IT specialist
11.8K subscribers
1.12K photos
475 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android #rasm_bilan_ishlash

🎨 Colorize it - oq-qora rasmlarga avtomatik rang berish uchun neyron tarmoqlari va sun’iy intellekt uslublarini qo‘llovchi mobil ilova. Android 6.0+. Premium-versiya.

📎
Colorize It Premium v1.1.8 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #game #dasturlash

Olamga mashhur “Tetris” o‘yini 1984-yil 6-iyun kuni, o‘sha paytlar Sovet Ittifoqi Fanlar akademiyasi Hisoblash markazi dasturchisi Aleksey Pajitnov tomonidan yaratilgan.

Ushbu o‘yin dastlab o‘zining maxsus gadjetlari ko‘rinishida, keyinchalik tugmachali telefonlarda va katta sensorli ekranlarda paydo bo‘lib, hali hanuz o‘ynalib kelinmoqda, boshqa shu kabi qiziqarli o‘yinlar yaratilishiga turtki bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa ham ajabmas.

O‘yin yaratishni endigina boshlayotgan dasturchilar, ushbu mashaqqatli sohani o‘zlashtirish maqsadida, soddaroq bo‘lgani bois o‘z faoliyatlarini aynan shu kabi o‘yinlarning kodini tahlil qilishdan boshlashadi.

📌 P.S.: Ushbu o‘yinni, uning dastlabki ko‘rinishlaridagi gadjetlarda o‘ynab ko‘rganmisiz?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #hardware #operatsion_tizim

HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak? 🤔

Dastlab qaysi biri qanday tuzilgan va qay tariqa ishlashini ko‘rib chiqamiz:

HDD (Hard Disk Drive) – ma’lumot saqlashda elektrga bog‘liq bo‘lmagan qattiq (жесткий) disk. U bir necha metal disklardan tashkil topgan bo‘lib, ushbu metal disklar aylanishi hisobiga diskdan ma’lumotlar o‘qiladi.

SSD (Solid State Drive) – ma’lumot saqlashda elektrga bog‘liq bo‘lmagan qattiq (твердотельное устройство) qurilma yoki disk. U asosan mikrosxemadan tashkil topgan bo‘lib, ma’lumotlarni HDD kabi metall disklarda emas, balki flesh xotiralarda saqlaydi. Ishlash prinsipi bo‘yicha fleshkani eslatib yuborsa-da, biroq undan tezroq va ishonchliroqdir.

↔️ Endi ularning farqlari haqida to‘xtalib o‘tamiz:

📌 Tezlik. SSD qurilmasi HDD'ga qaraganda tezroq ishlaydi, chunki u yerda mexanik aylanishlar bo‘lmaydi, barchasi mikrosxemalarda bajariladi.

📌 Narx. HDD arzonroq, lekin SSD'larning ham narxlari tushib bormoqda.

📌 Ishonchlilik. HDD'larda biror mexanik vaziyat (tushib ketish, biror nimaga urib olish) sodir bo‘lsa, ishdan chiqish ehtimoli juda katta (o‘z tajribamizda bo‘lgan vaziyat), SSD disklar ham jaaa buldozer 🚜 emas, ular ham buziladi, lekin HDD'larda mavjud bo‘lgan mexanik disklar va ularni o‘quvchi kallaklar (головки) SSD'larda bo‘lmagani evaziga biroz ishonchliroqdir.

📌 Shovqin. HDD disklarda metall distlar aylanganligi sababli shovqinli hisoblanadi, yuklama tushganda disklar aylanayotganini eshitishingiz ham mumkin.

📌 Quvvat. SSD disklar kam quvvat talab qiladi, HDD disklarda esa metall disklarni katta tezlikda aylantirish uchun yaxshigina quvvat zarur.

📌 Hajm. Hajm bo‘yicha ikkalasida ham muammo yoq desa ham bo‘ladi, turli xil variantlari bor, lekin shunday bo‘lsa-da, HDD'larda bu borada variant ko‘proq.

📌 Form faktor (tashqi ko‘rinishi). SSD disklar HDD'ga qaraganda o‘lcham jihatidan kichikroq, yengilroq va olib yurish uchun ham qulaydir.

📌 Ishlash davomiyligi. HDD disklar qandaydir mexanik ta’sirlar bo‘lmasa anchagacha ishlashi mumkin. SSD disklarga ma’lum bir marotabagacha yozish va o‘qish chegaralari bor, bu chegaralar uy kompyuteringizdagi SSD disklar uchun unchalik ahamiyatsiz, bu chegara asosan serverlar uchun muhimroqdir.

📊 Asosiy farqlari shu, endi kimga qaysi birini tanlash kerakligiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak:

Geymerlar, ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchilar, dasturchilar, video va foto montajchilar va albatta o‘z kompyuterida tezkor ishlashni xohlovchilar uchun – SSD yaxshi variant.

Katta hajmdagi video fayllarni saqlovchilar, arxiv ma’lumotlari bilan ishlovchilar, videokuzatuv ma’lumotlarini saqlovchilar, asosan ofis ishlari bilan shug‘ullanuvchlar uchun ma’lumot saqlashda – HDD'dan foydalanish mumkin.

Optimal variant – aralash qilib ishlatish. Tizim tezroq yonishi uchun, uni SSD'ga o‘rnatib, ma’lumotlarni saqlash uchun HDD'dan foydalansa bo'ladi yoki montaj ishlari uchun SSD'ni tayinlab, qolgan dasturlarni HDD'ga o‘rnatish mumkin, bular endi o‘zingizdagi fantaziya, ish sharoiti va albatta moddiy imkoniyatlar bilan bog‘liq.

🦅 SSD tezligini tasavvur qilishingiz uchun misol: SSD disk orqali Windows'ni yuklasangiz HDD'ga nisbatan tizimingiz 5, 6 marotaba tezroq yuklanadi.

☝️Kimga qaysi biri kerak degan savol nisbiy berilgan, mablag‘ bo‘lsa istalgan odam uchun SSD qulay. Bunda bitta farq – ma’lumotlar bazasi bilan (serverlarda) ishlashda tanlov ustida shoshmagan ma’qul, chunki yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, SSD disklarda yozish chegarasi mavjud.

📝 Manba: @planetait

📌 P.S.: Xo‘sh, sizchi, shaxsiy kompyuter yoki noutbukingizda ushbu qurilmalarning qaysi biridan foydalanasiz?

ℹ️
Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🖼 PhotoRoom - tarkibiga ko‘plab noyob shablonlarni oluvchi fonni o‘chirish uchun eng aniq fotomuharrir. Android 8.0+. Pro-versiya.

📎
PhotoRoom Pro v3.7.0 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from YANGI KASBLA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekistondagi yangi va zamonaviy kasblardan biri bo'lgan GRAFIK DIZAYNERlik kursida tahsil oling.

📌Darslar onlayn tarzda olib boriladi;
📌Kurs 4 oyga mo‘ljallangan;
📌O‘quvchilarda yaxshi natija bo‘lishi uchun bir guruhga atigi 5 ta o‘quvchi qabul qilinadi.

Kursni bitirgan o‘quvchilar o'z portfoliosiga ega bo‘ladi. Darslarda har bir o‘quvchiga alohida e'tibor bergan holda o‘tiladi.
Shoshiling joylar juda kam.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:
🔹 @Javlonbeckcom
📞 +998935963244

Batafsil...
#smartfon #android

🤸🏻‍♂️Fitify Workouts - barcha uchun induvidual mos keluvchi dastur yordamida vaznni kamaytirish, yog‘ni yoqish, mushaklarning massasi va kuchini oshirish bo‘yicha 850 dan ortiq mashqlar to‘plamini o‘zida mujassamlashtirgan mobil ilova. Android 5.0+. Premium-versiya.

📎 Fitify Workouts v1.66.2 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
7 Minute Workout mobil ilovasi
Abs 21 v2.2.0.0 mobil ilovasi
RunKeeper v11.3 mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Qaysi klavishlar birikmasi avtosummani hosil qilish uchun qo‘llaniladi?
Anonymous Quiz
15%
SHIFT + A
38%
CTRL + SHIFT + F4
33%
ALT + =
14%
ALT + SHIFT + A
#ict_news

“Eng baland shoxdagi olma”: “Apple” joyiga qaytdi 🍏

“Apple” yana dunyodagi eng qimmat brendga aylandi — 263,3 mlrd. dollar. “Brand Finance Global 500” uning 2021-yildagi narxini shunday baholadi.

Besh yil avval — 2016 yili “Apple” xuddi shu mavqeda, birinchi o‘rinda edi.

Reyting tuzuvchilar kompaniya App Store, iCloud, Apple Podcasts, Apple Music, Apple TV va Apple Arcade singari raqamli servislari va obuna xizmatlarini yaxshi rivojlantirganini e’tirof etishgan. Birgina misol: yangi yilning ilk kunlarida App Store mijozlari raqamli mahsulot va xizmatlarga 540 million dollar sarflashdi.

O‘z biznesini muvaffaqiyatli diversifikatsiyalash evaziga “Apple” korporatsiyasi reyting yetakchilarini ortda qoldirdi va o‘z brendi qiymatini bir yil davomida 87 foizga oshira oldi, solishtirish uchun: ikkinchi o‘rindagi “Amazon”254,1 mlrd. dollar, +15,1 foiz, uchinchi o‘rindagi “Google”191,2 mlrd. dollar, +1,4 foiz.

Eng qimmat brendlar reytingida to‘rtinchi o‘rinda — “Microsoft” (140,4 mlrd. dollar, +20 foiz). Beshinchi o‘rinda — “Samsung” (102,6 mlrd. dollar, +8,6 foiz).

Top-10ga, shuningdek, “Walmart”, “Facebook”, “ICBC”, “Verizon” va “WeChat” kirgan.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #grafika #dasturlash #IT_humor

Loyiha menejeri: Dasturdagi ushbu tushunmovchilikni ertangi kunga qadar bartaraf etishingiz shart!

Bunga javoban men... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

⌨️ Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari (1-qism)

CTRL + L — matnni sahifaning chap cheti bo‘ylab tekishlash;

SHIFT + F3 — harflar registrini o‘zgartirish (kichik harfni katta / katta harfni kichik qilish);

CTRL + SHIFT + 8 — chop etilmaydigan maxsus xizmatchi belgilarni ko‘rsatish / berkitish;

CTRL + R — abzats tekislanishini o‘zkazish: sahifaning o‘ng cheti bo‘ylab ↔️ chap cheti bo‘ylab;

CTRL + J — abzats tekislanishini o‘zkazish: sahifa kengligi bo‘yicha ↔️ sahifaning chap cheti bo‘ylab;

CTRL + E — abzats tekislanishini o‘zkazish: sahifa markazi bo‘yicha ↔️ sahifaning chap cheti bo‘ylab;

CTRL + + (CTRL + SHIFT + +) — matn, son yoki biror belgini yuqori / pastki indeksga o‘zkazish / oddiy matn holatiga qaytarish;

CTRL + 0 — abzats oldidan interval qo‘shish / olib tashlash;

CTRL + 1 — birlamchi satrlararo interval;

CTRL + 2 — ikkilamchi satrlararo interval;

CTRL + 5 — bir yarimtalik satrlararo interval;

CTRL + ] (CTRL + [) — shrift o‘lchamini 1 punktga kattalashrirish / kichraytirish;

CTRL + BACKSPACE (CTRL + DELETE) — kursordan chap / o‘ng tomonda joylashgan so‘zni o‘chirish.

👉🏻 Ushbu ro‘yxatning 2-qismi.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'ning “Проводник” oynasi sarlavhasida papkalarning joylashgan manzilini ko‘rsatish 📁

Qoida bo‘yicha, istalgan papkani ochganimizda, Проводник oynasi sarlavhasida faqar joriy papkaning nomlanishini ko‘ra olamiz. Ushbu oynada manzil satri (Адресная строка, F4)ning o‘ngrog‘idagi bo‘sh soha ustiga bossak, papkaning to‘liq joylashgan manzilini ko‘rishimiz mumkin.

Agar sarlavhada papka joylashgan manzil doimiy ko‘rinib turishini istasangiz, unda bu uchun Проводник oynasining Вид varaqa (вкладка)siga o‘ting. So‘ngra menyu tasmasining o‘ng qismidagi Параметры tugmasini bosing.

Ochilgan oynada yana Вид varaqa (вкладка)siga o‘ting, so‘ngra Выводить полный путь в строке заголовка bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnatib, kiritilgan o‘zgartirishni Применить ва OK tugmalari yordamida tasdiqlang.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish
Windows'da fayl kengaytmalarini ko‘rinadigan holatga keltirish
Windows uchun Fences dasturi
Total Commander kompyuter dasturi
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Yozishmalar tarixini boshqa messenjerlardan Telegram'ga o‘tkazish 📥

iOS uchun Telegram
'ning 7.4 versiyasida boshqa messenjerlardan xabarlarni import qilish funksiyasi paydo bo‘ldi.

Import haqida ushbu rus tilidagi maqolada batafsil ma’lumot keltirilgan: tginfo.me/wa-tg

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security #software

🛡 Adguard – barcha turdagi reklamalarni bloklash, tarmoqdagi shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalash va firibgar saytlarga kirishning oldini olishda eng yaxshi va kuchli yordamchi dasturlardan biri. Antibanner, Antifishing va Ota-ona nazorati (Родительский контроль) kabi 3 ta asosiy modulni o‘z ichiga oladi.

USHBU VERSIYA HAQIDA
🆚 Versiya: v7.9.3869.0
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 Adguard v7.9.3869.0 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu ruknlar ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

💻 Kompyuterda turli xil ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qulay transformer kreslo

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat

“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish 🚫

Aytaylik, saytlardan turli ko‘rinishdagi fayllarni va eng asosiysi — videolarni yuklab olish uchun xizmat qiluvchi “Internet Download Manager” dasturining kalit talab etmaydigan versiyasini o‘rnatdingiz.

Dastur o‘rnatilganidan so‘ng, brauzerlarni ishga tushirdingiz va ushbu dasturning kengaytmalarini o‘rnatdingiz, barchasi joyida, dastur yaxshi ishlab turibdi.

Muammo shundaki, dastur Internetga ulanganingizni sezgani zahoti o‘z bazasiga murojaat etadi va yangi versiya yuklab olish uchun mavjudligini sizga taklif etadi, bilmay qolib, shoshilinchda kichik oynadagi “Обновить” tugmasini bosib yuborsangiz dastur yangilanadi, lekin login va parol talab etuvchi oynani chiqaradigan bo‘lib qoladi.

Bu esa aksariyat hollarda dasturni kompyuterdan o‘chirishni, kompyuterni qayta yuklashni va o‘rnatish uchun dastlab foydalangan versiyangizni kompyuterdan topib, qaytadan o‘rnatishga sizni majbur qiladi. Xo‘sh, dasturning versiyasini yangilash bilan bog‘liq ushbu muammoni bartaraf etish mumkinmi? Ha, albatta!

Buning uchun klaviaturada Win + R klavishlari birikmasini bosasiz va ochiluvchi “Выполнить” oynasida regedit buyrug‘ini kiritasiz va Enter klavishini yoki oynachadagi “OK” tugmasini bosasiz.

Ochilgan “Редактор реестра” oynasida quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha tegishli bo‘limlarga o‘tasiz: HKEY_CURRENT_USER → Software → DownloadManager → LstCheck (REG_SZ) oynachadagi kodni 31/12/99’ga o‘zgartirasiz → “OK”ni bosasiz.

📎 Bu haqida batafsilroq esa ushbu post ostida biriktirilgan rasm orqali bilib olishingiz mumkin. 👇🏻

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #telegram #iPhone #maslahat

⚠️🌎 Apple e’lon bermay turib Telegram'ga qarshi urush boshladi

Pavel Durov messenjerining xabar berishicha, Apple “foydalanuvchilarga bildirib o‘tirmasdan” kompaniya smartfonlaridan Telegram ilovasini o‘chirib tashlamoqda.

Buning oldini olish, ya’ni hech bir ilova foydalanuvchi ishtirokisiz kompaniya tomonidan o‘chirilmasligi uchun Telegram iPhone smartfoni sozlamalarini yuqoridagi rasmdagi kabi tartibda sozlab olish lozimligiga oid ko‘rsatmalarni berib o‘tdi. Omad, do‘stlar! 😉😂

📝 Manba: @SkuratoffOne

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #excel

Yacheykaga 3/10 qiymati kiritilmoqda. ENTER klavishi bosilganidan so‘ng yacheykada qanday ma’lumot hosil bo‘ladi?
Anonymous Quiz
30%
oddiy kasr son — 3/10
41%
son — 0,3
24%
sana — joriy yilning 3-oktabri
5%
vaqt — 3 dan 10 daqiqa o‘tgan
#operatsion_tizim

Windows'ning buyruq satri (Командная строка)da kiritilgan buyruqlar tarixi 📜

Faraz qiling, siz Windows'ning konsol oynasida ishlamoqdasiz. Qaysidir onda sizga oldinroq kiritilgan buyruqni qayta qo‘llash zarurati paydo bo‘lib qoldi, biroq siz uning kiritilish tartibini unutdingiz.

Bunday vaziyatda nima qilish lozim? Barcha kiritilgan buyruqlar bo‘ylab yuqoriga/pastga qaratilgan strelkachali klavishlarni bosish orqali tartib bilan o‘tishmi? Bu ortiqcha vaqt olishi mumkin.

🗝 Buning osonroq yechimi – F7 funksional klavishidan foydalanishdir. U kiritilgan buyruqlar ro‘yxatini o‘zida aks ettiradi.

📋 Siz buni qo‘llash orqali kerakli bo‘lgan buyruqni tezroq topib, uni ENTER klavishini bosgan holda ishga tushirishingiz mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram 7.4 chiqdi: boshqa messenjerlardan chatlarni ko‘chirish va ko‘plab yangi imkoniyatlar 🆕

WhatsApp va boshqa messenjerlardagi yozishmalar tarixini Telegram platformasiga import qilish imkoni haqida yozgan edik. Yurtimizda o‘ta ommalashgan bu platforma yangilanib, shu va boshqa funksiyalarga ega bo‘ldi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #excel

Unutilgan Scroll Lock klavishi ⌨️😔

Klaviaturadagi Scroll Lock klavishidan deyarli hech kim foydalanmaydi. Xo‘sh, agar shunchalik kerak bo‘lmasa, unda nega klaviaturadan joy olgan? 🤔

Klaviaturada 3 ta led chiroqlarni yoqib o‘chishiga sabab bo‘luvchi klavishlardan biri – Scroll Lock'dir.

Scroll Lock klavishi eski avlod kompyuterlarida ko‘proq foydalanilgan. Ushbu klavisha faollashtirilganida kursor o‘rnida qotib, klaviatura strelkalari yordamida matn bo‘ylab yuqoriga/pastga siljish imkoni bo‘lgan.

Hozirda buning o‘rnini sichqonchada o‘rnatilgan g‘ildirakcha (scroll) egallagan, undan foydalanish esa nisbatan ancha qulayroqdir.

Scroll Lock klavishidan hozirda Microsoft Office paketining Excel dasturida foydalanish mumkin.

U faollashtirilib, strelkali klavishlar bosilganida kursor yacheykadan yacheykaga sakramaydi, bunda strelkali klavishlar jadval bo‘ylab yuqoriga/pastga/o‘ngga/chapga siljish uchun xizmat qiladigan rejimga o‘tadi.

Strelkalar yordamida yana yacheykalar bo‘ylab o‘tish uchun Scroll Lock klavishini qayta bosib, uni faolsizlantirish lozim bo‘ladi.

📝 Manba: @geek_boy_uz

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija