IT specialist
11.8K subscribers
1.12K photos
476 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #mulohaza_uchun

Afsona: Kamerada qancha megapiksel bo‘lsa, rasmlar shunchalik yaxshi bo‘ladi 📸

☝️Haqiqat: Megapiksellar soni faqat fotosurat piksellar soniga ta’sir qiladi, lekin uning sifatiga emas. Aslida, tasvir sifati piksel o‘lchamiga, diafragma, stabilizatsiya funksiyalari va tasvirni qayta ishlash dasturlari algoritmlariga bog‘liq.

Masalan, Samsung Galaxy S9 smartfonida 12 megapikselli kamera mavjud, ammo u zamonaviy smartfonlarning eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bozorda 20 yoki undan ko‘p megapikselli matritsali ko‘plab modellar mavjud - ammo hech kim ularni ajoyib tasvir sifati uchun maqtamaydi.

Bugungi kunda aksariyat smartfonlarda o‘rnatilayotgan 2 va undan ortiq asosiy kameralar “quruq” reklama emas. Har bir ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha kamerani qanday maqsadda ishlatishni o‘zi belgilaydi. Masalan yaqinlashtirish yoki stabilizatsiya uchun. Masalan, Galaxy Note 10 va Huawei P30 Pro ushbu turdagi kameralar o‘rnatilgan smartfonlarning eng “zo‘rlari” deyish mumkin.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #bilasizmi #maslahat

ID-karta uchun Yagona portal orqali ariza topshirish mumkin 🆕

O‘tgan yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 129-sonli “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Ushbu o‘zgarish haqida 2018 yildayoq xabar berilgan edi.

Ma’lumki, joriy yildan boshlab Respublikamiz fuqarolarining biometrik pasportlarini ID-kartaga almashtirish jarayoni boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmatining ta’kidlashicha, uni olish uchun onlayn ariza bersa bo‘ladi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Yagona portal tizimiga yangi xizmat joriy etildi. Fuqarolarimiz Yagona portal – my.gov.uz orqali biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin.

🌐 Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/378

🎞 ID-karta haqida to‘liq ma’lumot olish va biometrik pasportni ID-kartaga almashtirishga Yagona Portal orqali ariza topshirish jarayoni bilan tanishib chiqish uchun vazirlikning YouTube-kanaliga kiring: https://youtu.be/BTGQm1UVpFw

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

👁‍🗨 Windows'da fayl kengaytmalarini ko‘rinadigan holatga keltirish

Fayl nomining kengaytmasi — faylni identifikatsiya qilish maqsadida, uning nomiga qo‘shimcha qilinadigan belgilar ketma-ketligidir. Masalan, .png - bu rasm fayllarga tegishli bo‘lsa, .docx - MS Word matnli fayllari tegishlidir.

Qoida bo‘yicha fayl nomlari kengaytmasiz ko‘rinishda keltirilgan bo‘ladi. Agar uni Проводник'da ko‘rinadigan qilish lozim bo‘lsa, unda quyidagi amallar ketma-ketligini bajaring:

1️⃣. Панель управления'ni oching va Параметры Проводника bo‘limiga o‘ting.

2️⃣. Перейдите на вкладку Вид varaqa (вкладка)siga o‘ting va Скрывать расширения для зарегистрированных типов файлов bandidan qushcha belgisini olib tashlang.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

🖇 YIL MAKSIMAL DARAJADA SAMARALI O‘TISHI UCHUN UNI QANDAY BOSHLASH LOZIM

1️⃣. O‘tmishni o‘tmishda qoldirish. Oldinga qarab odimlash osonroq bo‘lishi uchun o‘tmishning yukidan xalos bo‘lish muhimdir. O‘tgan yilda yoki umuman hayotda sodir bo‘lishga ulgurmagan voqelik uchun o‘zingizni kechirish muhim.

2️⃣. Kemamiz qayerda suzib ketayotganini bilganimizdagina, o‘sha manzilga yetib borishimiz mumkin. Buning uchun o‘z xohishlaringizga e’tiboringizni qaratishingiz lozim va bu sizning yuragingiz, qalbingizning haqiqiy istaklari bo‘lishi muhimdir – faqat shu holatdagina natijalarga erishish uchun o‘zingizda resurslar va energiyani topa olasiz.

3️⃣. O‘zingizni o‘zingiz aldamang, lahzadan zavqlaning, aynan hozirgi oningizda yashang. “Carpe diem” deya nomlanuvchi ajoyib barqanot ibora mavjud, bu “hozirgi oning bilan yasha”, “lahzani qo‘ldan boy berma” degan ma’noni anglatadi, hayotni aynan shu yo‘sinda qurish muhimdir. Har birimizning qadr-qimmatimiz va maqsadimiz bir-biridan farq qiladi, ehtimol, hayotimiz aynan shunisi bilan ham zavqlidir… ☺️

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maslahat

🔜 Qadrdon ukamiz, xush ovozli, har tomonlama iste’dodli yosh san’atkor, hozirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi Zokirjon G‘ulomovning “Sog‘indim” nomli qo‘shig‘i premyerasi joriy yilning 12 yanvar kuni soat 18:00 da Rizanova.com saytida e’lon qilinishi va bir nechta radiokanallar to‘lqinlarida eshittirilishi kutilmoqda.

Ukamizning san’atiga chin dildan yangidan-yangi ilhomlar va zafarlar tilab, elimizga manzur bo‘luvchi musiqiy asarlarni kutib qolamiz!

🎼 Zokirjon G‘ulomovning Instagram sahifasi.

📌 P.S.: Kanalimiz muxlislari orasidan san’atga ixlosmand do‘stlarimizdan ushbu yangilikni ulashuvchi postni yaqinlari bilan bo‘lishishni so‘rab qolamiz, premyerani birgalikda kutamiz! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #muvaffaqiyatli_insonlar

Ilon Mask birinchi marotaba sayyoramizning eng boy insonlari ro‘yxatiga boshchilik qildi 🔝

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tesla va SpaceX bosh direktorining boyligi 188,5 milliard dollarga baholanmoqda, Bezosning boyligi esa bundan bir yarim milliardga kam. Fond savdolaridagi Tesla aktsiyalarining deyarli 5 foizga o‘sishi Maskka Amazon rahbarini chetlab o‘tishga ko‘mak berdi.

Mask allaqachon ushbu yangilikka Twitter'dagi sahifasida munosabat bildirgan, biznesmen “Qanday g‘alati” deb yozgan va “Yaxshi, ishga qaytdik unda ...” deb qo‘shib qo‘ygan.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Ilon Mask haqida post
Djeff Bezos haqida postlar
Bill Geyts haqida postlar
Pavel Durov haqida postlar
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
Stiv Jobs va “Pixar” animatsion kompaniyasi
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news

Toshkent shahridagi Inha universitetida oliy ta'lim muassasalari rektorlarining mintaqaviy anjumani bo‘lib o‘tdi

6-yanvar kuni oliy ta'lim muassasalari rektorlari va filiallari rahbarlari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida rektorlar Inha universitetida yaratilgan sharoitlar va yangi tashkil etilgan IT-inkubatsiya markazi faoliyati bilan tanishdilar. 🌐🏫

Shu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan maxsus lavha tayyorlanib efirga uzatildi. 📺

👉🏻 Batafsil...

📝 Manba: @mitcuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Ha, ha, yana o‘sha bitmas-tuganmas mavzu... 🙄

ℹ️ Kanalda Frontend va Backend mavzularida bundan ilgari ulashilgan postlar bilan tanishing: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet

Windows brandmaueri yordamida kompyuterda saytga kirishni bloklash 🌐🚫

Saytga kirishni bloklash uchun biz "hosts" faylini tahrirlash usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu haqda bu yerda o‘qishingiz mumkin. Agar ushbu usul bilan sizda muammolar yuzaga kelsa, unda saytga kirishni Windows brandmaueri yordamida bloklash variantini ko‘rib chiqamiz.

1️⃣. Boshlanishiga saytning IP-manzilini aniqlash lozim. Buning uchun WIN + R klavishlari birikmasi yordamida "Выполнить" oynasini chaqirib, cmd buyrug‘ini kiriting, ENTER klavishini bosgan holda Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushiring va unga ping sayt_manzili buyrug‘ini kiritib, uning bajarilishi uchun ENTER klavishini bosing. Saytning IP-manzilini o‘zingiz uchun nusxalab oling.

2️⃣. 1-bosqichdagi kabi "Выполнить" oynasini chaqirib, unga control buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosgan holda Панель управления oynasini oching. Ushbu oynadan Брандмауэр Защитника Windows'ni topib ishga tushiring va oynaning chap tomonida Дополнительные параметры bandi ustiga bosing.

3️⃣. Keyingi ochilgan oynaning chap tomonida Правила для исходящего подключения bandi ustiga bosing. So‘ngra o‘ng tomondagi Действия panelida Создать правило'ni ustiga bosing. Настраиваемые qoida turini tanlang va Далее'ni bosing.

4️⃣. Oynaning chap tomonida Область'ni tanlang. Указанные IP-адреса'ni ko‘rsating. Добавить tugmasini bosing. 1-bosqichda nusxalab olingan IP-manzilni bu yerga kiriting va OK tugmasini bosing.

5️⃣. Oynaning chap tomonida Действие'ni tanlang va Блокировать подключение'ni belgilang.

6️⃣. Имя bo‘limida istalgan nomni kiriting va Готово tugmasini bosing.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from QIZIQ FAN
💲 Yangi pulni chop etish uchun 9 tonna siyoh ishlatiladi

AQSH Zarbxona va matbaa byurosi har kuni 26 million dona valyuta kupyurasini chop etish uchun qariyb 9 tonna siyohdan foydalanadi, ularning nominal qiymati taxminan 974 million dollarni tashkil etadi.

@uzabt
@qiziqfan
@uzabtinfo
#bilasizmi #internet

“Gugol” soni 🔢

Katta sonlarga qiziqadiganlar bo‘lsa, bu so‘zni eshitgan bo‘lishi mumkin.

Gugol — bu bitta 1 va yuzta 0 raqami bilan ifodalanadigan son.

10¹ºº = 10 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000.

Qizig‘i, Google kompaniyasining nomi aynan shu gugol (googol) so‘zining o‘zgargan shakli hisoblanadi. Ushbu qidiruv xizmati asoschilari avval googol nomini ishlatmoqchi bo‘lishgan, ammo ro‘yxatdan o‘tish jarayonida bu domen band ekanligining guvohi bo‘lishgan.

📝 Manba: @xatoliklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya

OpenAI yangi DALL-E neyrotarmog‘ini taqdim etdi - u matnli tavsifga ko‘ra rasmlarni yaratadi. DALL-E GPT-3 neyrotarmog‘i arxitekturasida yaratilgan va ingliz tilida taqdim etiluvchi matnli so‘rovlarga ishlov bergan holda, rasmlarni generatsiya qila oladi.

Masalan, DALL-E “avokado shaklidagi kreslo” so‘roviga binoan rasmlar to‘plamini yarata oladi. Neyrotarmoq murakkab abstrakt kombinatsiyalarni tushunadi, rasmlarning uslubini o‘zgartira oladi, shuningdek realistik foto va mavjud bo‘lmagan obyektlarni yaratishga qodir.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​💥💥💥 Keng ko‘lamli hakerlik hujumlari ortidan AQSHda kiberxavfsizlik byurosi tashkil etiladi

AQSHda kiberxavfsizlikni yaxshilash maqsadida yangi byuro tashkil etiladi. Bu haqda 7 yanvar kuni Davlat departamenti maʼlumot tarqatdi.

Bunday qaror qabul qilinishiga AQSHdagi hukumat idoralari va xususiy shirkatlar tarmoqlari misli ko‘rilmagan hakerlik hujumi nishoniga aylangani turtki bo‘ldi. Hujum ortida rus hakerlari turgani aytilmoqda.

Davlat departamenti saytida eʼlon qilingan bayonotda qayd etilishicha, AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Kiberxavfsizlik va rivojlanayotgan texnologiyalar byurosini (CSET) tashkil etish taklifini rasman maʼqullagan.

Bayonotda keyingi oylarda Xitoy, Rossiya, Eron, Shimoliy Koreya va boshqa dushmanlar AQSH milliy xavfsizligiga solayotgan tahdid kuchaygani taʼkidlangan.

Shu yilning 5 yanvar kuni AQSH hukumati mamlakatdagi davlat va xususiy shirkatlar tarmoqlariga qilingan yirik hakerlik hujumi ortida, dastlabki xulosalarga ko‘ra, Rossiya turganini ochiqlagan edi. Moskva bu ayblovlarni rad etgan.

@tarmoq_tizim
#smartfon #android

📽 AZ Screen Recorder — ekrandan videoni yozib olish va tahrirlash uchun maxsus ilova. Android'ning 5.0 va undan yuqori talqinlarida ishlaydi. Premium-versiya.

📎
AZ Screen Recorder Premium v5.9.3 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
ADV Screen Recorder mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
🤔 Kompyuter Akademiyasi kanalini yaratilish tarixi, uchralgan qiyinchiliklar va olingan saboqlar haqida bilishni xohlaysizmi? Kanal muallifining boshqa loyihalari haqida to'liq ma'lumotlarni berib boruvchi kanalni ishga tushirdik.

💼 @ka_projects
#operatsion_tizim #word #excel #powerpoint

⌨️ Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi

CTRL + C – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini almashinish buferiga vaqtinchalik nusxalash.

CTRL + X – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini (odatda boshqa biror joyda qo‘llash uchun) almashinish buferiga vaqtinchalik qirqib olish.

CTRL + V – almashinish buferiga nusxalab yoki qirqib olingan biror obyektni biror joyda qo‘llash/joylashtirish.

CTRL + NПроводник dasturiga tegishli oynalarda, joriy oynaning alohida nusxasini ochish / qolgan amaliy dasturlarda yangi hujjatni yaratish;

CTRL + S – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatni diskka saqlash uchun qo‘llaniladi;

F12MS Office amaliy dasturlarida Сохранить как... funksiyasini chaqirish uchun qo‘llaniladi (bunda hujjatni boshqa nom bilan saqlash yoki shunchaki saqlash joyini o‘zgartirish mumkin);

CTRL + W | CTRL + F4MS Office amaliy dasturlari (va boshqa aksariyat dasturlarda) joriy ochilgan hujjatni yopish (dasturning o‘zi yopilmaydi) / Проводник dasturiga tegishli oynalarni yopish uchun qo‘llaniladi (ALT + F4 kabi).

CTRL + Y – Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi bekor qilingan harakatni qaytarish;

CTRL + Z – Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi amalga oshirilgan harakatni bekor qilish;

CTRL + HOME – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning boshiga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining boshiga o‘tish.

CTRL + END – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning oxiriga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining oxiriga o‘tish.

WIN + EПроводник (Explorer) dasturi oynasini chaqirish (Windows 7'da "Мой компьютер" oynasidagi disklarni ko‘rsatadi, Windows 10'da esa "Быстрый доступ" oynasini chaqiradi, bu esa biroz noqulay, buni Windows 7'dagi kabi ochilishini sozlash uchun maqola).

WIN + D – ishchi stol (Рабочий стол)ga tezkor o‘tish uchun barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish, yoki barcha oynalarni yana o‘z joyiga tiklash/qaytarish.

WIN + HOME – faol turgan oynadan boshqa barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)га tushiradi. Qayta bosilganida barcha oynalar yana o‘z joyiga, ya'ni faol turgan oynaning ortiga qaytadi.

ALT + TAB – ochilib turgan oynalar bo‘ylab o‘tishga imkon beradi. ALT klavishini bosib, ushlab turgan holda bir necha marotaba TAB klavishi bosiladi, kerakli oynaning tasviri ustiga kelgan paytda klavishlar qo‘yib yuboriladi.

📝 O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #mulohaza_uchun #maslahat

Ajratib yozaymi yo qo‘shib? 🤔

Son va o‘lchov birliklari qo‘shib yoziladimi yoki ularning orasini ochish kerakmi?

Ochish kerak, faqat bo‘linmas/ajralmas probel bilan. Bo‘linmas/ajralmas probel nima degani? U shunday probelki, uning ikki tarafidagi so‘z keyingi qatorga ko‘chish oqibatida bir-biridan ajralib qolmaydi.

5kg
5 kg

100m²
100 m²

30km
30 km

Microsoft Word dasturida bo‘linmas/ajralmas probel qo‘yish: klaviaturada CTRL va SHIFT tugmalarini bosib turib, probel tugmasini bosing: CTRL + SHIFT + PROBEL.

📝 Manba: @xatoliklar

📌 P.S.: Bu haqda ushbu postimizda ham qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Klaviaturada aniq qancha klavishlar borligini faqat ularni yaxshilab yuvib-artayotganingda anglar ekansan... ⌨️

📝 Manba: @solonabiraem

⌨️ Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun tavsiya etiladi:
СОЛО на клавиатуре kompyuter dasturi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

↔️ Photo & Picture Resizer - rasmlaringizni oson va tez kichraytirish uchun qulay mobil ilova. Android 4.1+. Premium-versiya.

📎
Уменьшение изображений Premium v1.0.287 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #hardware

Nimaga qattiq disk “vinshester” deb ataladi? 🤔

— 1973 yilda IBM xodimi Kennet Xouton boshchiligida 3340 deb nomlangan qattiq disk ishlab chiqildi va loyihani ishlab chiqargan muhandislar uni “30-30 Winshester” avtomatlari bilan mos kelgani uchun “Winchester” deb nomlashdi.

📝 Manba: @nimaga

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🙋‍♂️ Assalomu alaykum, hurmatli IT sohasining ishqibozlari!

Sizlarni ATOM University, ya’ni o‘z Koinotimizga taklif etamiz.

♦️ATOM University♦️
Bu yerda Siz Web-dasturlashni 0 dan boshlab o‘rganishingiz mumkin.

📋 BIZ BILAN:
Front-end (MERN, Vue.js, Figma,ES6 ES7, ES8);
Back-end (PHP, Yii2, Laravel, PHP-CLI, RestAPI, Ajax, Pjax, Tokens) texnologiyalarini o‘zlashtiring!

💼 "ATOM University" Sizni kamida
10 mln so‘mlik ish bilan ta’minlaydi.

🗓 Kurs davomiyligi: 1 yildan 3 yilga qadar.

💵 To‘lovlar: Shartnoma asosida 6 oylik yoki 1 yillik.

Tinglovchilar kursga qo‘shimcha ravishda o‘rlashtiradi va ta’minlanadi:

✔️ Dunyo tillari🌎
✔️ Web-studio🧑‍💻
✔️ Web-design👩‍🎨
✔️ Biznes klub💰
✔️ Start-up markazi⬆️
✔️ Kovorking xonasi☸️

🏨 Tinglovchilar yotoqxona bilan ta’minlanishi mumkin.

📍Manzil: Toshkent yuridik kollejining 2-binosi, Korea-O‘zbek o‘quv tillar markazi kirish qismi.

📱1️⃣: +998 97 643 73 63;
📱2️⃣: +998 93 728 14 56;
👨‍💻TG1: @manager_au;
👨‍💻TG2: @manager_au1.

YouTube | Telegram | Instagram