IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
📋 “IT specialist” kanalida shu kunga qadar ulashilgan foydali maqolalardan iborat #mundarija'larimiz ushbu postimizda jamlangan:

01. #operatsion_tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
02. Linux operatsion tizimi eslatib o‘tilgan postlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
03. Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
04. Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
05. Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz.
06. Windows'da oynalarni boshqarishga oid mavzular ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
07. Tizim bilan ishlashni tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
08. Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
09. PDF-fayllari bilan ishlash bo‘yicha mavzular, dastur va mobil ilovalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
10. Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
11. Berkitish va ko‘rsatishga doir turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
12. Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
13. Uyqu rejimi, gibernatsiya va kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirishga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz.
14. Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
15. Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
16. #word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
17. #excel rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
18. #powerpoint rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism.
19. #security rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism.
20. #internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.
21. Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
22. Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
23. YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
24. #tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism.
25. 🖥 Foydali kompyuter dasturlari ro‘yxati keltirilgan postimiz.
26. 📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
27. Turli turkumlarga doir mobil ilovalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
28. 🎮 O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
29. #smartfon, #android, #iOS va #iPhone ruknlari ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.
30. #rasm_bilan_ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz: 1-post.
31. #learn_english_with_software: rukni ostidagi postlarimiz: 1-qism.
32. #telegram, #telegramda_kanal_yuritish ruknlari ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postlar: 1-post | 2-post.
33. #mulohaza_uchun rukni ostida Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija: 1-qism.
34. Kitobga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
35. #mulohaza_uchun #maslahat ruknlari ostida salomatlikka oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
36. Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatlarimiz muntazam ravishda yangilanib boradi, bizni kuzatishda davom eting, qiziqarli postlar hali oldinda! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #excel

Havola kiritilgan katakni, havola bo‘ylab o‘tmasdan turib qanday belgilash mumkin?
Anonymous Quiz
44%
CTRL + Sichqonchaning chap tugmasi (SChT)
30%
Plyus yorlig‘i paydo bo‘lmagunga qadar katak ustiga SChT'ni bosib biroz ushlab turish
26%
SHIFT + SChT
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #word #excel #powerpoint

⌨️ Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi

CTRL + C – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini almashinish buferiga vaqtinchalik nusxalash.

CTRL + X – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini (odatda boshqa biror joyda qo‘llash uchun) almashinish buferiga vaqtinchalik qirqib olish.

CTRL + V – almashinish buferiga nusxalab yoki qirqib olingan biror obyektni biror joyda qo‘llash/joylashtirish.

CTRL + NПроводник dasturiga tegishli oynalarda, joriy oynaning alohida nusxasini ochish / qolgan amaliy dasturlarda yangi hujjatni yaratish;

CTRL + S – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatni diskka saqlash uchun qo‘llaniladi;

F12MS Office amaliy dasturlarida Сохранить как... funksiyasini chaqirish uchun qo‘llaniladi (bunda hujjatni boshqa nom bilan saqlash yoki shunchaki saqlash joyini o‘zgartirish mumkin);

CTRL + W | CTRL + F4MS Office amaliy dasturlari (va boshqa aksariyat dasturlarda) joriy ochilgan hujjatni yopish (dasturning o‘zi yopilmaydi) / Проводник dasturiga tegishli oynalarni yopish uchun qo‘llaniladi (ALT + F4 kabi).

CTRL + Y – Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi bekor qilingan harakatni qaytarish;

CTRL + Z – Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi amalga oshirilgan harakatni bekor qilish;

CTRL + HOME – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning boshiga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining boshiga o‘tish.

CTRL + END – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning oxiriga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining oxiriga o‘tish.

WIN + EПроводник (Explorer) dasturi oynasini chaqirish (Windows 7'da "Мой компьютер" oynasidagi disklarni ko‘rsatadi, Windows 10'da esa "Быстрый доступ" oynasini chaqiradi, bu esa biroz noqulay, buni Windows 7'dagi kabi ochilishini sozlash uchun maqola).

WIN + D – ishchi stol (Рабочий стол)ga tezkor o‘tish uchun barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish, yoki barcha oynalarni yana o‘z joyiga tiklash/qaytarish.

WIN + HOME – faol turgan oynadan boshqa barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)га tushiradi. Qayta bosilganida barcha oynalar yana o‘z joyiga, ya'ni faol turgan oynaning ortiga qaytadi.

ALT + TAB – ochilib turgan oynalar bo‘ylab o‘tishga imkon beradi. ALT klavishini bosib, ushlab turgan holda bir necha marotaba TAB klavishi bosiladi, kerakli oynaning tasviri ustiga kelgan paytda klavishlar qo‘yib yuboriladi.

📝 O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Microsoft Office bo'yicha bepul dars va dasturlarga havolalar:

Microsoft Word dasturi bo'yicha boshlang'ich kurs

Microsoft Excel dasturi bo'yicha boshlang'ich kurs

Microsoft PowerPoint dasturi bo'yicha boshlang'ich kurs

"Excel - formula ustasi" kursi

Excel dasturiga bag'ishlangan bot: @ExcelDarsBot

💾 Microsoft Office dasturlari

#⃣ Bulardan tashqari kanalimizdan kerakli dastur boʻyicha turli maʼlumotlarni tegishli heshteglar orqali ham topishingiz mumkin:
• Word > #word
Excel > #excel
• PowerPoint > #ppt yoki #powerpoint

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Forwarded from IT specialist
#excel #maslahat

↔️ “Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas!

Jadval sarlavhasi yuqorisidagi yacheykalarning birlashtirilishi odatda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi:
• bunday jadvalga filtr o‘rnatishda u birlashtirilgan diapazondan faqat eng chap ustunning qiymatlarini ko‘rsatadi;
• sarlavhada birlashtirilgan yacheykalar mavjud bo‘lsa, ustunlarni kesish va ularni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi;
• ustunlarda har doim ham chegara ustiga ikki marta bosish orqali avtomatik kenglikni tayinlab bo‘lmaydi.

Jadvalning funksionalligini yo‘qotmasdan, uning sarlavhasini qanday qilib chiroyli qilish mumkin?

— 1-qadam
“Birlashtirilishi” lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilaymiz (bu xuddi birlashtirilgan kabi ko‘rinsa-da, aslini olganda unday bo‘lmaydi).

— 2-qadam
Формат ячеек
(CTRL + 1) muloqot oynasining Выравнивание varaqasidagi по горизонтали: sohasida по центру выделения variantini tanlaymiz.

OK'ni bosamiz. Endi vizual ravishda sarlavha birlashtirilgandek ko‘rinadi, lekin barcha yacheykalar butunligini va ularga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha funksionalni o‘zida saqlab qoladi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#excel

Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin? 🌬

Faraz qilamiz, jadvalingizda sarlavhalar bor va list bo‘ylab pastga qarab siljigan paytingizda – ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz deylik.

Buning uchun sarlavhadan bitta pastda joylashgan satrni butunlay belgilash lozim (buni oynaning chapki chetidagi satr raqami ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosish yoki tegishli satrga strelkali klavishlar yordamida o‘tib, “SHIFT + PROBEL” klavishlari birikmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin).

📍Aytaylik, masalan, sarlavha uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa — siz to‘rtinchisini belgilaysiz.

Shundan so‘ng menyu satrining Вид varaqa (вкладка)si → Закрепить области'ga o‘tasiz. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, siz satrlarni belgilamay turib, shunchaki ushbu boshqichdagi Закрепить верхнюю строку bandini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Excel'da giperhavola hosil boʻlishini oʻchiramiz!
#shorts / #excel

ℹ️ Excel dasturida internet saytlarini yoki elektron pochta ma'lumotlarini kiritish paytimizda ular avtomatik ravishda havolaga aylanib qoladi. Bugun shuni oʻchirishni oʻrganamiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from IT specialist
#excel #maslahat

↔️ “Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas!

Jadval sarlavhasi yuqorisidagi yacheykalarning birlashtirilishi odatda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi:
• bunday jadvalga filtr o‘rnatishda u birlashtirilgan diapazondan faqat eng chap ustunning qiymatlarini ko‘rsatadi;
• sarlavhada birlashtirilgan yacheykalar mavjud bo‘lsa, ustunlarni kesish va ularni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi;
• ustunlarda har doim ham chegara ustiga ikki marta bosish orqali avtomatik kenglikni tayinlab bo‘lmaydi.

Jadvalning funksionalligini yo‘qotmasdan, uning sarlavhasini qanday qilib chiroyli qilish mumkin?

— 1-qadam
“Birlashtirilishi” lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilaymiz (bu xuddi birlashtirilgan kabi ko‘rinsa-da, aslini olganda unday bo‘lmaydi).

— 2-qadam
Формат ячеек
(CTRL + 1) muloqot oynasining Выравнивание varaqasidagi по горизонтали: sohasida по центру выделения variantini tanlaymiz.

OK'ni bosamiz. Endi vizual ravishda sarlavha birlashtirilgandek ko‘rinadi, lekin barcha yacheykalar butunligini va ularga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha funksionalni o‘zida saqlab qoladi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software #word #excel #powerpoint #outlook

Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish 📥

Windows ISO Downloader – Microsoft serverlaridan Windows operatsion tizimining rasmiy obrazlarini oddiy yuklab olish uchun mo‘ljallangan bepul dastur.

Dastur obrazini yuklab olish mumkin bo‘lgan mavjud operatsion tizimlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ayni damda bu Windows 7, Windows 8.1, Windows 10 va Insider Preview, shuningdek MS Office 2010, Office 2013, Office 2016, Office 2019 va Expression Studio'lardir. Mos keluvchi tizim tanlanganidan so‘ng, dastur Microsoft Techbench saytidagi kabi monand formani aks ettiradi.

Kompyuterga allaqachon o‘rnatilgan va qo‘llanilib turgan operatsion tizimning tayyor ISO obrazini yuklab olish, tizimni qayta o‘rnatish yoki tiklash uchun ajoyib variant hisoblanadi.

📎 Windows ISO Downloader v8.46.0.154 kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

🔢 Alohida sonlar yoki formulalarni ajratib ko‘rsatish

Aytaylik, sizda formulalar orqali hisoblangan ustun bor, biroq ba’zi yacheykalarda sonlar qo‘lda kiritilgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Bunday yacheykalarni tezkor aniqlash uchun butun diapazonni belgilang, Главная → Найти и выделить ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va Выделить группу ячеек vositasidan foydalaning. Bu uchun F5 klavishini bosishingiz ham mumkin.

Yuzaga kelgan oynada qo‘lda kiritilgan sonlarni ajratib ko‘rsatish lozim bo‘lsa константы yoki formulalarni bo‘lsa, mos tarzda формулы'ni tanlang.

Shundan so‘ng ajratib ko‘rsatilgan yacheykalarga kerakli qiymatlarni kiritishingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu maqsadda ЕФОРМУЛА funksiyasidan ham foydalanishingiz mumkin.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija