Personal blog
51 subscribers
271 photos
59 videos
2 files
69 links
IT olami — IT yangiliklari
va foydali ma’lumotlar.
Dasturlash, texnologiya va innovatsiyalar haqida.
Qisqa va mazmunli kontent.
Bilim olishni istaganlar
uchun kanal.🔘
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖Agar foydali bòlsa like komentni bosib tashaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from kozimovich_
ozbek-klaviatura.zip
15.1 KB
🇺🇿 Yangi alifbo uchun klaviatura: Ö Ğ Ş Ç endi bir zumda yoziladi

Bugun Prezident yangilangan oʻzbek alifbosi toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi: oʻ→ö, gʻ→ğ, sh→ş, ch→ç.

Bu harflarni oddiy klaviaturada yozish uchun kichik dastur tayyorladik. Mac va Windows'da ishlaydi.

✍️ Qanday yoziladi:
• s s → ş
• c c → ç
• o o → ö
• g g → ğ
• Bosh harf uchun birinchi bosishda Shift'ni bosing: Ş Ç Ö Ğ
• Mac'da Option + s/c/o/g ham darhol ş/ç/ö/ğ yozadi

🤖 O'rnatish juda oson:
1. Pastdagi ozbek-klaviatura.zip faylini yuklab oling.
2. Kompyuteringizda Claude ilovasini oching (Claude Desktop yoki Claude Code).
3. Zip faylni Claude'ga tashlang va "Buni kompyuterimga o'rnat" deb yozing.


Qolganini Claude o'zi qiladi. O'rnatgandan keyin kompyuterdan chiqib qayta kiring va klaviaturani sozlamalardan tanlang. Claude buni ham ko'rsatib beradi.

⚠️ Brauzerdagi claude.ai kompyuteringizga dastur o'rnata olmaydi, buning uchun kompyuterga o'rnatilgan Claude ilovasi kerak.
📖 O'zingiz o'rnatmoqchi bo'lsangiz, zip ichidagi QOLLANMA.md faylida hammasi bosqichma-bosqich yozilgan.

Sinab ko'ring va do'stlaringizga ham ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
⚖️ VK va Apple sudi 8-dekabrga qoldirildi

📱 VK ilovalari Rossiyadagi App Store’dan olib tashlangani uchun Apple’ni sudga bergan. Holdingning ta’kidlashicha, o‘sha paytda uning yuridik shaxsi sanksiyalar ostida bo‘lmagan — Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni keyinroq joriy etgan.

💰 VK ilovalarni do‘konga qaytarish, bildirishnomalarni tiklash va har kun uchun $708 ming miqdorida neustoyka to‘lashni talab qilmoqda.

👨‍⚖️ 27-oktabrdagi majlisda Apple yuristlari da’voni ko‘rmasdan qoldirishni so‘radi. Ular Apple Developer Program shartlariga ko‘ra, ayrim nizolar AQSh yoki Irlandiya sudlarida ko‘rilishi kerakligini aytgan.

📅 Sud vakolat masalasini hozircha hal qilmagan. Keyingi majlis — 8-dekabrda.

➡️ #apple #vk | Birinchi IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀Telegram’da vidjetlar endi xabar ichida ishlaydi

💬 Yangi imkoniyat bilan mini-ilovalarni ochmasdan, bevosita yozishmada vidjetlardan foydalanish mumkin — ob-havo va kalkulyatordan tortib oddiy o‘yinlargacha.
🤖Bunday interaktiv xabarlarni faqat botlar yubora oladi.
📱Funksiya Telegram’ning Android, iOS va kompyuterlar uchun eng so‘nggi versiyasida ishlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
🎨 Paint’da jiddiy zaiflik topilgani aytilmoqda

⚠️ Xabarga ko‘ra, Paint’dagi zaiflik xakerlarga foydalanuvchi hech qanday harakat qilmasa ham, uning kompyuteriga masofadan kirish imkonini berishi mumkin.

👻 Aytilishicha, hujum uchun bitta tarmoq paketini yuborish kifoya — shundan so‘ng hujumchi kompyuterni boshqara oladi.

➡️ #security #paint | Birinchi IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊1🆒1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Бугун ватанимиз байроғи қабул қилинган кун!!!


1991 йил 18 ноябрь — Ўзбекистон Республикасининг “Давлат байроғи тўғрисида”ги қонуни қабул қилинган кун.

💬Барча юртдошларимизни ушбу сана билан табриклаймиз! Ўзбекистондаги тинчлик ва осойишталик бардавом бўлсин, байроғимиз баланд-баландларда ҳилпирайверсин!

ижтимоий тармокларимиз

🟣Telegram. 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤫 Telegram’da chatlarni maxfiy ibora bilan yashirish mumkin bo‘ladi

💬 Yashirilgan chatlar umumiy ro‘yxat, papkalar va qidiruv natijalarida ko‘rinmaydi. Ular haqida bildirishnomalar ham chiqmaydi.

🔐 Bunday yozishmani ochish uchun qidiruv satriga oldindan belgilangan maxfiy iborani kiritish kerak bo‘ladi. Har bir chatga alohida ibora qo‘yish mumkin.

🧪 Funksiya hozircha beta-versiyada sinovdan o‘tkazilmoqda. Barcha foydalanuvchilarga qachon yetib kelishi noma’lum.

ижтимоий тармокларимиз

🟣Telegram. 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from kozimovich_
virtual-ofis.zip
15.4 KB
👾 AI agentlar ofisi: tayyor fayl

Instagramda "AI xodimlar işlayotgan ofis"ni köp körgansiz. Mana öşaning özi: 9 ta agent stol ortida işlaydi, qahvaga çiqadi, uçraşuvga boradi.

Faqat bilib qöying: bu animatsiya. Heç kim real iş qilmayapti. Biznesga pulni çiroyli ekran emas, işlaydigan tizim olib keladi.

📂 Qanday oçiladi:
1. Zipni oçing
2. index.html faylini brauzerda oçing
3. Internet yoqiq bölsin


Videoingizga fon, prezentatsiya yoki şunçaki qiziqiş uçun bemalol işlating 😂

@mirsolih_ai
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
📱 iPhone Air 2 ikkita kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda

👀 iPhone Air 2 va bazaviy iPhone 18 maketlari ko‘rsatildi. Air yanada yupqalashishi va ikkinchi kamera modulini olishi aytilmoqda.

⚙️ Bazaviy iPhone 18 tashqi ko‘rinishda iPhone 17’dan farq qilmasligi, yangilanishlar esa ichki qismlarga tegishli bo‘lishi kutilmoqda.

📅 Har ikki modelning taqdimoti 2027-yil bahorida bo‘lishi kutilmoqda.

➡️ #apple #iphone | Birinchi IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😰Taniqli tizimlarning vatanlari haqida.!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
🇺🇸 Donald Tramp Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovğa qilingan özbek milliy ayvonlari uçun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.

Donald Trampning qayd etişiça, ötgan hafta Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov va AQŞ Içki işlar vaziri Dag Burgum iştirokida ötkazilgan taqdimot marosimi çoğida «Marine One» vertolyotida uşbu ayvonlar ustidan uçib ötiş uning uçun alohida şaraf bölgan.

U özbek ustalarining mahorati va mehnatiga yuqori baho berib, ayvonlar 200 yillik toğ yonğoği yoğoçidan tayyorlanganini alohida ta’kidladi. Uning sözlariga köra, özbekistonlik hunarmandlar uşbu inşootlarni yaratiş uçun bir neça oy davomida oilalaridan uzoqda bölib, noqulay ob-havo şaroitida ham mehnat qilgan. Prezident bu ustalarni haqiqiy iste’dod sohiblari deb atadi.

AQŞ Prezidentining ta’kidlaşiça, mazkur ayvonlarni şaxsiy mulk sifatida saqlab qoliş örniga, ularni jamoatçilik foydalanişi uçun taqdim etişga qaror qilgan. Ayni paytda ular Vaşingtondagi Tidal Basin suv havzasi sohilida, Jefferson memoriali va Vaşington monumenti körinib turadigan hududda joylaştirilgan.

Şuningdek, Donald Tramp bir yildan söng Milliy qahramonlar boği oçilişi bilan mazkur ayvonlar şaharning eng gavjum va diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanişiga işonç bildirdi. U yerda diplomatik qabullar, gözallik va madaniy tadbirlar, Sakura gullaşi festivali doirasida esdalik suratlari hamda turli jamoatçilik tadbirlarini ötkaziş rejalaştirilgan.

"Özbekistonlik mohir ustalar haqiqiy iste’dod sohiblaridir! Ular uşbu gözal ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etişdi. Bu ayvonlar çindan ham hayratomuz!" - deb yozdi Donald Tramp.


AQŞ Prezidenti, şuningdek, loyihani amalga oşirişda yaqindan hamkorlik qilgan Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va AQŞ Milliy boğlar xizmatiga minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uçun, mazkur ayvonlar Özbekiston hunarmandlarining milliy me’morçilik an’analari va yuksak hunarmandçilik mahoratini Amerika jamoatçiligiga namoyon etuvçi öziga xos tuhfa böldi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🤩2🕊22