IT 0 DAN O‘RGANISH
192 subscribers
536 photos
48 videos
1 file
39 links
🚀 IT’ni 0 dan o‘rganamiz

📚 Qaysi IT yo‘nalishni tanlash?
🛣 Roadmap’lar
💰 Oyliklar va real tajriba
🧠 Oddiy tushuntirishlar

🎯 Boshlovchilar uchun

Admin: @A07072005
Download Telegram
😯 Kompyuterga dasturlarni o‘rnatishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Ko‘pchilik yangi dastur yuklab olayotganda faqat “Next, Next, Finish” bosadi 😅. Lekin bu odat ko‘p muammolarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun quyidagilarga e’tibor bering:

1️⃣ Manba ishonchliligi
Har doim rasmiy sayt yoki ishonchli manbadan yuklab oling. Shubhali saytlardan yuklab olish 🦠 virus tushirish xavfini oshiradi.

2️⃣ O‘rnatish jarayonidagi “qo‘shimchalar”
Ko‘pincha dasturlar bilan birga keraksiz toolbar, reklama yoki boshqa dasturlar ham taklif qilinadi. Belgilarni olib tashlashni unutmang.

3️⃣ Tizim talablarini tekshirish
Kompyuteringizning operatsion tizimi (Windows 10/11, MacOS va h.k.), RAM va protsessor dastur uchun yetarli ekanini ko‘rib chiqing.

4️⃣ Litsenziya va xavfsizlik
“Crack” yoki pirat versiyalar ko‘p hollarda zararli bo‘ladi. Iloji bo‘lsa, tekin rasmiy alternativalarni tanlang.

5️⃣ Yadro dasturlarni o‘chirib yubormang

@ITmuhandislar
💻 WIN + A dan WIN + Z gacha — eng kerakli “Win” hotkey’larning to'liq ro‘yxatini bitta rasmda.

📌 Rasmni saqlab qo'ying — kerak bo‘lganda juda asqotadi!

#Windows #Windows11 #Windows10 #Hotkeys #Win #IT #Kompyuter #Foydali

@ITmuhandislar
Modem va Router Farqi

Modem va router internetga ulanish paytida muhim qurilmalar bo'lib, ular bir-biridan farqlanadi. Modem internet-provayderingizdan kelayotgan signalni qabul qilib, uni kompyuter tushunadigan axborot formati sifatida o'zgartiradi. Bu jarayon orqali siz axborotni qabul qilib, ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Router esa tarmoqda bir necha qurilma ulanishini ta'minlaydi. U bir necha kompyuterlar va boshqa internetga ulanishni talab qiladigan qurilmalarni bitta tarmoqqa birlashtirib, internetga kirishni ta'minlaydi. Shuning uchun, agar internetingiz bo'lishini xohlasangiz, modem va routerni birga ishlatishingiz kerak bo'ladi.


@ITmuhandislar
👌1
🖥 Windows uchun qaynoq klavishlarni tashlaganimizda, “Mac uchun ham bormi?” deb so‘ragandingiz.

Va’daga vafo 😎🍎

MacBook yoki iMac ishlatadiganlar uchun eng foydali qaynoq klavishlarni bitta rasmga jamladik.

Mac ishlatadigan tanishingizga ham yuborib qo‘ying

#Mac #MacBook #macOS #QaynoqKlavishlar #IT #Foydali


@ITmuhandislar
👍2
🤖 AI'ga kompyuteringizni to‘liq boshqarish huquqini bersangiz nima bo'ladi?

U sichqonchani harakatlantiradi, fayllarni ochadi, browserdan foydalanadi, terminalda command ishga tushiradi — xuddi sizdek.

Bu allaqachon AI agentlar rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri.

Masalan, “GitHub'dan projectni clone qil, ishga tushir, xatolarni top va tuzat.” deysiz.
Agent esa buni o‘zi bajarishga harakat qiladi.

Lekin, agentga juda katta permission bersangiz, u xato qilib faylni o‘chirishi, noto‘g‘ri command ishlatishi yoki maxfiy ma'lumotlarga kirishi mumkin.

AI agentlar kuchaygani sari permission, sandbox va security ham shunchalik muhim bo‘ladi.

Savol:
AI'ga nimalar qilishga ruxsat berish kerak?

@ITmuhandislar
1👍1🔥1
🐧 Linux foydalanuvchilari, navbat sizga!

Windows va Mac haqidagi postimizdan keyin ko'pchilik so'ragan Linux qaynoq klavishlari va buyruqlarini bitta rasmga jamladik.

📌 Eslatma: Linux distributivlari va desktop muhitlariga qarab ayrim klavishlar farq qilishi mumkin. Rasmda universal terminal kombinatsiyalari hamda GNOME/Ubuntu uchun keng tarqalgan variantlar ajratib ko‘rsatilgan

💾 Kerak bo'lganda qidirib yurmaslik uchun rasmni saqlab qo'ying!

#Linux #Ubuntu #GNOME #Terminal #IT #Foydali

@ITmuhandislar
👍1🔥1
Linux — dasturchilar, tizim administratorlari va IT mutaxassislari orasida keng qo‘llaniladigan kuchli operatsion tizim.

💻 Linuxda eng kerakli buyruqlar:
🔹 pwd — joriy papkani ko‘rsatadi
🔹 ls — papkadagi fayllarni ko‘rsatadi
🔹 cd — boshqa papkaga o‘tish
🔹 mkdir — yangi papka yaratish
🔹 touch — yangi fayl yaratish
🔹 cp — faylni nusxalash
🔹 mv — faylni ko‘chirish yoki nomini o‘zgartirish
🔹 rm — fayl yoki papkani o‘chirish
🔹 clear — terminalni tozalash
🔹 sudo — administrator huquqi bilan buyruq bajarish

@ITmuhandislar
👍1
🐧 LINUXDA ISHLASH 2-Qism
📂 FAYLLAR BILAN ISHLASH
🔹 ls -la — yashirin fayllar bilan birga barcha fayllarni ko‘rsatadi.
🔹 cat fayl.txt — fayl ichidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
🔹 nano fayl.txt — faylni terminal orqali tahrirlash imkonini beradi.
🔹 cp fayl.txt backup.txt — fayldan nusxa yaratadi.
🔹 mv eski.txt yangi.txt — fayl nomini o‘zgartiradi.
🔹 rm fayl.txt — faylni o‘chiradi.
🔹 find / -name "fayl.txt" — faylni tizimdan qidiradi

@ITmuhandislar
🔥1
🖱 Sichqonchaning o'rta tugmasi (g'ildirakcha) faqat sahifani aylantirish uchun emas!

Ko'pchilik sichqonchadagi rolik (g'ildirak)ni faqat pastga-tepaga tushish uchun ishlatadi. Lekin uni tugma kabi bosish ishingizni yetarli darajada tezlashtiradi:

🔹 Ssilkalar bilan ishlash: Brauzerda har qanday havola (ssilka) ustiga rolik bilan bossangiz, u jimgina orqa fondagi yangi vkladkada ochiladi. Asosiy o'qiyotgan joyingizdan chalg'imaysiz!

🔹 Vkladkalarni yopish: Ochiq vkladkani yopish uchun mitti "X" (krestik)ni poylab o'tirish shart emas. Vkladkaning nomiga rolik bilan bosing — u darhol yopiladi!

🔹 Yangi oyna ochish: Pastki panelda (Taskbar) ishlab turgan dastur (masalan, Word, Chrome yoki papka) belgisiga rolik bilan bossangiz, shu dasturning mutlaqo yangi, bo'sh oynasi ochiladi.

Hoziroq sinab ko'ring, bunga odatlansangiz ishingiz ancha osonlashganini sezasiz! 😅

#Layfxak #Sichqoncha #KompyuterSirllari #VaqtniTejash #ITUz

@ITmuhandislar
🔥1
🖱 Sichqonchaning g'ildiragi yonidagi mitti tugma nima uchun kerakligini bilasizmi?

Kanalimiz izohlarida obunachilarimizdan biri savol beribdi: "Sichqonchaning g'ildiragi yonida kichkina to'rtburchak tugma bor, u nima qilib beradi?"

Bu tugma DPI (Dots Per Inch) deb ataladi va u sichqonchaning tezligini (sezgirligini) sozlash uchun ishlatiladi!

Uni bosganingizda nima o'zgaradi?
➡️ Sekinlashadi (Aniqlik): Kursor (ekrandagi strelka) sekin va juda aniq harakatlanadigan bo'ladi. Bu dizaynerlar uchun yoki kichkina detallar bilan ehtiyotkorlik talab etiladigan ishlarda zo'r qulaylik.

➡️ Tezlashadi (Tezkorlik): Tugmani yana bossangiz, kursor tezlashadi. Bu o'yin o'ynaydigan geymerlar yoki juda katta (yoki 2 ta) monitor ishlatadiganlar uchun ekranning u chetidan bu chetiga tezkor harakatlanish imkonini beradi.

Xullas, kompyuterning sozlamalarini (Nastroyka) titkilab o'tirmasdan, sichqoncha tezligini aynan ish jarayonida bitta tugma bilan o'zingizga moslab olishingiz mumkin.

@ITmuhandislar
👍1
🐧 LINUXDA ISHLASH 3-QISM
Bugun Linux terminalidagi fayl va tizim bilan ishlash uchun eng foydali buyruqlarni o‘rganamiz. 💻


🔹 ls -la — yashirin fayllar bilan birga barcha fayllarni ko‘rsatadi.
🔹 cat fayl.txt — fayl ichidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
🔹 nano fayl.txt — faylni terminal orqali tahrirlash imkonini beradi.
🔹 cp fayl.txt backup.txt — fayldan nusxa yaratadi.
🔹 mv eski.txt yangi.txt — fayl nomini o‘zgartiradi.
🔹 rm fayl.txt — faylni o‘chiradi.
🔹 find / -name "fayl.txt" — faylni tizimdan qidiradi.


@ITmuhandislar
👍1
Har kuni kerak bo'ladigan kombinatsiyalar
#hotkeys

🔸F2 - belgilangan fayl yoki papkani nomini tahrirlash (переименовать) imkonini beradi.

🔸Alt + Enter - belgilangan fayl yoki papkani xususiyatlari (свойства) ni ochadi.

🔸Ctrl + Shift + Esc - "Диспетчер задач" ni ochishga imkon beradi. U yerdan "injiq" dasturlarga "zarba" berish mumkin.

🤔 Siz qaysi kombinatsiyalardan juda ko'p foydalanasiz?

@ITmuhandislar
👍1
🐧 Linux foydalanuvchilari, navbat sizga!

Windows va Mac haqidagi postimizdan keyin ko'pchilik so'ragan Linux qaynoq klavishlari va buyruqlarini bitta rasmga jamladik.

📌 Eslatma: Linux distributivlari va desktop muhitlariga qarab ayrim klavishlar farq qilishi mumkin. Rasmda universal terminal kombinatsiyalari hamda GNOME/Ubuntu uchun keng tarqalgan variantlar ajratib ko‘rsatilgan

💾 Kerak bo'lganda qidirib yurmaslik uchun rasmni saqlab qo'ying!

#Linux #Ubuntu #GNOME #Terminal #IT #Foydali

@ITmuhandislar
👍1
💻 Dasturchilar, VS Code’da sichqonchani kamroq ishlating!

💡 Maslahat: Hammasini birdan yodlash shart emas. Har kuni 2–3 ta yangi shortcut ishlatib ko‘ring — tez orada avtomatik bo‘lib ketadi.

Rasmni saqlab qo‘ying — kod yozishda yana kerak bo‘ladi!

#VSCode #Dasturchi #Programming #Coding #Developer #IT #Shortcut #Frontend #Backend

@ITmuhandislar
👍2🔥1👏1👌1
🗑 Windows'da "Korzina"ni avtomatik tozalashni sozlash

Kompyuterda o'chirilgan fayllar "Korzina"da (Recycle Bin) yig'ilib, C diskda ortiqcha joy egallab yotmasligi uchun unga avtomatik tozalanish rejasini o'rnatib qo'yish mumkin.

Qanday qilinadi? (Yo'riqnoma):
1️⃣ Pusk (Start) tugmasini bosing va Parametrlar (Параметры / Settings) oynasini oching.
2️⃣ Tizim (Система / System) bo'limiga kiring.
3️⃣ Menyudan Xotira (Память / Storage) qatorini tanlang.
4️⃣ Oynaning pastki qismidagi "Контроль памяти" (Storage Sense) qatorini toping va uning tugmasini yoqing (Вкл).
5️⃣ "Удалить файлы из моей корзины, если они находятся там более:" bandini topib, o'zingizga qulay vaqtni (1, 14, 30 yoki 60 kun) belgilab qo'ying.

⚠️ Shundan so'ng tizim belgilangan muddatdan eskirgan fayllarni o'zi tozalab, C diskingizda doim bo'sh joy bo'lishini ta'minlaydi.

#Windows #Tavsiya #Xotira #KompyuterSirllari

@ITmuhandislar
1👍1