IT Park Uzbekistan
15.4K subscribers
11.9K photos
650 videos
1 file
5.54K links
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
Farg‘onada “Telecontact” kompaniyasi filiali faoliyat boshladi

Autsorsing (BPO) yo‘nalishida eksport xizmatlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan Rossiya Federatsiyasining yirik kompaniyalaridan biri — “Telecontact” kompaniyasi Farg‘ona shahrida o‘z filiali faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. 4,3 milliard so‘mdan ortiq xorijiy investitsiya mablag‘lari jalb etilib, loyihaning birinchi bosqichida 50 nafardan ziyod yuqori daromadli ish o‘rni yaratildi.Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur filialda bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Bugungi kunda viloyatda IT sohasini rivojlantirishga muhim e’tibor qaratilayotgan bo‘lib, IT park rezidentlar soni 110 ta yetdi. Shundan 30 tasi eksportyor rezidentlardir. Taqdim etilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari tufayli rezidentlar yangi ish o‘rinlarini yaratib, mutaxassislar sonini ko‘paytirmoqda. Xususan, mazkur kompaniya ham mazkur imkoniyatlardan foydalanmoqda. Kompaniya tomonidan BPO eksport xizmatlari 15 dan ortiq mamlakatga, jumladan, Koreya, Xitoy, AQSH, Turkiya, Rossiya, Latviya va Qozog‘iston kabi davlatlarga amalga oshirilib kelinmoqda. Loyiha doirasida 2025 yil yakuniga qadar 1 million dollar miqdorida IT xizmatlari eksportini amalga oshirish hamda xodimlar sonini 250 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.


📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Game Fest 2025: Toshkentda o‘yin va animatsiya sanoatiga bag‘ishlangan festival boshlandi

16-may kuni Toshkentdagi IT Park hududida “Game Fest 2025” xalqaro festivali o‘z ishini boshladi. Mazkur yirik tadbir o‘yin ishlab chiquvchilar, investorlar, animatorlar hamda butun dunyo bo‘ylab o‘yin sohasi ishqibozlarini birlashtirdi. Festival Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston kreativ assotsiatsiyasi va “GameDev HQ” ko‘magida tashkil etildi.

📖 Batafsil ma’lumot uchun maqolani to’liq o’qing: it-park.uz

👍 Game Fest 2025: International Festival of the Gaming and Animation Industries Commences in Tashkent

On May 16, IT Park Tashkent hosted the opening of Game Fest 2025, an international festival of considerable scale that brought together game developers, investors, animators, and industry enthusiasts from around the world. The event was organized with the support of the Ministry of Digital Technologies, the Uzbekistan Creative Association, and GameDev HQ.

📖 Read the full article to learn more: outsource.gov.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 AQShning Yuta shtati Senati a’zolari va biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya bilan autsorsing xizmatlarini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi

Tashrif doirasida dastlab delegatsiyaga IT Park Uzbekistan va Raqamli texnologiyalar vazirligida amalga oshirilayotgan islohotlar, asosiy yo‘nalishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida taqdimot qilindi.

📖 Batafsil ma’lumot uchun maqolani to’liq o’qing: it-park.uz

👍 Delegation of Utah State Senators and Business Representatives Discusses Development of Outsourcing Services and Job Creation

As part of the visit, the delegation was presented with a comprehensive overview of the reforms currently being implemented by the Ministry and IT Park Uzbekistan, their strategic priorities, and future development plans.

📖 Read the full article to learn more: outsource.gov.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from StartupBase
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from StartupBase
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Yapon tilini o’rganing, kelgusida yuqori daromadli ishga ega bo’lishingiz aniq!

Prezidentimizning dunyoning ilg’or davlatlari bilan do’stona aloqalarni kengaytirib borishlari ortidan Yaponiya bilan ham hamkorlik imkoniyatlarimiz ochilib borayotganini guvohi bo'ldik. Ularning AKT vaziri, Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat vaziri, Tokiyo gubernatori va barcha boshqa tashkilotlari rahbarlari juda iliq kutib olishdi.

Uchrashuvlarda Prezidentimiz tomonlaridan yurtimizni IT habga aylantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni ijobiy qabul qilib, ushbu imkoniyatlardan Yapon kompaniyalarini kengroq xabardor qilish va shu orqali yoshlarimizga masofaviy ishchi o’rinlarini kengaytirishga ko’maklashishga tayyorliklarini aytib o’tishdi.

Ikki yil avval Yapon kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti 1 dona bo'lgan bo’lsa, hozir 16 taga yetdi. Osaka hamda Tokiyoda o’tkazilgan Outsourcing konferensiyalarida qiziqayotgan kompaniyalar soni ancha ko’p bo’ldi. Tokiyoda ochilgan IT Park vakolatxonasi ham ularni sonini oshib borishiga yordam beradi. Bu yilgi ICT Week Uzbekistan doirasidagi ko'rgazmada ilk bor Yaponiya pavilioni tashkil etiladi, bu ham kompaniyalar soni ortishiga sabab bo’ladi.

Yangi kelayotgan kompaniyalarning hammasiga Yapon tilini biladigan va Yapon mehnatkashligiga mos ishlay oladigan mutaxassislar juda kerak bo’ladi. Shuning uchun imkoni boricha Yapon tilini o’rganing, yurtimizdagi Japan Digital University kabi Yaponiya ta’lim tashkilotlariga yoki Yaponiyaning o’zidagi universitetlariga kirishga harakat qiling.

PS. Claude.ai tomonidan yaratilgan ikki davlat aholi piramidasida ularda yoshi kattalar ulushi ortib borayotganini, bizda esa asosan yoshlar ko’pligini ko’rish mumkin. Shuning uchun Yaponiya kompaniyalari o’zlarining tajribali xodimlari yordamida yoshlarnizni masofaviy xizmatlar ko’rsatishga ko’proq olishsa va startuplarimizni qo’llashsa xarajatlarni optimizatsiya qilish va yangi innovatsiyalarni joriy qilish orqali Yapon kompaniyalari raqobatbardoshligi oshishi bilan birga, bizdagi bir necha til biladigan yoshlardan foydalanib esa uchinchi davlatlarga xizmatlari eksportlarini ko’paytirishlari mumkin.