Master Huquq — Ushbu loyiha uchun zamonaviy va ishonchli ko‘rinishga ega web dizayn ustida ishladim. Asosiy e’tibor vizual ierarxiya, tipografika, ranglar uyg‘unligi va foydalanuvchiga kerakli ma’lumotni tez yetkazishga qaratildi. Sahifalardagi har bir blok bir xil vizual uslubda ishlashi uchun dizayn tizimini izchil saqlashga harakat qildim.
SOFRA Khiva — Restoran atmosferasini sayt orqali ham his qildirish asosiy maqsadim bo‘ldi. Premium kayfiyatni berish uchun to‘q yashil, oq va oltin ranglar uyg‘unligidan, katta fotografiyalar va klassik tipografikadan foydalandim. Menyu, restoran muhiti va bron qilish kabi asosiy bo‘limlarni sodda va ko‘rkam tarzda birlashtirdim.
Dasturxon — Restaurant Management System — Bu loyihada restoran boshqaruvini iloji boricha tushunarli va tez ishlaydigan interfeysga aylantirish ustida ishladim. Stol holati, buyurtmalar, chaqiruvlar, hisob-kitob, menyu va xodimlar boshqaruvi kabi funksiyalarni bitta yaxlit tizimga joyladim. Dark interface va yorqin yashil aksentlardan foydalanib, uzoq vaqt ishlaganda ham ko‘zga qulay bo‘lishiga e’tibor berdim.
Dasturxon — Customer Menu — Mijoz uchun taom tanlash jarayonini sodda va intuitiv qilishga harakat qildim. Taom rasmi, tarkibi, narxi va buyurtmaga qo‘shish funksiyasini bir qarashda tushunarli holatga keltirdim. Interfeys restoran ichida telefon orqali ishlatishga mos va ortiqcha bezaklarsiz.

🔥1