Pay IT Forward
51 subscribers
1 photo
8 links
Bu loyiha web dasturlashga qiziquvchi barcha yigit-qiz 👧🏻👦, erkak-ayollarga 👩🏻🧔🏻👵🏼👴🏻 ko'rsatmalar berib, dasturchilar safini kengaytirishga qaratilgandir.
Github: https://github.com/it-forward
Download Telegram
Channel photo updated
Assalomu aleykum hurmatli kanalimiz obunachilari, bugundan boshlab JavaScriptning qiziqarli mavzulariga doir maqolalarni kanalimizga joylab boramiz, berilgan maqolalar sizga yoqsa uni albatta do'stlaringiz bilan baham ko'ring.
✴️ Backwards & Forwards

https://medium.com/@Husan_Eshonqulov/backwards-forwards-6f7fa0c68c9c

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
Telegram | GitHub
Dasturlashda ko’p ishlatiladigan “{ }” qavslari o’zbek tilida qanday ataladi?
Anonymous Poll
66%
Figurali qavs
8%
Naqshinkor qavs
26%
Jingalak qavs
Pay IT Forward
Jamoamizga yangi shogirdlarni olishni boshladik: https://medium.com/@bahriddin1990/pay-it-forward-jamoasiga-qo-shiling-va-dasturlashni-o-rganing-89944fecb79a
Assalomu alaykum. Shogird olishga hujjat topshirganlar biz o'qib ulgurmaydigan darajada ko'payib ketayotganligi uchun ertaga 22-oktabr 23:59 da anketa qabul qilish to'xtatiladi. Qaysi manbalardan qanday o'rgatishimizni bilish uchun kanalimizni kuzatishda davom eting 👋
Pay IT Forward pinned «Assalomu alaykum. Shogird olishga hujjat topshirganlar biz o'qib ulgurmaydigan darajada ko'payib ketayotganligi uchun ertaga 22-oktabr 23:59 da anketa qabul qilish to'xtatiladi. Qaysi manbalardan qanday o'rgatishimizni bilish uchun kanalimizni kuzatishda davom…»
Assalomu alaykum.
O‘tgan haftada bizga 400 ga yaqin anketa topshirildi. Ularni o‘qib chiqib, ayrimlari bilan tez orada intervyu qilishni reja qilyapmiz. Ungacha bizning o‘qish tartibimiz haqida ba’zi narsalarni aytib o‘tmoqchimiz.
1. Hafta davomida O‘zbekiston vaqti bilan ertalab soat 7:00 da qisqa suhbat (stand-up) qilib, kecha nima ishlar qilganingizni, bugun nimalarni reja qilayotganingizni aytib o‘tasiz. Har kuni 2-3 soat dars qilish majburiy bo‘lgani uchun qilgan ishlaringiz va rejangiz shunga yarasha bo‘lishi kerak.
2. Yakshanba kuni soat 14:30 dan boshlab, 1,5-2 soat davomida hafta tahlilini qilamiz. Hafta davomida kimlardir erkin loyihalar qilgan bo‘lsa, o‘shalarni “demo” qilib berishadi. Ba‘zida chetdan dasturchi bo‘lib ishlab yurgan insonlarni taklif qilib, ular bilan ochiq muloqot qilamiz.
3. O‘rganish davomida sizga nimani qayerdan o‘rganish aytiladi. Undan siz o‘zingiz erkin o‘rganishingiz kerak. Ko‘p holatda savol-javoblarga jonli muloqot qilib javob berishga imkon bo‘lmasligi mumkin, sababi Avstraliya vaqti O‘zbekistondan 6 soat avval. Shuning uchun yozma savol so‘rab, fikringizni ravon ifoda eta olishingiz muhim. Lekin albatta, jamoa a‘zolari bir-biriga yordam berishga baholi-qudrat harakat qiladilar.
4. Biz ma’lum dastur asosida birma-bir kerakli ko‘nikma va texnologiyalarni o‘rganib boramiz. Ularni yaxshi o‘zlashtirish, eng avvalo, o‘zingizga bog‘liq.
5. Kurs oxirida biz sizdan ish topib, dasturchi bo‘lib ishlashingizni kutamiz. Agar bu kursga shunchaki qo‘shimcha hobbi sifatida qarayotgan bo‘lsangiz, biz siz kutgan kurs emasmiz.

Yuqoridagi talablarni o‘qib, ba‘zilaringiz “o‘zim ham erkin dars qilib, o‘rganib yuribman-ku, bu kurs menga nima beradi?” deyayotgan bo‘lsangiz, javobimiz quyidagicha:
1. Jamoa bilan kunlik stand-up qilib, boshqalarga kecha qilgan ishingizni aytib oldinga ketayotganingizni his qilsangiz, bugungi rejangizni aytib o‘zingizga mas’uliyatni olasiz. Aks holda, bir maromda dars qilish uzoqqa cho‘zilmaydi.
2. Birga mavzuni o‘rganishda boshqalardan ko‘p narsalarni o‘rganasiz va o‘rgatasiz ham.
3. Tushunmagan qismlarda ustoz yordami ham bor.
4. Oyma-oy o‘sishingizni kuzatib, sizning o‘zingizga alohida taklif va tavsiyalar berib boramiz.

Agar sizga intervyu taklifi borsa-yu, tepadagi talablar ma’qul kelmasa, bizga zudlik bilan bog‘lanib, intervyuni bekor qilishingizni so‘raymiz.
Hurmat bilan, “Pay IT Forward”
Intervyuga takliflarni jo’natishni boshladik. Ertadan intervyu belgilanganlar bor. Bexabar qolmaslik uchun keyingi kunlarda emailingizni tekshirib turing 🙂.
Ayrimlar intervyu vaqtini xato tushunishibdi. Intervyular O’zbekiston vaqti bilan yo 14:30 da yoki 15:10 da bo’ladi.
Ma’lumot uchun: O’zbekiston vaqti Avstraliya vaqtidan 6 soat orqada.
Assalomu alaykum azizlar.
Iltimos, emailingizni har kuni kamida 2 marta ertalab-kechqurun tekshirib turing. Taklifni jo‘natib, 24 soat kutamiz. Agar javob kelmasa, boshqa nomzodlar bilan davom etishga majburmiz. Aks holda Intervyu jarayoni juda cho‘zilib ketadi.
Bunaqasi 2 marta takrorlangani uchun yana qayta eslatyapman.
Hurmat bilan
20-25 daqiqalik intervyularimizda nomzodlarning kechikib kirishlarini ko’p kuzatyapmiz. Biz qaysi paytda kirsangiz ham tugashi kerak paytda tugatamiz. Natijada ayrimlar barcha savollarga javob berib ulgurishmayapti.
Yaxshilar, biz 5 daqiqa avval tayyor bo’lib kutib o’tiramiz sizni. Shuning uchun siz ham ertaroq kiravering.
Hurmat bilan,
Pay IT Forward
Pay IT Forward pinned «20-25 daqiqalik intervyularimizda nomzodlarning kechikib kirishlarini ko’p kuzatyapmiz. Biz qaysi paytda kirsangiz ham tugashi kerak paytda tugatamiz. Natijada ayrimlar barcha savollarga javob berib ulgurishmayapti. Yaxshilar, biz 5 daqiqa avval tayyor bo’lib…»
Bugundan boshlab, jamoamiz a’zolari Otabek Qodirov va Husan Eshonqulovlar ham intervyu olishni boshlaydilar. Otabekdan intervyu taklifi kelib qolsa, hayron bo’lmang 🙂
Assalomu alaykum yaxshilar.
Va nihoyat, intervyularni tugatib bo’ldik. Kelasi hafta o’rtalarigacha saralash xulosalari va kimlarni tanlaganimiz va umumiy xulosalarimiz haqida bitta to’liq maqola yozamiz.
Rahmat!
Forwarded from Web Dasturlash kanali
Dasturchi do‘stlarimiz uchun foydali internet saytlar ro‘yxati.

Quyida keltirilgan internet saytlar orqali siz dasturiy muhandislik, Web dasturlashning asoslari, Frontend: HTML, CSS, Sass, Bootstrap ko'nikmalariga ega bo'lish va mahoratingizni oshirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

• www.frontendmentor.io
• www.acefrontend.com
• www.100dayscss.com
• www.codewars.com
• www.codier.io
• www.coderbyte.com

👉 @webdev07
Эсингизда бўлса, Ўзбекистондаги қизларнинг IT кўникмаларини оширишга қаратилган ICT4Girls лойиҳаси ҳақида айтгандим (https://t.me/ict4girls). Мана шу лойиҳа доирасида бугун “Ўзбекистон қизларининг рақамли имкониятларини кенгайтириш” форуми бўлибди.

Форум ҳақидаги янгиликларни кўриб хурсанд бўлдим. Лойиҳанинг Mentorship дастуридаги 3 нафар қиз ўз IT лойиҳаси учун грант ютиб олибди. Ёшлигидан ўз келажаги учун курашаётган қизлар мени доим қувонтиради.

https://t.me/ict4girls/251