbank ortib olgan Tesla

📌 P.S.: ... va quvvat tugashidan xavotir yo‘q! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat

👤🔄 Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish

Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar.

Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz:

1️⃣. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL + SHIFT + N).

2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting.

3️⃣. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT + ENTER birikmasini bosing).

4️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing.

5️⃣. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating.

6️⃣. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting.

7️⃣. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor! 😉

📝 Manba: @GooogleTM

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #security #software

Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?

Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.

3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.

4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.

❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.

📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
CyberShredder dasturi
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #security

⤴️ Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish

Windows 10'da Windows'ning qoida bo‘yicha o‘rnatilgan sozlamalariga qaytaruvchi “Сбросить настройки ПК” opsiyasi mavjud. Bu Windows'ni qayta o‘rnatib o‘tirgandan ko‘ra tezroq va qulayroq kechuvchi jarayondir.

Kompyuteringizdagi Windows 10 sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
1️⃣. WIN + I klavishlari birikmasi yordamida “Настройки” oynasini ekranga chaqiring.
2️⃣. Ochilgan oynada “Обновление и безопасность” -> “Восстановление” bandlari bo‘ylab o‘ting.
3️⃣. “Перезагрузить этот компьютер” bo‘limida “Начать” tugmasi ustiga bosing.
4️⃣. Qayta tiklash (сброс)ning kerakli parametrlarini tanlang. (Fayllarni saqlash, qattiq diskni to‘liq tozalash va hokazo)

“Сбросить этот ПК” opsiyasi qulay, biroq qurilmangiz ishlab chiqaruvchisi zavodda ko‘plab istalmagan dasturiy ta’minotlarni o‘rnatgan bo‘lsa, qayta tiklash ushbu dasturlarni o‘chirmaydi.

📌 P.S.: Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
CyberShredder dasturi
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat

⚡️ Windows'ni qo‘shimcha dasturlarsiz aktivatsiya qilishning 3 usuli

Agar Windows litsenziyasi rasmiy manbalardan xarid qilinmagan bo‘lsa tavsiya etilgan ushbu usullardan foydalanish maqsadga muvofiq emasdir. Ulardan litsenziya kaliti yo‘qotilgan taqdirda, yoki, masalan, kompyuterdagi asosiy plata almashtirilganida foydalanish tavsiya etiladi.

1️⃣. Блокнот dasturi yordamida

01. Google'ga windows 10 activator txt (yoki darhol) get.msguides.com/windows-10-8.1-8-7.txt havolasi bo‘ylab o‘ting.
02. Matnni nusxalaymiz va kompyuterimizda ishga tushirilgan Блокнот'ga joylashtiramiz.
03. Faylni ixtiyoriy nom ostida va .bat kengaytmasi bilan saqlaymiz (masalan, activation.bat).
04. Saqlangan faylni administrator nomidan ishga tushiramiz va bir daqiqa atrofida kutamiz.
05. Barchasi muvaffaqiyatli bajarilganiga amin bo‘lish maqsadida, WIN + I birikmasi orqali chaqiriluvchi “Параметры” oynasida “Обновления и безопасность” bo‘limiga o‘tamiz.

2️⃣. Power Shell yordamida

01. “Пуск” menyusini ochamiz va qidiruv maydoniga Powershell'ni kiritamiz va so‘rov natijasida yuzaga kelgan Windows PowerShell bandini administrator nomidan ishga tushiramiz.
02. slmgr /skms kms.loli.best'ni kiritamiz va yuzaga kelgan oynani yopamiz.
03. slmgr /ato'ni kiritamiz va yopamiz.
04. Xuddi shu harakatni slmgr /xpr uchun amalga oshiramiz.
05. Aktivatsiya qilingan operatsion tizimimiz bilan zavqlanamiz.

3️⃣. Buyruq satri (Командная строка) yordamida

01. WIN + R birikmasi orqali chaqiriluvchi “Выполнить” oynasiga cmd'ni kiritib ENTER'ni bosish orqali “Командная строка”ni ishga tushiramiz.
02. Microsoft rasmiy saytiga o‘tamiz va u yerdan o‘zimizdagi Windows versiyasi uchun kalitni nusxalaymiz.
03. O‘zimizga kerakli kalitni joylashtirgan holda ushbu buyruqni Buyruq satri oynasiga bajarishga yuboramiz: slmgr/ipk W269N-WFGWX-YVC9B-4J6C9-T83GX.
04. So‘ngra ushbu buyruqni: slmgr /skms kms.digiboy.ir.
05. Va bunisini yuboramiz: slmgr /ato.
06. Tayyor!

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
Windows 7, 8.1 va 10'ni tezkor aktivatsiya qilish
Mini KMS Activator Ultimate kompyuter dasturi
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

⚙️ Operativ (tezkor) xotiradagi ziyon ko‘rgan sektorlarni qanday aniqlash mumkin?

Kompyuter ishlab turgan paytda operativ xotirada operatsion tizim, ishga tushirilgan dasturlar ma’lumotlari, shuningdek protsessor tomonidan ishlov beriluvchi kiruvchi, chiquvchi va oraliq ma’lumotlar joylashgan bo‘ladi. Operativ xotira bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, bularning barchasi yomon ishlaydi.

MemTest86 - kompyuter yoki noutbukdagi operativ xotirani xatoliklar va ishlashidagi muammolarga qarshi tekshirish imkonini beruvchi bepul dastur. Yordamchi dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u operatsion tizim tarkibida emas, balki fleshkaga yozib olib, BIOS orqali ishga tushiriluvchi alohida obraz ko‘rinishida kelishidir.

Bunday ishga tushirish usuli o‘z afzalliklariga ega: dastur operativ xotirani butunlay sinovdan o‘tkaza oladi va operatsion tizim unga xalaqit bermaydi. Operatsion tizim ishga tushmasa yoki uzilishlar bilash ishlagan taqdirda, siz xotira bilan bog‘liq muammolar bor yoki yo‘qligini aniqlab ko‘rishingiz mumkin.

Dastur butun xotirani oldindan mavjud ma’lumotlar bloklari qaytarilishlari bilan yozib to‘ldiradi, so‘ngra ikki o‘tishda: kichik manzillardan kattalariga qarab o‘tgan holda yozilgan ma’lumotni o‘qib solishtiradi. Mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha xatoliklarni aniqlash uchun protsedura turli xil ma’lumotlar namunalari uchun takrorlanadi.

Xotiraning alohida modulini tekshirganingiz maqsadga muvofiqdir, ya’ni bunda biz kompyuterni o‘chiramiz, uni ochamiz, operativ xotiraning bittadan boshqa barcha modullarini ajratib olamiz va kompyuterni ishga tushirgan holda uni tekshiramiz. Jarayon yakunlanganidan so‘ng – joriy modulni uzib, keyingisini ulaymiz va tekshirishda davom etamiz. Shunday qilib, muammolar aynan qaysi modulda yuzaga kelayotganini aniqlash mumkin.

📎 MemTest86 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi?
UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi?
Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
Rufus dasturi yordamida Windows 11 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish
WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
Kompyuter dasturlari:
MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset)
Ventoy
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija